Mavzu: Nomoliyaviy aktivlar Reja


Asosiy vositalarga amortizatsiyani hisoblash



Download 96,32 Kb.
bet6/17
Sana05.07.2022
Hajmi96,32 Kb.
#741309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
loyiha

Asosiy vositalarga amortizatsiyani hisoblash
Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’naviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi. Ma’naviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal boʻlgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bogʻliq. A. me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatlariga koʻra tabaqalashtiriladi. A. qiymati mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritib boriladi. Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida eskirgan jihozlar oʻrniga yangisini sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi tarzida jamgʻariladi.
Asosiy vositalarning eskirishini qoplash va asosiy vositalarni takror ishlab chiqarish va tiklash uchun zarur mablag‘larni jamlash maqsadida amortizatsiya ajratmalari tizimi qo‘llaniladi.
Amortizatsiya asosiy vositalarning eskirishi uchun pul kompensatsiyasi deb ataladi. Amortizatsiya asosiy vositalar qiymatidan korxonaning amortizatsiya fondiga har oyda ajratmalar shaklida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangunga yoxud ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to‘xtatiladi. Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to‘xtatilmaydi, asosiy vositalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga o‘tkazilgan holatlar, shuningdek ularni to‘liq to‘xtatish sharti bilan obyektni qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish davri bundan mustasno, amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’iy nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Bundan tashqari quyidagilarga amortizatsiya hisoblanmaydi:

  • yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar)

  • mahsuldor chorva mollari

  • axborot-kutubxona fondi

  • qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar

  • muzey ashyolari

  • moddiy madaniy meros obyektlari

  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari

  • to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar

Amortizatsiya 2 xil usulda hisoblanadi. Birinchisi bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash, ikkinchisi bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli).

Download 96,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish