Mavzu: kuchaytirgichlarni tuzulish turlari va ishlash prinsipi


Maydoniy tranzistorlar asosidagi kuchaytirgich kaskadlar



Download 3,74 Mb.
bet8/8
Sana29.05.2022
Hajmi3,74 Mb.
#614899
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kuchaytirgich

7. Maydoniy tranzistorlar asosidagi kuchaytirgich kaskadlar
p – n o’tish bilan boshqariladigan MT yoki kanali qurilgan MDYA – tranzistorlar asosidagi kuchaytirgichlar asosan kirish kaskadlari sifatida qo’llaniladi. Bu hol MTlarning quyidagi xususiyatlari bilan bog’liq:

  • katta kirish qarshiligiga egaligi yuqori Omli signal manbai bilan moslashtirishni osonlashtiradi;

  • shovqin koeffitsiyentining kichikligi kuchsiz signallarni kuchaytirishda afzallik beradi;

  • termobarqaror ishchi nuqtada barqarorlik yuqori.

UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad. n – kanali p – n o’tish bilan boshqariladigan UI ulangan kuchaytirgich kaskadning prinsipial sxemasi 25-rasmda keltirilgan.
Kirish signali manbai UG ajratuvchi kondensator C1 orqali, yuklama qarshiligi RYu esa kaskadning chiqishiga C2 ajratuvchi kondensator yordamida ulangan. Zatvorning umumiy shina bilan galvanik bog’lanishi RZ ≈ 1 MOm rezistor orqali amalga oshiriladi. Bu galvanik aloqa zatvordagi manfiy siljituvchi kuchlanishni hosil qilish uchun zarur.

25-rasm. UI sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad.
Bunday tranzistor ishlash prinsipi kanal qarshiligini p – n o’tishga teskari siljitish berib o’zgartirishga asoslanadi. n – kanalli tranzistor uchun kuchlanish manbai +EM, zatvorga esa RI dagi manfiy kuchlanish pasayishi beriladi. Bitta kuchlanish manbai ishlatilganda zatvordagi UZI kuchlanishni sokinlik rejimida avtomatik siljituvchi RICI ta’minlaydi. UZI kuchlanish RI qarshilik orqali IS sokinlik toki oqib o’tishi hisobiga hosil bo’ladi UZI = - IS ·RI. Keng dinamik diapazonga ega bo’lgan kuchaytirgich holatida, ya’ni kirish signali amplitudasi bir necha voltni tashkil etganda, tabiiyki UZI kuchlanishning sokinlik rejimdagi qiymati UZI.BЕRK va UZI.max (tranzistor pasport ko’rsatmalari) kuchlanishlar yig’indisining yarmiga, ya’ni UZI = 0,5(UZI.BЕRK+UZI.max).
UZI va IS larning sokinlik rejimdagi qiymatlarini stok-zatvor xarakteristikasidan aniqlab, RI ning qiymatini topish qiyin emas.
Ko’rilayotgan sxemada RI rezistor ikkita vazifani bajaradi. Birinchidan, u sokinlik rejimida ishchi nuqta boshlang’ich holatini ta’minlaydi va ikkinchidan, unga yuklama toki bo’yicha (UE ulangan sxemada RE dek) ketma-ket manfiy TAni kiritadi. Bu o’z navbatida kaskad kuchaytirish koeffitsiyentining kamayishiga olib keladi va sokinlik rejimini temperatura bo’yicha barqarorlaydi. O’zgaruvchan tok bo’yicha manfiy TAni yo’qotish uchun RI rezistor CI kondensator bilan shuntlanadi.
A rejimda ishlovchi kuchaytirgichlar uchun sokinlik rejimida tranzistorning istoki va stoki orasidagi kuchlanish USI = - IS ·RS teng qilib olinadi. Bunda EM= USI + IS ·RS+ IS ·RI USI.max (pasport ko’rsatmasi) dan ortmasligi kerak.

26-rasm. UI ulangan n – kanali p – n o’tish bilan boshqariladigan MTning umumlashgan dinamik xarakteristikalari.
Katta signal rejimi uchun kuchaytirgichning statik uzatish xarakteristikalarini uchta paramertlarini IS, UZI, USI o’zaro bog’lovchi umumlashgan grafik sifatida ifodalash mumkin. VS264D tranzistorli kaskadni parametrlari EM=15V, RS=2,5 kOm bo’lgandagi umumlashgan garfigi 8.26-rasmda keltirilgan.
Bu yerda A nuqta koordinatalari bir vaqtning o’zida barcha uchta parametrlar: chiqish toki hamda kirish va chiqish kuchlanishlarini aniqlaydi. Berilgan signal amplitudasi uchun kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsiyentini topish mumkin.
US sxemada ulangan kuchaytirgich kaskad (istok qaytargich). US ulangan MT asosidagi kuchaytirgich kaskadning prinsipial sxemasi 27-rasmda ko’rsatilgan. Sxemada n – kanali p – n o’tish bilan boshqariladigan MT qo’llanilgan.
Sxemada stok elektrodi umumiy shinaga kuchlanish manbai EM ning juda kichik qarshiligi orqali ulangan, ya’ni stok elektrodi kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiydir.
Istok qaytargichda chiqish signali amplitudasi kirishdagi signal amplitudasi va fazasini qaytaradi. Bu ikki omil kaskadning kuchlanish qaytargich deb atalishiga asos bo’ldi. Kuchaytirish koeffitsiyentining birga yaqin qiymati 100 % li manfiy TA hisobiga hosil bo’ladi.

27-rasm. US ulangan MT asosidagi kuchaytirgich kaskadning sxemasi. p – n o’tish bilan boshqariladigan MTni kuchlanish qaytargichning
kirish qarshiligi teskari siljitilgan boshqaruvchi p – n o’tishning differensial qarshiligidan iborat bo’ladi.
MDYA – tranzistor asosidagi kuchlanish qaytargichning kirish qarshiligi bundan ham katta bo’ladi, chunki u zatvor ostidagi dielektrik parda qarshiligi bilan aniqlanib, ~100 MOmni tashkil etadi.


Xulosa
O‘lchash texnikasi fundamental ilmiy izlanishlarga bevosita bog‘langan
bo‘lib, tabiiy fanlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bu
esa unga ulkan imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollarini yaratish bilan bir qator
muammolarni keltirib chiqardi. Birinchi navbatda quyidagilarni aytib o‘tish
lozim:

  • o‘lchashlar birliligini ta’minlash muammosi;

  • umumiy o‘lchashlar nazariyasining rivojlanishi;

  • yangi fizikaviy usullar va har xil hisoblash qurilmalariga asoslangan o‘lchash

  • amallarini soddalashtirib, bir vaqtning o‘zida ularning samaradorligini oshirish;

  • yangi analiz va sintez usullariga asoslangan, tavsiflari oldindan aytiladigan

  • o‘lchash vositalarini ishlab chiqarishni tezlashtirish;

  • loyihalashni avtomatlashtirish;

  • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga asoslangan yangi o‘lchash

vositalarini yaratish va tadbiq qilish.
Yuqorida qayd etilgan jarayonlar garchand muhim va keng bo‘lsa ham,
alohida olingan aspektlarini, shu bilan birga behisob izlanishlar, tekshirishlarni,
xususiy usullarni hamda o‘lchash tartiblarini ko‘rib chiquvchi bir qator o‘lchash
nazariyalari mavjud. Ular bu jarayonning alohida bo‘lsa ham, etarli darajada171
farqli va har xil aspektlarini qaraydi. Xususiy usul va o‘lchash prinsiplarini ichida
quyidagilarni eslatamiz:

  • o‘lchash qurilmalarining aniqlilik nazariyasi;

  • statistik o‘lchashlar nazariyasi;

  • o‘lchash o‘zgartkichlarining umumiy energetik nazariyasi;

  • o‘lchashning informatsion nazariyasi;

  • dinamik o‘lchashlar nazariyasi;

  • o‘lchash qurilmalarining invariantlik nazariyasi;

  • o‘lchashlarning algoritmik nazariyasi;

  • o‘lchash vositalarining moslashuv nazariyasi.

O‘lchashlar aniqligi nazariyasi asosida o‘lchash natijalarining xatoliklarini
baholash va tekshirish usuli yotadi.
Esingizda bo‘lsa kerak, “xatolik” deganda o‘lchash amalida olingan natija
qiymatining o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan tafovuti tushuniladi.
Aniqlik nazariyasining tub ma’nosini xatolik va uning tashkil etuvchilarini
baholash, xatoliklar hosil bo‘lishining manba va sabablarini aniqlash hamda
xatoliklarni kamaytirish usullari tashkil etadi.
Zamonaviy o‘lchash texnikasi xalk xo‘jaligining hamma sohasi bilan
yagona bog‘lamda rivojlanib bormoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlashda
uning roli juda kattadir. Shu sababdan olimlar va muhandis-asbobsozlar oldida
turgan muhim vazifalardan biri ilmiy texnik taraqqiyot yo‘lida ortda qolmaslik,
bu taraqqiyot yo‘lidagi to‘siq bo‘lmasdan, aksincha, uni olg‘a siljituvchi qudratli
omil bo‘lishdir! Albatta bu oson emas.
Bizning oldimizda juda ko‘p, o‘ta murakkab, hal qilinishi lozim bo‘lgan
muammolar turibdi. Bulardan birinchisi - yangi, progressiv yutuqlarni tez va
keng ko‘lamda ishlab chiqishga tadbiq etish va xalq xo‘jaligida qo‘llash. Bu
muammoni echish uchun asbobsozlikdagi rejalash va boshqarish prinsiplarini
tubdan qayta qurish kerak. Ikkinchi muammo-o‘lchash asboblarining sifatini
keskin oshirish. Bu masalani echish uchun faqat asbobsozlarning harakatlarini
o‘zi kamlik qiladi. Statik asbob uskunalarning aniqligi va ishonchliligini172
oshirish, yuqori sifatli materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektron
texnikasi mahsulotlarining tavsiflarini yaxshilash va ishonchliligini oshirish lozim.
Ko‘rinib turibdiki, bu masalalarni echish uchun o‘z navbatida o‘lchashnazorat texnikasini mukammallashtirish zarurdir. Bu jarayonning dialektik birligi ilmiy-texnik taraqqiyot muammolariga hamma talablarni chuqur tahlil qilish asosida atroflicha yondoshish lozimligini ta’kidlaydi. Shubha yo‘qki, bu muammolar echilib, ular ortidan yangilari, yanada murakkabliroqlari kun tartibiga qo‘yiladi. Ilmiy-texnik tafakkurning oldingi qatorlarida doimo olg‘a qarab harakat qilish - metrologiya fanining asosiy shioridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI


1. Zoxidov Sh.Sh., Baratov R.J., Djabarov N.G., Djalilov A.U. “Metrologiya
asoslari va elektr o`lchashlar” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo`yicha
uslubiy ko`rsatma. Toshkent, TIMI, 2014. – 84 bet (kirilcha - 86 bet.).
2. Robert B.Northrop. Introduction to Instrumentation and Measurements. Taylor
& Francis Group., New York, 2005. – 736 pages.
3. Anthony J. Wheeler., Ahmad R.Ganji. Introduction to Engineering
Experimentation. Prentice Hall, USA, 2009 – 434 pages.
4. Amirov S.F. Yakubov M.S. Jabbarov N.G. Elektr o‘lchashlar. Toshkent:
“O‘zbekiston” nashriyoti matbaa ijodiy uyi, 2007.- 226 b.
5. Е.Д. Øабалдин, Г.К. Смолин, В.И. Уткин, А.П. Зарубин. Метрология и
электрические измерения. Укатеринбург. Изд-во ГОУ ВПО “Рос. Гос.
Проф.-пед.ун-т”, 2006. 282 с.
6. Кравцов А.В. Метрология и электрические измерения. Учебник для вузов/
А.В. Кравцов. – 2-e изд.перераб. и доп. – M.: Колос, 1999. – 216 с.
7. Axrorov N. O‘lchovshunoslik asoslari va elektr o‘lchashlardan amaliy ishlar.
Toshkent.:O‘zbekiston, 1994.- 222 b.
8. ISO 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar.
9. Metrologiya haqida qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonuni, 28 dekabr 1993
yil.
10.Baratov R.J., Mahmudov P.M., Djalilov A.U. Elektr o‘lchash asboblari va
elektr o‘lchash. Toshkent.: Ilm ziyo, 2012. – 127 b.
11.Metrologiya. Measurement/Anand K Bewoor – New Delhi: Indiya, 2009.ISBN
9780070140004.
12.Truls Norby. Electrical measurements. University of Oslo. FERMIO
Gaustadalleen 21. NO-0349 Oslo, Norway.2010. ISBN 9788121929639.
13.Raghavendra N.V., Krishnamurthy S. Engineering metrology and
Measurement. Stanford University Press, /2013. ISBN 9780198085492.
14.Boyd S. and Vandenberghe L. Vectors, Matrices, and Least Squares.
University Press/2016.181
15.Raximov A.A., Rustamov D.Sh. Elektr o‘lchashlar – amaliy va mustaqil
ishlarni bajarishga doir uslubiy ko‘rsatma - T.:ToshTYMI, 2011,36 b.
16.Amirov S.F., Yoqubov M.S., Jabborov N.G‘. Elektr o‘lchashlar. T.:
ToshTYMI, 2007, 230 b.
17.Амиров С.Ф., Суллиев А.Х., Бипараметрические резонансные датчики для
систем управление скорости движение поездов. Тошкент – «ADADI
PLYUS»,2015.178 с.
18.Ким К.К., Анисимов Г.Н., Идраков А.И. Поверка средств измерений
электрических величин.Москва.:ФГБОУ.,2014.-140с.
19.Мамаев К.М. Приборы и методы электрических измерений, Том 2.
Цифровые измерительные приборы измерения неэлектрических величин.
Микропроцессорные измерительные устройства. Изд. “Юпитер”
Махачкала.1998, 214 с.
20.Сборник задач по электрическим измерениям/ А.С. Дривольский, С.В.
Климентьев.-Хабаровск:Изд-во ДВГУПС,2010.-64 с.
21.Сергеев А.Г., Латышов М.В., Терегеря В.В. Метрология, стандартизация,
сертификация: учебное пособие.-М.:Логос,2003.-536 с.
22.Ismatullayev P.R., Qodirov Sh.A. Metrologiya asoslari. – T.: “STANDART”
nashriyoti,-2012.-303 b.
23.Абдувалиев А.А., Латинов А. и др. Основы стандартизации и управления
качеством. Из-во. НИИСМС, Тошкент-2007. – 551 с.
24.Карташев И.И., Тульский В.Н., Øамонов Р.Г. и др.. Управление качеством
электроэнергии.; под ред. Ю.В. Øарова. 3-e изд., перераб. и доп.M.:
Издательский дом МЭИ,2017. -347c.
25.Баратов Р.Ж., Денмухаммадиев А.М., Джалилов А.У. Методическое
указание по выполненгию лабораторных работ по предмету: “ТОЭ.
Электрические измерения”, Ташкент, Типография ТИИИМСХ, 2018.-46с.


Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish