Mavzu: mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari


I-BOB .  SOVET MUSTABID TUZUMI DAVRIDA EKOLOGIK



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana27.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#413978
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqillik yillarida ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari

I-BOB

SOVET MUSTABID TUZUMI DAVRIDA EKOLOGIK 
MUAMMOLARNING SUN’IY TARZDA VUJUDGA KELTIRILISHI 
 



1.1.
 
&. O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi va uning salbiy 
oqibatlari 
Markazning iqtisodiy jabhadagi o‘zboshimchaligi urush yillarida e’tiborsiz 
qolgan o‘zbek qishloqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Chunki urush davrida 
imkon darajada qishloqdan (oziq-ovqat, xom ashyo, ishchi kuchlari va h.k.) 
olindi, lekin qishloqqa esa hech narsa berilmadi. Oqibatda qishloq xo‘jaligida 
sovet agrar siyosatining tobora yangi-yangi zararli illatlari o‘zini namoyon qila 
boshladi. 
Stalin ma’muriyati kommunizmga jadal yurishdan iborat xayoliy rejalarini 
ro‘yobga chiqarish maqsadida odatdagidek qishloqda ma’muriy-tazyiq 
o‘tkazishga zo‘r berdi. Jamoa va davlat xo‘jaliklaridan davlatga mahsulot 
etkazib berishni keskin oshirish talab qilindi, bunda xo‘jalik imkoniyatlaridan 
emas, balki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqildi. 
Qishloq xo‘jaligini yuksaltirish uchun yirik kapital mablag‘lar talab 
qilinardi. Biroq ular etarlicha berilmasdi. Urushdan keyingi davrda 
O‘zbekistonning agrar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun umumiy mablag‘lar 
hajmining bor-yo‘g‘i 7%i ajratildi
1
. Davlatning jamoa xo‘jaliklariga «yordami» 
asosan texnika etkazib berishdan iborat bo‘ldi, bu texnika esa MTSlar 
tasarrufida edi. Shu bilan birga, jamoa xo‘jaliklari mahsulotlariga belgilangan 
xarid narxlari urushdan oldin qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlanib qoldi
vaholanki, dehqon xo‘jaliklari oladigan sanoat mahsulotlarining narxlari esa 20
 
baravar ortdi. Natijada davlat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini deyarli tekinga 
oladigan bo‘ldi
2

Davlatning dehqonlarni talashga qaratilgan siyosati ular to‘lashga qurbi 
etmaydigan soliqlar solish bilan birga qo‘shib olib borilardi. Qishloq ahli 
bittadan ortiq sigir saqlashi mumkin emasdi. Meva beradigan har tup daraxtdan 
ham soliq undirilardi. Shu bilan birga shaxsiy tomorqa xo‘jaligi miqdori ham 
1
Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Тошкент., Шарқ., -Б. 533. 
2
Ўша манба. -Б. 534 



doimiy ravishda qisqartirib borildi. Agar 1950 yilga qadar tomorqa uchastkalari 
normasi 0,15 ga.dan 0,25 ga miqdor atrofida belgilangan bo‘lsa, 1950 yil 
yanvardan boshlab tomorqa uchastkalari qisqartirilib, 0,12—0,15 ga keltirildi. 
Dehqon xo‘jaliklaridan kesib olingan sug‘oriladigan erlar, bog‘lar, uzumzorlar 
jamoa xo‘jaliklariga berildi. Urushdan keyingi yillarda tomorqa uchastkalari 
haqiqatda qishloq mehnatkashlarining qo‘shimcha mahsulot olish manbai bo‘lib 
turgan bir paytda bu siyosat amalga oshirilgan edi. Buning ustiga jamoa 
xo‘jaliklari o‘z a’zolarining qilgan mehnatlariga haq to‘lash imkoniyatlariga ega 
emasdilar. Yoziladigan mehnat kunlari esa avvalgidek ramziy xususiyatga ega 
edi. 
Urushdan oldingi tartiblar saqlab qolindi, ular kolxozchilarning bir joydan 
ikkinchi joyga ko‘chib borish erkinligini cheklab qo‘ygan edi. Ular, avvalgidek 
pasportga ega bo‘lish huquqidan mahrum edilar, vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik uchun haq to‘lash, mehnat ta’tili, pensiya ta’minoti ularga tatbiq 
etilmasdi, o‘zbek qishlog‘ining ijtimoiy sohasi butunlay e’tiborsiz holatda edi. 
Qishloq aholisining bir qismi yarim xaroba binolarda, erto‘lalarda, chaylalarda 
yashardi. Maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi nihoyatda past darajada edi. 
Tiklash davrining ko‘p qirrali muammolarini hal etishda irrigatsiya va 
melioratsiya muhim rol o‘ynardi. Minglab kolxozchilar ketmon, cho‘kich, 
belkurak va aravachalar bilan kanallar va sug‘orish tizimlari kurilishida mehnat 
qilishdi. 1949 yil aprelda respublika hukumati tomonidan «Mirzacho‘lni yanada 
o‘zlashtirish tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilinishi suv muammosiga 
bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi. 1950 yilda o‘zlashtirilgan er maydonlari 
281,4 ming ga. ni tashkil etdi
3
. Yangi o‘zlashtirilgan erlarga asosan paxta 
ekilardi. 
O‘zbekiston 
rahbariyati 
qishloq 
iqtisodiyotini 
har 
tomonlama 
rivojlantirishdan manfaatdor edi, shuning uchun ham paxta etishtirish bilan bir 
qatorda kishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini ma’lum darajada bir xil 
3
Ризаев Р. Социалистическое сельское хозяйство Узбекистана. — Т., 1978, С. 150-155, 169. 



qiymatga ega bo‘lgan resurslar bilan ta’minlashga intildi. Xususan, respublika 
aholisining moddiy ahvolini yaxshilashga yordam beradigan oziq-ovqat 
ekinlarini ma’lum miqdorda etishtirishga e’tibor berdi. Biroq bu hol Markazning 
paxta yakkahokimligini kengaytirishga qaratilgan imperiyacha yo‘liga zid 
kelardi. 1947 yilda O‘zbekistonning mas’ul xodimlarini Moskva «mahalliy 
vazifalar foydasiga umumdavlat manfaatlarini unutib ko‘yish»da
4
aybladi. 
(Markazning direktiv yo‘l-yo‘riqlariga muvofiq ustunlik faqat paxtachilikka 
qaratildi. SHuningdek, belgilangan rejani bajarish yo‘lida milliy rahbarlarga va 
busiz ham paxtazorlarda og‘ir mehnat qilayotgan qishloq mehnatkashlariga 
nisbatan jazo tazyiqlari kuchaytirildi. Natijada 1952 yilda O‘zbekiston davlatga 
2 mln. 367 ming t. paxta topshirdi, bu 1940 yildagiga nisbatan deyarli ikki 
baravar ko‘p edi. Biroq bu o‘sishga agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishdagi 
ob’ektiv sog‘lom jarayonlar tufayli emas, balki o‘zbek dehqonlarini ayovsiz 
ishlatish hisobiga erishildi. 
Paxta yakkahokimligini mustahkamlashga qaratilgan bu imperiyacha 
siyosat respublika qishloq xo‘jaligining umumiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Masalan, 50-yillarning boshlarida O‘zbekiston ekin maydonlarini urushdan 
oldingi darajasiga etkazib bo‘lmadi. Don ekinlari yalpi hosili 1940 yildagi 615,1 
ming t.dan 443 ming t.ga, uzum 1302 ming t.dan 840,2 ming t.ga, poliz ekinlari 
331,9 ming t.dan 153,4 ming t.ga tushib qoldi. Ayni vaqtda sabzavotlar 
hosildorligi gektariga 152 t.dan 73 t.ga, poliz mahsulotlari 84 t.dan 66 t.ga 
tushib qoldi va hokazo. 
Qishloq xo‘jaligida yangilangan ustivor yo‘nalishlar dasturi kommunistlar 
Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish