Mavzu: fuqorolik jamiyatini qurush –strategik maqsad reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Ochiq fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. «Kuchli davlatdan – kuchli



Download 98 Kb.
bet5/11
Sana18.07.2021
Hajmi98 Kb.
#122294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Demokrun mohiyati

Ochiq fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat. «Kuchli davlatdan – kuchli

fuqarolik jamiyati sari» siyosiy qurilish dasturi

Fuqarolik jamiyatini ideal holda tasavvur qiluvchilarning ta'kidlashicha, bu jamiya ochiq, odil jamiyat bo'lib, unda erkin va teng huquqli shaxslar istiqomat qilishadi, ular o'z fuqarolik hamda siyosiy huquqlariga ega bo'lishadi, davlatni boshqarishda faol ishtirok etishadi, fikrlarini oshkora aytish, ehtiyojlarini har tomonlama qondirish, o'z maqsadlariga mos keladigan uyushma va tashkilotlar tuzish imkoniyatlariga ega bo'lishadi.

Ochiq jamiyat bu - qator ijtimoiy-falsafiy ta'limotlarda ilgari surilgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy plyuralizmga ega, fuqarolik jamiyati va huq qiy davlat tarkiblari rivojlangan demokratik jamiyat tushunchasidir. Shu bilan birga ochiq jamiyat haqida aniq bir ta'rif yo'q. ko'p hollarda ochiq jamiyatni kapitalizmgacha bo'lgan jamiyatning yoxud yopiq sotsialistik jamiyatning aksi, deb qarash ustuvorlik qiladi.98

Ochiq jamiyatning elitar va egalitar tushunchalari mavjud. Elitar nazariyaga ko'ra, ochiq jamiyat asosida antagonizm, ya'ni qarama-qarshiliklardan xoli xalqaro insoniy mushtaraklik, umuminsoniy, antitotalitar axloq, shaxs va ijod erkinligi ustuvor, o'ziga xos asketik gumanizm yotgan ideal ijtimoiy tizimdir.

Egalitar nazariya hozirgi davrdagi ochiq jamiyat bilan yopiq jamiyat qarama-qarshiligi realligidan kelib chiqadi. Jamiyat uchun uning mavjudligi-yu maqomi qonun asosida belgilangan totalitar jamiyat. Unda shaxs manfaatidan jamiyat manfaati ustun, shaxsiy mas'uliyatsizlik, g'oyaviy dogmatizm xarakterlidir. Bu troybalistik, ya'ni ibtidoiy qabilalar tizimiga o'xshash jamiyat o'zini butun dunyoga qarshi qo'yadi.

Ochiq jamiyat a'zolari uchun, aksincha, ratsional-tanqidiy yondashuv, ijtimoiy taraqqiyotni maqsadli va ongli boshqarish imkoniyati, odamlar ehtiyojlariga uyg'un holda davlat institutlarini asta-sekinlik bilan shakllantirish xos. Egalitar qarashga ko'ra, §arb demokratiyasi, asosan, ochiq jamiyatga o'tib bo'ldi. Shunga qaramay, K.R.Popper fikricha, §arb demokratiyasini to'liq holda ochiq jamiyat, deb atash mumkin emas. Chunki u muayyan kamchiliklardan xoli emas.

Ochiq jamiyat haqidagi zamonaviy qarashlar orasida, shubhasiz, Jorj Soros tadqiqotlari diqqatga sazovor. Olim ochiq jamiyat mohiyatini ijtimoiy rivojlanish ideali, deb ataydi.99 J.Soros odamlarga etkazmoqchi bo'lgan bosh g'oya quyidagicha: bozor xulq-atvorida aks etuvchi individual qarorlar qabul qilish bilan, umuman, xulq-atvorda, jumladan, siyosatda ifodasini topuvchi jamoaviy qarorlar qa uli o'rtasidagi farqni ilg'ab olish zarur. U holda ham, bu holda ham odamlarni xudbin manfaatlar qiziqtiradi, biroq jamoa bo'lib qarorlar qabul qilishda mushtarak manfaatlardan ustun bo'lishi shart.

Shunday qilib, ochiq jaamiyat borasidagi §arb demokratiyasi, J.Soros qarashlari shuni aniq ko'rsatdiki, ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy hamda ijtimoiy komponentlari o'rtasidagi muvozanat-balans albatta zarur. Bunga faqat va kuchli jamoa tarkiblariga ega fuqarolik jamiyati doirasidagina erishish mumkin, xolos.

Fuqarolik jamiyatisiz bunday muvozanat-balansga erishish dushvor. Ijtimoiy va bozor qadriyatlari o'rtasidagi muvozanatni faqat fuqarolik jamiyati o'z maqomi bilan ilg'or o'zgarishlarga, istiqbolli, tuganmas takomillikka hamisha ochiq bo'lgan ochiq jamiyatning barcha talablariga to'liq mos kelgan taqdridagina ta'minlashi mumkin.100

Fuqarolik jamiyati ham ijtimoiy taraqqiyot shakli bo'lgan amaliy reallik sifatida, ham ijtimoiy taraqqiyot yo'nalishiga xizmat qiluvchi ideal sifatida namoyon bo'ladi. Huquqiy davlat barpo etilgan taqdirdagina real fuqarolik jamiyati ideal fuqarolik jamiyatiga mos keladi. Ideal fuqarolik jamiyati jamiyatda qonun ustuvorligiga, odamlar erkinligiga, huquqda ularning tabiatan tengligiga asoslanadi.

Ayni paytda, jamiyat a'zolari muayyan majburiyatldarni ongli, ko'ngilli ravishda o'z zimmalariga olishadi va umumiy qonunlarga bo'ysinishadi. Huquqiy davlatda fuqarolik jamiyati qonun manbaiga aylanadi. U davlat maqomini belgilaydi. Bunday sharoitda shaxs o'z huquqlari bilan jamiyat ustidan ustuvorlikka ega bo'ladi. Shuning uchun ham huquqiy davlat bu huquq normalari negizida individlar va turli uyushmalarning o'zaro munosabatlariga asoslangan davlat hokimiyatlarining tashkil topishi hamda faoliyat ko'rsatishi shakli hisoblanadi.

Hozirgi davrda huquqiy davlatning asosiy tasnifi aniq belgilab berilgan.101 Eng avvalo, huquqiy davlatning ko'p ukladli, turli mulk shakllari (davlat, jamoa ijara, xususiy kooperativ va boshqalar)ning teng huquqliligi, yuridik jihatdan bir xilda himoya qilinganligiga asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog'liq iqtisodiy asos ajratib ko'rsatiladi. Huquqiy davlatda mulk bevosita ishlab chiqaruvchilarga va moddiy ne'mat iste'molchilariga tegishli. Individual ishlab chiqaruvchi o'z shaxsiy mehnati samarasi egasi sifatida namoyon bo'ladi.

Davlatchilikning huquqiy negizi faqatgina mulkning mustiqilligi va erkinligi sharoitidagina mavjud bo'ladi. Bunday erkin, halol mulk huquq ustuvorligini, ishlab chiqarish munosabatlari ishtirokchilarining tengligini, jamiyat farovonlining o'sishini va uning o'zini o'zi rivojlantirishini iqtisodiy ta'minlaydi.

Huquqiy davlatning ijtimoiy asosini ijtimoiy taraqqiyotga safarbar erkin fuqarolarni birlashtiruvchi o'zini o'zi boshqaradigan fuqarolik jamiyati tashkil etadi. Bunday davlat diqqat markazida inson va uning manfaatlari yotadi. Ijtimoiy institutlar, ijtimoiy aloqalar tizimlari vositalari orqali har bir fuqaroning o'z ijodiy, mehnat imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, fikrlar plyuralizmi xilma-xilligi hamda erkinliklari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Huquqiy davlatning axloqiy asosi gumanizmning umuminsoniy tamoyillarini, fuqarolar tengiligi va erkinligini belgilaydi. Bu davlat boshqaruvining demokratik usullarida, adolat va odil mudlovda, davlat bilan munosabatda shaxs huquq hamda erkinligi ustuvorligida, ozchilik huquqini himoya qilishda, turli diniy dunyoqarashlarga nisbatan sabr-toqatda aniq namoyon bo'ladi.

Huquqiy davlat bu - o'zida mamlakatda istiqomat qiluvchi xalq, millat va elatlar suverenitetini mujassam etgan mustaqil davlatdir. Hokimiyatning ustuvorligi, to'lqligini va mustahkamligini amalga oshiradigan huquqiy davlat barcha fuqarolar uchun istisnosiz hisoblanmish adolatga asoslanib erkin ijtimoiy munosabatlarni ta'minlaydi. Huquqiy davlatda majburlash huquqqa tayangan holda amalga oshiriladi.

Bu davlatda g'ayriqonuniy xatti-harakatlarga, zo'ravonlikka yo'l qo'yilmaydi. Davlat o'z suvereniteti fuqarolar manfaatlari buzilgan holdagina huquq doirasida kuch ishlatadi. Bir shaxsning xulq-atvori, xatti-harakatlari boshqa shaxslar erkinligiga xavf solganda uning erkinligi, ozodligi qonunga ko'ra cheklanadi.102


Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish