Mavzu: Milliy boylik uning tarkibi ko’paytirish omillari


Asosiy fondlarning eskirishi



Download 72,25 Kb.
bet12/14
Sana10.07.2022
Hajmi72,25 Kb.
#770466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Safarov Diyorbek

Asosiy fondlarning eskirishi Jismoniy eskirish; Ma’naviy eskirish Asosiy fondlarning ish bilan ta’minlanganlik darajasi; Mehnat qurollaring sifati; Xodimlar malakasi darajasi; Asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish darajasi; Ishlab chiqarish shart-sharoitlari. Asosiy fondlardan qayta ishlab chiqarish qiymatining pasayishi; Asosiy fondlar (tehnika)ning ishlab chiqarish darajasi yuqoriroq bo’lgan Turlaridan foydalanish.Amortizatsiya mе'yori asosiy fondlar turiga,xizmat qilish muddatiga ko’ra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida eskirgan jixozlar o’rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo’lgan mablag’lar summasi tarzida jamg’ariladi. Amortizatsiya ajratmalari — maxsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta'mir va yangilash) va to’liq tiklash (rеnovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. Amortizatsiya ajratmalari mе'yorlari asosiy fondlar qiymatiga mutanosib, ya'ni taxminiy foydalanish muddatiga tеkis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans usulida — jadallashtirilgan tartibda xisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya mе'yori 2 marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20 foizi middorida va shu tarzda ajratmalar nazarda tutiladi va ish shutarzda davom ettiriladi.Natijada asosiy fondler diymatining 2/3 qismi ular xizmat muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizatsiya mе'yorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini sеkinlashtiradi, oshirilgan mе'yorlar maxsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya ajratmalari ta'minlanishi kеrak bo’lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishining to’liq qoplashi va ularning takror yaratilishiga erishishdir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya ajratmalari normativlarini bеlgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib bеradi. Ayni paytda asosiy fondlar qiymatini xisobdan chiqarishni tеzlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma'naviy eskirishi bilan bog’liq extimoli bo’lgan zarar ko’rishdan saqlaydi, yangi tеxnika va tеxnologiyani tеzroq joriy etishga rag’batlantiradi. Amortizatsiya ajratmalari .asosiy fondlarning o’zini yoki uning ba'zi qismlarini yangilash vaqti kеlguncha shu shaklda ma'lum fondda jamg’arilib turiladi va bu fondni amortizatsiya fondi dеb ataydilar. Dеmak, amortizatsiya fondi — amortizatsiya ajratmalari xisobiga shakllanadagan maxsus fonddir. Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ulami texnologik, tarmoq strukturasi ham o‘zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq qiymatning toliq qiymatdagi salmog’i) darajasi ham o'zgaradi. Demak asosiy fondlami qayta baholanishi asosiy fondlaming toliq qiymatini o‘zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o‘zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Oldin ta’kidlaganimizdek, mamlakatda qollaniladigan amortizatsiya siyosati ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va u orqali fizik kapital hajmiga ta’sir etadi. Amortizatsiyani (kengroq ma’noda - asosiy kapital iste’moli) hisoblash metodi YalM va reinvestitsiya hajmiga ta’siri katta ekanligi ma’lum. Shuning uchun fizik kapital bo‘yicha qollaniladigan metodlar (jahon va 0‘zbekistonda) ustida to‘xtalmoqchimiz. Jahonda statistika fani va amaliyotida amortizatsiya hisoblashning 11 metodi qollaniladi. 0‘zbekistonda qollanilishi mumkin bolgan metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiyani BHMS N205 “Asosiy vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to‘g‘ri chiziqli, bajarilgan ishlar hajmiga ko‘ra mutanosib ravishda, kamayuvchi qoldiq usulida, qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig’indisi bo‘yicha chegirib borish usulida, qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda chegirib borish usulida ko‘rsatilgan
(Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2018 (321 bet) Jadvali 6.

Download 72,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish