Mavzu. O’zbekistonda huquqiy siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, demokratik jamiyatni


mafkura egasi va uning targ’ibotchisi



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana21.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#396543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu amaliy.O\'z.r

mafkura egasi va uning targ’ibotchisi 

hisoblanadi;

 

- siyosiy partiya – kishilarning tartibli va davomli birlashuvini ta’minlovchi respublika, viloyat, 



tuman va shahar darajasida faoliyat yurituvchi tashkilotdir;

 



siyosiy partiyaning maqsadi

 

– o’zining elektorati manfaatlarini ifodalovchi dasturiy 

maqsadlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo’lish uchun davlat hokimiyati vakillik organlarida 

ko’pchilik o’rinni egallash hisoblanadi; 

- har bir siyosiy partiya o’zining xayrixohlari safini kengaytirishga harakat qiladi, ya’ni saylovlar 

davrida imkon qadar ko’proq saylovchilarni o’z tomoniga og’dirish bo’yicha ish olib borsa, 

saylovlar oralig’ida esa partiyaga tarafdorlarni jalb qilish hamda ularning tarkibidan partiya 

a’zolari va faollarini tanlash hamda tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi 

ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy 

tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy 

yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini 

shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla 

boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. 

Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini 

bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi 

va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali 

tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va 

yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta. 




Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning 

boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, 

uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga 

daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi 

harakatlari shundan dalolat berardi (

qarang Jadidchilik).

 Lekin ularning intilishlariga chor 

hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha 

boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk siyosiy partiyalar shakllanib 

ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy 

tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (

qarang "Milliy 

ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik 

partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi. 

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va 

faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya 

(Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, 

Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, 

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy 

partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dek.), 

Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996-yil 26 dek.), 

boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar 

tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. 

fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, 

partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi 

boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin 

konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston 

Respublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy hukuq va 

erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; 

xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish 

va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston 

Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi 

shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy 

xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi 

boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat 

yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda 2partiyaga aʼzolikka qabul 

qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu 

jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga 

birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy 

partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni 

tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat 

hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini uyushqoklik bilan 

oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik 

organlarida partiya guruhlari tuziladi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunda Siyosiy 

partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini 

toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan. 



  Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil 

ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX 

asrning o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va 

asosiy institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va 

mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy 

institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj 

sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat 

notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi. 

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik 

jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti 

I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 

jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. 

o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy 

asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati 

barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish 

fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va 

jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha 

qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga 

joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan 

bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni 

bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, 

avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy 

sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik 

o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy 

yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.). 

Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo 

bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat 

qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning 

manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning 

emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. 

Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular 

bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan 

farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi 

bo’lishi mumkin. 

Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat 

tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning 

qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga 

ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana 

shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar 

manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim. 

Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning 

tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar 

guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim 

o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, 

jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar 



guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu 

tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan 

keng ommalashdi. 

Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy 

u?shmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat 

tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini 

qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi 

natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini 

boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida 

ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni 

ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, 

iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, 

mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. 

Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat 

yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun 

yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va 

boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin (Qarang: Osnovo' politicheskoy nauki. 

Pod.red.V.P.Pugachva, Uchebnoe posobie dlya vuzov. chast 11. -Moskva: MGU,1996, s.7-8.). 

Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan 

farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. 

Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu 

sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat 

usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy 

arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun 

tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi. 

Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat 

tashkilotlar, 

guruhlar

, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay 

turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning 

maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan 

bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb 

ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga 

ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan 

manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda 

qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u 

yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. 

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga 

ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. 

2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy 

funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning 

alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir. 

Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, 

biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat 

dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy 



jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq 

etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish 

(munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida 

ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va 

muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta 

oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari 

ko’riladi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir 

tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat 

organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. 

Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va 

muvofiqlashuv ro’y beradi. 

Manfaatlar guruhlarining yana bir funkosyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka 

birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a'zolari manfaatlari asosida 

faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini 

yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy 

kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: 

siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.). 

Manfaatlar guruhlarning yana bir funksiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda 

qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar to’plash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek, 

manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy 

madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok 

etishlarini rag’batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita 

shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi 

munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini 

ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. Siyosiy manfaatlar deb, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining 

o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv 

imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar, 

individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy, 

demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega bo’ladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat, 

konfessiya, lobbi, ta'sir ko’rsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega 

bo’ladi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlari dastlab jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy 

birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrning 

o’rtalariga kelib esa nodavlat va notijorat tashkilotlar demokratik jamiyatning muhim va asosiy 

institutlaridan biriga aylandi. Shunga ko’ra, nodavlat notijorat tashkilotlar mazmun va 

mohiyatini chuqur anglash, ularning demokratik fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy 

institutlaridan biri ekanligi to’g’risidagi tushunchalarni o’rganishga ehtiyoj 

sezilmoqda. Shuningdek, demokratik jamiyat tushunchasi to’g’risidagi tasavvurlar nodavlat 

notijorat tashkilotlarni chuqur idrok etishga imkoniyatlar beradi. 

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi (2002 yil 29-30 avgust) mamlakatda fuqarolik 

jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti 

I.A.Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 

jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari»ga doir ma'ruzasi bilan so’zga chiqdi. 



o’z nutqi bilan prezidentimiz adolatli demokratik jamiyat qurishning kontseptual nazariy 

asoslarini yanada boyitdi. Xususan, Prezident I.A.Karimovning mamlakatda fuqarolik jamiyati 

barpo etishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini belgilab berdi: «Beshinchi ustuvor yo’nalish 

fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va 

jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha 

qilib aytganda, bu - «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni amalda hayotga 

joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yo’nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan 

bog’liq ko’p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni 

bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o’tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, 

avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy 

sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim»( 1Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik 

o’zgarishlarni yanada chuєurlashtirish va fuєarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy 

yo’nalishlari.. «Xalq so’zi», 2002, 30 avgust.). 

Ma'lumki, zamonaviy mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a'zo 

bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta'sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat 

qilishga undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning 

manfaatlari sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a'zolari faqat mazkur bir guruhning 

emas, balki bir vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a'zosi bo’lishi mumkin. 

Buning sababi shuki, har bir ijtimoiy qatlamning o’zi bir necha kichik guruhlarga bo’linib, ular 

bir-biridan malakasi, qanday mashg’ulot bilan bandligi va boshqa ijtimoiy belgilari bilan 

farqlanadi. Har bir guruh a'zosi ish joyida birinchi, bo’sh vaqtida ikkinchi guruhning a'zosi 

bo’lishi mumkin. 

Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib, nodavlat va notijorat 

tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi shaxsning 

qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi, uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga 

ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zi uchun muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo’ladi. Ana 

shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar 

manfaatlarini hukumat doimo e'tiborga olishi lozim. 

Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda ularning 

tarixiy tajriba va an'analaridan kelib chiqib, turlicha nomlanadi. Masalan, AQShda manfaatlar 

guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, bosim 

o’tkazish guruhlari deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, 

jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. G’arb sotsiologiyasida esa bu tashkilotlar manfaatlar 

guruhlari nomi bilan keng tarqaldi. O’zbekistonda esa mustaqillikning ilk davridan boshlab bu 

tashkilotlar jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tashkilotlar nomi bilan 

keng ommalashdi. 

Rivojlangan mamlakatlarda ishchilar, dehqonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, turli kasbiy 

uyshmalar, birlashmalar (diniy, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar) kabi yuz minglab jamoat 

tashkilotlari bo’lib, ular o’zlariga a'zo bo’lgan fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlarini 

qondirishning o’ziga xos zaruriy faoliyat ko’rsatish maydonidir. Ijtimoiy fanlarning so’nggi 

natijalariga muvofiq, manfaatlar guruhlari, bu - unga a'zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini 

boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida 

ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlardir. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyatda mavjud bo’lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni 

ifodalagandagina, ular o’z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan, 

iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, 

mintaqaviy, diniy, shuningdek, yana o’nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. 



Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo’ladi va faoliyat 

yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun 

yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va 

boshqa ma'lumotlarni etkazib berib turishi mumkin. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular siyosiy partiyalardan 

farq qilib, hokimiyatni egallash, lavozimlarga nomzodlar ko’rsatish bilan shug’ullanmaydilar. 

Lekin, ular hukumat va boshqa siyosiy tashkilotlarga ta'sir qilish uchun harakat qiladilar. Bu 

sohadagi faoliyat siyosiy tashkilotlar vositasisiz bo’lishi lozim. Manfaatlar guruhlarining harakat 

usullari siyosiy organlarni ishontirish, maslahat berish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, siyosiy 

arboblarga ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlarini etkazish, o’z manfaatlarini qondirish uchun 

tashkiliy tadbirlar o’tkazish bilan chegaralanadi. 

Shuningdek, siyosiy partiyalar faoliyatining muhim xususiyatlarini tahlil qilish nodavlat notijorat 

tashkilotlar, guruhlar, turli birlashmalar, tashkilotlarning faoliyati va harakat doirasini o’rganmay 

turib, amalga oshmaydi. Lekin, klassik demokratik nazariyalarda siyosiy guruhlarning 

maqsadlari ma'lum bir siyosiy yo’lni amalga oshirish uchun hokimiyatni egallash hisoblangan 

bo’lsa, manfaatlar guruhlarining maqsadi siyosatga ta'sir ko’rsatishdan iboratdir, deb 

ifodalangan. Siyosiy partiya asosan turlicha siyosiy manfaatlar, ko’rsatmalar va yo’nalishlarga 

ega bo’lgan kishilarni birlashtirsa, manfaatlar guruhlari ko’proq o’z a'zolari uchun xos bo’lgan 

manfaatlar, asosan bir yoki bir necha muammolarni hal qilishga o’z diqqat-e'tiborini qaratadi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar samarali raqobat yo’llarini va siyosiy jarayonda ommaviy tarzda 

qatnashish usullarini shakllantiradi. Ular o’z manfaatlarini himoya qilgan holda davlatning u 

yoki bu sohadagi siyosati harakatlarini muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega bo’ladi. 

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar har bir alohida fuqaro (shaxs)ga, siyosiy etakchiga 

ta'sir o’tkaza olish va unga siyosatda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi. 

2-savol. Nodavlat notijorat tashkilotlarning funkoiyalari turli-tumandir. Lekin, ularning asosiy 

funkoiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyaoiya (Kishilarning 

alohida bir-birlariga o’xshash manfaatlarini guruh yoki qatlam miqyosida birlashtiradi.) qilishdir. 

Manfaatlar guruhlari individlardagi turli yo’nalishdagi qarashlar va fikrlarni bir tizimga keltiradi, 

biron bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilotning harakat 

dasturini shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy 

jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq 

etiladi. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar ko’plab ayrim manfaatlarni agregaoiya qilish 

(munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg’unlashtirish va ular o’rtasida 

ma'lum bir munosabatlar tizimini o’rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va 

muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta 

oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari 

ko’riladi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir 

tizimga solinib, ularni keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida davlat va hukumat 

organlariga etkazilishi - siyosiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. 

Qolaversa, bunda ko’plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o’rtasida o’zaro kelishuv va 

muvofiqlashuv ro’y beradi. 

Manfaatlar guruhlarining yana bir funkoiyasi - integraoiya qilishdir (bir butunlikka 

birlashtirishdir). Bu - ayrim ijtimoiy guruhlar tashqarisida o’z a'zolari manfaatlari asosida 

faoliyat ko’rsatayotgan turli ijtimoiy guruhlar bilan boshqa bir guruh manfaatlarini 

yaqinlashtirish demakdir. Ana shu jarayonda turli guruhlar o’rtasida bitimlar tuzilib, ijtimoiy 

kelishuvlar va murosasozliklar mustahkamlanib boradi (Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: 

siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. -T.: Sharq,1998,25-28-betlar.). 




Manfaatlar guruhlarning yana bir funkoiyasi - davlat, hukumat va partiyalarning turli darajalarda 

qarorlar qabul qilishi uchun axborotlar to’plash va ularni etkazib berishdan iborat. Shuningdek, 

manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy 

madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok 

etishlarini rag’batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi. 

Nodavlat notijorat tashkilotlar ichida faqat siyosiy partiyalargina siyosiy faoliyat bilan bevosita 

shug’ullanishi mumkin. Siyosiy partiyalarning davlat bilan xalq ommasi o’rtasidagi 

munosabatlarida turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning siyosiy manfaatlarini va irodalarini 

ifodalashi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Siyosiy manfaatlar deb

, ijtimoiy faoliyat sub'ektlarining 

o’z holatini siyosiy kurash vositasida barqarorlashtirish va yaxshilashning ob'ektiv va sub'ektiv 

imkoniyatlarini anglashga aytiladi. Siyosiy manfaatlar sub'ektlari asosan ijtimoiy birliklar, 

individlar va tashkilotlardan iboratdir. Ijtimoiy birliklar sinfiy, etnik, kasbiy, hududiy, 

demografik, mehnat jamoasi va oilaviy xarakterlarga ega bo’ladi. Tashkilotlar esa davlat, jamoat, 

konfessiya, lobbi, ta'sir ko’rsatish hamda manfaatlar guruhlari va ijtimoiy harakatlar shakliga ega 

bo’ladi. 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik 

jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida 

bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlarini, xususan, uning muhim bo’g’ini 

hisoblangan jamoat tashkilotlarini jamiyat hayotidagi o’rni va rolini mustahkamlash va oshirish 

borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Zero, islohotlar ko’p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, unda ijtimoiy-siyosiy 

barqarorlik hamda olib borilayotgan islohotlarning sifati va samarasi ko’p jihatdan 

jamoatchilikning ishtirokiga bog’liq, shu jihatdan, uni shakllantirishda muayyan ijtimoiy 

institutlarga, xususan, jamoat tashkilotlariga muhim o’rin beriladi. Binobarin, samarali faoliyat 

yuritadigan jamoat tashkilotlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish 

mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidagi 

eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 

O’z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi 

mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin: 

1.

 




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish