Mavzu: Kirish. Ekologik kimyo fanining predmeti va ob’yekti reja


Ekologiya fanining bolim va sohalari



Download 25,5 Kb.
bet2/3
Sana13.06.2022
Hajmi25,5 Kb.
#661153
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu

Ekologiya fanining bolim va sohalari. Organizmlarning yashash sharoiti va ularning tashqi muhit bilan o’zaro munosabati, turlar, populatsiyalar, biosenozlar, ekotizmlar, biosfera va boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil etadi. Bugungi kunda ekologiya nafaqat mustaqil fan sifatida shakllandi, balki, u mazmunan juda kengaydi. Ekologiya o’rganadigan yangi sohalar ko’paydi, boshqacha aytganda, ekologiyaning yangi-yangi yo’nalishlari paydo bo’ldi. Fiziologik ekologiya, Global ekologiya, Ijtimoiy ekologiya, Inson ekologiyasi, Injenerlik ekologiyasi, Biokimyo ekologiyasi, Evolutsion ekologiya, Morfologik ekologiya, Qishloq xohjaligi ekologiyasi, Koinot ekologiyasi, O’simliklar ekologiyasi, Hasharotlar ekologiyasi, Umurtqalilar ekologiyasi, Chuchuk suv ekologiyasi, Dengiz ekologiyasi, Quruqlik ekologiyasi, Okean ekologiyasi va boshqalar.
Ekosistemada birga yashaydigan turlar soni o’z-o’zidan boshqaradi. Turlar bir-biriga qancha ko’p moslashgan bulsa, sistema o’shancha kuproq barqaror bo’ladi
Ekologiya aslida tabiiy fanlar qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Hozirgi kunda ekologiya ijtimoiy hayot bilan ham bog’lana borib, ijtimoiy ekologiya kabi sohani vujudga keltiradi.
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularning yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlarini o’rganadi.
Ekologiyaning maqsadi - ma’lum joyda qancha organizm yashaydi, ularni qachon, qaysi yerda va nima uchun uchratish, topish mumkin degan savollarga javob berishdan iboratdir.
Ekologiya fanining usullari, dala, laboratoriya, eksperimental va matematik modullari. Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o’tkaziladigan kuzatishlar dala usuli asosida baholadi.
Labaratoriya eksperiment usuli - maxsus joylarda, xonalarda turli mikroorganizmlar, suv o’tlar umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari kichik –kichik idishlar, Petri kosachasi, akvariumlarda maxsus oziqa moddalar, yorug’lik, harorat yordamida o’stiriladi va kuzatiladi. Ularning ko’payishi jadalligi, massa hosil qilishi, fiziologik, biokimyoviy tarkiblari hamda foydali formalarini tez ko’paytirish usullarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog’, vino, spirt tayyorlashda foydalaniladi.
Matematik modellar va modellashtirish. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos boshqa ekologik tomonlar matematik modellar usuli yordamida aniqlanadi.
Ko’rinib turibdiki, ekologiya fani ommalashib, barcha fanlar ekologiyalashib borishi natijasida “Ekologik kimyo” fani maydonga chiqdi.
Sistema deganda, bir-biriga tartibli ta’sir qiladigan va bir—biri bilan bog’langan_komponentlar butunligini tushunamiz. Ekologiya organizmlarni, ekosistemalar na biosfeagacha bo’lgan ob’yektlarni o’rganadi.
Organizmlar birgalikda o’sib, populyatsiya hosil qiladi. Populyatsiyalar esa biotsenozga kiradi, biotsenozlar abiotik muhit bilan aloqaga kirishib, ekologik sistemani tashkil qiladi. Eng katta ekologik sistema bu - biosferadir.
Populyatsiya bir turga mansub bir necha individlarning ma’lum bir territoriyadagi tarqalganligidir. Biosfera — tirik organizmlarning yer fizik muhiti bilan hosil qilgan birligidir.
Ekologiya quyidagi turlarga bo’linadi: autekologiya — organizmlar ekologiyasi, sinekologiya — jamoalar, populyatsiya ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi, evolyutsion ekologiya, qishloq xohjaligi ekologiyasi, radiatsion ekologiya, kosmik ekologiya, biosfera ekologiyasi, fiziologik ekologiya, embriologik ekologiya, anatomik ekologiya, kimyoviy ekologiya, fizikaviy ekologiya va boshqalar.
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan bo’lib, ularning ishlarida biz ekologik yo’nalishlarni ko’ramiz. Lekin ular «Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (eramizdan 384-322 yil avval), qadimgi yunon filosofi Teofrast (371-280 yil) hayvon va o’simliklarni yashash sharoitiga bog’liq xolda ko’rib chiqishgan. Aristotel 500 tur hayvonlarni o’rganib, ularning xulq-atvori, ko’chib yurishi haqida, Teofrast – o’simliklarning shakli va o’sishi iqlim va tuproq sharoitiga bog’liqligini aniqlaydi.
Fransuz olimi M.Byuffon(1707-1788)ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri masalasi ko’tarilgan. J.B.Lamark (1944-1829) dastlabki evolyutsion ta’limotning muallifidir. U o’simlik hamda hayvonlarning evolyutsion uzgarishlarida eng muhim omil deb tashki muhit ta’sirini hisoblagan.
A.Gumboldtning ishlari o’simliklar geografiyasida yangi ekologik yo’nalishlarni aniqlab berdi. U fanga “landshaft «fizionomiyasi» o’simliklarning tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi” kabi tushunchani kiritadi. O’xshash zona va vertikal poyaslarda har xil taksonomik guruhlarda o’xshash «fizionomik» shakllar ishlab chiqiladi. Bu shakllarning tarqkalishi va nisbatiga qarab, joyning fizik-geografik xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin.
Atrof-muhitni o’zlashtirishning bu boshlang’ich shakli mavjud ekologik muvozanatning o’zgarishiga olib kelgan. Tabiatning biologik qimmati o’zgargan. Oxir-oqibatda dastlabkidan farq qiluvchi yangi shakldagi ekologik muvozanat vujudga kelgan.
Insoniyat taraqqiyoti sanoatning rivojlanishiga olib kelgan. Shaharlarning qurilishi va o’shishi, shahar aholisining ko’payishi qonu-niy holda tabiat va insonning yangi turdagi o’zaro munosabatini shakllantirgan. Natijada bizning zamonamizda inson qadami yetib bormagan tabiiy muhitlar faqat tropik junglilar va tog’larning baland-baland etaklarida, qisman tundrada, himoya qilinadigan qohriqxonalardagina saqlanib qolgan. Dunyodagi butun tabiiy muhitining taxminan ohn foiz hududiga hali butunlay tegilmagan.
Inson sivivlizatsiyasining rivojlanishi va uning tabiat baohriga tobora chuqurroq kirib borishi oqibatida ahvol tubdan o’zgardi. Odamlar o’simlik va hayvonot olamiga bostirib kirib, ko’pincha o’z faoliyatining salbiy oqibatlari tabiatni o’zgartirib yuborishi mum-kinligi haqida hatto ohylab ham ko’rishmaydi.,
Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida gapirmasa ham boiadi. Yer yuzida ohrmonlar qirqildi, katta-katta hududlar dehqonchilik qilish maqsadida o’zlashtirildi, dorilar bilan o’g’itlandi, har xil chiqindi hamda gazlar bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o’rmon yong’inlari, chang bo’ronlari ham yuz beradi. Bularning barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur yetkazadi.
Shveysariyalik ekolog V.Sisvilerning e’tirof etishicha, keyingi 300 yil davomida 150 xildan ortiq hayvonlar turi yer yuzidan butunlay qirilib, yo’qolib ketgan. Afsuski, endi ularni qayta yaratib bo’lmaydi. Hozirgi sharoitda yo’qolib ketish havfida turgan 240 turdagi hayvonni qanday saqlab qolish masalasi muammo bo’lib turibdi. Nafaqat hayvonlar, balki, o’simliklar ham yo’qolib ketmoqda. Bulaming barchasi biologik muvozanatning buzilishi oqibatlaridir. Ha, insonning ilmiy nuqtayi nazardan asoslanmagan, oqibatlari o’ylanmagan faoliyati natijasida ko’plab o’simlik va hayvonlar, mikroorganizmlar butunlay yo’qolib ketdi.

Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish