Mavzu. Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari geografik qobiq



Download 61,5 Kb.
bet1/4
Sana19.02.2022
Hajmi61,5 Kb.
#459309
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu. GEOGRAFIK QOBIQNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Mavzu. GEOGRAFIK QOBIQNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI


Geografik qobiq, landshaft qobigʻi, epigeosfera — Yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar oʻzaro tutashadigan va bir-biriga taʼsir etadigan qobigʻi. G. q.ning tarkibi va tuzilishi juda murakkab. Uning yuqorigi va pastki chegaralari ham shartlidir. Atmosferada G. q. stratopauza buylab oʻtadi deb hisoblaydilar, chunki Yer yuzasining atmosfera jarayonlariga boʻlgan issiqlik taʼsiri shu chegaragacha davom etib, litosferada esa gipergenez oblasti quyi qismigacha boradi. G. q. butun gidrosferani, Yer poʻstining yuqori qavatini va atmosferaning quyi qismi (25–30 km qalinlikdagi qatlam)ni oʻz ichiga oladi. G. q.ning eng qalin qismi 40 km ga yaqin.
G. q.ning Yerdagi boshqa qobiqlardan farqi: G. q. Yerdagi va kosmosdagi jarayonlar taʼsirida shakllanadi; litosfera, atmosfera tutashib, oʻzaro taʼsir etib turadi — turli xil erkin energiyalarga nihoyatda boy, unda moddalarning barcha agregat holati uchraydi; Quyoshdan keladigan issiqlik toʻplanadi; insoniyat jamiyati mavjud.
Yer poʻstini tashkil etadigan tog jinslari relyef bilan birga, havo massalari, suv, tuproq qatlami va biotsenozlar, qutbiy kengliklarda va baland togʻlik joylarda toʻplangan muzliklar G. q.ning asosiy moddiy komponentlaridir. Gravitatsion energiya, sayyoraning ichki issiqligi, Quyoshning nur energiyasi va kosmik nurlar energiyasi esa asosiy energetik komponentlaridir.
G. q. quyidagi muhim xususiyatlarga ega: 1) tarkibiy qismlari oʻrtasida betoʻxtov modda va energiya almashinishi tufayli G. q. yaxlit bir butunni tashkil etadi; 2) moddalar (ular bilan bogʻliq holda energiya) aylanma harakat qilib turadi. Tabiatda moddalarning aylanib yurishi turlicha: ulardan baʼzilari mexanik harakatlardir (atmosfera sirkulyatsiyasi, dengiz oqimlari), boshqalarida moddaning agregat holati oʻzgaradi, uchinchilarida uning kimyoviy tarkibi ham oʻzgaradi (biologik aylanma harakat); 3)ritmiklik, yaʼni jarayon va hodisalarning vaqt oʻtishi bilan takrorlanishi. Bu, asosan, astronomik va geologik sabablarga bogʻliq. Sutkalik (kun va tunning almashinishi), yillik (yil fasllarining oʻzgarishi), asr ichida (mas, har 25—50-yilda) iqdim, muzlik, koʻl sathi, daryolardagi suv miqdori va b.ning takroriy oʻzgarib turishi, asrdan koʻp (mas, har 1800—1900-yillarda va salqinsernam iqlimli davrning quruq va issiq iqlimli davr bilan almashib turishi), geologik ritmlar (kaledon, gersin, alp togʻ hosil boʻlish bosqichlaridan har birining 200—240 mln. yil davom etishi) va h. k. ritmlar farq qilinadi; 4) ekzogen va endogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri ostida G. q.niig yaxlit sistema sifatida betuxtov rivojlanishi; 5) Yerning shakli va Quyosh energiyasining Yer yuzasida taqsimlanishidan kelib chiqadigan zonallik hamda regionallik xususiyati.
G. k.ni tabiiy geografiya oʻrganadi. G. q. gʻoyasiga dastlab P. I. Brounov (1910) va R. I. Abolin (1914) yondashdi. G. q. terminini A. A. Grigoryev (1932-yildan) asosladi.



Download 61,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish