Mavzu: Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmining tahlili Bajardi: Mirzayev Otabek


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari



Download 14,26 Kb.
bet2/3
Sana21.12.2022
Hajmi14,26 Kb.
#892807
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmi-fayllar.org

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilining mazmuni va vazifalari

Mahsulot ishlab chiqarishning minimal hajmi –mavjud ishlab chiqarish shart-sharoitlari hamda mahsulot uchun narxlarda daromadlar va xarajatlar tengligiga erishiladigan hajm hisoblanadi.

Maksimal hajm ishlab chiqarish omillarining maksimal yuklamasini ta’minlaydi. Optimal sifatida shunday ishlab chiqarish hajmi e’tirof etiladiki, bunda mavjud ishlab chiqarish shart-sharoitida muayyan narx diapazonida maksimal foyda olish ta’minlanadi. Optimallashtirish vazifasi amaliydan ko‘ra ko‘proq nazariy sanalsa-da, biroq mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirishda bilish zarur bo‘lgan mo‘ljal hisoblanadi.

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlili uchun axborot manbalari sifatida tashkilotlar biznes-rejasi, operativ reja-grafiklar, 1-S shakli (yillik) - “Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida”, 1-S shakliga ilova - “Sanoat korxonalarining 2017 yilda mahsulot yetkazib berish va moddiy resurslarni olishga shartnomalar tuzishining borishi yuzasidan so‘rov”, 1-korxona shakli - “Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”, 2-shakl - “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”, Tayyor mahsulot harakati haqida ma’lumotnoma va birlamchi hisobga olishning ayrim ma’lumotlari hamda mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalardan foydalaniladi.

Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili


Korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot natural, shartlinatural va qiymat ko‘rsatkichlari yordamida o‘lchanadi.
Natural ko‘rsatkichlar tahlil uchun qulay va korxona tomonidan bajarilgan ishlar hajmini nisbatan aniq tavsiflaydi. Lekin natural ko‘rsatkichlar qo‘llanilishi chegaralangan, chunki aksariyat korxonalar bir emas, balki bir necha turdagi mahsulotlar tayyorlaydi, bu esa turli mahsulotlarni jamlashni istisno etadi. Natural ko‘rsatkichlarni qo‘llash cheklanganligi shartli-natural ko‘rsatkichlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Masalan, yigirish ishlab chiqarishida mahsulotlar hisobi kilonomerlarda, to‘qimachilik ishlab chiqarishida – hisob kalavada olib boriladi va hokazo.
Tahlilda qiymat ko‘rsatkichlardan yalpi va tovar mahsulotlari ko‘proq qo‘llaniladi, ular mahsulot ishlab chiqarish hajmining bajarilish darajasini tavsiflaydi.
Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili
Yalpi mahsulot tarkibiga asosiy va qo‘shimcha sexlar tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar, o‘zlari ishlab chiqargan yarimfabrikatlar, tashqariga chiqarilgan sanoat xarakteridagi ish va xizmatlar, o‘z asbob-uskunalarini kapital ta’mirlash, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o‘zgarishi, maxsus mo‘ljallangan instrumentlar va o‘z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar kiritiladi
Yalpi mahsulotdan farqli o‘laroq, tovar mahsulotlar tarkibiga buyurtmachilar xomashyosi qiymati va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o‘zgarishi, o‘z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar va instrumentlar kiritilmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o‘sishi yoki kamayishi faqatgina korxonalar qatorida va ishlab chiqarishning uzoq tsikli bilan hisobga olinadi. Tahlil mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini o‘rganish, bazis va zanjirli o‘sish sur’ati hamda ko‘payishni hisoblash bilan boshlanadi.
Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi taqqoslama narxlarda ifodalanishi lozim, uning asosi sifatida esa bazis davr narxlari qabul qilinadi. Masalan, i-davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmini basis davr narxida aniqlash uchun uning miqdorini n oldingi davrlar uchun narxlar indeksi ko‘paytmasiga bo‘lish lozim:
215000:1,30=165384;
220000 : (1,35*1,30)=125356 va hokazo.
O‘sishning bazis sur’ati har bir keyingi darajani dinamik qatorning birinchi yiliga nisbati bilan, zanjirli sur’ati – oldingi yilga nisbati bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, dastlabki ikki yil mahsulot ishlab chiqarishja inqiroz sodir bo‘lgan, keyingi yillarda esa biroz o‘sish qayd qilingan. Yakunda 4 yilda ishlab chiqarish hajmi 27,3 % ga o‘sgan. Keyingi tahlillarda o‘rtacha geometrik yoki o‘rtacha arifmetik tortilgan bo‘yicha aniqlanadigan mahsulot o‘sishining o‘rtacha yillik sur’ati aniqlanadi.
Uning o‘rtacha geometrigini hisoblaymiz:
Demak, mahsulot ishlab chiqarish o‘sishining o‘rtacha yillik sur’ati 7,4% ni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasi tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini o‘rgangandan so‘ng 1-S
shakli (yillik) - “Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida” hisobot
shakli ma’lumotlari bo‘yicha taqqoslama narxlarda mahsulot (ish,
xizmat) hajmi bajarilishini baholash zarur. Ushbu hisobot shaklida
mahsulot (ish, xizmat) hajmi quyidagicha aks ettiriladi:
a) taqqoslama ulgurji narxlarda;
b) hisobot davrining amaldagi narxlarida.
Taqqoslama narxlar mahsulot ishlab chiqarish o‘sishi sur’ati va
reja bajarilishini aniqlash uchun zarur.

Download 14,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish