Mavzu: Matеmatikani o’qitish mеtоdlari, tasnifi, tavsifi. Reja



Download 32,41 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2022
Hajmi32,41 Kb.
#513513
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mo\'M 4-mavzu..


Mavzu: Matеmatikani o’qitish mеtоdlari, tasnifi, tavsifi.
Reja:

1. Matematika o’kitish metodlari.


2. Matematika o’kitish metodlarining tasnifi.
3. Ta’lim tenxiologiyalariiing tasnifi.


  1. Matematika o’kitish metodlari.

Matematika fanining ukitish metodlari umumiy Urta ta’lim, urta maxsus, kasb-xunar kollejlarida ukuvchilarning matematik taybrgarligi sifatini oshirishda nimani, nima uchun, kanday, nima yordamida ukitsa samaradorlik yukori bulishiga erishishni Urganadi. Bunda ukitish metodlari, ularni ta’lim jarayonlarini tashkil etishda tugri tanlay bilgan xolda foydalanish muxim xisoblanadi.
An’anaviy ta’lim metodlari bu utgan asrining 90-yillarigacha keng kullanilib kelingan ta’lim metodlari bulib, ularda doimo O’qituvchi tomonidan tayyor bilimlar berilgan, O’quvchi-talabalar tomonidan bu bilimlar tayyor xolda kabul qilingan. Bunday ta’lim metodlaridan foydalangan xolda ta’lim jarayonini tashkil etishda O’qituvchi, O’quvchi-talabalar uchun bilimlar manbai xisoblangan va ular jarayonda tinglovchi sifatida ishtirok etgan. O’qituvchi esa uta faol ishtirokchiga aylangan. Natijada o’quvchi-talabalar ko’p hollarda jarayonida o’qituvchi tomonidan berilgan bilimlar doirasi bilan cheklanib qolgan. Ularning passivligi tufayli mustakil bilim olish faoliyatlari rivojlantirilmagan. Natijada o’quvchi-talabalarda mustaqil fikrlash, tankidiy fikrlash qobiliyatlari yetarli darajada rivojlanmagan.
Bu holatlar XX asrning oxirlariga kelib yaqqol namoyon buldi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib dunyo xamjamiyatida rivojlangan texnika va texnologiyalar bevosita kundalik xayotga kirib keldi va u XXI asrda yanada rivojlanishda davom etmoqda. Natijada kunlik axborotlar oqimi kundan-kunga ko’payib bormoqda va bular juda tez eskirib qolmoqda. Hamda ular o’rnini yanada mukammal bulgan texnika, texnologiya va axborotlar egallamoqda. Masalan, kompyuter texnologiyalari bo’yicha egallangan bilimlar qisqa bir yil ichida eskirib qolmokda. Texnologiyaga oid bilimlarning yarmidan ko’pi 3 yildan keyin eskirib qolmoqda. Shuningdek, kasb-xunar kollejlariga oid bilimlarni yarmi besh yildan keyin, Oliy o’quv muassasalaridan olingan bilimlarning yarmi bir yildan keyin eskirmoqda. Xuddi shuningdek, axborotlar oqimi kundan-kunga ortib bormoqda. Masalan, “OPEL” rusumli avtomobillarni ta’mirlashga oid qo’llanmalar xajmi 1933 yilda 202 saxifadan iborat bulgan bo’lsa, 1995 yilga kelib bunday qo’llanmaning xajmi 13866 saxifadan iborat buldi. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, xozirgi kunda ta’lim jarayonida O’quv vaqtining cheklanganligi xisobiga o’quvchi-talabalar faolligini oshirgan xolda ularning mustaqil ta’lim olishga yo’naltirmasdan turib bugungi kun ta’lim jarayoni maqsadlariga erishib bo’lmaydi. Eski an’anaviy ta’lim metodlari yordamida biz qisqa vaqtda ko’p va chuqur bilimlar berish imkoniyatlarimiz cheklangandir. Ana shular bu metodlarning asosiy kamchiligi xisoblanadi. Zamonaviy ta’lim maqsadlariga erishish uchun, ya’ni xozirgi zamon texnologiyasi va texnikasini boshkara oladigan, kundalik axborot okimlari (xattoki xozirgi kunda axborotlar resurs darajasiga kutarildi)ni o’rganib, undan o’z axborotlar banki zaxiralariga keraklilarini kiritib boradigan, texnika va texnologiya olamida yuz berayotgan yangiliklarni uz vaktida o’zlashtirib borishi uchun tayyor bo’lgan yoshlarni tarbiyalab yetishtirish ta’lim tizimini va uning mazmuni tubdan islox kilishni talab qildi.
Shu maksadda xozirgi kunda mamlakatimizda ro’yobga chiqarilayotgan “Ta’lim tugrisidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’grisidagi qonunlar asosida ta’lim tizimi tubdan bosqichma-bosqich islox qilinmoqda. Xozirgi kunda mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida Noan’anaviy ta’lim metodlari, ya’ni zamonaviy ta’lim metodlariga asoslangan holda ta’lim jarayoni tashkil etilmokda va bu o’z samarasini bermoqda. Ta’lim jarayonini zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalardan foydalangan xolda tashkil etish quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi:
Bizga tarixdan ma’lumki, har doim yangi avlod o’zidagi oldingi avlodga qaraganda xar bir jabxada, jumladan yangi bilimlar, ayniksa texnikaviy bilim, malaka va ko’nikmalardan ko’proq egallagan bo’ladi. XX asrning o’rtalarida fan, texnika va texnologiyalar rivoji evolyutsion tarzda, asta-sekinlik bilan amalga oshar edi. Shuning uchun xam bu davrgacha ketma-ket keluvchi avlodlarning ilmiy taraqqiyoti darajasi unchalik fark qilmas edi. Lekin XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, ilmiy-texnik taraqqiyot yuksak darajaga erishdi va kundan-kunga jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bu bugungi avlod vakillaridan chukur bilim, malaka va ko’nikmalar talab kilishi bilan bir qatorda o’z bilimlarini mustaqil ravishda oshirib borishni talab qilmokda. Negaki bugungi texnologiyadagi yangilik o’rnini undanda murakkabroq bir texnologik yangilik egallamoqda.
Moddiy resurslarga aylanib ulgurgan axborotlar oqimi tezligi kundan-kunga oshib bormoqda. Bunday sharoitda ta’lim tizimi bilan zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlab bulmay qoldi. Ma’lumki, an’anaviy ta’lim tizimida o’qituvchi yagona subyekt sifatida namoyon bo’lib, o’quvchi-talabalar obyekt bulib xizmat kiladi. Mazkur tizimda o’qitish majburiy tarzda amalga oshirilib, unda o’qituvchi yetakchilik vazifasini bajaradi.
“Sinf-dars” tizimiga amal qilinib, unda o’qituvchi tomonidan o’quvchi-talabaparga tayyor bilimlar majburlab o’qitiladi. Zo’ravonlik pedagogikasiga asoslangan xolda o’qitishning tushuntirish, kurgazmali, ommaviy ukitish metodlaridan foydalaniladi. Bunday tarzda o’qitishda avtoritar o’qitish yuqori bo’lib, u o’quvchi-talabada bu hali shakllanmagan, shuning uchun u fakat bajarishi zarur degan qarashlarda namoyon buladi. Bu tizimda oqituvchi o’ta faol, xamma narsani biladigan, ta’lim jarayonining yagona xujayini va tashabbuskori sifatida namoyon bo’ladi. Bunday ta’lim tizimida o’qitish samaradorligi sifati o’qituvchining dars jarayonida ko’zlangan maqsadga qay darajada erishganligi bilan o’lchanadi. Vaholanki, o’quvchi-talaba ta’lim jarayonida uning ko’zlagan maqsadiga qay darajada erishganligi muhim xisoblanadi.
O’qitishning shaxs rivojlanishiga (xar tomonlama) yo’naltirilgan texnologiyalar (noan’anaviy ta’lim metodlari yordamida o’qitish)ning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
O’qitishning shaxs rivojlanishiga (xar tomonlama) yo’naltirilgan texnologiyalar (noan’anaviy ta’lim metodlari yordamida o’qitish)ning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- shaxsga xar tomonlama xurmat va muxabbat kursatish, uning ijodiy faoliyatiga ishonch bildirgan xolda rivojlanishi uchun xar tomonlama yordam berish va rag’batlantirish;
- ta’limni demokratlashuviga olib kelish, ya’ni o’qituvchi va o’quvchi-talaba o’rtasida xamkorlik, munosabatlarini shakllantirish xamda rivojlantirish;
- shaxsga o’z xayotiy faoliyati yo’nalishini tanlab olish erkinligi va mustaqilligini berish, bunda tashqi ta’sirlar natijasida emas, balki o’z ichki xissiyotlaridan kelib chiqishiga erishish, ya’ni erkin tarbiyalash;
- ta’lim jarayonida o’quvchi-talabaga insoniy-shaxsiy yondashish va h.k.
Zamonaviy ta’lim jarayonida o’quvchi-talabaga shaxsiga yangicha qarashni shakllantirish va munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba shaxsiga obyekt emas, balki subyekt sifatida qarash (o’qituvchi xam subyekt xisoblanadi);
- xar bir o’quvchi-talabiga o’ziga xos qobiliyat egasi, ko’pchiligiga esa iste’dod egasi sifatida qarash;
- shaxsning barcha fazilatlariga (vatanparvarlik, insonparvarlik, ezgulik va oqillik, salomatlik, mexnatsevarlik, oilaparvarlik, bilimga chanqoqlik, intiluvchanlik, tashkilotchilik va h.k.) xurmat bilan qarash ularning shakllantirish va rivojlantirishga doimo yordam berish;
- o’quvchi-talabalarning o’z nuqatai nazariga, o’zining mustaqil fikrga ega bo’lishi va uni ochiqdan-oydin ayta olish xuquqi;
- erkin tanlash imkonini berish;
- ta’lim jarayonini o’qituvchi tomonidan emas, birgalikda. xamkorlikda boshqarish;
- o’qituvchi tomonidan buyurish emas, balki tashkil etishga erishish;
- o’quvchi-talaba o’z fikrini, munosabatini bildirishda hatoga yo’l qo’yishi mumkinligi va x.k.


Download 32,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish