Mavzu: O’zbekistonning ekoturistik resurslari bo’yicha turpaket yaratish yo’llari


O’zbekistonning turistik salohiyati



Download 31,24 Kb.
bet2/5
Sana28.06.2022
Hajmi31,24 Kb.
#714037
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turizm nazariyasi

O’zbekistonning turistik salohiyati

O‘zbekistonda o‘ziga xos joziba va takrorlanmas manzaralarga boy bo‘lgan speleoturizm (g‘or turizmi) katta imkoniyatlarga ega. Ayni paytda O‘zbekistonda 500dan ortiq g‘orlar bo‘lib, ma'lumotlarga ko‘ra, yetarli turistik infratuzilmaga ega bo‘lmaganligi sababli ularning birortasiga ham ekoturlar tashkil etilmayapti.


O‘zbekiston cho‘llari va tekislik hudlarida barxan, dyuna, to‘qay, sho‘rxok, taqir, quduqlarni, shuningdek mahalliy cho‘ponlar yashash tarzini namoyon qiluvchi o‘tovlarni tomosha qilishga qaratilgan tuya sayrini tashkil etish katta imkoniyatlarga ega.
Katta Chimyon, Zomin, Chotqol, Ko‘ksuv, Piskom, Turkiston, Hisor, Zarafshon, Oloy, Qurama, Nurota tog‘larida piyoda, trekking turlarini hamda alpinizmni tashkil etishga tabiiy geografik shart-sharoit mavjud. Shuningdek, tog‘lardan oqib tushuvchi ko‘plab serostona va sharqiroq daryo va soylar (Ugam, Chotqol, Piskom, Ko‘ksuv, To‘polondaryo, Shoximardon, Sangzor, Zarafshon va h.k.)larda rafting turizmini rivojlantirish imkoniyatlari katta.
Ilmiy tadqiqot muassasalari va mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ekoturizmning rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va geotizimlar barqarorligi bilan bog‘liq holda shakllanmoqda.
So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ekoturizmning ilmiy va metodologik asoslarini ochib berishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi, ilmiy va o‘quv adabiyotlar nashr qilindi. An'anaviy ustoz-shogird tizimida ekoturizm va o‘lkashunoslikning nazariy jihatlari o‘rganildi.
Ammo, bu boradagi tahlillar ekoturizm yo‘nalishida tabiatni, geotizimlarni yaxshi biladigan, tabiatda va tabiatning ekstremal sharoitlarida guruhni boshqara oladigan, zurur bo‘lganda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lgan bakalavr kadrlar tayyorlash dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Sababi, tarixiy turizm, diniy turizm, tibbiyot turizmi, madaniy turizm kabi turizm turlari asosan shahar joylarda, turistik infrastruktura va servis obektlari yetarli joylarda o‘tkazilsa, ekoturlar asosan tabiat qo‘ynida va geotizimlarda olib boriladi, aksariyat ekoturlar ekstremalligi bilan xarakterlanadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ham boy tabiiy resurslar, betakror o‘simlik va hayvonot olamiga ega. Ushbu salohiyatni asrash va ko‘paytirish maqsadida ko‘plab milliy dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Boisi, mamlakatimizda ekoturizmning rivojlanishi nafaqat tabiatni muhofaza qilish, ekoturislarni ona tabiatimizga jalb etish, balki iqtisodiy sharoitni yaxshilash, aholini ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ekoturizm va uning rivojlanishi nafaqat o‘rganilayotgan hududning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan balki shu hududning tabiiy sharoitiga, unda ekoturistik ob’ektlarning mavjudligiga va ularning geografik o‘rniga ham bog‘liqdir. Chunki tabiiy sharoit xususiyatlari hududning ekoturistik imkoniyatlarini va uning qaysi turlarini rivojlantirish mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
Respublikamiz o‘zining turistik resurslari bo‘yicha Markaziy Osiyoda oldingi, dunyoda noyob turistik potensialga ega bo‘lgan 10-15 ta davlat orasida joy egallaydi. Uning hududida har xil tarixiy davrlarga mansub noyob arxitektura, tarixiy va tabiat yodgorliklari mavjud.
O‘zbekistonga turistlarni jalb qiluvchi asosiy omil bu uning maftunkor tabiatidir, uning xilma-xilligidir. Sababi O‘zbekiston iqlimi, ob havosi yil davomida dam olish va ekoturizmni rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Jumladan, geografik o‘rni qulay, tabiiy sharoiti va ekoturistik imkoniyatlari xilma-xil bo‘lgan, sanoat rivojlangan va aholi zich yashaydigan Toshkent viloyatida ekoturlarga talab yuqori.
Chunonchi, viloyatning ekoturistik salohiyati yuqori bo‘lib, uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Misol uchun, Bo‘stonliq tumani o‘zining ekoturistik salohiyati bilan viloyatning boshqa tumanlaridan ajralib turadi. Eng muhimi, hududda turizmning ayniqsa, ekoturizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud.
Shu ma’noda bugun tumanda bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlarni sotish orqali ular negizida turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, 80 ga yaqin davlat ob’ektlarini xususiylashtirish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm sohasida davlat ishtiroki qisqartiriladi va xususiy tadbirkorlik rivojlanadi. 15 mingtagacha yangi ish o‘rni yaratiladi.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bugun ekologik inqirozning sayyoraviy tus olishi insoniyatni tashvishga solmoqda. Ekologik muammolarning dunyo miqyosida haddan tashqari og‘irlashib ketayotgani zamirida tabiatning o‘zini-o‘zi tiklash kuchi pasayayotgani, uning resurslari kamaygani, atrof-muhit ifloslanib, zaharlanib borayotgani yotadi. Bu borada aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash o‘ta muhimdir. Zero, ekologik ta’lim-tarbiya tabiat va jamiyat o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda turistik resurslardan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish va sifatini zamon talablariga moslashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi yurtimizga keluvchi sayyohlar sonining ortishi, kelajakda O‘zbekistonni sayyohlar ko‘p keladigan sevimli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.1

O’zbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting, trekking,


miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va boshqa sport turlarini
rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va o’ziga xos xususiyatlariga ega.
Ekoturistlar uchun qiziqarli bo’lgan obyektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o’simlik va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiiat komplekslari, tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi.Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tayanch hududlar sifatida qaralmog’i lozim. G’arbiy Yevropa mamlakatlari o’zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum bo’lganliklari sababli, yildan-yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga bo’lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun turistik resurslardan samarali foydalanishda tabiat muhofazasining o’rni katta

Download 31,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish