Mavzu Narxning mohiyati vavazifalari


Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx



Download 38,86 Kb.
bet5/7
Sana18.01.2022
Hajmi38,86 Kb.
#391442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zuhriddin oloviddinov

2.1 Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx

Qiymat — bu sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar yoki xizmatlar xaridorlari va sotuvchilari kelishib olishlari ehtimoli yuqori bo‘lgan narxga tegishli iqtisodiy tushuncha. Qiymat bu fakt emas, balki aniq vaqtda aniq tovarlar va xizmatlarning tanlangan qiymat talqiniga muvofiq ehtimol qilinadigan va hisoblab chiqiladigan kattalik. Qiymatning iqtisodiy tushunchasi baholash sanasida ushbu tovarlar egasi bo‘lgan yoki ushbu xizmatlarning foydalanuvchilari oladigan foydaga bozorning qarashini aks ettiradi.

Qiymat baholarini tushunish va qo‘llash uchun qiymatning turi va talqinini aniq ko‘rsatish, shuningdek ularning baholash bo‘yicha topshiriqqa muvofiqligini ta’minlash zarur. Qiymat talqinining o‘zgarishi turli mulk obyektlari uchun qayd qilib qo‘yiladigan qiymat miqdoriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qiymat tushunchasi qandaydir bitim bilan bog‘liq pul summasini nazarda tutadi. Shunga qaramay, baholanayotgan mulkning sotilishi, uning baholash sanasida bozor qiymati ta’rifida mujassam shartlarga amal qilgan holda sotilishi mumkin bo‘lgan narxini belgilash uchun zaruriy shart bo‘lmaydi.

Narx — qandaydir tovar yoki xizmat uchun taklif etilayotgan, so‘ralayotgan yoki to‘langan pul summasi. Sotuv narxi, u ochiq e’lon qilingan yoki sir saqlanganligidan qat’iy nazar, sodir bo‘lgan fakt hisoblanadi. Aniq xaridorlar va sotuvchilarning moliyaviy imkoniyatlari, motivlari yoki alohida manfaatlaridan kelib chiqib, tovar yoki xizmatga to‘langan narx tovar yoki xizmatning qiymatiga mos kelmasligi mumkin. Shunga qaramay, narx odatda ushbu tovarlar yoki xizmatlarga mazkur xaridor va/yoki sotuvchi tomonidan muayyan vaziyatlarda o‘rnatiladigan nisbiy qiymat indikatoridir.

Xarajatlar — tovar yoki xizmatni yaratish yoki ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan resurslar miqdorining pullik ifodasi. Xaridor tomonidan tovar yoki xizmat uchun to‘langan narx uning uchun ularni sotib olish xarajatlariga aylanadi.

Mulk obyekti uchun xarajatlarni hisoblab chiqish ishlab chiqarish xarajatlari yoki almashtirish xarajatlarining hisoblab chiqilgan miqdoriga asoslanishi mumkin. Takror ishlab chiqarish xarajatlari — bu mavjud obyekt nusxasini o‘xshash texnologiyalar va materiallardan foydalanib yaratishga xarajatlardir. Almashtirish xarajatlarining hisoblangan miqdori ayni paytda bozorda qo‘llaniladigan texnologiyalar va materiallardan foydalanib taqqoslanarli foydalilikka ega obyektni yaratishni nazarda tutadi.

Tannarx — tovar yoki xizmatni xarid qilish (qoplanadigan soliqlardan tashqari), yaratish va ishlab chiqarishga xarajatlar yig‘indisidan iborat.

Qiymatning ko‘plab turlari va ularga mos keladigan ta’riflari bor. Ularning ba’zilari mulkni baholash tartibotlarida keng qo‘llaniladigan standart qiymat turlaridir. Boshqalari esa, qat’iy shartlashib olingan hollarda qo‘llaniladi. Baholash usullarini tushunish va amaliy qo‘llash uchun foydalanilayotgan qiymat turi va ta’rifini aniq ochib berish, shuningdek tanlab olingan qiymat turi baholovchi oldida turgan aniq vazifa mazmuniga muvofiqligiga e’tibor berish juda muhimdir. Tanlangan ta’rifga qarab baholanayotgan mulkning qiymati turlicha bo‘lib chiqishi mumkin.

Professional baholovchilar nospetsifik “qiymat” atamasini qo‘llamaslikka harakat qilishlari, uni faqat aynan qanday qiymat nazarda tutilayotganini aniqlashtiradigan tegishli sifat bilan birga ishlatishlari lozim. Bozor qiymati — mulkni baholashda eng ko‘p tarqalgan qiymat turi bo‘lib, har qanday tegishli holda bozor qiymati atamasi aniq va qat’iy ta’riflab berilishi ayniqsa muhim.

Baholash obyektining bozor qiymati uning mavhum jismoniy maqomi pozitsiyasidan emas, balki aynan bozor nuqtai nazaridan foydaliligi ifodasi hisoblanadi. Aniq bir korxona uchun uning aktivlari foydaliligi ularning bozor yoki alohida olingan tarmoq nuqtai nazaridan foydaliligidan farq qilishi mumkin. Tegishlicha, aktivlarni baholash hamda narxlarning o‘zgarishi samarasini aks ettiruvchi buxgalteriya hisoboti moliyaviy hisobotda bozorga bog‘lab aks ettiriladigan qiymat bilan qiymatning moliyaviy hisobot uchun asos sifatida olinmaydigan bozordan tashqari turlari o‘rtasidagi farqni hisobga olishi lozim. Almashtirishning qoldiqdagi qiymati, ixtisoslashtirilgan ko‘chmas mulkka tatbiq etilgan bo‘lib, baholashning bozorga bog‘liq bo‘lmagan bazasi bo‘lishiga qaramasdan, tegishli hollarda moliyaviy hisobotda qo‘llanilishi mumkin.

Yuqoridagi xatboshida keltirilganga o‘xshash dalil-asoslar ko‘chmas mulkdan farq qiladigan mulkni baholash uchun adolatlidir. Almashtirishning qoldiqdagi qiymati asosli tarzda qo‘llanilgan hollar istisno etilganda, moliyaviy hisobot bozor qiymati konsepsiyasiga asoslangan usullarni qo‘llashni hamda ular bilan qiymatning bozorga bog‘liq bo‘lmagan turlaridan foydalanadigan usullar o‘rtasida qat’iy chegara o‘tkazishni talab etadi.

Ko‘chmas mulk obyektining umumiy tannarxi uni ishlab chiqarishga ketgan bevosita va bilvosita xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Agar xaridor ko‘chmas mulkni sotib olgandan keyin qo‘shimcha kapital xarajatlar qilgan bo‘lsa, tannarxni hisoblashda bu xarajatlar sotib olishning retrospektiv (o‘zi uchun) qiymatiga qo‘shiladi. Bu xarajatlar obyektning bozor qiymatiga bozor ularni qanchalik maqsadga muvofiq deb hisoblashiga qarab, o‘z hissasini qo‘shadi.


Download 38,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish