Mavzu: Informatika fanlarini kasbga yo‘naltirish Reja



Download 228,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.05.2022
Hajmi228,06 Kb.
#607577
  1   2
Bog'liq
12-maruza



MAVZU: Informatika fanlarini kasbga yo‘naltirish
Reja: 
1. Kasbga yo`naltirish va uning pedagogik asoslari.
2. Kasbiy sohalar va ularning jamiyatdagi o„rni .
3. Informatika fanlarini kasbga yo„naltirish
 
.
Tayanch so`z va iboralar:
darsdan tashqari mashg`ulotlar, ularning vazifalari, tashkil etish 
tamoyillari, darsdan tashqari mashg`ulotlarning shakllari, olimpiadalar, devoriy gazetalar, kecha 
va konkurslar 
 
Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat barpo etishda 
faol qatnashishga tayyorlashi lozim bo`lgan maktabning roli har qachongidan ko`ra o`sdi. 
Shu munosabat bilan umumta`lim maktablarida o`quvchilarga ilm-fan asoslarining 
mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy 
ahloqiylikni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli 
ravishda tanlashga tayyorlash ta`lim va tarbiyaning hamma bosqichlarida hozirgi davrning 
vazifalaridir. 
Ta`lim muassasalarida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish ishlari boshlang`ich 
sinflardan boshlanadi. O`quvchi va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida barcha ta`lim 
muassasalarida psixologik xizmat ishlari tashkillangan. O`quvchilarga dars mashg`ulotlari 
davomida kasblar, kasbiy ixtisosliklar, o`quv muassasalari haqida ma`lumotlar berib boriladi va 
o`quvchilarning kasbiy moyilliklarini aniqlashga qaratilgan so`rovnomalar o`tkaziladi. 
So`rovnoma natijalariga ko`ra o`quvchilarning kasbga qiziqishlari aniqlanib, kasblarga bo`lgan 
hududiy ehtiyojlardan kelib chiqib tegishli xulosalar qilinadi. 
Kasbni to`g`ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun 
hayotidagi muvaffaqiyat ko`p jihatdan kasbning qanchalik to`g`ri tanlanishiga bog`liq. 
Kasbni to`g`ri tanlash har bir maktab o`quvchisining qiziqishlariga, mayliga, 
qobilyatiga va imkoniyatlariga mos bo`lishi uchun uning sog`ligini, o`zlashtirishini va 
hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko`ra 
ko`proq namoyon bo`ladi. 
Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo`lib, mehnat unumdorligini doimo 
oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo`r qiziqish bilan qarasa, o`z ishining ijtimoiy ahamiyatini 
tushunsa, uning qobilyatlari mehnatda takomillashib borsa, o`shandagina u mehnatdan qoniqish 
hosil qiladi. 
Maktab o`quvchilarining kasb-hunar kollejlarida kasb tanlashi ongli zaruriyat bo`lishi 
va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo`lib tushishi, yigit va qizning kamolot yo`lidagi 
shaxsiy muddaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma`lumotli bo`lishi zarur, 
hozirgi asrimizda bunday ma`lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. 
Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo`lgan qiziqishlarini shakllantirishning 
bunday imkoniyatlari obyektiv zaminga ega bo`lib, voqelikda har kuni amalga oshirilmoqda. 
Kasbga yo`naltirish o`quvchilarga politexnik ma`lumot berish masalalari bilan, kasb 
tanlash va muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog`liqdir. 
Yosh avlodda mehnatga ijodiy munosabatda bo`lishni tarbiyalash muhimdir. Ijodkorlik 
inson faoliyatiga umuman xos narsadir. Qobiliyat inson faoliyatida rivoj topadi. Jamiyatda inson 
kamolotini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo`ladi, chunki bolalar 
yoshligidanoq mehnatga qiziqib qoladilar: ular o`z o`yinlarida ota-onalariga, tevarak-atrofdagi 


kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga ana shunda 
intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha yoshdayoq hammabop 
mehnat malakalarini singdirish uchun, ularni mehnat faoliyatiga umumiy psixologik tayyorlash 
uchun qulay omil bo`lib xizmat qiladi. 
Tabiiyki, bularning hammasini tushunarli va obrazli shaklda bolalar ongiga yetkazish, 
bolalarni o`rab turgan va ularga xizmat qilayotgan hamma narsalar odamlarning mehnati bilan 
vujudga keltirilgan, qo`llar faqat mehnatdagina «mohir qo`llar»ga aylanadi, mehnatsiz hech 
narsani o`rganib bo`lmaydi, degan fikrni singdirish zarur. 
Umumiy ta`lim maktablarida, zavod va fabrikalarda, o`quv yurtlarida kasbga yo`naltirish 
ishlarini o`tkazish zaruriyatini turmushning o`zi taqozo etmoqda. Birgina O`zbekistonning o`zida 
yaqin kelajakda bir nechta yangi sanoat va qishloq xo`jalik obyektlari paydo bo`ladi va 
mavjudlari kengaytiriladi, bularda mehnat faoliyatining yangi turlari vujudga keltiradi. Yangi 
kasblar va mutaxassisliklar - metrosozlar, keng profildagi kasblar - paxtakor mexanizator, 
chorvador-operator, yengil va og`ir sanoat eng yangi zamonaviy korxonalari kasblari va bir 
qancha yangi obyektlardagi kasblar ommalashib qolgan bo`lib, ular O`zbekistonda xalq xo`jaligi 
tarmoqlarini belgilab bermoqda. Yangi kasblar va mutaxassisliklar soni yil sayin ko`payib 
bormoqda. 
Bu aytganlarimizdan shunday xulosa kelib chiqadi: o`quvchi tanlagan kasb og`zaki 
tushunchagina bo`lib qolmasligi, o`quvchi o`z qobiliyatlarini yangi kasbda sinab ko`rishi, ushbu 
kasb to`g`risidagi tushunchasi qanchalik to`g`ri ekanini xolisona tekshirib ko`rishi lozim. 
O`z-o`zidan ma`lumki, bunga o`qitishning to`g`ri yo`lga qo`yilishi, bilimlarni, ilm-fan 
asoslarini, ayniqsa, ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan chambarchas bog`langan mehnat 
politexnik bilimni chuqur va mustahkam egallash natijasidagina erishish mumkin. 
Har qanday kasbda eng muhimi - uning mehnat mazmuniga ega bo`lishidir. Shu boisdan 
mehnatsevarlikni, yaxshi urf - odatlarni tarbiyalash va ularni mehnat jo`shqinligiga ko`chirish 
bolalarni kasb tanlashga tayyorlashning bosh negizidir. Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida 
tarbiyalash odatda maktabgacha bo`lgan yoshdan boshlanadi. Ana shu paytdan e`tiboran 
bolalarni bo`lg`usi kasbni tanlashga tayyorlash amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning 
qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o`rganish zarur. Kasb 
tanlashda xato qilmaslik uchun bolalarga avvalo maktab va oila yordam berishi kerak. 
Har bir shaxs har tomonlama kamol topishi lozim, buning uchun maktablarda barcha 
imkoniyatlar mavjud. Bolalar yaxshi, aqliy, jismoniy, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyani va shu 
bilan birga politexnik ma`lumotni ola turib, shu asosda o`zlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashlari 
mumkin. “Kim bo`lsam ekan?” muammosi “Qanday odam bo`lish kerak?” muammosi bilan 
birgalikda hal qilinishi lozim. Maktab o`quvchilarni kasbga yo`naltirishga oid ishlarni ta`lim 
yo`llari orqali muttasil va izchillik bilan olib borish kerak. 
Keyingi yillarda mamlakatimizning umumta`lim maktablarida kasbga yo`naltirish ishini 
amalga oshirish sohasida va kasb –hunar kollejlarida yoshlarni kasblarga yo`naltirish yuzasidan 
maktab, oila va korxonalarning birgalikda ish olib borishi jabhasida katta ijobiy tajriba to`plandi 
va bu tajriba umumlashtirildi. 
Kuzatishlar suni ko`rsatadiki, hozirda maktab o`quvchilarini kasbga yo`naltirish 
muammosiga oid mavjud manbalarning tanqidiy tahlili va ommaviy maktablar tajribasini 
umumlashtirish asosida o`quvchilarning e`tiborini yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish va ularni 
kasbga yo`naltirishga doir yetarli darajada yaxshi ishlab chiqilmagan bir qancha muammolarga 
alohida e`tibor qaratish lozim. Bular: 
a) yuqori sinflarning o`quvchilarini kasblarga yo`naltirish masalasini hal qilish


b) mintaqa sharoitlarini, milliy an`analarni hisobga olib, umumta`lim maktablari uchun 
kasbga yo`naltirish tadbirlarini ishlab chiqish; 
v) kasbga yo`naltirish vazifalarini amalga oshirish bilan V-VII; VIII-X sinflar 
o`quvchilarining umumiy mehnat, politexnik yo`nalishi va kasbiy tayyorgarligi o`rtasida uzviy 
aloqaning yetarli emasligi;
O`rta Osiyo davlatlari uchun yetarli darajada nazariy va amaliy jihatdan ishlab 
chiqilmagan ana shu muammolarni o`rganish kerak bo`ladi. Bu masalalarda mamlakatimiz 
mintaqa xususiyatlarini, milliy an`analarini va tarixiy tajribasini hisobga olish lozim bo`ladi. 
Ikkinchi tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talablar asosida maktab yoshlariga 
mehnat tarbiyasi berish va ularni kasblarni egallashga yo`naltirish shakl va metodlarini 
takomillashtirishning yangi yo`llarini qidirishga to`g`ri keladi. 
Kasbga yo`naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o`rin tutadi. Bular orasida xalq 
xo`jaligini rivojlantirish va kadr muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarni 
kasbga yo`naltirish jihatlari bilan o`zaro bog`liq tarzda o`quvchilarning mustaqil 
mashg`ulotlarida ko`rib chiqish tavsiya etiladi. 
Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash – g`oyat muhim vazifadir. Shu boisdan 
yoshlarning kasb tanlash muammosi o`rta umumiy ta`lim maktabi ishida katta o`rin tutadi. 
Jamiyat hamma zamonlarda yosh avlodga ijtimoiy va kasbiy tajribani berish to`g`risida 
g`amxo`rlik qilib keladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan odamga nisbatan qo`yilgan 
talablar ham oshdi, bu esa turli kasblarda ishlash uchun xodimlarni tanlashning ilmiy asoslarini 
ishlab chiqish zarurligini taqozo etdi. 
Hozirgi vaqtda, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o`quvchilarini 
kasbga yo`naltirishning muhimligi ancha oshdi. Bir tomondan - ishlab chiqarishni 
murakkablashtirayotgan xilma-xil kasblar va mutaxassisliklarning mavjudligi, ikkinchi 
tomondan - bir qator barqaror shaxsiy xususiyatlari bilan ajralib turgan odamlarning mavjudligi 
kasblarni, o`quv yurtlarini tanlashda, kadrlarni ish o`rinlariga joylashtirishda va qayta 
joylashtirishda ana shu omillarni, umuman inson omilini hisobga olishni qat`iy talab qiladi. 
Iqtisodiy islohotlar insonni faol ravishda birinchi o`ringa chiqarib qo`ymoqda. Ijtimoiy 
adolat odam o`z shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishiga ko`proq e`tibor berilishini taqozo 
qilmoqda. Bu vazifani hal qilishda shaxsiy manfaatlar va jamiyatning kadrlarga bo`lgan talab-
ehtiyojlari birligida yoshlarni erkin va ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashning ilmiy 
asoslangan sistemasi bo`lmish kasb tanlashga yo`naltirishga muhim o`rin ajratilmoqda. 
Yosh avlodni ongli kasb tanlashga tayyorlash masalasiga yoshlarni har tomonlama va 
uygun rivojlantirishning muhim sharti sifatida qaralmoqda. Bu ish shaxsni g`oyaviy-siyosiy, 
ahloqiy, mehnatsevarlik, aqliy, estetik va jismoniy jihatdan kamol toptirish bilan, ya`ni butun 
ta`lim-tarbiya jarayoni, uning butun kompleksi bilan uzviy birlikda va hamjihatlikda amalga 
oshiriladi. 
Ta`lim sohasida bir qator qarorlarda ta`kidlab o`tilgandek, vujudga keltirayotgan kasbga 
yo`naltirishning davlat tizimida ta`lim muassasasiga, o`qituvchiga yetakchi o`rin ajratilmoqda. 
Ayni o`qituvchi mehnat ahliga bo`lgan zamonaviy talablarni hisobga olib, umummehnat va 
kasbiy mahorat hamda malakalarni egallashdagina emas, balki kasbni to`g`ri tanlashda ham 
o`smirlarga yo`rdam berishi lozim. Kasbni to`g`ri tanlaganda ular o`z qobiliyatlari va 
qiziqishlarini yaxshiroq ro`yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko`proq naf keltirishlari 
mumkin. 
Kasbga yo`naltirish ishi zarur natijalarni berishi uchun u uzluksiz jarayon bo`lishi va 
o`zaro bog`langan bir qancha bosqichlardan iborat bo`lishi lozim. 


Ilk kasbga yo`naltirish (I-IV sinflar) bolalarni mehnatga tayyorlashdan, yosh 
xususiyatlarini hisobga olib, ularni kasblar, mehnat olami bilan tanishtirishdan, ularda o`z 
mehnati bilan boshqalarga naf keltirish ehtiyojini shakllantirishdan iborat. Bunga esa bolalarni 
qo`ldan keladigan ijtimoiy foydali mehnatga o`quv va o`yin faoliyatining har xil turlariga jalb 
etish yo`li bilan erishish mumkin. 
O`rta bo`g`inda (V-VII sinflar) maktab o`quvchilari ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga 
kirishadilar, ularda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik sabablari, mehnat faoliyatining 
aniq sohasiga bo`lgan qiziqish shakllanadi. 
Navbatdagi bosqichda (VIII-X sinflar) o`quvchilarda sistemalashtirilgan bilimlar, kasblar 
olamida mo`ljal ola bilish mahorati, aniq kasbga bo`lgan qiziqish shakllanishi lozim.Yuqori sinf 
o`quvchilarini moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga tayyorlash ijtimoiy-kasbiy jihatdan 
bir maqsadni ko`zda tutganligiga qaratilishi kerak. 
O`rta maxsus ta`lim bosqichda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida talabalar 
ma`lum bir yo`nalishni tanlagan holda, shu kasbning barcha sir-asrorlarini o`rganib keyingi 
faoliyati uchun zamin hozirlaydi.
O`qituvchi o`quvchini darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini 
tahlil qilish jarayonida uning ba`zi bir xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlarni 
rivojlantirish yuzasidan tegishli ishlarni ado etgandan keyin bular keyinchalik kasbni belgilashda 
asosiy omil bo`lishi mumkin. 
Bolaning kasbiy muhim hislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga o`z 
xususiyatlariga qarab kasbni to`g`ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda o`zlashtirish, mehnatda 
yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin. 
Ko`pgina olimlar o`tkazgan tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, maktab o`quvchilarini 
taxminan 30 foizida tanlagan kasbiga nisbatan barqaror qiziqishlar boshlangich sinflardayoq 
shakllanar ekan. O`qituvchining vazifasi - o`quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq 
aniqlashdan va jamiyat talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarni rivojlantinrishdan, inson 
shaxsini har tomonlama uyg`un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. 
Kasbga yo`naltirish ishiga kompleks yondashish o`quvchilarni har tomonlama 
o`rganishni ham ko`zda tutadi. Bu tadbir o`quvchilar shaxsining o`ziga xos xususiyatlarini 
aniqlashga, ular bilan bundan buyon ishlashning to`g`ri shakllari va metodlarini qidirib topishga 
yordam beradi. O`rganishni turli metodlar bilan o`tkazish, eng muhimi - bu ishni muntazam 
ravishda va sobit qadamlik bilan amalga oshirish kerak. 
Kuzatish - o`quvchilarni o`rganishning keng ommalashgan - metodidir. Bu metod 
muayan maqsadni ko`zlaydi, - ish reja asosida olib boriladi, ko`zatishning yakunlovchi natijalari 
qayd qilinadi.
Diagnostik suhbatlar o`tkazish ham qo`llaniladi. Bunday suhbatlar yakka tartibda yoki 
jamoa tarzida o`tkazilishi mumkin. 
O`quvchilarning shaxsini o`rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas bog`liqdir. 
O`qituvchi o`quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud iste`dod nishonalarini 
rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi salbiy jihatlarni bartaraf etishi 
mumkin va hokazo.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgandek, kasbga yo`naltirish ishi - o`quv jarayonining uzviy 
qismidir. Quyi sinflarda boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur, har bir kishining 
xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga yordam beradi. Mehnatga 


qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga shaylik - shaxs yetukligining eng muhim 
ko`rsatkichlaridan biridir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ish o`quvchilarni kasbkorni ongli ravishda tanlashga, 
ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan, texnika borasida va 
shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga ko`p jihatdan yordam beradi. 
Sinfdan tashqari mashgulotlarda olib borilayotgan kasbga yo`naltirish ishida 
o`quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko`rsatib o`tish 
mumkin. 
Birinchi bosqich (I-IV sinflarning o`quvchilari bilan ishlash) - moddiy ishlab chiqarish 
sohasida mehnatga bo`lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o`quvchilarda mehnatga ijobiy 
munosabatda bo`lishni, eng muhimi - jismoniy mehnatga shunday munosabatda bo`lishni, 
qo`lidan keladigan o`z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag`ishlashga va bundan 
ma`naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi. 
Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq 
ekskursiya uyushtirish va eng ommalashgan kasblar to`g`risida qishloq maktablari uchun jamoa 
xo`jaligida, shahar maktablarining o`quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va 
ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida suhbatlar tashkil qilish ko`zda tutiladi. Ana 
shu yosh guruhidagi o`quvchilar uchun maktab oshxonasiga, o`quv ustaxonalariga, mehnat 
kabinetiga, kutubxonaga, maktablararo o`quv-ishlab chiqarish kombinatiga, korxonalarga, aloqa 
bo`limiga, ta`mirlash ustaxonasiga va shu kabi joylarga ekskursiya tashkil qilish mumkin. Bu 
ekskursiyalar chog`ida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan odamlarning mehnatiga, xom 
ashyodan tayyor mahsulot olishga yordam berayotgan mehnat qurollariga asosiy e`tibor beriladi, 
jamiyat va turmushda mehnatning roli uqtirib o`tiladi. 
Ikkinchi bosqich (V-VII sinflarning o`quvchilari bilan ishlash)- biron ish qilishga 
undaydigan bosqich. Ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayonida o`quvchilarda bilishga bo`lgan 
qiziqish, odatda kasbga bo`lgan qiziqishdan oldin shakllanadi. Shu boisdan ushbu bosqichda 
kasbga yo`naltirish sohasida olib borilayotgan ishda o`quvchilarda ish turlari (texnika bilan 
ishlash, tabiat obyektlari va shu kabilar bilan ishlash)ni bilishga bo`lgan qiziqishni uyg`otish 
muhimdir. Kasbga yo`naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga (texnik ijodkorligi 
va qishloq xo`jalik tajribachiligiga oid sinfdan tashqari mashg`ulotlar, viktorinalar, o`yinlar katta 
rol o`ynashi lozim. Bu bosqichda o`quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom 
etadi, shu bilan birga kasbga yo`naltirish ham boshlanadi. 
Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX sinflarning o`quvchilarini qamrab oladi) - bu bosqich 
o`quvchilar o`z kuchlarini mehnatda tekshirib ko`radilar, o`quvchilarning kasbga bo`lgan 
qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi. O`quvchilar bu bosqichda o`z kasbiy niyatlarini 
birmuncha umumiy kasblar bo`yicha amaliy ko`nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. 
Bu bosqich aniq kasbni tanlash, uni o`zlashtirish yo`llarini belgilash bilan tugaydi. 
O`quvchilarning turli qiziqishlar bo`yicha to`garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga 
sazovordir. 
Darsdan tashqari vaqtda o`quvchilarni kasbga yo`naltirish ishi quyidagi maqsadlarda: 
-mehnatga muhabbat, mehnat ahliga hurmat hislarini singdirish, unumli mehnatga 
ijtimoiy mayllarni shakllantirish; 
-barqaror kasbiy qiziqishlar va mayllar shakllantirish va rivojlantirish; 
-mutaxassislikni, kasbni tanlash va uni o`zlashtirish yo`llarini tanlash maqsadida 
o`tkaziladi. 
O`quvchilarni tanishtirish uchun mehnat sohalari va kasb doiralari ro`yxatini tuzgan 
chog`da ishlab chiqarish uchun zarur kadrlarga bo`lgan talab-ehtiyojlarga amal qilish va ayni 


vaqtda yaqin atrofdagi kasb-hunar kollejlarida, oliy o`quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash 
yo`nalishlarini hisobga olish zarur. 
Mehnatning hozirgi turlari g`oyat ko`p va xilma-xil bo`lgan hozirgi sharoitda kasbga 
yo`naltirish ishlarini to`g`ri yo`lga qo`ymay turib, yoshlarning to`g`ri kasb tanlashi ancha 
qiyindir. 
O`quvchilarning kasb faoliyati har xil turlariga bo`lgan qiziqishi va maylini rivojlantirish 
kasbga yo`naltirishning muhim tarkibiy qismidir. Ana shunday qiziqish bo`lmasa, yigit yoki 
qizni kasbni to`g`ri tayyorlash mumkin emas. Kasbga bo`lgan bunday mayl va ishtiyoq kasbga 
bo`lgan qiziqishni shakllantirish va tarbiyalash, ushbu kasbga hurmat bilan qarash, mehnatga 
muhabbatni, ishga psixologik shaylikni tarbiyalash singari elementlardan tarkib topadi. 
O`quvchilarni kasbiy tarbiyalash kasbga yo`naltirish sistemasining asosiy tarkibiy 
qismlaridan biridir. Kasbga bo`lgan qiziqishning chuqurligi va barqarorligi o`quvchilarning 
boshqa qiziqishlari ana shu kasbga bo`lgan qiziqish bilan qanchalik bog`liq bo`lishiga, uni 
mustahkamlashiga bog`liq.
Informаtikа fаnini o‟qitishning bosh mаqsаdi o‟quvchilаrgа informаtikа vа аxborot 
texnologiyalаrini

Download 228,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish