Mavzu: Oiladagi nizolarni farzand tarbiyasiga ta’siri



Download 19,64 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi19,64 Kb.
#705923
Bog'liq
Oiladagi nizolarni farzand tarbiyasiga ta’siri


Mavzu: Oiladagi nizolarni farzand tarbiyasiga ta’siri
Reja:
1.Er-xotin o‘rtasidagi nizolar
2.Qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar
3.Qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar
4.Ovsinlar o‘rtasidagi nizolar
5.Ota-onalar o‘rtasidagi nizolar
6.Farzandlar o‘rtasidagi nizolar

Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin.


Er-xotin o‘rtasidagi nizolar;
Qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar;
Qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar;
Ovsinlar o‘rtasidagi nizolar;
Ota-onalar o‘rtasidagi nizolar;
Farzandlar o‘rtasidagi nizolar.
Albatta bu ro‘yxatni yana davom ettiraverish mumkin, har qanday oilada er-xotinning o‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelish muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri ularning oqibatlariga ko‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir birlaridan farqlanadi. Muvofaqiyatli oilalardagi nizolar birikturuvchi va muvofaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. SHuning uchun xam psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda (“konstruktiv”), (“birikturuvchi”), (“distruktiv”), (“ajratuvchi”) nixolarga farqlanadi. Ular o‘zlarining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan muammolar, bu muammolarning xal etilishi, kechinishi, ishtrokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga kura bir birlaridan farqlanadi.
Biriktiruvchi nizolar.
Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishi sabab bo‘lgan muammolar va ularning xal qilinishi, xam erning xam xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo‘ladi. Agar ular xal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o‘z echimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saramjonlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi masalalar toifasidagi nizolar misol bo‘la oladi.
Ular asosan er-xotin o‘rtasidagina yuzaga keladi., ularning ishtirokchilari xam faqat er-xotinlarning bir birlarini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o‘rganib borish, bir birlariga moslashish, muammolarni xal etish borasida xamkorlik qilish kabi oilaviy xayot mustaxkamligini ta’minlashga xizmat qilishi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar “er-xotinning urushi – doka ro‘molning qurishi” kabi nizolar toifasiga kiradi. “Doka ro‘molning qurishi” er-xotin o‘rtasidagi xamkorlikni rivojlantiradi.

Ajratuvchi nizolar.


Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan muammo va uning echimi er-xotinlardan birini manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizolarda bir tomon manfatining xal etilishi ko‘pincha, ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi xisobiga amalga oshadi.
Masalan : erning yoki xotinning shachsan o‘zi uchun xarid qilishi, erning yoki xotinning ishi tufayli, o‘zbek oilasi uchun xarakterli bo‘lgan nizolardan er yoki xotinning qarindosh urug‘lar bilan bo‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning hal qilinishi, ya’ni bir tomon manfaatlarning qondirilishi ko‘pchilik xolatlarda ikkinchi tomon manqaatlarining boy berilishi xisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaat boy berilgan tomonlar norozilik e’tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo‘lib xizmat bo‘lishi mumgin. Ajratuvchi nizolarda, nizo xal etilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.
SHuningdek, ajratuvchi nizolar ularning yuzaga keltirgan sabablar er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga xam bog‘liq bo‘lmoqda. Ularning sababchilari va ishtirokchilari xam ba’zan er-xotindan tashqari uchinchi odam bo‘lio‘i mumkin, xal etilishi ham er-xotinlarning o‘zlarigagina emas balki shu uchinchi “boshqa” odamga bog‘liq bo‘ladi. Bularning oqibatida nizolarning yanada kuchayishi va sonining ortishi kuzatiladi.
Ajratuvchi nizolar, aksariyat xollarda “chegaralanmagan” nizolar bo‘lib, o‘z xarakteri, ishtirokchilari, xal etilishi va oqibatlariga ko‘ra er-xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga oilaning boshqa a’zolari:
Qaynona, qaynisingil, ovsinlar va boshvalar xam aralashadi.
Ajratuvchi nizolar er-xotin orasidagi mexrni susayib, yo‘qolib borishiga olib boradi. Bu esa ota-onalar va farzandlar orasidagi munosabatlarga xam salbiy ta’sir qiladi.
Ota-onalar va farzandlar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar.
Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi.
Dunyo qarashlari orasidagi mavjud farqni xisobga odmasligi.
YOshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etilishi.
Do‘stlar tanlashdagi mustaqilligi, xissiyot soxasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo‘ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota – onalari bilan ba’zan kurash olib borishining xush kelmasligi.
Ota-onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki ornomusini yig‘ishtirib qo‘yib, buzuqchilik qilishi.
Ba’zi bolalarni mexnat qilishga o‘rgatilmaganligi va buning oqibatida engil elpi xayot kechirishga o‘rganib qolishi.
Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unitib qo‘yishi va xokozo.
Ota-onalarning psixologik-pedogogik bilim saviyalari etarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oiladan xalovat yo‘qoladi, o‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, xatto ichib kelib ota-onasiga qo‘l ko‘taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq foxishaparastlik borligiga nima deysiz?.
Ba’zi ota-onalar bolalardagi 3,6,13,14, yoshlarda muqarrar ravishda bo‘lib o‘tadigan krizislarni bilishmaydi. Bu yosh bosqichlarda bola ruhiyatida yangi psixologik qo‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar jumladan ota-onalar bilan bo‘lgan munosabatlarda ko‘zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-onalar “bolam nixoyatda qaysar, quloqsiz bo‘lib qoladi”, deb o‘ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi o‘zlaricha chora tadbirlarbelgilashlari natijasida ota-ona va bola bir birlarini tushuna olmay qoladilar. Bolaning ota-onalardan bezish xollari kuzatiladi.
Qaynona bilan kelin o‘rtasidagi nizolar.
Oilaga yangi tushgan kelinlarning ko‘pchiligi yuzaga keladigan ba’zi qiyinchiliklarni onsonlik bilan engib, kelinlik vazifalarini ko‘ngildagidey eplab ketadilar, qaynonalarini ro‘zg‘or tashvishlaridan xolos qiladilar, tezda ularning mexriga sazovar bo‘ladilar. Qaynonalar ham bunday kelinni “qizim” deb bag‘rilariga oladilar, bilmaganini o‘rgatadi, qiynalganlarida yordam beradilar, xayotiy yo‘l yo‘ruq ko‘rsatadilar. Ularga o‘y ro‘zg‘or ishlarida va bola tarbiyasida yaqin ko‘makdoshga aylanadilar. Biroq xayotda qaynona- kelin orasida turli to‘qnashuvlar xam sodir bo‘lib turadi. Gap qaynona kelin o‘rtasida borar ekan, shuni aytib o‘tishimiz lozimki, bu masala azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarining diqqat e’tiborlarida bo‘lib kelgan muammolaridan biridir. Jumladan XIX asrning ikkinchi yarimida yashab ijod etgan sharq mutaffakirlaridan biri Axmad Donish o‘zining “Navodir ul vaqoe”(nodir voqealar) nomli kitobida qaynona- kelin nizolar xaqida yozar ekan shunday deydi: “Qaynona –keli nizolari bundan oldingi oilalarida xam bo‘lgan, xozir xam bor va bundan keyin xam bo‘ladi. Ular doimo urshaveradilar. Ular nima uchun urishayotganlarini o‘zlari xam bilmaydilar. SHuning uchun xam urshaveradilar.” Demak bu o‘rinda qayonona kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish aloxida axamiyatga molik masala ekanligini ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni kelib chiqaruvchi sabablaridan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Ba’zi qizlarda nikoxgacha oilaviy xayotga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, yoo‘lar qaynonaning oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qo‘rib, tasavvuridagi emas, balki xayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bo‘lgan kamchilik va illatlarini xayotdagi qaynonadan ahtara boshlaydilar. Boriniku topishlari aniq, xatto yo‘g‘ini topishga xarakat qiladilar. CHunki tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.
Xayotda kamchiliksiz odam bo‘lgan emas, bo‘lmaydi xam. Ideal qaynona, ideal kelin xam bo‘lishi mumkin emas.
Kelinlar o‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga taassurot asosida baxo berishga oshiqmasliklari lozim. Aks xolda, pashshadan fil yasash xam xech gap emas. Kelinlar og‘ir bosiq, sabr-toqatli bo‘lishlari iloji boricha o‘zlari tushgan xonodon a’zolarining yaxshi tamonlarini ko‘rishga intilishlari, eri shu xonodon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunday bu oila tinch totuv bo‘ladi. Zotan, kelin bu xonodonga besh kunlik mexmon emas, balki bir umrlik a’zo bo‘lib kelganligini unutmaslik keraq
2. qaynona-kelinning dunyo qarashlari va uy ro‘zg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi va keskinlashadi. Ikki avlodning dunyoqarashi , xayotiy tamoillari o‘rtasida tafovut bo‘lish tabiiy xoldir. Ammo aksariyat xollarda qaynona-kelinlar ko‘p jixatdan bir birining aksi bo‘ladilar. Ayrim xollarda esa qaynona- kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib, xar birlari o‘z gaplarini o‘tkazishga xarakat qiladilar. YOshlar xam o‘z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari ularni gapiga tegadigan noo‘rin qiliq va odatlaridan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy “Xoyi – xavaslardan” o‘zlarini tiyishlari keraq
3. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lmaydilar. SHunday kelinlar bo‘ladiki, ular na ovqat pishirishga, na kir yuvishni, na kattalar btlan muomala qilishni biladilar.
Kelin kelinligini birinchi kundanoq xamma narsani kerakliligicha bilishni va katta tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi darajasida turushi juda qiyin. Qaynonalar xam kelinlaridan xadeb kamchilik va qusur axtarmasdan, uni farzandiday ko‘rib, bilmaganini sabr toqat bilan o‘rgatib borishi lozim. Qaynonalar kelinlarida xosil qilgan ko‘nikma va malakalarini o‘g‘li uchun kelajakda nabiralari uchun xizmat qilishini esda tutishi keraq
4.Ayrim xollarda qaynona – kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmaydilar. Ayrim oilalarda bolalar yoki bobo buvilari yoki ota –onalari tomonidan meyoridan ortiqcha erkalatib yuboriladilar. Ana shunda bobo, buvilvr xam, ota-onalar xam axillik bilan bola tarbiyasi borasida o‘zaro mos chora belgilab olishlar lozim. Bunda bola qanday muxit va shart sharoitda, davirda o‘sayotganini, mijozi turini xisobga olishi zarur.
Madaniy ijtimoiy omil. Kuyov ma’lumotli madaniyatli oilaladan bo‘lib, kelin aksincha dexqon, ishchi yoki savdogar oilalasidan bo‘lsa yoki er-xotindan biri shaxardan, ikkinchisi qishloqdan bo‘lsa bu ijtimoiy taqovutlar xam er-xotin o‘rtasidagi ixtiloflarini keltirib chiqarishi mumkin. Kelin –kuyovlar ijtimoiy kelib chiqishida xam, iqtisodiy taminlaganliklarida xam bir biriga mushtarak bo‘ltshdari maqsadga muvofiqdir. Bordiyu kelin boshqa millatga mansub bo‘lsa uning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi. Masalan , o‘zbek xalqida kekirish to‘yganlik- shukronalik belgisi xisoblanib kelgan. Rus xalqida esa bu odat o‘ta odobsizlik xisoblanadi. SHu sababli yangi oilaga moslashish xam onsonlikcha kechavermaydi. YAngi sharoitga onson moslashishgan xamda uni onsongina o‘zlashtirishga tayyor bo‘lganliklari sangvenik mijozidir.
Xar bir mijoz turining yuqorida berilgan qisqacha shartli xarakteristkasini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olgan qaynona kelinlarining til topib ketishlari onson ko‘chadi.
Qaynona kuyov o‘rtasidagi kelishmovchiliklar.
Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida xam bo‘ladi. Ichkuyov ba’zi xollarda kelin xonodoniga moddiy jixatdan qaram bo‘ladi. Qaynona xamisha ziyrak va andishali bo‘lavermaydi. Kuyovning psixologik xushyorlik oshadi erki esa bir muncha qisiladi. Bunisi etmaganday, ba’zan qaynonalar kuyovga noo‘rin gaplarni aytib boradi, (qizim senga aytaman kelinim sen eshit, kabi). Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy xayotiga bunday qo‘pol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. SHunday xollarning oldini olish uchun qaynona yoshlarga, yoshlar xayotiga kamroq aralashmog‘i keraq
Qizlar turmushga chiqganlaridan so‘ng, onasi bilan turadigan bo‘lsa undan o‘z diqqat e’tiborini, farzandlik mehr-muxabbatini darig‘ tutmasligi, yolg‘izlatib qo‘ymasligi lozim. Qaynonalar xam avvalo, o‘z yoshliklarini eslashlari, qolaversa qizning kuyoviga o‘g‘linig xotiniga mexr-muxabbati, e’tibori ular oilasi baxt-soadatining, iqbolning garovi ekanligini unutmasliklari keraq Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovning o‘z jri bilan taqqoslaydilar. Natijada qaynona nazarida kuyovning obruyi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga qarab sabab bo‘ladi.
Oila buzulishi va oilani ajralishlari.
Ajralish muammosi xozirgi zamon insoniylik jamiyatning eng muxim ijtimoiy muammolardan biri xisoblanadi. SHuning uchun chet ellarda xam, o‘zbekiston xam ajralish muammosini o‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammolarni turli soxa mutaxassisliklari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan soxalari mutaxassisliklar o‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu xodisa sabablari, amalllari,motivlarini o‘rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Ajralishlar ko‘plab noxush xodisalar: noto‘liq oilalar sonining ortishi, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida qonunbuzarliklarning ko‘payishi, pedogogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o‘zaro munosabatlarning yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishi sabab bo‘lishi mumkin.
Ajralishlarning o‘ziga xos ijtimoiy psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzulishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinning axvoli kabilarda ifodalanadi. SHunday xususiyatlaridan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojat qiluvchi ajralish tashabbuskori ko‘proq erkaklar bo‘ladilar va aksincha, evropa xalqlari oilalarida yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo‘lgan shaxar oilalarida ajralish tashabbuskori ko‘proq ayollar bo‘ladi.
Ajralish oqibatlari.
Ajralishlarning sabab oqibatlari xaqida fikr muloxazalarimizni bildirishdan oldin o‘zbek oilalarda ajralishning o‘ziga xos xarakteri ya’ni boshqa (ayniqsa, chet mamlakatlaidan) millatlardan farq qiluvchi jixatlarga to‘xtalib o‘tsaq Bu quyidagi ob’ektiv omillarga bog‘liq bo‘ltsht mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakga nisbatan jamoatchilik tomonidan ko‘proq tanqidiy muxokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishganlardan so‘ng ayollarning axvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki o‘zbek millatdagi o‘ziga xos urf-odatlar o‘zbek ayolining uy-joylarini eriga qoldirib, o‘z ota-onasinikiga (uning aka-ukalaridan o‘z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrashgan ayol uchun axvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo‘ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishganlaridan so‘ng qayta oila qurish nixoyatda kamdir. Mana shu ob’ektiv sabablarini xisobga olgan xolda qishloq joylardagi o‘zbek ayollari muammoli “er-xotin orasidagi munosabatlar nixoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mexr-muxabbat etarli ifodalanmagan oila” nikoxga xam ko‘nikib yashayveradilar.
Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Ayniqsa, ajralish natijasida o‘sayotgan qizbolani xis tuyg‘ulariga otasiga bo‘lgan mexriga, qizbolada shakllanadigan ota obriziga va otasiz o‘sayotgan qizning ruxiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Bu esa nafaqat qizbolani bolalik davrida balki kelgusi o‘zi mustaqil oila qurganida xam o‘z asoratini ifodalashi mumkin.
SHuning uchun xam xozirgi vaqtda ajralish muaamosi ilmiy asosda o‘rganish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Bu o‘rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muxim axamiyatga ega. CHunki aksariyat hollarda mahallalarda nikoxni bekor qilish borasida o‘tkaziladigan sud ishlarida ajralmoqchi bo‘lgan oilani buzulishini asil sababini aniqlab, nikoxni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Download 19,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish