Mavzu: Hisobvaraqlar rejasining tuzilishi



Download 58,5 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2022
Hajmi58,5 Kb.
#395061
  1   2   3
Bog'liq
Bank hisobi


Mavzu: Hisobvaraqlar rejasining tuzilishi.
Reja:

I.Kirish.

II.Asosiy qism:


  1. Hisobvaraqlar rejasi va uning tavsifi.

  2. Hisobvaraqlar rejasining tuzilishi va nomerlanishi.

  3. Bank operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish.

III.Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar.



KIRISH

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida xisob-kitoblarni amalga oshirishda tijorat banklari muxim o’rin egallaydi. Mamlakatimizda yildan-yilga bank sohasida amalga oshirilayotgan ishlar riyaojlanib, takomillashib bormoqda. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi kunda bank tizimidagi o’zgarishlarga Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov alohida to’xtalib:“...avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon  moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu  tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko’rsatdi”1 degan edi. Ushbu holatni oldini olish uchun mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi va unda bank tizimini isloh qilish bo’yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida bajarilgan ishlar yakuni bo’yicha bank tizimini takomillashtirishga oid bir qator ilar bajarildi. Bu to’ғrida Prezident I. A. Karimov aytganidek “Bugungi kunda O’zbekiston bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biri bo’lib, ayni paytda u belgilangan qator normativlar bo’yicha mustahkam pozistiyalarga ega”2. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko’rinadiki, mamlakatimizdagi bank-moliya sohasining tobora mustahkamlanib borishi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar moliyaviy ta’minotining kuchayishiga, iqtisodiyot real sektorining har tomonlama qo’llab-quvvatlanishiga hamda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarining ta’minlanishiga zamin yaratmoqda.

Bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishni to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Chunki buxgalteriya hisobi va nazoratning puxta yo’lga qo’yilishi bankning o’z vazifalarini to’g’ri bajarishini ta’minlaydi. Buning uchun tijorat banklari buxgalterlardan muayyan bilimlar, buxgalteriya hisobi va hisobotining asosiy tamoyillari hamda uslublarini tushunish talab qilinadi.


Har bir bank o’z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo’lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi.

Yangi hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham tuzilishi jihatidan eskisidan farq qiladi. Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklari ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edi. Har bir hisobvaraq nomi va raqami yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo’yilar edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi bo’lib hisoblangani uchun kassadagi pullar banknota va tangalarga bo’lingan holda ko’rsatiladi. Tijorat banklari kassalaridagi pullarini bunday bo’lish uchun alohida hisobvaraqlar ochilmaydi. Bundan tashqari Markaziy bank barcha banklararo hisob-kitoblarni tashkil etadi. Shu sababli bunday hisob-kitoblar hisobini yuritish uchun olinadigan banklararo hisob-kitoblar bo’yicha tranzit hisobvaraqlar va to’lanadigan banklararo hisob-kitoblar ochilgan. Bunday hisob varaqlar tijorat banklarining rejasida yo’q.

Hisobvaraqlar rejasi 6 bo’limdan iborat bo’lib, ulardan 5 tasi balans ichidan hisobvaraqlarni o’z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo’lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Har bir bo’lim asosiy va yordamchi hisobvaraqlarni (subchyot) o’z ichiga mujassamlangan. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xrajatlari bo’yicha hisobvaraqlar alohida bo’limlarga kiritilgan. Ya’ni:

I bo’lim 10000-aktivlar;

II bo’lim 20000-passivlar;

III bo’lim 30000-kapital;

IV bo’lim 40000-daromadlar;

V bo’lim 50000-xarajatlar;

VI bo’lim 90000-ko’zda tutilmagan

holat bo’yicha (ya’ni balansdan tshqari) hisobvaraqlar.

Yangi hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqlar tizimini aks ettirib, ular moliyaviy operatsiyalarni guruhlashtirish, ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish, hisobotlarni tuzish va tahlil qilish uchun ishlatiladi. Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda


  • birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuvini osonlashtirish;

  • ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish;

  • uchunchidan, hisob ishlarini kompyuterlashtirish;

  • to’rtinchidan, operatsiyalar bo’yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.

Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan. Hisobvaraqlarning raqamlanishi quyidagicha:

S-hisobvaraq kategoriyasini bildiradi, ya’ni:





S

MM

SS

1-aktivlar;

2-majburiyalar;

3-kapital;

4-daromadlar;

5-xarajatlar;

9-ko’zda tutilmagan holatlar.

MM – yuqorida sanab o’tilgan kategoriyalardan biriga qarashli asosiy schyot 01- asosiy shchyoti naqd pullarni bildiradi, ya’ni bank aktivlaridan biri bo’lgan naqd pullar.

SS – asosiy shchyotga qarashli bo’lgan subschyot.

Masalan, 10000 - aktivlarni bildiradi.

10100 – aktivga qarashli naqd pullarni bildiruvchi asosiy schyot.

10101 – kassadagi naqd pullarni bildiruvchi schyot.

Demak, 1 – aktivlar;



  1. naqd pullar;

  1. kassadagi naqd pullar.

Barcha kategoriyaga qarashli asosiy va subschyotlar huddi shunday tartibda raqamlanadi.

Barcha aktivlar 40 dan ortiq asosiy hisobvaraqlarga bo’linadi, har bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan, 10100 – asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o’z ichiga oladi:

10101 – kassadagi naqd pullar;

10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari;

10107 – bankomatlardagi naqd pullar;

10109 – yo’ldagi pullar.

Huddi shunday misolni “Majburiyatlar” kategoriyasi bo’yicha ko’rib chiqamiz. Bank majburiyatlari talab qilib olinadigan (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya’ni, 20200 – talab qilib olinadigan depozitlar bunda, 2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordmchi hisobvaraqlarni o’z ichiga oladi:

20202 – hukumat va mahalliy hokimiyatining talab qilib olinadiga depozitlari;

20204 – budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha muddatsiz depozitlari;

20206 – xususiy shaxslarning talab qilib olinadigan depozitlari;

20208 – xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalari talab qilib olinadigan depozitlari;

20210 – davlat korxonalarining talab qilib olinadigan depozitlari;

20212 – jamoat tashkilotlarining talab qilib olinadigan depozitlari;

20214 – qo’shma korxonalarning talab qilib olinadigan depozitlari;

20216 – nobank moliya institutlarining talab qilib olinadigan depozitlari;

20218 – yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozitlari;

20296- boshqa talab qilib olinadigan depozitlari.

Barcha hisobvaraqlar ikki yoqlama yozuv asosida olib boriladi. Hisob siyosatida ikki yoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo’lib, u ikki qismdan iborat bo’ladi: chap tomoni “debet”, o’ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo’lgan boshlang’ich qoldig’i (saldo) bo’lib, operatsiyalar o’tkazilgandan so’ng debet va krediy aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo’lgan qo’ldig’i chiqariladi.

Barcha hisobvaraqlar o’z mazmuniga ko’ra aktiv yoki passiv bo’lishi mumkin. Bankning o’z mablag’larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar bo’lib hisoblanadi. Bank mablag’larining manbaini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo’lib hisoblanadi. Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik hisobvaraqdagi mablag’lar, turli muddatlarga banklarga, hukumatga, korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa, turli depozitlardagi mablag’lar budjet mablag’lari, bank kapitali, daromadlari va hakozo kiradi.

Aktiv hisobvaraqlarning qoldig’i uning “debet” qismida bo’lib, mablag’larning ko’payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag’larning kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko’rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo’yicha aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonidan kamayishi ya’ni chiqib ketishi debetida o’z ifodasini topadi.



Download 58,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish