Mavzu: motivatsiyani o'rganishga oid asosiy yondashishlar


Xorijiy olimlar tomonidan motivatsiya muammosining o`rganilishi



Download 30,52 Kb.
bet2/4
Sana14.07.2022
Hajmi30,52 Kb.
#801289
1   2   3   4
Bog'liq
motivatsiyani o\'rganishga oid asosiy yondashishlar kurs ishi

2. Xorijiy olimlar tomonidan motivatsiya muammosining o`rganilishi
xorij psixologiyasida motivatsiyani o`rganishga bag`ishlangan qator ilmiy izlanishlar mavjud.
Avstriyalik olim Z.Freydning fikricha,motivatsiya manbai tur va individning saqlash instinkti hisoblanadi.Insoning ijtimoiy holati uning tabiati ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan yondashishni talab etsa,u holda ongsizlik va onglilik munosabati o`zaro bir –birini taqozo etadi.
Psixoanalitik konsepsiya motivatsiyaning negizida insonga xos bo`lgan mayllar yotishini tan oladi.Buning manbai sifatida maylni tortuvchi tana a`zosining qaysi bir qismidagi somatik jarayon tushuniladi.Freyd nazariyasida mayl bilan instinkt alohidaligi ko`rsatib o`tilganidek,bu esa o`ziga xos yondashuvdir.
Bixeiorizmning asoschisi Dj.Uotson psixologiyasining asosiy vazifasi xulq motivatsiyasini tadqiq etishdan iborat deb tushuntirishga harakat qiladi.U psixik holatlarni tekshirishdan voz kechib,xulqni ichki va tashqi shakllarini ajratadi va ular stimul bilan jaob sifatida bevosita o`zaro bog`langandir.
Dj.Uotson uchun “xulq motivatsiyasi”asosiy tushunchaga aylanadi,buning oqibatida uning psixika bilan aloqasi odatiy narsa deb baholanadi.[3.47b]
V.Mag-Daugall motivatsiyani tug`ma xususiyatlarga asoslashga,tug`ma instinkt bilan uni qiyoshlashga intiladi.Buning uchun muallif oldin 14 ta keyinchalik esa 18 ta inson instinktlari hukm surishini ajratib ko`rsatadi va ularni sharhlab beradi.Uning qarashlari o`zgarishga yuz tutgan bo`lishiga qaramay bu sohaga oid talqinlar qolaveradi.X.Xekxauzening motivatsiyaning kenagytirilgan modelini yaratdi,bunda muhokama qilingan motivatsiya mezonlarining aksariyati hisobga olingandir.Xekxauzen modelida harakatni izohlash maqsadida tortta o`zaro farq qiluvchi tushuncha kiritilasdi,natija va oqibat.

Xuddi shu bois vaziyat kutilmasi-natija shaxs e`tiqodi darajasini keltirib ciqarasi,vaholanki ba`zi vaziyatda muayyan natija qatnashmasa-da kutilishi mumkin.Muallif kutilmaning bu tipini muvaffaqiyat ehtimolidan farqlaydi lekin motivatsiya modellarida ularning birligini hisobga oladi.


X.Xekxauzen oxirgi holatni,ya`ni “harakat-natija”kutilmasi qo`shimcha tariqasida kiritiladi va kutilma darajasini ifodalovchi tarzda tavsiflanadi,qaysini tashqi va variativ holatlar harakat –natija kutilmasini kichraytiirish yoki kattalashtirish mumkin .Natija bilan oqibat-oqibat kutilmasi orqali bog`lqnadi va xoxishiy yoki tasodifiy harakat oqibatlarini amalga oshiradi harakat natijasining kechinmasi vositasida darajasi sifatida ishtirok etadi.
Motivatsiya modelida kutilma va qo`zg`ovchining mezonlari o`zaro aloqaga kirishadi.Harakatning har qaysi oqibati muayyan qo`zga`tuvchi bilan aloqaga kirishishi mumkin.
X.Xekxauezn harakat oqibatlarini 4 ta sinfga bo`ladi:
-o`z o`zini baholash
-yuksak maqsadga yaqinlashish
-boshqalarni baholash
-bilvosita ta`sirlar
Psixologlar orasida "biologik ehtiyojlar asosida inson motivlari yotadi",
degan qarashlar majmuasi keng ko`lamda qo`llanilib kelinmoqda. Chunonchi,amerikalik olim B.Damellning fikricha, to`qimada vujudga kelgan ehtiyojalar qo`zg`atuvchining asosiy manbai hisoblanadi. Mazkur g`oya mulohaza yuritgan Danlen esa "qo`zg`alish biologik to`qimalardan chetga chiqmaydi",degan fikrga qat`iy ishonadi.
Gilfordning ta`kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan iboratdir.
Lekin muallif o`z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi
.Ushbu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motiv va motivatsiyalarning\biologik oqimi o`rtasida yuz beruvchi o`zaro o`rin almashishning sodir bo`lishi mulohaza doirasidan tashqari chiqmasligi lozim. Chunki biologik shartlangan reja faollik manbai o`zaro o`rin almashish jarayonlari assimilyatsiya va dissimilyatsiya sifatida namoyon bo`ladi. Holbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy
asosini tashkil qiladi. Xuddi shu bois ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi, deb hisoblaydi.
Dj.Atkinson motivatsiyaga erishish nazariyasiga asosan, bir davrning o`zida validlik natijasini oshiruvchi nazariyani ham soddalashtirdi, ham kengaytirdi.Muvaffaqiyatga (ham muvaffaqiyatsizlikka) undovchi bilan topshiriqlar murakkabligi o`rtasidagi aloqa soddaroq ko`rinishga ega bo`ldi.Ushbu modelda qo`zg`ovchi muvaffaqiyatning subyektiv ehtimolligiga bog`liqdir (ma`lumki, Festinger modelida valentlik topshiriqning subyektiv murakkabligiga tobedir)Atkinson modelida muvaffaqiyat kutilmasi bilan qo`zg`ovchining chiziqli o`zaro
aloqasi ehtimoli mujassamlashgandir. Muvaffaqiyat ehtimoli bilan
qo`zg`ovchining soddalashgan modelli tasavvuri negizida o`zaro aloqadorlik
tushunchasi yotadi. Muvaffaqiyat kutilmasini o`lchash go`yoki yetarli,
qo`zg`ovchi esa qo`shimcha kattalik sifatida tasavvur qilinadi.
Dj.Atkinson validlik natijasini oshiruvchi modelini ikkita dispozitsion
o`zgaruvchi hisobiga kengaytirdi. Biroq validlik natijasini oshiruvchi modelga shaxslilik omillari kiritilmagan. Muallif mavaffaqiyatga intilish motivi hamda muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi kabi psixologik terminlarni psixologiya faniga kiritgan.Dj.Atkinsonning mazkur modeli muvaffaqiyatsizlik motivi bilan muvaffaqiyat motivi kuchayishi o`zarо solishtirilganda o`rtacha subyektiv murakkablikdagi topshiriqlarga nisbatan ustuvorlik tezroq ortib borishini oldindan
aytib bera oladi. Muvaffaqiyatsiz motivirovka qilgan shaxslarda maksimum qochish tendentsiyasi o`rtacha murakkablikdagi topshiriqlarda namoyon bo`ladi. Bundan tashqari Atkinson va K.Berchlarning motivatsiya to`g`risidagi nazariyasida motivatsiyani bir nechta "tillar" ga ajratadi; eksperimental,neyrofiziologik, bixevioristik (xulqiy), matematik.
Ularning nazariyasini yangiligi shuki, unda reaktsiyalar tahlil qilinishi
o`rniga harakatlar, shu jumladan, verbal harakatlar tadqiq etiladi.
Ta`sir etuvchi stimullar motivlar, ularning ahamiyatliligi, baholanishiga bog`liq holda qaytadan barpo qilinadi. Bu narsa harakatning tasnifi, samarali holatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.K.Levin motivlarni eksperimental o`rganish metodikasini ishlab chiqqanda ularni mutlaqo mustaqil hukm suradi, degan fikrga keladi. Geshtal‟tpsixologiyada obraz kategoriyasi qanday tushunilgan bo`lsa, K.Levin o`zining "maydon (makon) nazariyasida" motivni xuddi shunday kategoriya sifatida qo`llaydi.Obraz
bilan motivni o`zaro aloqasi inkor qilinadi, vaziyatning jismli ma`noviy mazmuni va uning doirasidagi motivatsiya tan olinmaydi. K.Levin xulqni tushuntirganda,shaxsning favquloddagi vaqt mikrointervalida yaqqol muhit bilan bevosita munosabatidan kelib chiqadi. Uning nazariyasiga asosan motivatsiya tug`ma va egallangan (o`zlashtirilgan) ikki xil ko`rinishga ega bo`lib, uning birinchisi hayvonlarga, ikkinchisi esa insonga taalluqlidir.
G.Ollport o`z asarida personalistik yo`nalishning namoyandasi tariqasida
inson motivatsiyasi mohiyatini ochishda shaxsga yo`naltirilgan yondashuvni
tatbiq etish g`oyasini ilgari suradi. Uning o`zini o`zi namoyon qilish nazariyasida shaxs motivatsiya subyekti tariqasida tahlil, talqin qilinadi. O`zining shaxs kontseptsiyasini bayon qilishda uni "ochiq tizim" sifatida talqin qilib, motivatsiyaga undovchi doirada motivning quyi (biologik ehtiyoj) va yuqori(rivojlanish) darajalariga ajratadi. Ollportning nazariyasi motivatsiya rivojiga qo`shilgan muayyan hissa bo`lib sanaladi. Motivatsiya mohiyatini yoritishda shaxsga qaratilgan yo`naltirilgan yondashuvni asoslab berish uchun motiv shaxsda o`zak ekanligini ta`kidlaydi, lekin ularning ijtimoiy – tarixiy sharoitlar bilan aloqasi mavjudligini diqqat e`tibordan chetda qoldiradi.
E.Daffi o`zining motivatsiyani faollashtirish nazariyasida motivatsiya
muammosini tadqiq qilish g`oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariya xulq
yo`nalganligi (xulqning faollik) orqali ifodalanishi mumkin. Daffi faollik bilan
stimul o`rtasida moslik borligi yoki moslik yo`qligi muammosini tekshirshga
intiladi. Uning fikricha, stimul bilan reaktsiya bilish bilan faollashish jarayonlari o`zaro o`rin almashib turadi. Uning asosiy maqsadi motivatsiyani aniqlash uchun aktivatsiya va uning yo`nalishini ham tekshirishdan iboratdir.
D.Bindra o`zining motivatsiya nazariyasini yaratishda fiziologik
kontseptsiyalardan foydalanadi. "Motivatsiya – sistematik reinterpretatsiya" nomli kitobida uni erishgan yutuqlari umumlashtirilgan. U motivatsiyani fiziologik tushuntirib berish bilan birga unga ta`sir etuvchi subyektiv jabhalarni
ham ta`kidlab o`tadi.D.Bindra motivatsiyani ochlik, seks, o`yin, qo`rqinch tuyg`ulari bilan bog`lab o`rganadi. Olingan natijalarga asoslanib, u xulqni ikki shaklga ajratadi: vaj – sababga asoslangan va maqsadga yo`naltirilgan. Olimlar tomonidan uning motivatsiyaga organizm funktsiyasi(fiziologik holat) shunchalik katta ta`sir o`tkazishi to`g`risida mulohazalar o`ta bo`rttirilgan deb hisoblanadi. Chunki har qaysi xatti – harakat oldida maqsad, motiv turadi, shuning uchun ularni bir –biriga qarama –qarshi qo`yish ham adolatdan emas deb qaraladi.
D.Berlaynning motivatsiya nazariyasi natijalari “Nizo, faollashish,
hayratlanish” asaridan joy olgan. Muallif motivatsiya muammosini ochishda
ehtiyojga bevosita murojaat qiladi va uni bir necha xil ma`noda talqin etadi.
Muallif motivatsiyaning murakkab psixofiziologik sxemasini yaratadiki, bunda
ehtiyoj organizm javoblarini aniqlashga xizmat qiladi.
K.Pribramning motivatsiya kontseptsiyasi neyropsixologiya sohalari
negizida yaratilgan. Pribramning tasdiqlashicha, motivatsiya – bu monitor
(kuzatuvchi) obrazdir. Muallifning umumiy pozitsiyasi quyidagi shaklda
ifodalanadi: miyaning funktsiyasi – axborotlarni uzatish va kuchaytirishdir. Qayta ishlangan axborot tashqi olamning ichki holati yuzasidan obraz yaratadi.Pribramning aytishicha, motivatsiyaning paydo bo`lishi har xil obrazlarni solishtirish negizida yuzaga keladi. Pribram motivlar nazariyasida fiziologik pozitsiyada qolaveradi.Nil Miller "Frustratsiya va agressiya" asarida munosabat va shaxsiy motivatsiya to`g`risidagi nazariyasini bayon qiladi. U motivatsiya yuzasidan psixofiziologik tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning fikricha, motivatsiya nazariyasi quyidagi ko`rinishga ega: ehtiyoj – kodlashish – mustahkamlanish.ehtiyoj faollikni keltirib chiqaradi, agarda javob mustahkamlanmasa, u holda uni chiqarib tashlash tendentsiyasi hukm suradi. Mabodo javob mustahkamlansa,puxtalashtirilsa, javob bilan kod o`rtasida aloqa tezroq vujudga keladi. Nil Millerning motivatsiya nazariyasining negizida ehtiyoj tizimi – kod – javob –mustahkamlash yotadi.
I.Braunning motivatsiya nazariyasida motivatsiyaning biologik tahlili bayon
etiladi. Braun fikricha, motivatsiya manbai sifatida ehtiyojlar birlamchi organik
hamda ikkilamchi shartli ravishda malakalar xizmat qiladi. Agarda ular o`zaro
nizoli vaziyatda (konfliktda) bo`lsalar, u holda frustratsiya holati vujudga keladi.ehtiyoj xulq-atvorni faollikka undaydi.


Download 30,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish