Mavzu: O’rta osiyoga zardushtiylik va buddaviylik dininingtarqalishi mundarija: kirish I bob zardushtiylik dinining vujudga kelishi va tarqalishi



Download 67,83 Kb.
bet6/7
Sana20.04.2022
Hajmi67,83 Kb.
#566563
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
buddaviylik va zardushtiylik

2.2 Markaziy Osiyoda buddizm
O’rta Osiyoda dinlar tarqalganligi manzarasi rang-barang va tadqiq qilish uchun o’ta qiziqarli. Bu mintaqada boshqa qadimiy dinlar bilan bir qatorda buddizmning ham keng yoyilganligini kuzatamiz.O’rta Osiyoda buddizm tarixini o’rganish bo’yicha tadqiqotchilardan L.I. Albaum, R.CH. Bagchi, V.V. Bartold, T.V. Belyaeva, A.N. Bernshtam, V.A. Bulatova, V.P. Vasilev, B.V. Veymarn, V.V. Vertogradova, V.L. Vyatkin, T.V. Grek, B.P. Denike, Ye.P. Denisov, B.N. Zasyepkin, T.I. Zeymal, A.N. Zelinskiy, V.N. Kesaev, G.A. Koshelenko, V.A. Livsits, B.A. Litvinskiy, M.Ye. Masson, G.V. Parfyonov, G.A. Pugachenkova, Ye.G. Pchelina, E.V. Rtveladze, B.YA. Staviskiy, A.S. Strelkov, B.A. Turg’unov, Z.I. Usmonova, V.B. Henning, V.A. Shishkin kabi o’zbekistonlik va chet ellik arxeolog olimlar izlanishlar olib borganlar. Ularning ekspeditsiyalari natijasida yozilgan maqola, risola va monografiyalar ushbu mavzuni o’rganishda qo’llanma bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan mualliflarning barchasi buddizm tarixini O’rta Osiyodagi tarixiy-me’moriy yodgorliklarning arxeologik tadqiqotlari asosida yoritib berganlar.
Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O’rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shohi Kanishka hukmronligi davriga taalluqli deb biladilar (I asrning oxiri-II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydilar. Tadqiqotchi B.A. Litvinskiyning fikricha, buddizm Shimoli-G’arbiy Hindiston va Janubiy Afg’oniston (Qandahor) orqali taxminan mil. av. III asrda Baqtriyaga (O’zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan.
Baqtriyaga buddizmning kirib kelishi va yoyilishi haqida boshqa fikr ham mavjud. Tadqiqotchi R.CH. Bagchi bu jarayon podshoh Ashoka (mil. av. 273-232 yillar) hukmronligi davrida yuz bergan deb hisoblaydi. Ammo bu fikrni tasdiqlovchi arxeologik materiallar yetarli emas. Shuning uchun ham buddizm bu hududga Kushonlar davrida kirib kelgan degan fikr haqiqatga yaqinroq. Chunonchi, B.YA. Staviskiy bu fikrni Kushonlar hukumatining hind viloyatlari va buddist jamoalarning homiylari bilan aloqalari mustahkam bo’lganligi bilan isbotlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda baqtriyaliklarning Kanishkaga qadar buddizm bilan tanish bo’lganliklarini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham mavjud.
Mil. av. I asr va milodning IV asrlari oralig’ida Kushon imperiyasida buddizmning Maxayana yo’nalishi davlat dini deb e’lon qilindi. Bungacha buddizm Hindistonda uzoq tarixga ega bo’lsa ham, u yerda asosiy yo’nalish bo’lgan Xinayana ham bunday mavqega erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keyingi kushon imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an’analarini amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o’rtasida tarqatish uchun Balx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, O’sh, Bolosog’un, Koshg’ar va boshqa shaharlarda buddizm takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddizmning muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o’rganish, tarjima qilish va sharhlash uchun sharoit yaratib berdilar.
Hozirgi Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O’rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy yozuvda, uyg’ur bitiklarida va boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan.Qoratepadan topilgan sopol buyumlardagi kxaroshtxi yozuvlari bu yerdagi Maxasangxika ta’limotini aks ettiradi. Maxasangxika maktabi O’rta Osiyoda buddizmning tarqalishida muhim rol o’ynagan. Qoratepaning boshqa qismida braxmi yozuvidagi bitiklar esa O’rta Osiyoga keyinchalik Kanishka davrida kirib kelgan Sarvastivada buddist maktabi ta’limotining yoyilganligidan xabar beradi.
O’rta Osiyoda buddizmga tegishli tarixiy obidalarning ko’pligi jihatidan Fayoztepa eng yirik yodgorlik hisoblanadi. U yerdan chiqqan diniy bitiklar, haykallar bilan birga topilgan ibodatxonaning hududi ancha katta joyni egallaydi.1926 yilda A.S. Strelkov tomonidan aniqlangan Eski Termizning sharqidagi Zurmala minorasi O’rta Osiyo hududidagi birinchi ochilgan, katta ahamiyatga molik bo’lgan buddizm inshootidir.
Eski Termizdan topilgan Qoratepa buddist majmuasi milodning I asri Kushon saltanatining gullagan davriga to’g’ri keladi. Qoratepadagi har bir inshoot yer ustki va g’or ichida joylashgan ibodatxona, saroy, bir monax (zohid) uchun moslashtirilgan hujralardan iborat.Dalvarzintepa majmuasi 1967-1968 yillarda qazib ochilgan bo’lib, Termiz yaqinidagi Surxon vohasining o’rta qismida joylashgan. Mazkur kompleks G.A. Pugachenkova va B.A. Turg’unov boshchiligidagi O’zbekiston san’atshunoslik akademiyasi tomonidan ochildi. Dalvarzintepada topilgan buddizm majmuasi bu din ta’limoti Kushon saltanatining shimoliy viloyatlariga I asrda yoyilganligini ko’rsatadi.Janubiy O’zbekistonda joylashgan Baqtriya-To’xaristonning shimoliy qismida 60-yillarning ikkinchi yarmidan 80-yillargacha buddizm inshootlarining yettitasi aniqlanib o’rganildi. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan Janubiy Tojikistondagi Ajinatepa, Kofirqal’adagi kichik ibodatxona, Qal’ai Kofirnigon ibodatxonasi, Ayritom majmuasi, Turkmanistondagi Marvdan 30 km uzoqlikda joylashgan Govurqal’a majmuasi, Quvadagi ibodatxona va boshqa ko’plab buddizmga tegishli yodgorliklar ushbu dinning mazkur mintaqadagi tarixi haqida xabar beradi.
O’rta Osiyoning Marv, Balx, Termiz, So’g’diyona viloyati, Quva, Koson, Samarqand va Buxoro kabi shaharlari, viloyatlari buddizm ta’limoti va marosimlarini ishlab chiqishda, boshqa o’lkalar, mamlakatlarda targ’ib va tashviq etishda, eng muhimi, buddizmning hozirgi zamonning ilg’or jahon dinlaridan biriga aylanishida favqulodda ahamiyatga ega markazlari bo’lgan.Xitoy bilan savdo va madaniy aloqalari mustahkam bo’lgan So’g’d viloyati buddaviylik dini tarqalishida muhim o’rin tutib, to’rtta so’g’d monaxi va boshqa tarjimonlari, missionerlar din targ’ibotchiligi bilan shug’ullanganlar. Boshqa manbalarning guvohlik berishicha, Xitoydagi birinchi buddaviylik targ’ibotchilarining katta guruhi O’rta Osiyoliklar bo’lib, ularning 2 tasi parfiyalik, 3 tasi yuechji, 2 tasi so’g’dliklardan - Kan Men-Syan va Kan Szyuylar bo’lishgan.
Birinchi Budda matnlari ham avvalo so’g’d tiliga o’girilib, III asr boshlarida faoliyat ko’rsatgan tarjimonlar orasida so’g’diylardan Kan Sen-Chuy ismli kishi bo’lgan.Bundan tashqari Xitoydagi G’arbiy Szin dinastiyasida buddaviylik matnlarini xitoy tiliga o’girgan tarjimonlarning uchtasi so’g’dliklar bo’lib, IV asr mashhur tarjimonlari orasida so’g’diy Kan Sen-Yuan nomi tilga olingan. Shu bois hozirgacha Xitoyda Samarqand, Buxoro, Shoshdan borgan budda olimlarining maqbaralari muqaddas joy sanalib, ehtirom ko’rsatiladi va Sharqiy Turkistondan topilgan Turk-budda matnlari tahlilida ham so’g’diylarning roli sezilib turadi. Tadqiqotchi A.Gaben ta’kidlashicha, «Buddaviylikdagi ko’pgina asosiy atamalarning kelib chiqishi turk-zardushtiylar tiliga yaqin bo’lib, bu albatta so’g’diylar vositachiligida yuzaga kelgan». Syuan Szan esa samarqandliklarni buddaga sig’inishini aytib o’tib, «lekin shahardagi ikki ibodatxona to’liq bo’sh holda edi» - deb ta’kidlaydi.
Shu bilan birga So’g’diyona hududida din bilan bog’liq ma’lumotlar turli xil - so’g’d, xitoy, arab, fors-tojik manbalarida ham uchrab, ammo bu ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslash juda qiyin. Masalan, Xitoy muarrixlaridan Syuan-Szyan «Samarqandda podsho va xalq Buddaga ishonmaydi, ammo olovga topinishadi», - deb ma’lumot bersa, Xoy Chao «VIII asr birinchi yarmida So’g’dda barcha osmon xudosiga e’tiqod qilishadi», – deb yozgandi.Samarqandda budda rohiblari arablar bosqini davrigacha katta mavqyega ega bo’ldilar. Hatto arablar bosqinidan so’ng ham bu dinga e’tiqod qiluvchilar Samarqandda mavjud bo’lib, bu haqda olim V.V.Bartold quyidagi ma’lumotni beradi: «Sayyoh Shakih Balxiy o’zining Sharqqa qilgan sayohatida Samarqandga kelib, bu yerda (qizil kiyimdagi) budda monaxi bilan uchrashib, u bilan suhbatda bo’lgan va ular Samarqand buddaviy jamoalari o’rtasida majlis o’tkazgan edilar».Buddaviylikning Markaziy Osiyoga tarqalishi haqida Olim P.I Bagchi «Xitoy va Hindiston» nomli kitobida - «Eski Xo’ton an’analariga binoan, Ashokaning o’g’li Kustana Nirvanadan keyin davlatga asos solgani va Xo’tonda ilk buddaviylik ibodatxonasi bo’lganligi, bu davr ichida buddaviylik davlatning asosiy dini bo’lib, u Kucha knyazligiga kirganligi va u yerda minglab ibodatxonalar bunyod etilganligi» haqida yozadi.Boshqa ma’lumotlarga ko’ra, buddaviylik Xitoyga Birmalik monaxlar Sona va Uttarlar tomonidan olib kirilib, bu yerda «Budda oltin haykalchalari»ning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. Xitoyda buddaviylikning yoyilishida Markaziy Osiyolik kishilar: Kang-Chi, Kang-Men, Kang-Sheng, Bao-I (Ratnami) va Chji Louszyan (hindcha nomi Lokakshema)-Chji Szyan(Gun-Min) kabi targ’ibotchilarning ham o’ziga xos hissalari bor.Boshqa manbalarga ko’ra, buddaviylik Hindistondan – Markaziy Osiyoga, undan Xitoyga, Yaponiyaga va boshqa Sharq mamlakatlariga, hind monaxlari: Jina Gupta va Dharma Guptalar tomonidan olib o’tilgan. 1907 yilda tadqiqotchi Mark Aurel Steyn Buyuk Xitoy devorining ichkarisidan Dunxuan (Tinhuang)ga qariyb 3000 mil muz va qalin qor bilan qoplangan tog’ va sahrolarni bosib o’tib, u yerdan mashhur «So’g’d yozuvlari»ni topdi. Aurel Steyn ma’lumotiga binoan Dunxuanda «Ming budda g’ori» bo’lgan.So’g’d viloyati Xitoy bilan savdo-sotiq hamda madaniy aloqalarni o’rnatishda ahamiyatli rol o’ynagan. So’g’dliklar Xitoyda buddizmni yoyishda juda muhim o’rin egallaydilar.
Biroq So’g’dda buddizmning keng yoyilganligi masalasi haligacha ochiq qolmoqda. To’g’ri, hozirga qadar bu yerda buddizmga oid ba’zi haykalchalar, Sanzordagi buddizm ibodatxonasi, Samarqand yaqinida budda haykalining boshi topilgani ma’lum. Ammo bu topilmalar ushbu hududda bu din keng tarqalgan degan xulosani chiqarishga hozircha yetarli emas. Surxondaryo To’xaristonidan chiqqan buddizmning yirik vakili – Tanmonanti (yoki Dxarmanandin). U yoshligidan tarkidunyochilik yo’lini tutib, uzlatga chekingan. Yosh bo’lsada, aqli tiniq bo’lib, sutralarni o’rgangan va yoddan aytib yurgan, bunga o’zining butun borlig’ini bag’ishlagan. U Tripitakani to’la o’zlashtirgan. Dxarmanandinning ilmdagi salohiyati chuqur va benihoya edi. U o’z vatanida ham, boshqa uzoq yerlarda ham katta obro’ga ega bo’lgan. 365-385 yillarda Dxarmanandin Xitoyning Chan’an viloyatiga Budda ta’limotini targ’ib etgani va ibodatxonalar, vag’n va vixaralar qurgani kelgan. Imperator Fu Tszyan Xitoydagi barcha avliyolarning Dxarmanadinga ko’rsatayotgan izzat-hurmatini ko’rib, uni juda oliy maqomli mehmon sifatida kutib oladi va tortiqlar qiladi. Xitoyda bu paytda buddizm ancha keng tarqalganiga qaramay, to’rt qismli Agama-Sutralardan birortasi ham hali xitoy tiliga tarjima etilmagan edi. Imperator Fu Tszyanning maslahatchisi va Uvey tumani hokimi Chjao Chjen Dxarmanandindan ana shu sutralarni tarjima qilib berishini so’rash niyatida edilar.
Xulosa
Xulosa sifatida aytish mumkinki, zardushtiylik nafaqat jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, balki Sharq davlatlarida axloqiy qadriyatlarni keng yoyishga xizmat qilgan. Odamlarning ma’naviy qadriyatlarga amal qilib yashashlari, jannat va do‘zax, qiyomat, odamning qayta tirilishi va ilohiy davlatning yaratilishi singari g‘oyalari keyinchalik xristianlik va islom dini ta’limotlarining ishlab chiqilishida muhim manba vazifasini o‘tagan.
Markaziy Osiyoda turkiy va sug‘diylar yonma-yon yashagan manzilgohlardan topilgan ostadonlar misolida bu ikki qavmning zardushtiylik ta'sirida umumiylikka ega bo‘lgan urf-odati mavjud bo‘lganini kuzatamiz. Markaziy Osiyoda mavjud zardushtiylik Sosoniylar davlatidagi zardushtiylikdan farqlangan. xususan, Eronda zardushtiylik rasmiy davlat dini maqomida, siyosiy vositalar orqali belgilangan qat'iy qoidalar asosida rivojlangan. Markaziy Osiyoda esa diniy tolyerantlik negizida unga amal qilingan. Sug‘d zardushtiyligi mazdachilik yoki mazdayasna dini deb yuritiladi.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo hududida qadimdan turli din jamoalari o‘zaro bag‘rikenglik ruhida yashagani, bu ,ayniqsa, mazkur dinlar ushbu hududga kirib kelgan dastlabki davr, ya'ni ilk o‘rta asrlarda eng cho‘qqisiga chiqqanini ko‘rishimiz mumkin. Zero, mazkur hudud dinlarning turli hududlarga tarqalishida tranzit vazifasini o‘tagani, qadimgi turkiy xalqlarda bag‘rikenglik g‘oyasi davlat boshqaruvida ustuvor ahamiyat kasb etganini guvohi bo‘lamiz. Bag‘rikenglik masalasi bugungi kunda ham turli konfessiyalar mavjud hududda ma'lum qonunchilik mexanizmlari bilan bir qatorda mahalliy xalq orasida tarixiy ildizga ega qadriyat sifatida shakllangan.

Download 67,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish