Mavzu: Hujayra organiodlari. O’zak



Download 77,66 Kb.
bet3/4
Sana19.09.2021
Hajmi77,66 Kb.
#179162
1   2   3   4
Bog'liq
amaliy

3. Yetilish davri

4. shakllanish davri

Erkak hayvonlar urug’donidagi egri urug’ naychalarining devorchasi ich tomonidan bir qavatli mayda kubiksimon hujayralar-spermatogonlar ( ko’payib turuvchi hujayralar) bilan qoplangan, bu qavat hujayralarining ustida o’suvchi hujayralar qavati- 1-tartibli spermatsitlar bor bo’lib, ular spermatogonlarga nisbatan kattaroq bo’ladi.

1-tartiblii spermatsitlar ustida yetilayotgan hujayralar 2- tartibli spermatsitlar joylashadi.

Yetilish davrida hujayralar ketma-ket ikki marta bo’linadi, natijada o’zak moddasi va sitoplazma ancha kamayadi va mayda hujayralar-spermatidlar hosil bo’ladi.

Spermatidlar shakllanib yosh spermatozoidlarga aylanadi.

Ichki to’rsimon apparat va spermatidning o’zagi yosh spermatozoidning boshchasini va sentrosomalar dumchasini hosil qiladi. Xondrosomalar bog’lovchi qismida burama ipchalar, sitoplazmadan esa dumcha hosil bo’ladi. Shakllangan yosh spermatozoidlarning dumchasi egri urug’ naychasining ichki tomonida , boshi esa devorchasida joylashgan.

1. ko’payish bosqichida spermotogoniylar ko’p marotaba mitoz yo’li bilan bo’linadilar. Bunda ayrim jinsiy hujayralar embrional ko’rinishda bo’lib o’q hujayra holida qoladi va keyinchalik spermalar yetildigan epiteliy manbasi bo’lib xizmat qiladi. Hujayralarning qolgan qismi differentsatsiya- farqlanishyo’lidan ketadi. Har ikkala hujayralar ham spermotogoniylar deyiladi, biroq bir- biridan morfologik jihatdan farq qiladilar. Barcha spermatogoniylar egri kanalchalar qobig’iga yopishib turadilar, bazal membranada joylashadilar. Ular yassilangan yoki oval hujayralar, sitoplazmasi tiniq oval yoki yumaloq o’zakka ega. Har bir bo’linishdan so’ng xromatin tobora aniqroq ko’rina boshlaydi. Har bir hayvonda o’ziga xos miqdorda spermatogonial bo’linish miqdori mavjud. 1dan 14 tagacha ( ko’proq 4-6 marta).

2. O’sish bosqichi kelib spermatogoniylar 1- tartibli spermatatsitga aylanadi. Bu paytda hujayralarda assimilatsiya jarayoni faol kechadi. Organellalar shakllanadi, DNK sintez bo’ladi, mitoxondriya bo’linib ko’payadi, o’zakcha kattalashadi. Hujayra yumaloqlashadi, bazal membranadan ko’chib, egri kanalcha yo’liga to’g’rilanadi, shakli kattalashadi.

Xromosomalar soni bo’yicha 1- tartibli spermatatsit diploid bo’ladi,DNK bo’yicha – tetraploid ( chunki harbir xromosoma 2 tadan xromatiddan tuzilgan.) . o’zakda meyozning profaza bosqichiga xos ravishda xromosomalar o’zgaradi.

3. Yetilish bosqichida jinsiy hujayradagi xromosomalar soni reduksiyaga uchraydi, ya’ni 2 marta tez-tez bo’linadi va 2 marta ko’payadi. Shunday qilib 1- tartibli spermatatsitdan 2ta 2- tartibli spermatid hosil bo’ladi . 2- tartibli spermatid uzoq yashamaydi, ancha mayda bo’ladi,gaploid hujayralar hisoblanadilar. Spermatidlar jinsiy xromosomalarbo’yicha ham farqlanadilar, ularning yarmi X-xromosomalarga yarmi Y- xromosomalarga ega.

4. Shakllanish bosqichida spermatidlar spermatozoidlarga aylanadilar. Bu bosqichga spermatogenez davrining 1/3 qism vaqti sarflanadi. Bu jarayon sut emizuvchilarda juda mukammal o’rganilgan, xatto yana 19 ta kichik bosqichga bo’lib o’rganilgan.

Differensatsiyalash jarayonida spermatidlarning oldingi qutbida Golji apparati soqqasida akrosoma rivojlanadi- u maxsus organella bo’lib gialouranidaza fermentiga boy, yana boshqa gidrolitik fermentlarga ham ega shu sababli tuxum hujayra qobiqlarini teshib o’ta oladiga hususiyatga ega. Akrosoma o’zakka yopishib turadi va rivojlanib borgan sari o’zakni yopib qo’yadi, o’rab oladi.o’zak uzunlashadi, cho’ziladi, zichlashadi va yassilanadi. Uning xajmi 20-50 marta kichrayadi. Hujayra noksimon shaklga kiradi.

Spermatogenezga ta’sir etuvchi omillar:

Endogen, ekzogen faktorlar;

Spermatogenez buqada 62-63 kun, qo’chqorda 47-48 kun.

Bitta dona differentsirovka yo’liga o’tgan spermatogoniydan nazariy jihatdan 3678*215 spermatozoid hosil bo’lishi mumkin, biroq shundan 50-70% hosil bo’ladiekan. Qattiq UFL, rentgen nuri, o’tuvchi radiatsiya, past va yuqori t0, kam harakatlilik, gipofiz bezining olib tashlanishi, gipoksiya, estrogen garmonlarining kiritilishi, boshqa biologik faol moddalar, umumiy kasallik, shikast yetishi va hokazo spermatozoidlarga xalokatli ta’sir qiladi.

Konservalovchi suyuqliklarda spermatozoidlar uzoq saqlanishi mumkin, bu xususiyatdan xayvonlarni sun’iy urug’lantirishda foydalaniladi.

Buqa urug’i 25 yilgacha

Qo’chqor 11 yil

Xryak 3 yilgacha urug’i saqlanishi mumkin.



Mavzu: Tuxum hujayraning taraqqiyoti- oogenez, ovogenez, ovogoniy

Tuzilishi

Urg’ochi hayvonlarning tuxumdonida tuxum hujayralari yetiladi. ( ikra –uvildiriq)

Tuxum hujayraning taraqqiyoti ovogenez deyiladi.

Ovogenezda 3 ta davr:

1. ko’payish davri

2. O’sish davri

3. Yetilish davri farqlanadi.

Ovogenez urug’i xayvon hali dunyoga kelmasdan, tug’ilmasdan boshlanadi.

Tuxum hujayralarning taraqqiyotida embrion tanasida paydo bo’layotgan tuxumdan ustini o’rab olgan hujayralar ko’payib, yosh tuxumdan to’qimalar ichiga o’sib kiradi.

Keyinchalik tuxumdon ustini o’rab olgan hujayralar guruhlarga ajraladi. Har qaysi gurux hujayra orolchasi deyiladi.

Hujayra orolchasi tabaqalanib, ikki xil hujayralarga, ya’ni orolcha markazidagi yirik hujayralarga va tuxum hujayra atrofidagi mayda hujayralarga bo’linadi.

Yirik va mayda hujayralarkeyinchalik pufakcha hujayralarga aylanadi. Shuning uchun bitta pufakcha ichida juda ko’p pufakcha hujayralar va bitta yoki bir nechta tuxum hujayra joylashadi.

Tuxum hujayralar yumaloq shaklda bo’lib moddalar almashinuvi boshqa hujayralarga nisbatan jadal- intensiv boradi.

Tuxum hujayra ovit 1825- yilda K. Ber tomonidan kashf etilgan.

Tuxum hujayralarining o’zaklari murakkab yo’l bilan ko’payuvchi boshqa hujayralarning o’zaklari kabi o’zgaradi, ya’ni zich va yumchoq to’pcha davrini boshdan kechiradi.

Tuxum hujayra ko’payishdan bora- bora to’xtab rivojlana boshlaydi.

Ko’payishdan to’xtagan yosh tuxum hujayralari 1- tartibli ovotsitlar deb ataladi. Ko’payishdan to’xtagan hujayralar yirik bo’ladi. Rivojlanishning boshlanishida sitoplazmaning hajmi ortadi, bu o’zgarish o’zakdagi o’zaro munosabatlarning o’zgarishiga va moddalar almashinuvi normal bormasligiga sabab bo’ladi.

O’zakk ichida xromosomalar ko’rina boshlab, ularning miqdori tana hujayralari xromosomasi miqdoridan ikki marta ortadi. O’zak ichidagi xromosoma ko’pincha 4 tadan bo’lib joylashadi, bu joylashuv tetradadeb ataladi.

Ovotsitni o’rab turuvchi hujayralar ham tezlikbilan ko’payadi. Ovotsitning qobig’i tiniq bo’lib uning sitoplazmasida sariq modda hosil bo’ladi.

Rivojlanish davrida moddalar almashinuvi jarayoni juda kuchli bo’lib , ayniqsa assimilatsiya tez boradi. Natijadayosh tuxum hujarasi sitoplazmasida oziq( sariq) modda to’planadi.

Tuxum hujayraning rivojlanishi tuxumdondan chiqishi bilan boshlanadi, yetilishi otalanish vaqtida tugaydi.

Yetilish davrida tuxum hujayra ketma-ket ikki marta bo’linadi, 1-bo’linish bilan 2- bo’linish orasida 6-7soat vaqt o’tadi. Ovotsitlar ancha kattalashadi, xromosalarsoni ortadi.

Ikkinchi bo’linganda hujayralarning bir xili katta bo’lib ikkinchi tartibli ovotsit deyiladi. Ikkinchi xili esa juda kichik bo’lib, bunga birinchi yo’nalish tanacha deyiladi, biroq bu hujayralar bora-bora yo’qolib ketadi.

2- tartibliovotsit yana bo’linadi, bunda ham vujudga kelgan hujayralarning ba’zisi katta, ba’zisi kichik bo’ladi.

Yosh tuxum hujayralar 1-marta murakkab va 2-martareduksion bo’linadi.

Reduksion bo’linishda xromosomabo’linmaydi. Bu bo’linishda xosil bo’lgan katta hujayra 2- tartibli ovotsit bo’lib, kichigi esa 2- tartibli tanachadir. 2- tartibli tanacha ham yo’qolib ketadi.

Yetilgan tuxum hujayraning tuzilishi.

Tuxum hujayra ham sitoplazma, o’zak va qobiqdan iborat. Sitoplazma markaziy tanacha, organoidlarva kiritmalar bor. Tuxum hujayradagi sariq modda embrionning taraqqiyoti uchun zarur oziq moddadir.

Tuxum hujayra o’z tuzilishiga va sitoplazmasida sariq moddaning oz ko’pligiga, tarqalishiga qarab: izoletsital

Teloletsital ga bo’linadi.

1. Izoletsital tuxum hujayralarda sariq modda juda o’z bo’lib sitoplazmada teng tarqalgan. ( sut emizuvchilar)

2. Teloletsital tuxum hujayrasida sariq modda juda ko’p bo’ladi, u hujayra qutbida joylashadi.

Sariq modda ko’p to’plangan qism vegetativ , kam to’plangan qism animal qism deyiladi.

Tuxum hujayra yupqa, tiniq qobiq, parda bilan o’ralgan. Bu qobiqatrofini tiniq, yiltiroq qobiq o’rab olgan. Bu qobida mayda teshikchalar bo’lib, bu teshikchalar orqali hujayra ichiga oziq moddalar kiradi.

Tuxum hujayra atrofini radial joylashgan pufakcha hujayralar o’rab olgan. Pufakcha hujayralar qavati nurli toj qavati deb ataladi.




Download 77,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish