Mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti



Download 41 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2022
Hajmi41 Kb.
#861160
  1   2   3
Bog'liq
Keyns va keynschilik talimoti (2)


Mavzu. Keyns va keynschilik ta’limoti

1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti


2. Keynchilar va neokeynschilar
3. Keynschilikning AQShdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o'sish nazariyalari
4. Keyns g'oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati
Javob:
20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. Keynschilikning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga „samarali talab“ (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. „Samarali talab“ 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi „isteʼmolga moyillik“ va „asosiy ruhiyat qonuni“ bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.


Keyns oʻzining „bandlik nazariyasi“ asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chiqdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.


Keyns investitsiyaga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
2.Neokeynschilik — iqtisodiyot ni tartibga solish boʻyicha nazariya, keynschiliknnng Ikkinchi jahon urushidan soʻng yuzaga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Neokeynschilikning tanikli vakillari — R. Harrod, neokeynschilik Kaldor, J. Robinson, Ye. Domar, A. Xansen. Neokeynschilik 20-asrning 50-yillari boshida jahondagi iqtiso-diy inqiroz, ilmiy-texnika inqilobi, mustamlakachilikning yemirilishi taʼsirida shakllandi. Yangi tarixiy sharoitda iqtisodiy oʻsish surʼatlari ancha pasaydi, inqirozlar davri tez-tez takrorlanadigan boʻlib qoldi. Bu sharoitlarda nazariya va iqtisodiy siyosat John Maynard Keynes gʻoyalari bilan chegaralanishi mumkin emas edi. Neokeynschilik asosiy eʼtiborni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ning miqdoriy bogʻlanishlariga qaratdi. Iqtisodiy oʻsish muammolariga davlatning eng muhim iqtisodiy siyosati sifatida qaraladigan boʻldi. Neokeynschilikga koʻra, kapitalistik (bozor) iqtisodiyot yangi sharoitda iktisodiy muvozanatni sti-xiyali tartibga solish mexanizmini yoʻqotadi va uni davlat tomonidan do-imiy va bevosita tartibga solish za-rurati yuzaga keladi. Shu sababli iqti-sodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy muammolari ham oʻzgarib, inqirozga qarshi tartibga solishning bandlik nazariyasidan iqtisodiy usish nazariyasiga katta eʼtibor berildi.


neokeynschilik metodologiyasida takror ishlab chiqarish muammolariga makroiqtisodiy, xalq xoʻjaligi nuqtai nazaridan yondoshuv mavjud. Unda milliy daromad, umumiy ijtimoiy mahsulot, umumiy talab va taklif, umumiy investitsiya va boshqa kategoriyalardan foydalaniladi, ular takror ishlab chiqarish jarayonining baʼzi bir eng umumiy miqdoriy bogʻlanishlarini tahlil qilishga imkon beradi. John Maynard Keynesning takror ishlab chiqarish, shuningdek, multiplikator nazariyasi toʻldiriladi. Neokeynschilik akselerator nazariyasini ilgari surdi. Ikkala nazariyani birlashtirish natijasida takror ishlab chiqarishning kengayishini ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki texnika-iqtiso-diy jarayon deb tushuntiriladi. Neokeynschilik tarafdorlari kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning oʻziga xos formulalarini yaratdilar va uni iqtisodiy oʻsish modellari, deb atadilar. Ye. Domar va R. Harrod tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy oʻsish modelida (Harrod—Domar modeli) iqtisodiyotni moʻtadil surʼatlarda oʻsishi dinamik bar-qarorlikning asosiy sharti sifatida qaraladi. Dinamik barqarorlik va doimiy oʻsishga erishish avtomatik ra-vishda boʻlmasligi, balki davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki tufayli roʻy berishi mumkinligi taʼkidlanadi. Daromad oʻsishini taʼminlashda investitsiyalarning roli, ishlab chiqarish kuvvatlarining oshirilishi muhim, yaʼni iqtisodiy oʻsish bandlikka yordam beradi. Neokeynschilik taʼlimoti chuqur inqirozlar, urush va urushdan keyingi davrlar uchun samarali boʻldi. 20-asrning 70-yillaridan boshlab neokeynschilik taʼlimotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi boʻyicha neoliberalizm gʻoyalari oldingi oʻringa chiqdi.



Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish