Mavzu: mutafakkir ajdodlarimizning tarbiyaga oid


Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband



Download 479,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana24.01.2023
Hajmi479,97 Kb.
#901877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MyyiaWJMaFQox7xkAnridZuq8ZP5ZdyUxsHOO6G8

Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband 
nomi bilan bog‗liqdir. Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon 
qishlog‗ida tug‗iladi (so‗ngra Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq ―Qasri 
Orifon‖ deb atala boshlagan). 1354 yilda vafot etgan mutasavvuf olim Xoja 
Muhammad Boboi Samosi Bahovuddin Naqshbandning Buxoro yonidagi Qasri 
Hinduyon qishlog‗ida paydo bo‗lishini oldindan bashorat qilgan ekan. Mazkur 
mutasavvuf donishmand yosh Bahovuddinni o‗ziga o‗g‗il qilib oladi va har 
tomonlama uni tarbiya qiladi. Vafotidan oldin uni o‗z shogirdi Sayyid Mir Kulolga 
topshiradi. Shu zaylda yosh Bahovuddin o‗sha davrdagi atoqli mutasavvuf Sayyid 
Mir Kulol qaramog‗ida ta‘lim olgan. Tasavvufning mashhur bilimdoni, atoqli 
sharqshunos E.E.Bertelsning yozishicha, Naqshband ta‘limotining asosida ixtiyoriy 
ravishdagi faqirlik yotadi… Shunga binoan, Bahovudin Naqshband umri bo‗yi 
dehqonchilik bilan kun kechirgan, o‗z qishlog‗ida unchalik katta bo‗lmagan eriga 
bug‗doy va mosh ekar ekan. U uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan. 
Qishda qamishlar ustida, yozda esa bo‗yra ustida yotib kun kechirgan. Uning uyida 


hech qachon xizmatkor ham bo‗lmagan. Hazrati Naqshband butun umrini o‗z xohishi 
bilan faqirlik va yo‗qsilliqda o‗tkazgan. Zero, bu tariqatning asl aqidasi – ―Dil – ba 
yor-u, dast – ba kor‖ – ya‘ni ―doimo ko‗ngling Allohda bo‗lsin, qo‗ling esa ishda‖ 
degan g‗oyani ilgari suradi. U o‗z qo‗l kuchi bilan kun ko‗rishni yoqtirgan, topgan-
tutganlarini – etim-esirlarga, beva-bechoralarga in‘om etgan, hukmdorlardan doimo 
o‗zini yiroq tutgan, ular oldida hech qachon ta‘magirlik qilib yashamagan. 
Naqshbandiyada piru muridlik qoidalari xiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib 
e‘tiqod qo‗yish, imon mustahkamligi, Haq taologa sidqidildan itoat etish, ixlos va 
ma‘naviy kamolot asosiy o‗rin egallaydi. Rasm- rusumlar, odatlarni ko‗r-ko‗rona ado 
etish, riyo, soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik, qanoatli, sabrli bo‗lish, 
ixtiyoriy faqirlik bilan Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi. Naqshbandiyada 
odamning qadri mansabi, boyligi bilan emas, ma‘naviy komilligi bilan o‗lchanadi. 
Unda hunar, kasb egallab, o‗z mehnati bilan halol luqma yeb yashash talab qilinadi, 
tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi. Qul, 
xizmatkor saqlash, o‗zganing mehnatidan foydalanish ham man etiladi. 
Naqshbandiyaning yuqoridagi shiori tarkidunyochilikka, tekinxo‗rlikka qarshi 
qaratilgan. Naqshbandiyada manmanlik, sufiy, shayxman deb kerilish, shovqin-suron 
ko‗tarib zikru samo‗ bilan odamlar diqqatini o‗ziga qaratish qoralanadi. 
Naqshbandiyada asosiy talab — qalbni dunyo g‗uborlaridan tozalash, o‗z nafsi 
bilan kurashib ruxda charog‗onlik topish, qalbda Alloh nomlarini naqshlab borish 
usullari ishlab chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr tushish) shunga xizmat qilgan. 
«Tashqaridan xalq bilan, ichkaridan Haq bilan bo‗lish», har bir nafasni Xudo yodi 
bilan chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu amallar sari qo‗yish, yurt kezib, aziz-
avliyolar qabrini ziyorat qilish, g‗ofillarni hushyor etish, har qanday holatda qalb 
ogohligiga erishish — Naqshbandiyning asosiy ma‘naviy tarbiya usuli hisoblangan. 
Naqshbandiyada pir va murid orasidagi ma‘naviy orifona suhbatga katta e‘tibor 
qilingan. Naqshbandiyaga ko‗ra, suhbat — anjuman ichra bo‗lish, bilmaganni bilib 
olish, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramandlik 
bo‗lsa, buning aksi — xilvat esa kishini bilimdan, ma‘rifatdan mahrum qiladi. 
Naqshbandiyada o‗zini o‗zi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda 
mustahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni ma‘naviy kamolot 
uchun sarflash lozim deyiladi. «Vuqifi zamoniy» (muayyan vaqtda to‗xtab o‗zini 
tekshirish),«vuqufi adadiy» (ishlarini sarhisob qilib tekshirish), «vuqufi qalbiy» (qalb 
amallari qanday bo‗layotganligini to‗xtab, tekshirib borish) kabi shiorlar («qudsiy 
so‗zlar») ham ana shu nazorat usuliga kiradi. Naqshbandiy, shu tariqa, tasavvufni 
islom shariati va payg‗ambar sunnati bilan yanada mustahkamroq bog‗ladi. «Urvatul 
vusqo», ya‘ni barcha ishda payg‗ambar so‗zlari va ishlariga suyanish Naqshbandiya 
shiorlaridan biriga aylandi. Naqshbandiyada sufiylik iste‘dodiga ham e‘tibor berilgan, 
ya‘ni ba‘zi kishilarning men falon silsiladanman, nasl-nasabim falon-falonchilarga 


borib taqaladi, degan gaplariga qarshi Bahouddin Naqshband «gan silsilada emas», 
gan Allohning jazibasida» deb aytadi. Jaziba bo‗lmasa, sufiylikda maqomatlarga 
ko‗tarilish qiyin.
XIV asrda Markaziy Osiyoda paydo bo‗lgan ―Naqshbandiya‖ ta‘limoti 
Afg‗oniston orqali Hindistonga va boshqa islom yurtlariga shiddat bilan tarqala 
boshlaydi. Naqshbandiya ta‘limoti Temurning mo‗g‗ullar iste`losiga qarshi kurash, 
mustaqil davlat barpo etib, unda madaniy-ma‘naviy rivojlanishni ta‘minlashga 
intilishida, temuriylar davri madaniy yuksalishida katta ijobiy ahamiyat kasb etadi. 
XV asrning ko‗p olim-fozillari, davlat arboblari, san`atkorlari Naqshbandiya 
ta‘limotidan keng foydalandilar, unga o‗ta ijobiy munosabatda bo‗ldilar. Zahiriddin 
Muhammad Bobur (1483–1530) davrida, undan keyingi XVI – XVII asrlarda bu 
jarayon ancha tezlashadi. Naqshbandiya tariqati XVI asrda Xoja Muhammad al-
Boqiy Kobuliy (vafoti 1605) Hindistonga borgandan so‗ng, Hind tuprog‗ida ham bu 
avj oladi. Bu mashhur mutasavvuf olim Afg‗on va Hind yurtlarida Xoja Boqibillo 
nomi bilan mashhurdir. Uning shogirdi Xoja Ahmad Foruq Sirhindiy (1563–1624) 
esa Naqshbandiya ta‘limotining XVII asrda Hindistonda yoyilishida katta ro‗l 
o‗ynagan.
Shunday qilib, bizning tabarruk yurtdoshimiz Hazrati Bahovuddin Naqshband 
tomonidan asoslangan Naqshbandiya ta‘limoti Markaziy Osiyo, O‗rta va Yaqin Sharq 
xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-madaniy hayotida juda katta o‗rin egalladi. 
Bu ta‘limot boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo‗rlikni, ijtimoiy zulm-
istibdodni 
qat`iyan 
qoralaydi. 
Bu 
ta‘limot 
tarafdorlari 
asketizmga 
(tarkidunyochilikka) karshi, boy-zodagonlarning zulm va istibdodiga qarshi 
bo‗lganlar, faqat o‗z qo‗l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga 
chaqirganlar. Naqshbandiylar savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy 
adabiyot, musiqa, ilm-ma‘rifat, xattotlik, naqqoshlik, mi-niatyurasozlik, quruvchilik 
kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‗ullanishga da‘vat etganlar. 
Shuning uchun ham o‗z davridagi ilm-ma‘rifatning, adabiyotning yirik 
namoyandalari bo‗lmish Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xushholxon Xatak, 
Ahmad Shoh Durroniy, Mahdumquli Firog‗iy singari yuzlab ulkan taraqqiyparvar, 
insonparvar shoirlar va mutafakkirlar Naqshbandiya yo‗lini tanlaganlar, hayotni va 
insonni avji baland pardalarda kuylab, tinmay barakali ijod qilganlar.
Xoja Bahovuddin Naqshbandni Markaziy Osiyo xalqlari juda yuksak 
qadrlaydilar. Xalqimiz ul Hazratga baland e‘tiqod qo‗yib, ―Bahovuddin – 
balogardon!‖ deya uni behad e‘zozlaydi. Hozirgi mustaqil jumhuriyatimiz sharoitida 
―Yassaviya‖, ―Kubraviya‖, ―Naqshbandiya‖ kabi o‗lkamizda (Turkistonda) vujudga 
kelgan tariqatlar endi bizda ham har tomonlama chuqur o‗rganila boshlandi. Xoja 
Ahmad Yassaviy, Shayx Najmiddin Kubro va Xoja Bahovuddin Naqshband singari 
mutasavvuf donishmandlarning poklik, to‗g‗rilik, mehr-shafqat, adlu-insof, 


imondorlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi ilg‗or umumbashariy fikrlari 
davrimizga hamohang bo‗lib, kelajak uchun xizmat qiladi. 1993 yilda O‗zbekistonda 
Bahovuddin Naqshbandning 675 yilligi zo‗r tantanalar bilan o‗tkazildi, unga 
bag‗ishlab qator asarlar nashr etildi, xalqaro ilmiy konferensiyalar bo‗lib o‗tdi. 
Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‗liq bo‗lgan yodgorliklar qaytadan tiklandi. 

Download 479,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish