Mavzu: modda massasini saqlanish qonuni. Massalar farqiga ko’ra ishlanadigan masalalar, bir necha tenglamalar asosida ishlanadigan masalalar yechish usullari. Reja


Massalar farqiga ko’ra ishlanadigan masalalar



Download 2,2 Mb.
bet10/13
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#775722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 522206320404936000kurs ishi[1]

2.1. Massalar farqiga ko’ra ishlanadigan masalalar.
1-misol. 6 g magniy yonganda 10 g magniy oksid hosil bo’lgan. Magniy oksidning miqdoriy tarkibini hisoblang. Yechish. Magniy oksidning miqdoriy tarkibini aniqlash deganda, shu oksid tarkibidagi magniy bilan kislorodning o’zaro nisbatini topish tushuniladi. Misoldan magniyning massasi ma’lum. Demak. Kislorod massasini aniqlash kerak:
m0 = 10 g – 6 g = 4 g
Magniy oksidning miqdoriy tarkibini quyidagi nisbat bilan ifodalash mumkin:
mMg : m0 = 6g : 4g = 3 : 2
Ko’pincha, modda tarkibi prоsent (%) bilan ifodalanadi. Prоsent miqdorini hisoblash uchun, avval ayni element massasining modda massasiga nisbati topilib, so’ngra uni prosentlar bilan hisoblanadi.
2-misol. 13,8 g organik modda to’liq yonganda 26,4 g uglerod IV-oksid 16,2 g suv hosil bo’ladi. Bu modda bug’ining vodorodga nisbatan zichligi 23 ga teng, uning molekulyar formulasi topilsin. Yechish. Bu misolni yechish uchun, avval, birikmaning moleklyar massasi hamda shu birikma tarkibidagi elementlar atom massalarining nisbatini topish kerak.
M = 2 DH
formuladan molekulyar massa topiladi: M = 2D = 2 ∙ 23 = 46.
Noma’lum moddaning yonishidan uglerod (IV) – oksid bilan suv hosil bo’lgan. Demak, bu modda tarkibida, albatta, uglerod va vodorod atomlari bo’lishi kerak:
CxHy + O2 → xCO2 + yH2O
13,8 g + x2 → 26,4g + 16,2 g
Reaksiya tenglamasidan foydalanib, noma’lum modda tarkibida necha massa qism uglerod borligi topiladi:
44 g CO2 da 12 g uglerod bo’lsa,
26,4 g CO2 da x g uglerod bo’ladi.

Yongan modda tarkibidagi vodorod massasi:
18 g suvda 2 g vodorod bo’lsa,
16,2 g suvda y g vodorod bo’ladi.

Yongan modda tarkibida uglerod va vodoroddan tashqari, kilorod elementining bor yoki yo’qligi aniqlanadi:
7,2 g C + 1,8 g H2 = 9 g Cx Hy.
13,8 g – 9 g = 4,8 g.
Demak, noma’lum modda tarkibida 7,2 uglerod, 1,8 g vodorod
va 4,8 g kislorod bor. Endi bu modda tarkibidagi uglerod, vodorod
va kislorod atomlari soni topiladi. Ularni x, y, z bilan belgilab
ularning o’zaro nisbatlari topiladi:

Bu tenglamaning o’ng tomonini eng kichik son 3 ga bo’linsa, x: y : z = 2 : 6 : 1 hosil bo’ladi.
Demak, birikmaning oddiy formulasi C2H6O bo’lib, uni C2H5OH (etil spirt) shaklida yoziladi. Bu formula asosida birikmaning molekulyar massasi topiladi. U 46 ga teng.
3-misol. Tarkibida 43,4% natriy, 11,3% uglerod va 45,3% kislorod bor bo’lgan moddaning odiy formulasini tuzing.
Yechish. Bu modda tarkibida x atom natriy, y atom ugleod va z atom kislorod bor deylik. U holda moddaning formulasi NaxCyOz shaklida yoziladi. Agar x,y,z larning o’zaro nisbati topilsa, bu birikmaning oddiy formulasi aniqlangan bo’ladi. agar natriyning atom massasi 23, uglerod 12 va kislorodniki 16 ekanligi etiborga
olinsa, bu modda molekulasida 23 x massa qism natriy, 12 y massaqism uglerod va 16 z massa qism kislorod bor bo’ladi.
Bularning har birini tegishli elementlarning massa qismlariga tenglashtiramiz.
23 x = 43,4
12 y = 11,3
16 z = 45,3
Yuqoridagi tenglamalardan x, y, z larni topaylik:

Bulardan x : y : z = 1,88 : 0,94 : 2,83. Moddalar nisbatini butun sonlar bilan ifodalash uchun tenglamaning o’ng tomonini eng kichik son 0,94 ga bo’linadi. Bundan x : y : z = 2 : 1 : 3 kelib chiqadi. Demak, izlanayotgan birikma molekulasida ikki atom natriy, bir atom uglerod va uch atom kislorod bor ekan. Bu Na2CO3 (soda) formulasidir.
Moddaning haqiqiy molekulyar formulasini tuzish uchun moddaning present tarkibi, molekulyar massasi hamda uning tarkibidagi elementlarning atom massalarini aniq bilish kerak. Bu holda ham moddaning oddiy formulasini topish metodidan foydaniladi.
4-misol . Kaliy nitrat KNO3 ning protsent tarkibini hisoblang.
Yechish. Bu birikma tarkibidagi kaliy, azot va kislorodning prosent miqdorini hisoblash uchun, avval, uning molekulyar massasi topiladi.:
M = 39,1 + 14 + 16 ∙ 3 = 101,1
101,1 massa qismni 100% deb olib, kaliy, azot va kislorodning % miqdori topiladi.
Kaliyning protsent miqdori:

Azotning protsent miqdori:

Kislorodning protsent miqdori:

Murakkab moddalarning eng oddiy formulasini tuzish uchun modda massasi tarkibini va shu modda tarkibini va shu modda tarkibidagi elementlarning atom massalarini bilish kerak.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish