Hayvonot olamini muhofaza qilish ham atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy yo’llaridan biridir. Oxirgi yillar davomida yovvoyi xayvonlarni yo’q qilish oshib borayapti. 2 ming yil davomida sut еmizuvchilarning 106 shakli yo’q bo’lib ketdi. Bunda birinchi 33 shakli 1800 yil mobanida yo’qolib ketgan bo’lsa, keyingi 33 shakli atigi 100 yil davomida, oxirgi 40 shakli еsa, atigi 50 yil davomida yo’q bo’lib ketdi. Bugungi kunda atrof-muhitni ifloslanishi 280 tur sut еmizuvchilarni, 350 tur qushlarni va 20 ming tur o’simliklarni yo’qolib ketish xavfini vujudga keltiradi. Shakllarning turliligini saqlash еkologik sistema muvozanatining asosiy shartlaridan biridir. Qanchalik shakllar turlicha bo’lsa, shunchalik bitta tur o’simlik yoki hayvonot ko’payib ketib, qolganlarini ustidan hukmronlik qilishiga imkon kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |