Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu: Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl) ni tuzish va tahlili. Debetorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl) bilan tanishish



Download 2,18 Mb.
bet97/99
Sana15.07.2021
Hajmi2,18 Mb.
#119376
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
Amaliyot mavzular

36-Mavzu: Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl) ni tuzish va tahlili. Debetorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl) bilan tanishish.

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot (5-shakl)ning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga korxona va tashkilotning xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi ma’lumotlarni berish hisoblanadi.

Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.

Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va kamayishi, shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300, 8400, 8500, 8600, 8700, 8800) olinadi.

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot hisobot yilida korxonani xususiy kapitalining shakllanish manbalari kesimida holati va harakatini aks ettiradi.

“Yil boshidagi qoldiq” (010-satr) moddasi bo‘yicha yil boshidagi holat bo‘yicha quyidagi axborot aks ettiriladi:

a) 3-ustunda — “Ustav kapitali” — ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8300) ko‘rsatilgan ustav kapitalining summasi ko‘rsatiladi;

b) 4-ustunda — “Qo‘shilgan kapital” — qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi hisoblarida (8400) qayd etilgan qo‘shilgan kapital summasi ko‘rsatiladi;

v) 5-ustunda — “Rezerv kapitali” — qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8500) qayd etilgan rezerv kapitali mablag‘lari summasi aks ettiriladi;

g) 6-ustunda — “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararlar)” — taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisoblarida (8700) qayd etilgan, yil boshida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi ko‘rsatiladi;

d) 7-ustunda — “Sotib olingan xususiy aksiyalari” — sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi hisoblarida (8600) qayd etilgan, korxonada bo‘lgan sotib olingan xususiy aksiyalarining summasi; ularni keyin tarqatish yoki yo‘q qilish uchun, ko‘rsatiladi;

e) 8-ustunda — “Maqsadli tushumlar va boshqalar” — maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan, maxsus jamg‘armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko‘rinishida tekin (bepul)ga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatiladi.

“Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi” (020-satr) moddasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yilida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotishdan olingan nominal qiymat va emissiya daromadi summasi aks ettiriladi.

“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash” (030-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilining birinchi sanasi holati bo‘yicha har yili qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan asosiy fondlarni qayta baholashdan tashqari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash summasi aks ettiriladi.

“Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqi” 040-satr)moddasi bo‘yicha buxgalteriya hisobida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursi farqi”hisobida aks ettiriladigan, ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasida va mablag‘lar ustav kapitaliga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari o‘rtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda hisobot yili uchun kurslardagi farq aks ettiriladi.

“Rezerv kapitaliga ajratmalar” (050-satr) moddasi bo‘yicha ta’sis hujjatlariga ko‘ra va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yili uchun rezerv kapitalga ajratmalar summasi aks ettiriladi.

“Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)” (060-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida olingan sof foyda (zarar) summasi ko‘rsatiladi.

“Tekinga olingan mol-mulk” (070-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida turli manbalardan tekinga olingan mol-mulkning qiymati ko‘rsatiladi.

“Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar” (080-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari va maqsadli foydalanish uchun boshqa maqsadli tushumlar ko‘rsatiladi.

“Hisoblangan dividendlar” (090-satr) moddasi bo‘yicha hisobot davrining taqsimlanmagan foydasidan va avvalgi yillardan to‘plangan foydadan joriy hisobot yilida hisoblab yozilgan dividendlar summasi ko‘rsatiladi.

“Xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari” (100-satr) moddasi bo‘yicha xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari summasi ko‘rsatiladi.

“Yil oxiridagi qoldiq” (110-satr) moddasi bo‘yicha tegishli ustunlar bo‘yicha hisobot davri oxirida xususiy kapitalining saldosi ko‘rsatiladi. Bunda, 030, 040, 050, 100-satrlarda aks ettirilgan va 8420 — “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq”, 8510 — “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”, 8520-”Rezerv kapital” hisoblarida, maqsadli tushumlar (8800) hisoblarida hamda kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervini hisobga oluvchi (8900) hisoblarda hisobda turgan xususiy kapitali manbalarining yil boshidagi summaga nisbatan kamayishi minus belgisi bilan ko‘rsatiladi. Shuningdek, minus belgisi bilan hisobot yilidagi hisoblangan dividendlar (090-satr) va qoplanmagan zarar (060-satr) summasi aks ettiriladi.

“Xususiy kapitalning ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-)” moddasi bo‘yicha (120-satr) yil boshidagi summa bilan qiyoslaganda hisobot yili oxirida xususiy kapitalning ko‘payishi yoki kamayishi summasi aks ettiriladi.

Aksiyadorlik jamiyatlari 130 dan 150-satrlargacha bo‘lgan satrlarni ma’lumot uchun to‘ldiradilar.




Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish