Mavzu: Globallashuv sharoitida jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvning asosiy yo’nalishlari. Reja



Download 31,86 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi31,86 Kb.
#332864
  1   2
Bog'liq
globallashuv


Mavzu: Globallashuv sharoitida jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvning asosiy yo’nalishlari.

Reja:

1. Globallashuv va hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi

2. Siyosiy jarayonlardagi integratsiya.

3. Dunyoviy hokimiyat tarmoqlararo hokimiyat (BMT, NATO xalqaro valyuta fondi va jahon banki) tizimining ahamiyati.

4. Suverinitetning qaror qabul qilish global tizimining muhim muammosi.

5. Global siyosiy tizimlar doirasida demokratiyaning yangi shalki – manipulyativ demokratiyaning paydo bolishi.

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari ortasidagi ozaro ta‘sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan tola ixotalanib olgan birorta ham davlat yoq, deb tola ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a‘zo bolishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta‘siriga koproq tushib qolishi mumkin. Bunday gayri ixtiyoriy ta‘sir esa kopincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qoshnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan ham shunday chambarchas boglanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.

SHu ma‘noda, globallashuv hayot sur‘atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Globallashuvning turli mamlakatlarga otkazayotgan ta‘siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma‘naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bogliq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga otkazayotgan salbiy ta‘sirini kamaytirish va ijobiy ta‘sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini organish lozim. Bu hodisani chuqur organmay turib unga moslashish, kerak bolganda, uning yonalishini tegishli tarzda ozgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur organmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma‘naviyatini togdan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qoyish bilan baravar boladi.

Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari otkazgan va otkazayotgan tadqiqotlarni kuzatish bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan darak beradi. Globallashuv milliy ma‘naviyatga ham ta‘sir otkazadi. Har qanday siyosat, jumladan, iqtisodiy siyosat va ma‘naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bolgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli darajada komak berishlarini e‘tirof etishga togri keladi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati koproq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak, globallashuvning mohiyati, yonalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq hamda tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilarning togri yol tanlashi va qarorlar qabul qilishi uchun imkoniyat yaratish mumkin.

Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma‘naviyati odamlari ortasidagi ozaro ta‘sir va bogliqlikning kuchayishidir. Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara davom etayotgan, bu borada yagona umumiy qarash shakllanmagan bolsa-da, lekin gumanitar ilmning turli sohalarida, chunonchi ijtimoiy fanlarda muayyan konsepsiya va yondashuvlar mavjud.

Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, jamiyat taraqqiyoti qonunlari, uning rivojlanish tendensiyalarini muayyan ijtimoiy guruh, etnik birliklar, siyosiy kuchlarning oziga xos manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilish va unga asoslangan holda insoniyat istiqbolini belgilashga qaratilgan mafkuraviy tizimlar majmui tushuniladi.

Tarix ozga hududlarni zabt etish maqsadida olib boriladigan harakatlar doimiy takomillashib, qollanadigan usul va vositalar mukammalashib borganini korsatadi. Bugungi kunda esa ushbu vositalarning miqdoriy va sifatiy korsatkichlari yanada murakkab xarakter kasb etmoqda.

Insoniyat toplagan urush qurollari butun Er sayyorasidagi hayotni bir necha marta yoq qilib tashlash darajasiga etdi. SHunday bolsada, kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi davrida turli siyosiy kuchlar va harakatlarning mafkuraviy vositalar orqali oz ta‘sir doirasini kengaytirishga intilishi oqibatida mutlaqo yangicha sifatga ega bolgan jarayonlar ham kuzatilmoqda. Bu oz rivojlanish tarixiga ega dunyoning mafkuraviy manzarasining bugungi kundagi oziga xos xususiyatlarini belgilab bermoqda.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk davrlarida deyarli barcha xalqlarda mifologiya universal xarakterga ega bolgan bolsada, bir tomondan, oziga xos xususiyatlarga ega ijtimoiy guruhlar va ularning ayricha manfaatlari ifodasi bolgan mafkuraviy tizimlar shakllanmagani, ikkinchi tomondan, Er yuzining turli nuqtalari ortasidagi aloqalar rivojlanmagani, kishilik jamiyati yagona organizmni tashkil etmagani uchun dunyoning yaxlit mafkuraviy manzarasi haqida gapirish mumkin emas.

Xalqlar, davlatlar ortasidagi ijtimoiy aloqalar kuchsiz bolgan bir davrda monoteistik dinlarning yuzaga kelishi, ularning oz hukmronligini ornatish yolida olib borgan kurashi natijasida dunyoning diniy qarashlar ustuvor bolgan ilk mafkuraviy manzarasi shakllandi.

Jahon dinlari tarqalgan hududlar nisbatan barqarorlashgan (togrirogi muayyan diniy ta‘limotlarni yoyish uchun olib borilgan urushlar asosan toxtagan) bir sharoitda dunyoda iqtisodiy hukmronlik uchun kurashning boshlanishi, ilmiy bilimlarning rivojlanishi, xalqlar, davlatlar ortasidagi aloqalar qamrovining kengayishi dinning goyaviy regulyatorlik rolining asta-sekin pasayishiga olib keldi.

Qisqa vaqt davomida alohida mavqega talabgorlik qilgan natsizmni inobatga olmaganda, asosan sotsialistik va burjua mafkuralari orasida borgan kurash esa (―uchinchi yol‖ga da‘vogarlik qilganlar ham aslida u yoki bu darajada ularning ta‘siri ostida edi) dunyoning mafkuraviy manzarasi rivojidagi yangi bosqichni boshlab berdi. U hukmronlik uchun kurashda goyaviy omilning orni va ahamiyati yanada oshganini korsatish barobarida global konfrontatsiya asosiga qurilgan mafkuraviy manzaraning shakllanishiga olib keldi.

Ushbu mafkuralar ortasidagi kurash barham topgan hozirgi davrda esa oziga xos xususiyatlarga ega dunyoning yangi mafkuraviy manzarasi qaror topmoqda.

Bugungi kunda aksariyat davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, ijtimoiy, siyosiy, etnik, konfessional totuvlik va bagrikenglik goyalari ustuvor. SHunday bolsada, insoniyat istiqbolini belgilashda universallikka da‘vogarlik qilayotgan va transmilliy xarakterga ega goyaviy qarashlar dunyoning mafkuraviy manzarasi mazmunini belgilab berishda ustuvorlikka intilayotganini ham ta‘kidlash zarur.

―Ramziy zoravonlik orqali amalga oshirilayotgan madaniy globallashtirish (uni garblashtirish deb atasa ham boladi) aslida shaxs bilan jamiyat ortasidagi munosabatlarning soxtalashishi, hattoki uzilishiga olib kelishi mumkin, chunki ozga madaniyat tushunchalari (ramzlari) insonni shakllantiruvchi, uni tolaqonli shaxsga aylantiruvchi oz madaniy ildizlaridan, qadriyatlari tizimidan ayiradi‖.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi davrida ―turli xil eski va yangi mafkuralarning ozaro kurashi har qachongidan ham kora shiddatli tus olmoqda, - deb yozadi Prezidentimiz. - Rang-barang, ba‘zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar ortasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib toqnashuvlar, ommaviy qirginlarga sabab bolmoqda, odamlar boshiga behisob qaygu-kulfatlar solmoqda.

Inson ongi va qalbi uchun kurash yangi sifatiy xususiyat kasb etgan bir davrda, e‘tiqod umumiyligiga asoslanish (masalan, panislomizm), etnik birlikka urgu berish (masalan, panslavizm, panturkizm, paneronizm) va yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida yuzaga kelgan bogliqlikni rokach qilish asosida (masalan, pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta‘minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bolib olishga urinishlar kuzatilayotganini ta‘kidlash zarur.

Dunyoning mafkuraviy manzarasiga xos mohiyatni chuqurroq va teranroq anglash inson ongi hamda qalbi uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning asl maqsadlarini togri tushunib etishga, mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikka tahdid soluvchi goyalarning oldini olishga qaratilgan tegishli ma‘rifiy ishlarni izchil va tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.




Download 31,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish