Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana26.04.2022
Hajmi1,15 Mb.
#583906
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-маъруза. NUKLEIN KISLOTALARNING GENETIK ROLI (1)



1-MA`RUZA.
MAVZU. NUKLEIN KISLOTANING GENETIK ROLI
.
REJA.
1.
Nuklein kislotalarning genetik roli. Irsiy axborot o’tish yo’llari.
2.
Molekulyar biologiyaning markaziy postulati.
 
Oqsillar – tur va individual 
maxsuslikning asosi. 
3.
Oqsil komponentlari va ularning biriktiradigan kimyoviy bog’lar. 
Oqsillarning asosiy biologik funkstiyalari.
4.
Oqsillarning strukturaviy darajalari.
5.
Oqsillarni ajratish va tozalash. Oqsillarning molekulyar og’irligini aniqlash 
usullari.
6.
Nuklein kislotalar: DNK va RNK ularning umumiy tavsifi. Nuklein 
kislotalarning tuzilishi. Purin va pirimidin asoslari. Uglevod komponentlari.
7.
Nukleozidlar, nukleotidlar.
8.
Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi. DNKning qo’sh spiral 
strukturasining kashf etilishi va komplementarlik prinstipining ochilishi. 
DNKning V-, A-, Z-simon shakllari. xalqasimon va superspiral DNK 
molekulalari.
9.
DNKning 
fizik-kimyoviy 
xususiyatlari. 
Nuklein 
kislotalarning 
denaturastiyasi. Xromatin tuzilishi. 
10.
Ribonuklein kislotalar (RNK). Informastion, transport va ribosomal 
RNKlarning strukturasi, xususiyati va funkstiyalari.
Nuklein kislotalar yuqori molekulali biopolimerlar bo’lib, molekulyar 
massasi 250 dan 1,2.10
5
kDa atrofida bo’ladi. Ular tirik organizmda irsiy belgilarni 
saqlab, ularni avloddan-avlodga o’tkazishda bevosita ishtirok etib, kibernetik 
vazifani bajaradilar. 1869 yilda shvetsariyalik olim F.Misher tomonidan hujayra 
yadrosida nuklein kislotalar aniqlanganligi uchun nukleus (lotincha nucleys-yadro) 
deb atalgan. Tarkibidagi uglevodga qarab ular dezoksiribonuklein (DNK) va 
ribonuklein (RNK) kislotalariga bo’linadi. 
Nuklein kislotalar organizmlarda hujayralarning deyarli hamma organoidlar 
tarkibida uchraydi. Yadroda DNK oqsil bilan birgalikda dezoksinukleoprotoeid 
(DNP) shaklida (umumiy massaning ~1% ni tashkil qiladi). Ularning 
mitoxondriyalarda, xloroplastlarda ham borligi aniqlangan. Yadroviy DNKda 
organizmning tur spetsifikligini belgilovchi genlarning asosini tashkil qilib, hujayra 
suyuqligida esa irsiy belgilarni ko’chiruvchi RNKlarni uchratish mumkin. Biologiya 
tarixida nuklein kislotalarning tadqiq qilinishi mazkur fanni tavsifiy sohadan 
eksperimental yo’nalishiga aylantirishida benihoya katta xizmat qildi. Nuklein 
kislotalarni tuzilishi va vazifalarini aniqlashda katta xizmat qilgan Nobelь 
mukofotiga sazovor bo’lgan olimlardan D,J,Uotson, F.Krik va M.Uilkins, hujayra 
tashqarisida DNK sintezini aniqlagan A.Kornberg, S.Ochao va genetik kodni 


ochgan M.Nirenberg, R.Xoli va X.Koranalarni ko’rsatish mumkin. Informatsiya 
RNKni va oqsil sintezini ribosomada aniqlashda xizmat qilgan rus olimlaridan 
akademiklar A.N.Belozerskiy va A.S.Spirinlardir. 
Nuklein kislotalarining jahon miqyosida muntazam ravishda ilmiy jihatdan 
tadqiq qilinishi natijasida hozirgi kunda biologiya fanida molekulyar biologiya, gen 
muhandisligi va biotexnologiya sohalari shakllanib, bu yo’nalishlar asosida 
daktiloskopiya, transgen o’simlik, hayvonlar va klonlash usullari paydo bo’ldi. 
Mazkur yo’nalishlar faqat nazariy bo’lmasdan, balki tibbiyotda, qishloq ho’jaligida 
insonni ajablantiruvchi ilmiy ishlar qilinmoqda. Nuklein kislotalar tufayli biologiya 
fani kriminalistika va ijtimoiy-gumanitar fanlariga kirib, dastlabki yutuqlarga ega. 
Nuklein kislotalarni fenol yordamida to’qimalardan ajratib olish usuli keng 
qo’llaniladi. Bu usul oqsillarni denoturatsiyaga uchratuvchi moddalar ishtirokida 
(dodeilsulfat natriy ta’sirida yoki yuqori harorat) olib boriladi. Bunda denotrutsiyaga 
uchragan oqsil fenol qismga, nuklein kislota esa suvga o’tadi. Keyin nuklein kislota 
etil spirti yordamida cho’kmaga cho’ktiriladi. 
Oqsillar-azot tutuvchi makromolekulalardan tashkil topgan biopolimerlardir. 
Ular peptid bog’lari orqali bog’langan aminokislotalardan hosil bo’lib, proteinlar 
deb ataladi (protos–yunoncha birlamchi, muhim demakdir). 
Tirik organizmlarning asosiy qismlarini oqsillar egallab, nam vazniga 
nisbatan 25 % ni, quruq og’irligini 45–50 % ini tashkil qiladi. Tarkibida 50– 59 % 
uglerod, 6,5 – 7,3 % vodorod, 15 – 18 % azot, 21 – 24 % kislorod va 2,5 % gacha 
oltingugurt tutadi. Ular tarkibida ba’zan fosfor ham uchraydi. 
Oqsillar tarkibidagi azot miqdori doimiy bo’lib, o’rta hisobda 16% ni tashkil 
etadi. SHuning uchun ilmiy–tadqiqot izlanishlarida mahsulotlardagi oqsil 
tarkibidagi azot miqdoriga qarab aniqlanadi. Buning uchun oqsil tarkibidagi azot 
mikdorini 6,25 ga ko’paytiriladi.100% oqsil tarkibidagi azot 16 % ga teng, demak, 
100 : 16 

6,25. 
Ayrim oqsillar tarkibida temir, mis, yod, marganets va boshqa elementlar 
uchraydi.
Oqsillar organizmning tarkibiy qismi bo’lib, hayotiy faoliyatlarda birinchi 
o’rinda turganliklari uchun jonzotlarning «qora ishchilari» deb nomlanadi. Ular tirik 
organizmda quyidagi vazifalarni bajaradilar: 

Katalitik faol oqsillar fermentlar deb ataladi. Hujayrada sodir bo’ladigan 
kimyoviy jarayonlar aynan shu fermentlar ishtirokida amalga oshadi. 
Organizmdagi barcha fermentlar oqsillardir. Lekin, hamma oqsil ham ferment 
bo’la olmaydi. 

Hujayra va umuman, butun organizmda sodir bo’ladigan modda 
almashinuvining boshqarilishi va integratsiyasi oqsil tabiatli gormonlar orqali 
amalga oshadi. 

Hujayra membranasida joylashib har xil modda va ionlarni bir-birlaridan 
ajrata oladigan retseptorlar ham oqsillardir.

Oqsillar hujayra va to’qima membranalari orqali transport vazifasini bajaradi. 
Jumladan, gemoglobin kislorodni, qon zardobidagi alьbumin yog’larni, ayrim 


oqsillar esa mis, temir atomlarini, tsitoxrom esa elektronlarni kerakli joylarga 
yetkazishda xizmat qiladi.

Oqsillar organizm strukturasini shakllantirishda ishtirok etadi. Hujayra 
strukturasini tashkil qiluvchi organiodlarning asosiy qismi oqsillar bo’lib, ular 
yangilanishida ham oqsillar qurilish materiali sifatida ishtirok etadi. 
Strukturali oqsillarga hujayralarni birlashtiruvchi matriks sifatida xizmat 
qiluvchi kollogen va retikulinlar kiradi. Soch, tirnoq tarkibidagi mustaxkam 
kerotin ham oqsildan iborat. 

Fermentlarning ingibitorlari endogen oqsillar bo’lib, ular ferment faolligini 
boshqaradilar.

Ayrim hujayra va organizmlarning qisqarishi va harakatlanishi ulardagi 
qisqaruvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan oqsillarga bog’liq. Misol tariqasida, 
mushak to’qimalarining qisqarishida, mimoza o’simligining o’zgarishida 
aktin va miozin oqsillari ishtirok etadi. Ayrim hujayralarning harakat qilishiga 
tubulin oqsili sababchi bo’ladi. Ba’zi hujayralardagi xivchinlar, kipriklarning 
harakati ham oqsillarga bog’liq bo’lib, ular kimyoviy energiyani mexanik 
energiyaga aylantirib, shu sababdan hujayra, mushaklar qisqarib harakat 
qiladilar. 

Oqsillarning ayrimlari toksik va zaharli xususiyatga ega. Ayrim hasharot, ilon 
va mikroorganizmlar boshqa organizmlar uchun zahar sifatida ta’sir qiluvchi 
oqsillarni sintezlaydi.

Antitela yoki immunoglobulin oqsillari organizmda himoya vazifasini 
bajaradilar. Ular suyaklardagi ilikda sintezlanadi. Tashqaridan hayvon 
organizmiga viruslar va mikroorganizmlar tomonidan kasal tarqatuvchi 
antigen yuborilsa, ular antitelalar bilan bog’lanib, antigen faolligini yo’q qilib, 
organizmni har doim himoya qiladi. 

Genlarning faoliyat ko’rsatishida, ya’ni ekspressiyasida ham oqsillar bevosita 
ishtirok etadilar.

Oziq–ovqat va ularning zahiralari sifatida oqsillar xizmat qiladi. Jumladan, 
g’alla o’simliklarining tarkibidagi prolamin va glyutilenlar, parranda 
tuxumlari tarkibida mavjud bo’lgan ovalьbuminlar zahira oqsillaridir. 
Oqsillar yuqoridagi vazifalari bilangina chegaralanmaydilar ularning vazifalari 
keng qamrovlidir. Oqsillarning nihoyatda xilma–xil vazifa bajarishi, ular kimyoviy 
tuzilishining murakkab ekanligidan darak beradi.
O’simliklarning barcha a’zolarida ham oqsillar bo’ladi. U dukkakli o’simliklar 
urug’ida ko’p bo’lib, vegetativ a’zolarida 5-15 % gacha bo’ladi. 
Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo’lib, aminokislotalardan tashkil 
topgan. Protenogenli aminokislotalar oqsillarning strukturali bloklari yoki 
monomerlari sifatida L - qatoriga mansub 

- aminokislotalar hisoblanadi. 
Aminokislota karbon kislotalari bo’lib, undagi bitta uglerod atomi amina va 
karboksil guruhlarini tutuvchi birikmalardir. 
NH

guruhi hamma vaqt 

uglerod atomidan o’rin olib, umumiy formulasi 
quyidagicha: 


Bu formuladagi radikal o’rnida har xil funktsional guruhlar uchraydi. 
Aminokislotalar shu funktsional guruhlarga qarab bir–biridan farq qiladi. Hozirgi 
kunda 150 ga yaqin aminokislotalar aniqlanib, oqsillar tarkibida faqat ularning 20 
xili uchraydi. SHuning uchun oqsil tarkibida uchraydigan aminokislotalarni 
protenogenlilar deyiladi. Aminokislotalarni qutblanishi va radikallari buyicha 
sinflarga ajratish mumkin.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish