Mavzu: Moliyaviy tahlil va uni tashkil etish. Reja: Kirish


Firma va kompaniyalarning likvidliligi, to'lov qobiliyati, kreditni to'lashga layoqatliligi: mazmuni, ularni baxolash va taxlil kilish yo'llari



Download 431,45 Kb.
bet7/8
Sana16.01.2022
Hajmi431,45 Kb.
#371535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliyaviy tahlil va uni tashkil etish

4. Firma va kompaniyalarning likvidliligi, to'lov qobiliyati, kreditni to'lashga layoqatliligi: mazmuni, ularni baxolash va taxlil kilish yo'llari.
Korxonaning tez likvidlilik koeffisienti qancha yuqori bo'lsa uning joriy majburiyatlarni tez sotiladigan aktivlar xisobidan qoplana olishini belgilaydi. Tez likvidlilik koeffisientining yuqoriligi moliyaviy xatar kamligidan va chetdan ko'shimcha moliyaviy mablaglar jalb etish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligidan darak beradi.

Agar ushbu ko'rsatkich 1,0 ga teng va undan ortik bo'lsa, tez likvidli aktivlar joriy majburiyatlar so'mmasiga tengligini yoki undan ortikligini ko'rsatadi. Bu holat normal xisoblanadi. Kredit berish chogida banklar va boshka kredit muassasalarini asosan ana shu ko'rsatkich kiziktiradi.

Absolyut likvidlilik koeffisienti (ABS.Lik.K.) joriy majburiyat-lardagi pul mablaglarining ulushini ko'rsatadi va u pul mablaglarining joriy majburiyatlariga nisbati sifatida aniklanadi. Pul mablaglari - kassada, xisob-kitob schetida, valyuta xisob schetida va boshkalarda mavjud bo'lgan puldir. U kuyidagi formula bo'yicha xisoblab chikiladi:

PM SH.1. Satrlar 330+340+350+360

ABS. Lik. K. = ---------- yoki -------------------------------------------------

JM SH.1. Satr 600

Absalyut likvidlilik koeffisienti asosida muayyan paytda majburiyatlarni koplash uchun pul mablaglari mavjudligini aniklash mumkin. Bu koeffisient, eng avvalo, korxonaga tovar va xizmatlarni etkazib beruvchilarni kiziktiradi. Ushbu koeffisient kancha yukori bo'lsa, korxonaning eng zarur majburiyatlari bo'yicha (soliklar, ishchi va xizmat-chilarga ish xaki to'lash) xisob-kitob kilish imkoniyatlari shuncha ko'p bo'ladi. Mazkur koeffisient 0,2 va undan yukori bo'lganida normal xisoblanadi.

Yukorida ko'rsatib o'tilgan koeffisientlar asosiy xisoblanadi va shularga tayangan xolda korxonaning likvidliligi, to'lov kobiliyati va kreditni to'lashga qodirligi xakida ishonchli xulosa chikarish mumkin bo'ladi. Birok, korxonaning bu boradagi xakikiy axvolini yanada puxta o'rganish uchun yana bir kator ko'rsatkichlarni xisoblash tavsiya etiladi.

Ishlatiladigan sarmoyaning o'zgaruvchanligi yoki o'zgaruvchanlik koeffisienti (o'k): tovar-moddiy zaxiralarning muddati kechiktirilgan debitorlik karzlarini chegirib tashlagandan keyin kolgan o'z aylanma mablaglariga nisbati sifatida belgilanadi va u kuyidagi formula bo'yicha xisoblab chikariladi:

TMZ SH.1. Satr 120 + ... + 150

O'k = --------------- yoki ----------------------------------------------------

O'maym Sh.1. Satr 480+490 – 211 (yoki Sh.2a,4gr)

Bunda: TMZ – tovar-moddiy zaxiralar;

O'maym - o'z mablaglari va uzok muddatli passivlarnting

aylanma mablaglardagi so'mmasi.

Ushbu ko'rsatkich korxonaning erkin xarakatlantirish imkonini bermaydigan shakldagi o'z sarmoyasining ulushini anglatadi. Chunki joriy karzlardan qutilish uchun tovar-moddiy zaxiralarni muomalaga kiritish, muddati o'tgan debitorlik karzlarini kaytarish kerak bo'ladi. Ishlatilayotgan sarmoya xarakatchanligining yukori koeffisienti bankrotlik xavfi borligidan dalolat beradi.

Bu koeffisient 0,5 dan ortik bo'lmasligi, ya'ni tovar-moddiy zaxiralar so'mmasining o'z aylanma mablaglari jami so'mmasining 50 foizidan ortik bo'lmasligi normal xisoblanadi.

Umumiy sarmoyaning o'zgaruvchanligi (so') joriy aktivlarning (ja), ya'ni aylanma mablaglarning xo'jalik mablaglari umumiy so'mmasiga (sarmoya) nisbati sifatida aniklanadi. Bu uchun kuyidagi formula tavsiya kilinadi:

So' = Ja / Sarmoya

U xarakatchanrok immobilizasiyalangan (xarakatsiz) aktivlardan farkli ravishda tez pul mablaglariga aylantirish mumkin bo'lgan xo'jalik mablaglari umumiy so'mmasidagi ulushini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkich kancha yukori bo'lsa, korxonaning likvidlilik darajasi shuncha yukori bo'ladi. Ushbu ko'rsatkich 0,6 dan yukori bo'lganida, ya'ni aylanma mablaglar xo'jalik mablaglari umumiy so'mmasida 60 foizdan ko'prokni tashkil etganida normal xisoblanadi.


Korxonaning likvidliligini baxolash uchun buxgalteriya balansi asosida taxlil kilinayotgan yil boshi va oxiridagi bu koeffisientlarni xisoblab chikarish, yil davomida ularning o'zgarishini belgilash xamda tarkib topgan me'yorlar bilan takkoslash zarur (2-jadval).

2 - jadval

"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining 2005 yildagi balansi likvidliligini baxolash hisob-kitobi




Xisobot yili

Me'yor

Yil bo-

Me'yor-

Ko'rsatkichlar



Yil boshida

Yil oxirida

bo'yicha

shiga nisbatan farki

ga nis-batan farki

Koplanish koeffisienti

1,90

2,10

>2.00

+0.20

+0.10


Tez likvidlilik koeffisienti

0,10

0,20

>1,00

+0,10

-0,80


Absolyut likvidlilik koeffisienti

0,50

0,40

>0,20

-0,01

-0,16


Amal kiluvchi sarmoyaning o'zgarishi

2,30

2,00


ko'pi bi-lan 0,50

-0,3

+1,5


Umumiy sarmoyaning o'zgarishi

0,52

0,56

>0,60

+0,04

-0,04

Manba: "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining 2005 yildagi balansi ma'lumotlari

Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, koplash koeffisienti, ya'ni aylanma mablaglarning joriy majburiyatlar so'mmasiga nisbatan xisobot davrida 1,90 dan 2,10 ga kadar o'zganligini ko'rsatadi, bu esa me'yor darajasidadir. Aylanma aktivlar joriy aktivlardan 2 baravardan ortikdir. Korxona oddiy sharoitlarda ishlaganida aylanma mablaglar bilan joriy karzlarning bunday nisbati me'yor darajasida deb xisoblanadi. Birok, korxonaning katta mablaglari immobilizasiya kilinganligi, ya'ni tovar-moddiy zaxiralarida, shuningdek, muddati o'tkazib yuborilgan debitorlik karzlarida turganligi munosabati bilan korxonaning yil oxiridagi balansi nolikvid deb xisoblanadi. Tez va absolyut likvidlilik koeffisientlari shundan darak beradiki, bu koeffisientlar xisobot davrida yaxshilanmagan va u belgilangan me'yorlardan ancha past bo'lib kolavergan. Ishlatilayotgan va umumiy sarmoyaning o'zgaruvchanlik koeffisientlari xam xisobot davrida yomonlashgan va me'yordan past darajada bo'lgan. Shunday kilib, mazkur korxona xisobot davrida kiska muddatli karzlarini o'z mablaglari bilan to'lashga kodir emasligidan dalolat beradi. Bu holat "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining 2005 yildagi balansining likvidli emasligidan dalolatdir.

To'lov kobiliyati xo'jalik yurituvchi sub'ektda belgilangan muddatlarda to'lashni talab kiluvchi kreditorlik karzlari yuzasidan xisob-kitob kilish uchun etarli mikdorda pul mablaglari va ularning ekvivalentlari borligini anglatadi.

To'lov kobiliyatining asosiy belgilari kuyidagilardir:

- kreditorlik karzlari bo'yicha xisob-kitob kilish uchun etarli darajada pul mablag'larining mavjudligi;

- muddati o'tgan kreditorlik karzlarining yo'kligi.

Shuni e'tirof etish kerakki, likvidlilik ko'rsatkichi bilan to'lov kobiliyati bir-biridan fark kiladi. Likvidlilik karzlarni to'lash uchun mablaglar mavjudligini ko'rsatsa, to'lov kobiliyati - karzni uzish imkoniyati borligini ko'rsatadi.

Balansning to'lovga kobiliyatliligini taxlil kilgan vaktda likvidlilik darajasiga karab guruxlarga birlashtirilgan aktiv mablaglar u to'lov muddatlari bo'yicha guruxlarga ajratilgan passiv majburiyatlari bilan takkoslanadi. Shundan keyin korxonaning to'lov kobiliyati darajasini ko'rsatadigan koeffisientlar xisoblab chikiladi.

Korxonalarda karzni uzish darajasi jixatidan majburiyatlar: eng shoshilinch majburiyatlar, kiska muddatli passivlar, uzok muddatli passivlar va doimiy passivlarga bo'linadi.

Eng shoshilinch majburiyatlar (Eshm) kreditorlik karzlari (Sh.1.2-bo'lim, satrlar: 720 dan 760 gacha) shuningdek, muddatida to'lanmagan karzlardir.

Kiska muddatli passivlar (KMP) - kiska muddatli kreditlar va karzga olingan mablaglar (Sh.1. 2p-bo'lim, satrlar 610-700).

Uzok muddatli passivlar (UMP) - uzok muddatli kreditlar va karzga olingan mablaglar (Sh.1. 2p-bo'lim, satr 490).

Doimiy passivlar - balans passivi "o'z mablaglari manbalari" degan birinchi bo'limning jami (Sh.1.2 P – bo'lim 480 satr).

Korxonaning to'lov kobiliyati eng shoshilinch majburiyatlarni to'lash kobiliyati, kiska muddatli passivlar va uzok muddatli passivlar koeffisientlari yordamida baxolanadi.

Eng shoshilinch majburiyatlarning to'lov koeffisienti (Kesh.m.t.) eng likvid aktivlarning (el.a) eng shoshilinch majburiyatlar (SHM) so'mmasiga nisbati sifatida aniklanadi va kuyidagi formula asosida xisoblab chikariladi:

Ke.sh.m.t = El.a / SHM

Kiska muddatli passivlarning to'lov koeffisienti (KKMP) tez sotiladigan aktivlarning (Tsa) kiska muddatli passivlar (KMP) so'mmasiga nisbati sifatida aniklaniladi va kuyidagi formula bo'yicha xisoblab chikariladi:

KKMP = Tsa / KMP

Uzok muddatli passivlarning to'lov koeffisienti (KUMP) sekin sotiladigan aktivlar (SSA)ning uzok muddatli passivlar (UMP) so'mmasiga nisbati sifatida kuyidagi formula bo'yicha aniklanadi:

KUMP = SSA / UMP

Korxona balansining to'lovga kobiliyatliligini taxlil kilganda yukorida ko'rsatilgan guruxlar bo'yicha mablaglar va karzlarni aniklash, uziladigan karzlar darajasini xisoblash va ular yuzasidan xulosalar chikarish kerak bo'ladi. Bu uchun kuyidagi jadvalni tuzish tavsiya kilinadi (3-jadval).

3 - jadval

"Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining 2005 yildagi balansi

likvidliligini baxolash

(ming so'm mikdorida)

Pul mablagla-riga aniklash

Yil

bo-


Yil

oxi-


Karzni o'zishning

Yil

bo-


Yil

oxi-


Ortikcha to'lash yoki kamayish darajasi

darajasi

shi-

ri-

shoshilich-

shi-

ri-

yil boshida

yil oxirida

ko'rsatkichlar

da

da

lik darajasi

da

da

so'm-ma

dara-ja

so'm-ma

dara-ja

Eng likvid

aktivlar

351

304


Eng Shoshi-Linch majbu-riyatlar

5929

6140

-5578

5,9

-5710

5,1


Tez sotiladigan aktivlar

399

1249


Kiska muddatli passivlar

1241

1820

-842

32,2

-474

72,5


Sekin sotiladigan aktivlar

11559

12688


Uzok muddatli passivlar

95

-

11464

-

12688

-


Kiyin sotila-digan aktivlar

14838

15296


Doimiy passivlar

19882

21708

-5044

74,7

-6407

70,5

Manba: "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasining 2005 yildagi balansi ma'lumotlari

Ushbu jadval ma'lumotlari korxonaning to'lovga kobiliyatsizligini, ya'ni uning kiska muddatli majburiyatlari yakin orada kaytarilmasligini ko'rsatadi. Eng likvidli mablaglar va tez sotiladigan aktivlarni eng shoshilinch majburiyatlar va kiska muddatli passivlar bilan takkoslab, korxonaning yakin vakt ichidagi joriy to'lovga kobiliyatini aniklaymiz. "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasida xammadan tez sotiladigan aktivlar eng shoshilinch majburiyatlar va kiska muddatli passivlar bo'yicha xisob-kitob kilish uchun etarli emas.

Umuman olganda, "Turon" ko'ptormoqli xususiy korxonasida yil oxiridagi buxgalteriya balansi ma'lumotlari bo'yicha likvid tashkilot, lekin to'lovga kobiliyatli emas. Korxona raxbarlari darxol uning moliyaviy axvolini mustaxkamlash chora-tadbirlarini ko'rishlari kerak. Likvidlilik va to'lov kobiliyati darajasi yaxshilanishi ko'p jixatdan korxonaning moliyaviy barkarorligi va iktisodiy bakuvvatligiga xam boglik bo'ladi.



Xulosa.
Yaqin kelajakda hududlarning barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta'minlash hududlarni jadal industrial rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash, yuqori texnologiyali mahsulotlarning ulushini oshirish, qiyosiy ustunliklardan yanada samarali foydalanish asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish zarurligiga bog'liq bo'ladi.

Hududlarda "ishlab chiqarish o'sish nuqtalari" ni shakllantirish bu boradagi ustuvor vazifadir. Bu vazifani amalga oshirish, birinchi navbatda, mintaqaning istiqbolli ixtisoslashuvi, texnika va texnologiyalarni joriy etish sohasidagi yuqori salohiyatga asoslangan klasterlarni tashkil etishga asoslanadi, bu esa mintaqaning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishini ta'minlaydi. Qo'shilgan qiymat zanjiri bo'yicha ishlab chiqarishni tashkil etish shaklida aniqlangan o'sish nuqtalari asosida Klaster tuzilmalarini yaratish nafaqat mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga, balki sanoatlashtirish ko'lamini kengaytirish uchun sinergetik ta'sir ko'rsatishga ham yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

Bunga erishish uchun elektr energetikasining ishlab chiqarish quvvatlarini ko'paytirish, mavjud korxonalarni texnologik modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, potentsial zaxiralar va imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishni hisobga olgan holda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish talab etiladi. Hududlarning sanoat salohiyatini oshirish, shuningdek, transport-logistika va infratuzilma sohalarini jadal rivojlantirishni talab etadi, bu esa hududlarning iqtisodiy o'sishi uchun juda muhimdir. Tranzit transport yo'laklari, jumladan, temir yo'l, Xitoydan G'arbga O'zbekiston orqali tranzit, xususan, Farg'ona vodiysi orqali ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Ortda qolgan va kam rivojlangan hududlarning strategik vazifalarini belgilashda mehnat va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmadan samarali foydalanish, hududlar va chegara hududlari o'rtasida aglomeratsiya (yirik sanoat markazlarining salohiyati) ta'siri, biznes muhitini rivojlantirish va h.k. ushbu yondashuvga ehtiyoj integratsiyalashgan loyihalar hududlarda yetarli bo'lmagan tashkiliy va institutsional resurslarni talab etishi bilan izohlanadi.

Ortda qolgan, kam rivojlangan va muammoli hududlarga nisbatan mintaqaviy siyosat resurslarni jalb qilish va samarali taqsimlashning o'ziga xos mexanizmlari bilan mustahkamlanishi kerak. Boshqacha aytganda, barcha manbalar va resurslarni, shu jumladan markazlashtirilgan mablag'lar va tashqi qarzlarni jamlash bo'yicha hokimiyat va boshqaruv organlarining harakatlarini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan mablag'larni (masalan, investitsiyalar, grantlar, kreditlar, kreditlar va boshqalar) jalb qilishning samarali mexanizmi shakllantirilishi kerak.

Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan investorlar va xususiy biznesga mintaqaning aniq shartlari va uni rivojlantirish strategiyasi bilan bog'liq qo'shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish vakolatlaridan foydalanish mexanizmini aniqlashtirish orqali qulay investitsiya muhitini shakllantirish uchun mahalliy hokimiyat organlarining rolini oshirish talab etiladi. Xususan, ishlab chiqilayotgan investitsiya siyosati strategiyasida mintaqaga (shahar, tuman) investitsiyalarni, investorlarni jalb qilish bo'yicha ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlari alohida nazarda tutilib, ularga xorijiy investorlarni izlash va potentsial investorlar bilan, shu jumladan, chet elga chiqish bilan mustaqil muzokaralar olib borishning qo'shimcha funktsiyasini qo'yish kerak.

Viloyatning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasi, jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari rivojlanishidan kelib chiqqan holda investorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni diversifikatsiya qilish zarur. Hozirgi vaqtda viloyatning mavjud infratuzilmasiga qaramasdan, investorlarga teng bojxona va soliq imtiyozlari beriladi. Shu munosabat bilan qo'shimcha mezonlarni joriy etish orqali imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishni optimallashtirish zarur.

Shuningdek, qonun hujjatlarida alohida maqomga ega bo'lgan hududlarda (logistika, turizm, savdo, IT-sanoat, texnoparklar, biznes-inkubatorlar sohasida kichik sanoat zonalari) investorlarga imtiyozlar berishning yagona mezonlari, shuningdek, mintaqaviy klasterlarni shakllantirish va rivojlantirishda ishtirok etayotgan investorlar belgilanishi lozim.

Ushbu yo'nalishlar bo'yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish hududlarni iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga yordam beradi, bu mamlakatning jadal iqtisodiy rivojlanishining asosiy shartidir.

Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, chuqur modernizatsiya va zamonaviy diversifikatsiyaning jadallashuvi natijasida real sektorning, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida turli o'zgarishlar, yangilanishlar sezilarli darajada sodir bo'lmoqda. Davlat o'zining moliya tizimida ham byudjet-soliq, investitsiya, baho, pul-kredit va boshqa siyosatlarini iqtisodiy hayot ravnaqi uchun amalga oshirmoqda. Shu jumladan, 2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasinining 3-yo'nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari bo'lib uning asosiy vazifalaridan biri xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta'minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag'batlantiruvchi choralarni kengaytirish hisoblanadi.

Iqtisodiyotning barcha qatlamlari bilan bir qatorda davlat moliyasi va uning barcha bo'g'inlari tizimi ham takomillashib rivojlanib bormoqda. Davlat byudjetining profitsit bilan ijro etilayotganligi, g'aznachilik tizimining yanada mukammallashoyatganligi, davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlar va daromadlarini mustaqil idora etayotganligi hamda davlat kreditidan samarali foydalanilayotganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.

Hozirgi sharoitda byudjet davlat iqtisodiy siyosatining g'oyat muhim vositasi bo'ladi. Davlat byudjetidagi taqchillikni eng oz darajaga tushirish bosh vazifa hisoblanadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mablag'larni ajratish va taqchillik o'rtasida eng qulay bo'lgan mutanosiblikni o'rnatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu zarur bo'lgan mutanosiblik, albatta, iste'mol va iqtisodiyotni qayta qurish xarajatlarinigina qisqartirish evazigagina bo'lishi mutlaqo ziddir, chunki u iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarining cho'zilib ketishiga olib keladi.



Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi jarayonlarning kuchayishi, dunyodagi iqtisodiy globallashuv darajasining ortib borishi bilan moliyaviy qarorlar qabul qilishda so'nggi ma'lumotlarni qabul qilish, yig'ish, qayta ishlash va ularni chuqur tahlil etish muhimahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. Shundan xulosa qilish mumkinki, mamlakatdagi mahalliy va umumdavlat moliyasining holatini real baholash bilan bir vaqtda, xorijiy mamlakatlarda yuzaga chiqayotgan moliyaviy jarayonlarni o'rganib, ular bilan uyg'unlashgan holda dinamik tarzda amal qilishi, biz yuqorida sanab o'tgan takliflarning hayotiylik darajasini oshiradi.

Download 431,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish