Mavzu: Kasbiy psixologiya fanining predmeti, mazmuni va mohiyati


Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi



Download 79,5 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2022
Hajmi79,5 Kb.
#539993
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu KP

2. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi

Ijtimoiy psixologiya ko’pgina sohalarni o’z ichiga qamrab oluvchi amaliy fan hisoblanib, bir tomondan psixologiya, ikkinchi tomondan odamshunoslik fanlari doirasiga kiradi. Bu fan ijtimoiy-gumanitar fanlarning integrallashuvi jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo’la boshlagan. Ijtimoiy psixologiya o’z ichiga munosabatlar psixologiya yo’nalishlarini qamrab oladi. Gumanistik nuqtai nazardan muxandislik psixologiyasi muammolarini M. M. Sherbato v (1733–1790) o’rgana boshlagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida I. M. Sechenov, S. M. Bexterov, A. F. Koni faoliyat yuritgan davr kasb psixologiyaning o’sish davri hisoblanadi. Ishchi xizmatchi-xodim shaxsi psixologiyasi ustidagi izlanishlar natija bera boshlaydi va ayni shu davrda kasbiy psixologiyani mustaqil fan sifatida qabul qilish zarurati tug’iladi. Kasb psixologisi fanining rivojlanishiga S. S. Romanov, M. I. Enikeev, V. L. Vasilevlar katta hissa qo’shganlar. Kasb psixologiyasi ilmiy-amaliy fan sifatida birinchidan, muxandis texnik xodim xulqi (axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); ikkinchidan, xulq (shaxsining xulq-atvori, texnik stereotip, guruh tarkibi, tuzilishi, vaziyat, texnik xodimning shaxsi, xulq-atvori va ularning xulq genezisdagi roli); uchinchidan, injenerlik faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, mexnat faoliyati psixologiyasi kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi. Kasb psixologiyasi bir qator vazifalarni, jumladan, texnik muxandislik faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish; ikkinchidan, munosabatlarni mustahkamlash, muxandislik ishlarining samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.


Kasbiy psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.
1) mulokot psixologiyasi;
2) muxandislik psixologiyasi;
Kasbiy psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo’lsak, u quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
Muxandislik psixologiyasi: muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o’rtasida Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi umumiy psixologiya Ijtimoiy psixologiya Psixodiagnostika Pedagogik psixologiya Yosh davrlar psixologiyasi Eksperimental psixologiya Qiyosiy psixologiya funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyat- larini o’rganadi;
Muloqot psixologiyasi: Shaxs ijtimoiylashuvining biologik va ijtimoiy omillari; «muxandis shaxsi» tushunchasi; ayrim toifadagi shaxslarning mulokati tipologik tavsifi. Faoliyatda mulokat psixologiyasi, Ijtimoiy psixologiya va kasbiy psixologiya o’rtasida farq qiluvchi tomonlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1) kasbiy psixologiya fanining ko’lami ijtimoiy psixologiyaga qaraganda torroq, chunki u kasbiy holatlar psixologiyasi bilan shug’ullanmaydi;
2) kasbiy psixologiya fanida nazariyaga qaraganda amaliy holatlar ko’proq, bu bevosita inson-texnika munosabatlari bilan bog’liq psixik jarayonlarning o’ziga xosligi bilan ifodalanadi;
3) kasbiy psixologiya fanining ishlash metodlari aksariyat hollarda «maxsuslik» xarakteriga ega;
4) kasbiy psixologiyaning ish uslubi tezkorlik xususiyatiga ega;
5) kasbiy psixologiya katta psixologik stress holatlarini ham o’z ichiga oladi;
6) kasbiy psixologiya texnik muxandis xodimlarining psixologiyasini shakllantirish va rivojlantirishi bilan ajralib turadi.
Kasbiy psixologiya fani ijtimoiy psixologiya kabi bir necha tarmoqlarga bo’linadi. Bular:
1) profilaktika faoliyati psixologiyasi;
2) muxandislik faoliyati psixologiyasi;
3) inson-texnika munosabatlari psixologiyasi;
4) kasbiy faoliyat psixologiyasi.
Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil sohasi bo’lib u o’zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.
Mehnat psixologiyasi - inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi bo’lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o’rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo’yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Muhandislik psixologiyasi – inson va texnik tuzilmalar o’rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o’rganuvchi psixologiya tarmog’idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o’rtasidagi o’zaro bog’lanish hamda o’zaro ta’sirini tekshirish bilan shug’ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruktsiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va mexnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyhalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug’ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o’rganuvchi psixologiya tarmog’i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh bolalik, o’smirlik, o’spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya- shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o’rganuvchi psixologiya sohasi.
Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o’rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo’lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo’lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta’kidlash lozim. E. A. Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni echish usullari, yo’llari va sharoitlarini o’rganuvchi psixologiya yo’nalishidir.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o’rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida ko’rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo’yiladigan psixologik talablarni o’rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi bo’limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy hulq muhim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o’rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o’rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o’rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo’lgan ta’sirini o’rganadi.
Kasb psixologiyasining muhim jihatlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o’rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.

Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish