Mavzu: O‘smirlarda muloqot malakalarini shakllantirish. Reja: kirish bob. O’smirlardagi muloqot



Download 74 Kb.
bet5/8
Sana31.12.2021
Hajmi74 Kb.
#231688
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TASHKILOT PSIXOLOGIYASI

II BOB. MULOQOT MALAKALARI

2.1. Noto‘g’ri muloqot usullari

Har birimiz faqat o‘zimizga xos bo‘lgan muloqat usulini shakllantiramiz, bu narsa bizni ortiqcha hayajondan saqlaydi. Quyida, kam samara berishi mumkin bo‘lgan ayrim muloqot usullari bayon qilingan. A) nizodan o‘zini chetga tortish. Kimki bu usulga amal qilsa, o‘z manfaatlarini himoyaqilishdan qochadi. Nizo paydo bo‘lganda bunday odamlar yoki jo‘nab qolishadi, yoki uxlagandek, biron narsa bilan banddek nayrang qilishadi yoki muammoni muohkama qilishdan qochish uchun har turli bahonalarni ishlatishadi. Bunday xulq suhbatdoshni qiyin ahvolga solib qo‘yadi, chunki u oldindan javob bo‘lmasligini bilganligi uchun o‘z noroziligini namoyon qila olmaydi. Doim o‘zini chetga oladigan odam bilan tortishish, boks qo‘lqopi kiymagan odam bilan boks tushishga urinish kabi befoyda. B) yolg’ondakam rozi bo‘lish. Bu usulga amal qiladiganlar nafaqat tortishuvdan o‘zlarini chetga oladilar, balki yana o‘zlarini hech narsa bo‘lmagandek

tutadilar. Bunday xulq atrofdagilarning g’ashini keltiradi, axir haqiqatda muammo mavjudligini ular bilishadi-ku. Bunday odam bilan o‘zingni xuddi atayin janjal chiqarayotgan aybdordek his qila boshlaysan, shuning uchun ham hamma bilan kelishaveradigan odamlar hammaga yomon ko‘rinadilar. V) yashirin ayblash. O‘zlariga yoqmagan narsani ochiq aytish o‘rniga ayrim

odamlar o‘zlarining og‘ir ahvolga tushganliklari uchun suhbatdoshi o‘zini aybdor deb his qilsin degan maqsadda, suhbatdoshlarini o‘ynatishadi. Aksariyat hollarda bunday odamlar: "hammasi yaxshi, men haqimda qayg’urma"- deyishib, og‘ir uf tortib qo‘yishadi. G) mavzuni lmashtirish. Nizodan qochishning yana bir usuli munozarali masala haqida so‘z ochilishi bilanoq, bunday odamlar gapni boshqa yoqqa burishadi va shu bilan ham o‘zlarini, ham suhbatdoshlarini muammoni muhokama qilish va hal qilish imkoniyatidan mahrum qilishadi. D) tanqid. ochiq gaplashish va konkret sabab bo‘yicha o‘z noroziligini bayon qilish o‘rniga tanqidchilar uhbatdoshining shaxsiy kamchiliklariga hujum qilishadi. Ular hech qachon yuraklaridagi gapni ochiq aytishmaydi va turli yo‘llar bilan munosabatlaridagi noxush holatlardan qochishadi.

ye) fikrni o‘qish. Shunday bilimdonlar borki, suhbatdoshiga o‘z his-tuyg’ularini namoyon qilishga yo‘l bermay uning xarakterini tahlil qila boshlashadi, go‘yoki ular aslida gap imadaligini, suhbatdoshi qandaydir boshqacha ekanligini his qilayotganliklarini ko‘rsata boshlashadi. Bu usulni qo‘llovchilar o‘z his tuyg’ulariga yo‘l berishmaydi va suhbatdoshiga ham o‘z his-tuyg’ularini namoyon qilishga imkon berishmaydi. J) qopqon qo‘yish. Bunday odam suhbatdoshini o‘ziga qulay, ma’qul yo‘ldan borishga majbur qiladi. Masalan, u suhbatdoshiga "Keling ochiq gaplashib olaylik"- deb taklif qilib, u ochiq gapirishga o‘tishi bilan unga tanqid bilan hujum qiladi. Z) muammoga tegib o‘tish. Bunday odamlar hech qachon yuraklarini to‘kib

solishmaydi, bo‘lib o‘tayotgan hodisaga o‘z munosabatlarini bildirishmaydi. Moliyaviy ahvol borasida o‘z bezovtaliklarini tan olish o‘rniga, ular soddalarcha "Bu qanchaga tushadi"- deb so‘raydilar. Ular muammoga yaqinlashadilar, holos, hech qachon uning mohiyatiga kirib ko‘rmaydilar. I) emotsiyalarni yig’ib borish. "Kolleksiyachi" o‘z noroziligini hech qachon

o‘sha zahoti bildirmaydi. Buning o‘rniga u o‘z ginasini to‘lib toshib ketguncha to‘plab boraveradi. Keyin u o‘z azobini hech narsani kutmagan, sarosimaga tushib qolgan qurboniga sochadi. K) kundalik zolim. "Tiran" zolimlar o‘z ginalarini hech qachon aytishmaydi.

Buning o‘rniga ular atrofdagilarning asabiga tegadigan ishlarni qila boshlaydilar: rakovinada yuvilmagan idishlarni qoldirishadi, o‘rinda yotib non yeyishadi, stolga yuvuqsiz o‘tirishadi, televizorni bor ovozicha qo‘yishadi va hokazo. L) mazax qilish. "Mazaxchi" muammoning yuziga tik qarashdan qo‘rqadi, suhbatdoshi ish bo‘yicha jiddiy gapira boshlashi bilan, u mazax qila boshlaydi. U o‘ziga ham suhbatdoshiga ham muammoga jiddiy munosabatda bo‘lishga imkon bermaydi. M) qonunsiz jang. Har bir odamda boshqalar bilan muhokama qilishni istamaydigan biron-bir xususiyat bo‘ladi. Bu jismoniy sifat, ruhiy kechinma, o‘tmishdagi baxtsizlik yoki o‘zida qutulishga kuch topolmayotgan chuqur ildiz otgan odat - umuman birov bilan muhokama qilish noxush bo‘lgan hamma narsa bo‘lishi mumkin. Muloqotning qoidasiz jang usulini qo‘llovchilar aynan ana shunday intim detallardan foydalanib, suhbatdoshining dilini og’ritishga intilishadi. Odatda, bunday odamlar qasd olish maqsadida shunday qilishadi. N) ayblash. "Ayblovchi" vujudga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘lini izlash o‘rniga, bo‘lib o‘tgan voqeada faqat suhbatdoshini ayblashni xohlaydi. Bundaylarning o‘zlarini hech qachon aybdor deb hisoblamasliklarini gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Bunday xulq muammoni yechishga yordam bermaydi, suhbatdoshni o‘zini himoyaqilishga majbur qiladi, holos. o) kelishuv bo‘yicha zolimlik. "Kelishuv bo‘yicha zolimlar" o‘rnatilgan tartibni o‘zgartirishga hech qachon yo‘l qo‘yishmaydi. Rol va majburiyatlar bir marta taqsimlandimi, tamom, endi ular hech qachon o‘zgarmaydi. "Bolaga qarash, idish yuvish vah. k. - sening ishing". P) mavzudan qochish. Ba’zi odamlar tortishuv paytida mavzuga umuman aloqasi yo‘q narsalar haqida eslab qolishadi: o‘tgan yangi yilda o‘zingizni yomon tutganligingiz, pul ishlatishni bilmasligingiz, tishingizni vaqtida yuvmasligingiz - qisqasi, ishga umuman aloqasi yo‘q narsalarni gapira boshlashadi. R) biron narsani rad qilish. O‘z e’tirozlarini ochiq aytish o‘rniga, ba’zi odamlar boshqalarni biron narsadan mahrum qilish bilan jazolashadi: kechki ovqatni qilmaslik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, yordam bermaslik va h.k. Bunday xulq munosabatlarning battar chigallashishiga sabab bo‘ladi.

S) zararkunandalik usuli. Zararkunandalar o‘zlariga yoqmay qolgan odamlarga noxushliklardan himhoyalanishga imkon bermay va hatto atrofdagilarning e’tiborisizliklari va hazil-mazaxlarini rag‘batlantirib qasd olishadi, hisob-kitob qilishadi.


Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish