Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning neokilassik modeli. Reja: Kirish


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning merkantilizim konsepsiyalari



Download 192,69 Kb.
bet6/9
Sana21.06.2022
Hajmi192,69 Kb.
#687481
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
abbosjon 12345 (3)

4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning merkantilizim konsepsiyalari.
Dastlabki iqtisodiy nazariyalar kapitalizmning boshlangʼich davriga toʼgʼri keladi (XV-XVII asrlar). Bu davrda merkantilistlar jamiyat boyligi muomala sohasida yaratiladi, millat boyligi esa pul miqdori bilan aniqlanadi degan fikrni ilgari surishadi. Merkantilizm – bu iqtisodiy nazariyadagi birinchi ilmiy maktab boʼlib, uning mashhur namoyondalaridan biri Tomas Men hisoblanadi (1571-1641 y.)9. Merkantilizm kapitalning dastlabki jamgʼarilishi davriga xos boʼlib, savdo burjuaziya manfaatlarini ifoda etadi. Merkantilizmga ikki xususiyat xosdir:
1) boylik pul bilan ifodalanadi (davlat qancha koʼp pulga ega boʼlsa, u shuncha zbadavlat hisoblanadi.
2) davlat xokimiyati yordamida pul boyliklarini jamgʼarishga erishish mumkin. Ushbu maktab namoyondalari mamlakatga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar oʼrtasidagi farqning (aktiv savdo balansi) yuqoriligi bilan davlat boyligi oshadi va davlat aktiv savdo balansida siyosiy ishlarni olib borishi zarur deb hisoblashadi. Davlat mamlakatdan tovarlarni olib chiqishni ragʼbatlantirish va mamlakatga tovarlar olib kirishni cheklash, baʼzi tovarlarni esa olib kirilishini taʼqiqlash bilan protektsionizm siyosatini yuritishi lozim. Bunda quyidagi tamoyil olgʼa suriladi: chet eldan arzon bahoga sotib olish, boshqa davlatlarga qimmatroq sotish. «Siyosiy iqtisod» atamasi frantsuz merkantilisti А.Monkrettonning 1615 yilda nashr qilingan «Siyosiy iqtisod traktlari» kitobida ilmiy muomalaga kiritilgan edi. Merkantilistlar birinchi boʼlib isteʼmol qiymatini emas, balki almashinuv qiymatini boylik deb eʼlon qildilar. Keyingi iqtisodiy maktab fiziokratlar edi. Ushbu maktabning eng koʼzga koʼringan namoyondasi – F. Kene (1694-1774 y.). Uning xizmati: fiziokratlar muomala sohasini taxlil etishdan ishlab chiqarishni taxlil etishga tomon burilish yasadi. Faqat ular qishloq xoʼjaligi bilan chegaralanishdi. Kene ekvivalent ayirboshlash taʼlimini olgʼa surdi va savdodagi ayirboshladan xech qanday boylik yaratilmasligini va ayirboshlash xech narsa ishlab chiqarilmasligini isbotladi.F. Kene «tabiiy tartiblanish» holatini, yaʼni bozor narxining beqaror tebranishi, erkin raqobat va baʼzi hollarda davlat aralashuvi asosida iqtisodiyotni rivojlatirishni olgʼa surdi. Fiziokratlar iqtisodiy rivojlanish oʼzida tabiiy jarayonni namoyon qilishi, qonunlarga amal qilinishi va odamlar taʼsiridan holi boʼlishini lozim deb bilishdi.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustaxkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtai nazarida, yaʼni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm gʼoyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Bu gʼoya А. Smit va D.Rikardolarning ilmiy ishlarida asoslangan. Ular klassik siyosiy iqtisod maktabi asoschilari boʼlib, qiymatining mehnat nazariyasini yaratdi, kapitalning mazmunini va qoʼshilgan qiymat nazariyasini yoritib berdi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning roli xususidagi ularning qarashlari davlatning aralashuvi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi degan fikrdan kelib chiqadi. Аdam Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning oʼzini oʼzi tartibga solishning zarurligi taʼkidlab oʼtilgan. А.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan toʼliq ozod boʼlishi zarur. Аna shundagina isteʼmolchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud boʼladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi. А. Smit gʼoyasi quyidagicha: «Bozor iqtisodiyoti oʼzini-oʼzi boshqarishga moslashgan, uning asosida qanday qilib koʼproq fayda olishga harakat qilish bilan bogʼliq «koʼrinmas qoʼl» - shaxsiy manfaat yotadi». Smit xulosasiga koʼra, iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning aralashuvi olib tashlansa, iqtisodiyot samarali amal qiladi va bozor butunlay erkin boʼlmogʼi lozim.D. Rikardo, J.B.Sey, D.Mil, А.Marshallar А.Smit gʼoyasining davomchilari boʼlib, ular iqtisodiy liberalizm gʼoyasi ilgari surishdi va hozirgi kunga qadar zamonaviy iqtisodchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda (neoklassik yoʼnalish).10
K lassiklar jami talab va jami taklif mutanosibligini oʼzlariga xos talqin etishdi. Ular: jami taklifning oʼzgarishi unga mos jami talabni oʼzgarishini yuzaga keltiradi degan fikrdan kelib chiqishadi. Bu Sey qonunida oʼz aksini topadi, yaʼni taklif etilgan tovar unga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi, bu esa talab va taklif oʼrtasidagi yuzaga keladigan farqlarni bartaraf etadi. Oldindan ishlab chiqarishning oʼrni yoʼqoladi. Tovar ishlab chiqarishning oʼsishi, ish haqlarini oshishiga olib keladi, buning natijasida taklifga mos ravishda talab ham oshadi.

Download 192,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish