Mavzu: Jismoniy tarbiyaning nazariyasining umumiy tamoyillari mundarija



Download 0,53 Mb.
bet10/11
Sana14.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#362445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jismoniy tarbiyaning nazariyasining umumiy tamoyillari

Taraqqiyot tamoyili: Bu tamoyil jismoniy tarbiya jarayonida shug`ullanuvchilarga qo'yiladigan talablarning umumiy yo'nalishini ifoda etadi va qiyinlashib boruvchi yangi-yangi vazifalarni qo'yish va bajarishni, shular bilan bog`liq bo'lgan yuklamalar xajmi va intensivligini asta-sekin oshirib borishni o'z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya ham mashg`ulotdan-mashg`ulotga, bosqichdan-bosqichga uzliksiz o'zgarib borish yo'li bilan doimiy harakatda, o'sishda bo'ladi. Bunda mashqlarning murakkabligi ortib, taosir kuchining pasayib borishi harakterli belgi hisoblanadi. Jismoniy mashqlar jismoniy fazilatlarni rivojlantirish hamda harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish darajasiga muvofiq saralanadi. Ular jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti, jismoniy mashqlar biomexanikasi va sport fiziologiyasi yo'nalishlarida har xil shaklda ko'rinadi. Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyati formasining murakkablashishi bilan bir qatorda, jismoniy yuklamaning hamma komponentlari ham ortib borishi kerak.

Bu kuch tezlik va chidamlilik kabi jismoniy fazilatlar takomillashtirishning qonuniyatlarida ko'rinadi. Jismoniy mashqlar ta'siri bilan organizmda bo'lib turadigan ijobiy o'zgarishlar darajasi yuklamaning hajmi va intensivligiga proportsional ekanligi aniqlangan. Jismoniy yuklamaning charchashga olib keladigan darajada bo'lmasligiga rioya qilinsa, yuklama hajmi qancha katta bo'lsa, moslashuv jarayoni shuncha muhim va mustahkam bo'ladi; yuklama qancha intensiv bo'lsa, tiklanish va "o'ta tiklanish" jarayonlari shuncha zo'r bo'ladi. Jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning asosiy shartlari engillik, individuallashtirish, tizimlilik tamoyillarini tahlil qilish ularning o'zaro muvofiqdaligini ko'rsatadi. Talablarni oshirib borish yangi topshiriqlar va yuklamalarni bajarishga shug`ullanuvchilar tayyorgarligi muvofiq kelsa topshiriq va yuklamalar organizmining funktsional imkoniyatlariga mos kelsa, yosh, jins, individual xususyatlarga mos bo'lsa ijobiy natijalarga olib keladi. Mashqlarning almashinishi va o'zaro aloqada bo'lishi bilan bog`liq bo'lgan izchillik, mashg`ulotlarning muntazamliligi yuklama va dam olishning optimal almashinuvi ham asosiy shartlardan hisoblanadi. Hosil qilingan malakalar va ko'nikmalar mustahkamligi, jismoniy yuklamalarga moslashuvchanlik darajasiga qarab, yangi murakkab bo'lgan mashqlarga o'rgatiladi. Bu talablarga amal qilmaslik malakalarni to'g`ri shakllanmasligi, jismoniy yuklamalarda kuch kelishi hamda mashqlarni bajarishda tuzatilmaydigan xatolarni vujudga kelishiga olib keladi. O'z o'rnida yangi harakatlar malaka va ko'nikmalarni shakllanishiga to'sqinlik paydo bo'ladi. Shuningdek jismoniy yuklamalar oshirilish dinamikasi bilan organizmning morfofunktsional rivojlanishida tafovutlar shakllanadi.Organizm yuklamaga birdan, bir paytda ko'nikib qolmaydi, har xil muddatlar talab qilinadi. Yangi yuklamalar ta'siriga moslashish uchun hammavaqt ma'lum muddat talab qilinadi. Bunda funktsional va tarkibiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Yuklama dinamikasi o'zining izchilligi bilan harakterlanadi. Bunda yuklamani asta-sekin oshirib borishning hilma-xil shakllari: to'g`ri chiziq bo'ylab oshib boruvchi, bosqichma-bosqich oshib boruvchi, to'lqinsimon shakllari bo'lishi mumkin. Yuklamaning to'g`ri chiziqli ortib borishida yuklama har haftada bir o'lchovda ortib boradi. Asta-sekinlik yuklamaning bir xil me'yorda o'sishi hamda mashg`ulotlar o'rtasidagi katta vaqt bilan ta'minlanadi. Bosqichli o'sib borish yuklamaning mashg`ulotlar davomida bir xillashtirish bilan ta'minlanadi. Yuklamaning sakrashi paytida ya'ni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tishida yuklamalar keskin ortadi. Va sakrashga qadar ular stabillashib boradi. Yuklamaning to'lqinsimon ortishi talablarni sekin-asta hamda keskin orttirib so'ngra pasaytirib borish bilan harakterlanadi. Yuklamaning miqdori intensivligi va izchilligi bo'ladi.Jismoniy yuklamalarning to'g`ri chiziqli va bosqichma-bosqich ortib borishi jismoniy tarbiyani uncha uzoq bo'lmagan jarayonlarda foydalanilsa katta samara beradi. Yuklamaning to'lqinsimon ortib borishi esa malakali sportchilar trenirovka jarayonlarida ko'plab foydalaniladi.


Xulosa

Jismoniy ma’daniyat tarbiya jarayonida bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiyaning bir-biri bilan o’zaro bog’langan har birining mazmuni, vositalari, shakl vausullarining o’ziga xos xususiyatlarini tuShunish kerak bo’ladi. Bizning ilmiy tadqiqot ob’ektimiz bo’lgan o’zbek xalq milliy o’yinlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalashda ham ana Shu o’ziga xosliklarni hisobga olish zarurligi kelib chiqadi.Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlaridan biz uchun eng muhimi kichik maktab yoshidir. Har bir yosh guruhiga jismoniy va ruhiy rivojlanishining muayyan darajasi mos keladi.Kichik maktab yoshining xususiyatlari. Kichik maktab yoshida o’qish bolaning butun hayot tarzini o’zgartiradi va unga yangi talablar qo’yadi. CHunki bog’cha yoshida bolalarda, asosan nutqining rivojlanishiga, ahloq me’yorlarining shakllanishiga asosiy e’tibor beriladi. Ularni tarbiyalashda maxsus tashkil etiladigan o’yin faoliyati katta o’rin tutadi. Bolaning rivojlanishi uchun didaktik ta’lim beruvchi va jamoa bo’lib birgalikda harakat qilishga o’rgatuvchi o’yinlardan foydalaniladi. Kichik maktab yoshida organizmning umumiy yetilishi fonida bolalarning harakat sohasi jadal rivojlanadi. Bu davr sport bilan, jismoniy madaniyat bilan faol Shug’ullanish uchun juda qulaydir.Mana shu jihatdan bolaning aynan Shu xususiyatlarni rivojlantiruvchi milliy xalq o’yinlaridan foydalanish tarbiyada ko’zlangan maqsadga yetish imkonini tezlashtiradi.Jismoniy rivojlanishning jadalligi skletning tez o’sishi, umurtqa pog’onasini bukikligining shakllanishi, yurak, tomir tizimining rivojlanish xususiyatlari va boshqalar bolaning oqilona tashkil etilgan va butun hayot rejimini talab etadi.Turli yoshdagi har xil jinsdagi bolalar ruhiyatining rivojlanishi, o’zgarishlari, ularning ahloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar, shart-sharoitlarni bilish, ulardan unumli foydalanish xozirgi kunlarda o’qituvchilar, jismoniy madaniyat mutaxassislari uchun nihoyatda zarur bo’lib qoldi. Shug`ullanuvchi o`quvchilar avvalgi mashg`ulotlarda o`zlashtirib olganlarini mustahkamlashlarida talabni kuchaytirish va keyingi mashg`ulotlar uchun zamin yaratishni ta`minlash. Pedagogika fanida bu printsiplarni o`rgatishda taalluqligini hisobga olib, didaktik tamoyillar deb ataymiz. Jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlarga o`rgatish va shug`ullanuvchilarni bilimlar bilan qurollantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashni o`z ichiga qamrab olganligi uchun tamoyillarni didaktik emas, metodik - uslubiy deb atash qonuniyroqdir.Ko`nikma va malakalarni shakllantirishda qo`llaniladigan asosiy uslubiy tamoyillar o`quvchilarning yoshlari qanday bo`lishidan qat`iy nazar, barcha uchun bir xil va zarurdir. Har bir tamoyilning mohiyatini va o`quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida uni amalga oshirish yo`llarini alohida ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir.




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish