Mavzu: Kuchlanish o‘zgartirgichlari asosidagi impulsli elektr ta’minoti manbalari



Download 276,98 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi276,98 Kb.
#725886
  1   2
Bog'liq
MI-3


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI


fanidan


Mustaqil ish
Bajardi:
Telekommunikatsiya texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi

PSI-007-guruh


Ismatillayev Hikmatilla


Qabul qildi: k.o’qituvchi. F.M.Qodirov

Toshkent 2022


Mustaqil ish-3.


Mavzu: Kuchlanish o‘zgartirgichlari asosidagi impulsli elektr ta’minoti manbalari.


Telekommunikatsion apparaturalar elektr ta’minoti manbalarining hajmi va massasi tarmoq transformatori, past chastotali filtr parametrlari va chiziqli stabilizatorning rostlovchi elementidagi issiqliq ajralishlari orqali aniqlanadi. Oshirilgan chastotada ishlaydigan va impulsli rejimli o‘zgarmas kuchlanishni rostlagichli elektr ta’minoti manbalarining hajmi va massasi sezilarli kichik. Lekin, telekommunikatsion apparaturalar uchun kichik hajmli elektr ta’minoti manbalarini


integral mikrosxemalarda yig‘ish uchun bu manbalarning parametrlari talablarni qoniqtirmaydi. Transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbalari yaxshi ko‘rsatkichlaga ega. Ularda tarmoq kuchlanishi dastlab kirish to‘g‘rilagichida to‘g‘rilanadi, keyin to‘g‘rilangan kuchlanishning pulsatsiyasi sig‘im filtr orqali silliqlanadi, undan keyin o‘zgarmas kuchlanish invertorda yuqori chastotali to‘g‘ri burchakli shakldagi o‘zgaruvchan kuchlanishga o‘zgartiriladi. Bu kuchlanish kuch transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga talab qilinadigan qiymatga transformatsiyalanadi, yana to‘g‘rilanadi, silliqlanadi va yuklamaga uzatiladi. Transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbalarining tuzilish sxemalari 1- va 2-rasmlarda keltirilgan. Bunday sxemalarda elektr ta’minoti manbai chiqish zanjirini kirish ta’minot tarmog‘idan ajratish invertor transformatori orqali amalga oshiriladi.



1-rasm.Invertordan oldin stabilizator qo‘yilishi bilan stabillash amalga oshiriladigan transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbaining tuzilish sxemasi.

2-rasm. Invertorda kenglik-impulsli modulyasiya uslubi bilan stabillash amalga oshiriladigan transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbaining tuzilish sxemasi.
Chiqish kuchlanishini stabillash invertorda kenglik-impulsli modulyasiya uslubi bilan, shuningdek, invertordan oldin yoki undan keyin stabilizator qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Yarim ko‘priksimon rostlanadigan invertor asosidagi transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbaining prinsipial sxemasi 3-rasmda keltirilgan. Tarmoq kuchlanishi bevosita ko‘priksimon to‘g‘rilagichga beriladi va uning chiqishidagi
o‘zgarmas kuchlanish invertorga beriladi. Invertorning tranzistorlari kenglik impulsli modulyasiyalangan signal ta’sirida navbatma navbat ochiladi. Invertor chiqishida oshirilgan chastotali (20 kHz atrofida) ikki qutbli kenglik-impulsli modulyasiyalangan kuchlanish olinadi. Keyin bu kuchlanish to‘g‘rilanadi va LC-filtr yordamida silliqlanadi.

3-rasm. Yarim ko‘priksimon rostlanadigan invertor asosidagi
transformatorsiz kirishli elektr ta’minoti manbaining prinsipial sxemasi.
Kichik hajmli elektr ta’minoti manbalarini qurish uchun kuch tranzistorlari yuqori voltli bo‘lishi
kollektor toklarini o‘tkazishi, kichik to‘yinish kuchlanishlariga ega bo‘lishi, invertorning 50…100 kGs va undan yuqori chastotalarda ishlay olishini ta’minlashi kerak. To‘g‘rilash diodlari yuqori chastotali (𝑓 > 50 … 100kHz) va kichik vaqtli qayta ulanishga ega bo‘lishi kerak. Radioelektron apparaturalarning normal ishlashi uchun stabil toklar va
kuchlanishlar zarur. Elektr ta’minoti manbalari o‘zgartirgichlari chiqishidagi kuchlanish esa kirish ta’minot kuchlanishi o‘zgarganida o‘zgaradi. Bu bilan elektr ta’minoti manbalari o‘zgartirgichlarida stabilizatorlarning qo‘llanilishi zarurati
yuzaga keladi. Stabillovchi o‘zgartirgichlar deb kirish ta’minot kuchlanishi va chiqish zanjiri yuklama toki o‘zgarganida chiqishida berilgan aniqlikdagi o‘zgarmas kuchlanishni ta’minlaydigan qurilmaga aytiladi. O‘zgartirgichlarda kuchlanishni stabillash turli uslublarda amalga oshiriladi. Stabillovchi kuchlanish o‘zgartirgichlarining tuzilish sxemalari 4-rasmda keltirilgan. Odatda, bitta o‘zgartirgich o‘z chiqishida bir necha kuchlanishlarni, ya’ni bir necha ta’minot kanallarini shakllantiradi (4-rasm).

4-rasm. Stabillovchi kuchlanish o‘zgartirgichlarining tuzilish sxemalari.
Markazlashtirilgan volt qo‘shishli stabilizatorli o‘zgartirgichlar (4a-rasm) chiqishida 100 Vt atrofidagi quvvatni ta’minlaydi. Rostlanadigan o‘zgartirgich yordamida bir necha chiqish kanallarini markazlashtirilgan stabillashli o‘zgartirgichlar tejamliroq hisoblanadi (4c-rasm). Bu o‘zgartirgichda o‘zgartirish va stabillash umumlashtirilgan bo‘lib, buning hisobiga foydali ish koeffitsienti ortadi. U kenglik-impulsli modulyasiya rejimida ishlaydi. Markazlashtirilmagan stabillash uslubida kirish kuchlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirgichga beriladi, chiqishda esa har bir kanalga alohida chiziqli yoki impulsli stabilizator qo‘yiladi (4d-rasm). Chiqish kuchlanishi bu sxemada yuqori stabillikka, foydali ish koeffitsienti past qiymatga ega bo‘ladi. Stabillangan o‘zgarmas kuchlanish o‘zgartirgichga beriladi va uning chiqishidagi kuchlanish stabil ushlab turiladi. Stabillashning bu uslubi ko‘p kanalli elektr ta’minoti manbalarida o‘zgartirgichdan bir necha bir stabillangan (3…5 %) chiqish kuchlanishlarini olish zarurati bulganida qo‘llaniladi. Bu sxemada stabillash uzluksiz va impulsli rejimlarda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi uslub bo‘yicha qurilgan sxemalar kichik foydali ish koeffitsientiga ega bo‘lgani uchun 2 Vt gacha quvvatdagi elektr ta’minoti manbalarida qo‘llaniladi. Markazlashtirilgan impulsli o‘zgartirgichlar tejamliroq hisoblanadi. Bunday o‘zgartirgichlar o‘nlab vattlargacha chiqish quvvatili ko‘p kanalli elektr ta’minoti manbalarida qo‘llaniladi. Chiqish kuchlanishini impulsli uslubda stabillanadigan o‘zgartirgichlar eng tejamli hisoblanadi. Bunda kuch tranzistorlarining impulsli ishlash rejimi foydali ish koeffitsiyenti oshiradi, chastotaning 300 k Hz gacha oshirilishi esa uning hajmini va massasini kamaytiradi.
Impulsli stabilizatorli kirishli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi 5-rasmda keltirilgan.

5-rasm. Impulsli stabilizatorli kirishli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi.
U 4a-rasmda keltirilgan tuzilish sxemasi bo‘yicha yig‘ilgan va VT1 tranzistordagi impulsli stabilizatordan, VD diod, L drossel va C kondensatordan iborat demodulyasiyalovchi filtrdan, VT1 rostlovchi tranzistor va VT2 hamda VT3 tranzistorlardagi ikki taktli kuchaytirgichni qayta ulanish rejimlarini boshqaradigan
BS boshqarish sxemasidan tashkil topgan. Sxemaning ishlash prinsipi quyidagicha. O‘zgarmas
Download 276,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish