Mavzu: hol va uning turlari


"Oshiqnoma" asarida holning qo‘llanilishi



Download 69,57 Kb.
bet10/11
Sana10.07.2022
Hajmi69,57 Kb.
#771486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
M Tursunboyeva course work (Восстановлен)

3. "Oshiqnoma" asarida holning qo‘llanilishi.

Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini , sabab yoki maqsadini, uning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rin va paytni bildiruvchi gap bo‘lagi hol deyiladi. Hollar qanday? Qanday qilib? Qay tazda? Qachon? Qachongacha? Qayerda? Qayerdan? Qancha? Nima maqsadda? Kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.


Hol ravish, ravishdosh, jo‘nalish, chiqish, o‘rin-payt kelishigidagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan,shuningdek, taqlid so‘z, son bilan ifodalanadi.
Hollar ma’nolarga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi:
1.Ravish holi
2.O‘rin holi
3.Payt holi
4.Sabab holi
5.Maqsad holi
6.Miqdor-daraja holi.
Dostonda bunday hodisalar ko‘p uchraydi.Bunga sabab avvalombor dostonning tili qadimiyligi bo‘lsa,ikkinchidan doston Xorazm vohasida yaratilgan va kuylanganligi sababli doston shevada yozilgan deyishimiz mumkin.
Har qadam bosg‘ani diydam ustina,
Isfaxondin kelan beklar kelsinlar.
Jonim fido bo‘lsin qaddi bastina,
Emrelidan kelgan beklar kelsinlar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008.17-bet.)
To‘rtlikda o‘zbek adabiy tilidagi qo‘shimchalarning xorazm shevasida o‘zgarishi va inversiya hodisasini kuzatishimiz mumkin.Birinchi misrada “Diydamning ustiga har qadam bosg‘ani” tarzda bo‘lib ,diydamning qaratqich aniqlovchi, ustiga bu yerda o‘rin holi, ikkinchi misra “Isfaxondan kelgan beklar kelsinlar” isfaxondan so‘zi o‘rin joy nomi o‘rin holi, uchinchi misra “Qaddining bastiga jonim fido bo‘lsin” qaddining qaratqich aniqlovchi, bastiga vositali to‘ldiruvchi to‘rtinchi misra “Emrelidan kelgan beklar kelsinlar” Emrelidan o‘rin joy nomi o‘rin holi vazifasida ifodalangan.
Etagim xo‘l bo‘lib ko‘zim selina,
Hijron o‘ti birlan bag‘rim tilina.
Iltifot aylayib Urganch elina,
Ovozali dildodalar kelsinlar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008.17-bet.)
To‘rtlik xorazm shevasida va inversiya hodisa asosida bitilgan.Birinchi misra “Etagim ko‘zimning seliga ho‘l bo‘lib”, Ko‘zimning qaratqich aniqlovchi seliga vositali to‘ldiruvchi, ikkinchi misra “Bag‘rimning tiliga hijron o‘ti bilan” bag‘rimning qaratqich aniqlovchi, tiliga vositali to‘ldiruvchi, uchinchi misra “Urganchning eliga iltifot aylayin” urganchning qaratqich aniqlovchi, eliga vositali to‘ldiruvchi vazifasida ifodalanib kelgan, to‘rtinchi misra “Ovozali dildodalar kelsinlar” ovozali sifatlovchi aniqlovchi bo‘lib kelgan.
Maslahatsiz bo‘lmas dunyoning qori,
Yigdiring bir yerga elatning bori,
Iymon hamrox bo‘lar tonglar mahshari,
Elatning qadrini bilgan yigitning.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008.19-bet.)
To‘rtlikda birinchi misra “Dunyoning qori maslahatsiz bo‘lmas” dunyoning qaratqich aniqlovchi, maslahatsiz vaziyat holi, ikkinchi misra “Elatning borini yig‘diring bir yerga” elatning qaratqich aniqlovchi , borini vositasiz to‘ldiruvchi, bir yerga o‘rin holi, uchinchi misra “Tonglarning mahshari iymon hamrox bo‘lar”
Tonglarning qaratqich aniqlovchi, to‘rtinchi misrada “Elatning qadrini bilgan yigitning” elatning, yigitning so‘zlari qaratqich aniqlovchi bo‘lsa, qadrini so‘zi vositasiz to‘ldiruvchini ifodalagan.
“ Yusufbek to‘qqiz laganga qand-u asal to‘ldurub,to‘qqiz laganga shaxd-u shakar to‘ldurub, ularni har birini to‘qqiz kanizakka ko‘tarturub, Gulasaljonnning huzuriga kirdi. Andin so‘ng Yusufbek Gulasaljon birla mast-u beixtiyor bo‘lub, aning jamoliga qoyil bo‘lub bir abayot aydi”
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha. Xorazm nashriyoti-2008.26-bet.)
Demak, gapda to‘qqiz so‘zi daraja miqdor holi laganga, kanizakka, jamoliga, Gulasaljon bilan so‘zlari vositali to‘ldiruvchi, qand-u asalni , shaxd-u shakarni, har birini so‘zlari vositasiz to‘ldiruvchi, ularning, Gulasaljonning , aning so‘zlari qaratqich aniqlovchi, huzuriga o‘rin holi, mast-u beixtiyor sifatlovchi aniqlovchini ifodalagan.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, yuqoridagi ma`lumotlardan holning o‘rganilish tarixi, holning ishlatilishi, gap bo‘laklaridagi o‘rni, uni tadqiq qilgan olimlar va asarlarimizdagi o‘rni haqida ma`lumotlarga ega bo‘lamiz.
Holning ikkinchi darajali bo‘laklar orasidagi o‘rni katta ahamiyatga ega. Bo‘laklar gapda vazifa bajarish jihatidan bir xil emas. Ba`zi bo‘laklar gapning mazmuniga aniqlik kiritish to‘ldirish kabi vazifalarni bajaradi. Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklarga bog‘lanib ularni mazmunan to‘ldirib belgi va holat jihatidan aniqlab keladi. Hol aynan holat jihatidan aniqlab keladi.
So‘ngi yillarda hol bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari holning ma`no mazmun turlari keragicha tadqiq qilingan. Men ham yuqoridagi ma`lumotlarga tayanib hol haqida umumiy ma`lumotlar yig‘ishga va taqdim qilishga harakat qildim.

Download 69,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish