Mavzu: Kameral soliq nazoratining mazmun mohiyati. Mundarija


Kameral soliq nazoratini tashkil etishning asosiy yo’nalishlari 4



Download 53,28 Kb.
bet3/8
Sana25.06.2022
Hajmi53,28 Kb.
#704938
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kameral nazarot kurs ishi

2. Kameral soliq nazoratini tashkil etishning asosiy yo’nalishlari 4
Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan tovarlarni respublika hududidan tashqariga olib chiqilayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish bilan bog‘liq kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
kameral soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv;
talabnoma — kameral soliq tekshiruvida aniqlangan soliq hisobotidagi tafovutlar va xatolarni soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish orqali bartaraf etilishi yoki tushuntirib berilishi shart ekanligini bayon etuvchi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchiga yuboriladigan hujjat;
aniqlashtirilgan talabnoma — talabnomaga javoban soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tafovutlar asosnomasining tahlili asosida soliq hisobotlarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar va ma’lumotlar orasida yuzaga kelgan soliq hisobotidagi tafovutlarni va soliq hisobotidagi xatolarni aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish orqali to‘liq bartaraf etilishi to‘g‘risidagi soliq organining murojaati;
soliq hisobotidagi xato — soliq to‘lovchi tomonidan soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda soliq hisobotida noto‘g‘ri ma’lumotlarni yoki ko‘rsatkichlarni aks ettirilishi;
soliq hisobotidagi tafovut — soliq to‘g‘risida qonunchilik hujjatlariga muvofiq aks ettirilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar va ma’lumotlar, shuningdek soliq organlarida mavjud ma’lumotlar bilan soliq to‘lovchining soliq organiga taqdim etgan soliq hisobotlarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar va ma’lumotlar orasida yuzaga kelgan farq yoki nomuvofiqligi;
tafovutlarning asosnomasi — talabnomaga javoban soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan tushuntirishlar berishni nazarda tutuvchi va soliq to‘lovchining vajlarini isbotlovchi hujjatlar to‘plami;
tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxs — soliq organi buyrug‘iga asosan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish vazifasi yuklatilgan soliq organi xodimi.
Kameral soliq tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 88-moddasida belgilangan da’vo muddati o‘tmagan soliq davrlariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi joylashgan joyda amalga oshiriladi, bundan soliq to‘lovchining hudud va binolarini ko‘zdan kechirish bilan bog‘liq holatlar mustasno.
Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish davomida soliq organlari Soliq kodeksining 145-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchining hudud va binolarini ko‘zdan kechirishi mumkin.
Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish tadbirlari soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar va ma’lumotlar hamda soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud boshqa ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladi.
Bunda, hudud va binolarni ko‘zdan kechirish tadbirlari soliq to‘lovchilarda belgilangan ish rejimiga asosan bir ish kunidan oshmagan vaqt davomida o‘tkaziladi hamda ushbu tadbir davomida hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish tadbirlari Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi” to‘ldirilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish to‘g‘risidagi dalolatnomaga “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ning to‘ldirilgan shakli qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi yoki kitob taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tekshiruvchi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
Hudud va binolarni ko‘zdan kechirish mansabdor shaxs “Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobi”ni to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, soliq to‘lovchi uzining hududi va binolarini ko‘zdan kechirish tadbirlarining o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.










Download 53,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish