Mavzu: Oz komplektli maktab boshlang'ich sinflarida ona tilidan o'quvchilarning mustaqil ishlarini uyushtirish Mundarija Reja; I bob. Oz komplektli maktab boshlang'ich sinflarida “Ona tili”ni o`rganishning maqsadi va dars o’tishda o`quv me`yoriy


Ona tili o’qitish metodikasi fanining tekshirish metodlari



Download 46,86 Kb.
bet9/10
Sana01.01.2022
Hajmi46,86 Kb.
#296975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5449770223915765878

Ona tili o’qitish metodikasi fanining tekshirish metodlari

Metodlar (an’anaviy va noan’anaviy) haqida

Amaliy fanlar uchun amaliyot muhim rol o’ynaydi. Ona tili o’qitish metodikasi ham amaliy fanlar sirasiga kiradi. Har qanday amaliy xulosalar ishonarli bo’lishi, yuqori ilmiy darajada aniq va puxta, asosli bo’lishi lozim. Metodika tavsiyalarini ham yuqori saviyada, ilmiy darajasi, nazariy tasdiqlanishi tekshirish metodlarining puxta o’tkazilishiga bog’liq.

Tekshirish metodlari 2 xil:

I. Nazariy tekshirish metodlari.

U quyidagilarga tatbiq etiladi:

1.Biror hodisaning metodik asosini boshqa bog’liq fanlarni o’rganish qo’yilgan gipotezani aniqlash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilash uchun.

2.Masala tarixini o’rganish, chet el maktab tajribalarini o’rganish, mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlangan va hal qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholash uchun.

3.Bir-biriga yaqin fanlarning tekshirish metodlarini, olimlarning tekshirish ishlari tajribasini o’rganish, qulay metodlarni tanlash, o’zining Yangi eksperimental metodikasini yaratish, materiallarni tayyorlash maqsadida.

4.Empirik yo’l bilan olingan materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish, o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, eksperiment natijasini tahlil qilish, amaliy tavsiyanomalarni shakllantirish uchun.

II. Empirik metod:

1.Bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, Yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi;

2. O’qituvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasi, yozma ishini tekshirish), o’qituvchi va o’quvchilarini anketa orqali tekshirish kabilar qayd etiladi.

3.Eksperiment metodi hozirgi kunda keng tarqalgan. Unda deduktiv yo’ldan boriladi. Eksperimentda 2 sinf tanlanadi. Biri – eksperiment sinf, ikkinchisi – kontrol sinf. Eksperiment sinfda Yangi metod, Yangi darslik, Yangi ishlanmadan foydalanilsa, kontrol sinfda amaliy metod, darslik, ishlanmadan foydalaniladi. Ikkinchi marta sinflar almashtiriladi. Har ikki holda ham natija yuqori bo’lsa, demak, ish usuli foydali sanaladi.

Eksperiment vazifasiga ko’ra:



  1. Yangi metod, Yangi darslikning muvofiqligini tekshirish;

  2. Metod yoki qo’llanmaning qay darajada foydaliligini;

  3. Metod yoki qo’llanmaning muvofiqligini va samaradorligini aniqlash uchun o’tkaziladi.

Eksperiment natijasini chiqarishda baho normasiga bo’ysuniladi

Xulosa

Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.

Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi, o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. SHubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.

Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo’zchi kabi. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.

Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadiganhodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratpsh muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos mate­rial beradi.




Download 46,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish