Mavzu: paxtani terib olishga tayyorgarlik ko‘rish va terish



Download 97,8 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi97,8 Kb.
#782395
Bog'liq
5.Ma'ruza matni (3)


MAVZU:PAXTANI TERIB OLISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA TERISH

Reja
1. Terim oldidan paxta hosilini aniqlash


2. Dalani terimga tayyorlash va terish
Terim oldidan kutilayotgan paxta hosilini aniqlab chiqish xo‘jaliklarda yig‘im-terim kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tashkil qilish, yil bo‘yi qilingan mehnat yakunini chamalab ko‘rish va har gektar yerdan necha sentnerdan hosil yetishtirilganligini bilish uchun juda muhimdir.
Kutilayotgan hosilga asosan paxta tayyorlash punktlari, paxta tozalash zavodlari, shuningdek, shu maxsulotga aloqador bo‘lgan boshqa korxonalar o‘zlarining kelgusi yili planlarini tuzishga kirishganlarida ham bunga katta ahamiyat beradilar.
Terim oldidan kutilayotgan hosilni aniklash uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni bilish kerak:
har bir gektar yerdagi g‘o‘za tuplari soni (ming tup hisobida);
· har bir tupdagi hosil beradigan ko‘saklar soni;
· har bir ko‘sakdan chiqadigan chigitli paxta vazni (g hisobida).
Hosilni aniklashda unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir etadigan omillar, masalan, kuzning qanday kelishi, g‘o‘za bargini to‘ktirish (defoliatsiya qilish muddatini to‘g‘ri aniqlash, bunda preparatlar samolyotda yoki yerda ishlaydigan apparatlar yordamida sepilishini xisobga olish kerak), gektarlardagi ko‘chat soni ham katta ahamiyatga ega. Ko‘chat qalinligini aniqlashda paykalning ikki boshidagi qator oralarini ishlashda traktor buriladigan maydon - karta ichidagi o‘q ariklar, daraxtlar atrofidagi kam hosilli g‘o‘zalar, dala ichidan o‘tgan uvat ariqlar hisobdan chiqarib tashlanishi kerak.
Kutilayotgan hosil har bir dala uchun alohida-alohida aniqlanadi. G‘o‘zalarning avjiga qarab har bir tupdagi ko‘saklar sonini aniq bilishda, ularning hosil berish xususiyatlarini hisobga olish juda muhimdir. Chunki asosiy maydondagi hosil mashinalar bilan terib olinishi munosabati bilan g‘o‘za bargini to‘kishda defoliantlarning qo‘llanish muddati, ularning kay darajada ta'sir etishi, g‘o‘zaning biologik xususiyati, ko‘sak yoshi albatta, e'tiborga olinishi kerak. Hisobga olinadigan ko‘saklarning eng kichigi 20-25 kunlik bo‘lishi lozim. Buni normal yetilgan ko‘sakka taqqoslab tahminan aytish mumkin. Ko‘sak morfologik jihatdan odatda 30 kunlik bo‘lganda -to‘liq yetiladi.
Bu ma'lumotlar xar bir daladan namunalar olish yo‘li bilan aniqlanadi. Namunalar olish soni paykalning kattaligiga bog‘liq, ya'ni har gektar yerdan bittadan namuna kartaning diagonali bo‘yicha yurib olinadi. Har bir namuna kattaligi bir gektardagi jami qatorlar umumiy uzunligining mingdan bir qismi hisobidan olinadi. Buning uchun oldin g‘o‘za kator oralariningkengligini bilish kerak. Masalan, 90 smli g‘o‘za qator oralarida bir gektar yerdagi qatorlarning umumiy uzunligi 11111 m. Demak, namuna olishda buni mingdan bir qismi 11,1 m,60 smli qator oralarida esa qatorlarning umumiy uzunligi 16666 m, demak, namuna uzunligi 16,6 mhisobidan olinadi. Ko‘chat qalinligi va ko‘saklar sonini bilish uchun namunadagi hamma o‘simlik soni va shu namuna oxiridagi 10 tup o‘simlikdagi ko‘sak soni daftarga yozib boriladi. Agar kartaning kattaligi 12 ga bo‘lsa 12 ta namuna olinadi.
Bir gektar yerdagi o‘simlik tup sonini bilish uchun kartadan nechta namuna olingan bo‘lsa, o‘shancha namunadagi o‘simliklar sonini bir-biriga qo‘shib, so‘ng namuna soniga bo‘linadi, shunda bitta dala bo‘yicha bitta namunadagi o‘rtacha o‘simlik soni, bu raqam orqasiga 3 ta nol yozilsa, bir gektardagi o‘rtacha ko‘chat soni kelib chiqadi. Endi bir tup g‘o‘zada o‘rta hisobda nechta ko‘sak borligi ham xuddi yuqoridagi kabi hisoblab chiqariladi, lekin bunda har bir namunada 10 tupdan o‘simlik olinganligi uchun 10 ga taqsim qilib bir tupdagi ko‘sak soni yozib boriladi. Demak, bir gektardagi g‘o‘za tupi, va har tupdagi ko‘sak soni ma'lum. Endi bitta ko‘sakdan chiqadigan chigitli paxta vazni kerak. Bunda g‘o‘zaning nav xususiyati, qo‘llanilgan agrotexnika darajasi, tuproq unumdorligi, iqlim-sharoit kabilar e'tiborga olinadi. O‘rtacha tolali Toshkent-1 g‘o‘za navida bitta ko‘sakdai chiqadigan paxta ko‘pincha 3,0-3,5-4,0 g deb hisoblanadi.
Tushuncha aniqroq bo‘lsin uchun misol keltiramiz. Faraz qilaylik, bir gektar yerda 130 ming tup o‘simlik, bir tup g‘o‘zada o‘rtacha 8,7 ta ko‘sak bor, bitta ko‘sakdan chiqadigan paxta vazni 4 g. Bizga ko‘chat soni ma'lum, endi bir tup g‘o‘zadagi hosil miqdorini bilish uchun ko‘sak sonini bitta ko‘sakdan chiqadigan chigitli paxta vazniga ko‘paytiramiz - 8,7X4=34,8 g. Demak, bir tup g‘o‘zada 34,8 gchigitli paxta bor ekan. Gektaridan chiqadigan hosilni bilish uchun o‘simlik soni (130 ming) ni bir tupdagi hosil (34,8 g) ga ko‘paytirsak: 130X34,8 q 45,42 s kelib chiqadi.
Paxta terimi. Hisob-kitoblarga qaraganda, paxta yetishtirishga yil bo‘yi qilingan jami sarf-xarajatlarning 50-55% i paxta terimiga ketadi.
PAXTA SORTLARINING STANDARTLARI VA ETALONLARI
Davlatga topshirilayotgai paxta sifati Davlat standarti (GOST) bo‘yicha baholanadi. Paxtani Davlat standarti bo‘yicha qabul qilishda uning tashqi ko‘rinish, yetilganlik darajasi, tolaning ko‘nchib ukparlanib turishi va tolaning uzilish kuchiga qarab chigitli paxta to‘rtta sortga bo‘linadi.
I sort - paxtasi k;o‘lda siqib qo‘yib yuborilganda, ukparlanib asli shakliga qaytadi,tolalari yaxshi yetilgan, baquvvat dolka (chanoq paxta) si ko‘nchib turadi. Ifloslanish darajasi 0,5%, namligi 8%gacha. bo‘lishi mumkin, tolasining uzilish kuchi 4,4gk (grammkuch) va undan ortiq. Rangi g‘o‘za naviga va parvarishlash sharoitiga qarab oq yoki och novvot rangli bo‘ladi. Shudring va yomg‘ir ta'sirida tola sirtida mayda sariq dog‘lar uchrashi mumkin.
II sort-dolkasi I sortnikidan kichikroq, kamroq ukparlanib turadi. Tolasining uzilish kuchi 3,9-4,2gk ,suv yetishmasligi natijasida tezroq ochilgan yoki yetilgan bo‘lsa ham past temperaturada - sovuq tushgandan keyin ochilgan ko‘saklardan terib olingan. Ifloslanish darajasi 1%; namligi 10% gacha boradi.Rangi naviga va parvarishlash sharoitiga qarab ok; yoki och novvot rangli bo‘ladi. Shudring va yomg‘ir natijasida tola sirtida uncha katta bo‘lmagan sariq dog‘lar bo‘lishi mumkin.
III sort - dolkasi IIsortnikidan kichikroq va kam ukparlanib turadi, asosan ochilgan va chala ochilgan ko‘saklardan terib olinadi. III sort paxtaning tolasi to‘lishib yetilmagan, ba'zan xom, ifloslik darajasi 1.9%, namligi 11% gacha bo‘ladi, rangi och xira rangdan och novvot ranggacha tovlanadi. Tola sirtida siyrak doglar bo‘ladi. Tolasining uzilish kuchi 3,2-3,8 gk.
IV sort - GOST 667 955 ga muvofik;, sovuq urib rivojlanishdan to‘xtagan, yetilmagan ko‘sak va ko‘raklardan chuvib olinadi. Ifloslanish darajasi 3,6%, namli 13% gacha bo‘lishi mumkin. IV sort paxta tarkibida ko‘plab o‘lik tolalar bo‘ladi. Bu xildagi paxtaning rangi och novvot rangdan to‘q novvot ranggacha tovlanadi, to‘qqo‘ngir dog‘lari bo‘ladi. Tolasining uzilish kuchi 3,1 gk va undan ham kamroq.
Qabul punktiga topshiriladigap paxta sifat jihatidan bir xil bo‘lib, unga sanoat va seleksion navlar, turli reproduksiyalar va yerga to‘kilgan paxtalar ara-lashmagan bo‘lishi kerak.Paxta tayyorlov puiktiga qabul qilinayotganda uning sortini qabul qiluvchi (klassifikator) maxsus etalon asosida, tashqi ko‘rinishiga qarab sortlar bo‘yicha qabul qiladi. Bunda yuqorida paxta sortlariga doir keltirilgan belgilar asos qilib olinadi.
Agarda topshiruvchi bilan qabul qiluvchi o‘rtasida ba'zan sort bo‘yicha kelishilmoqchilik bo‘lsa, bunday hollarda maxsus instrument orqali tolaning uzilish kuchiga qarab laboratoriya sharoitida analizdan o‘tkaziladi va shu asosida qabul qilinadi.
Topshirilayotgan paxtaga har xil sort yoki reproduksiyalar aralashib ketgan bo‘lsa, u holda tayyorlov punkti bu sortni bir pog‘ona past sortga qabul qiladi.
Urug‘lik Isort paxtaning namligi GOST da ko‘rsatilganidan oshib ketmasligi kerak. Nam paxta xirmonda quritilib, so‘ng topshirilishi lozim.
Mashinada terilgan paxtaning sortlar bo‘yicha qabul qilish shartlari quyidagicha (o‘rtacha tolali sovet g‘o‘za navlari uchun):
I -sort - paxtasi qo‘lda siqib qo‘yib yuborilganda
ukparlanib asl shakliga kaytadi.G‘o‘zaning naviga, parvarishlash sharoitiga qarab I sort paxta oq yoki novvot rangda bo‘ladi. Tolaning uzilish kuchi (pishiqligi) 4,4 gk va undan ham yuqori. Shudring yoki yomg‘irdanso‘ngtola sirtida sargish dog‘lar bo‘lishi mumkin. Paxtasi
yakka chigit paxta bo‘lib dolka (chanoq paxta)si bir oz
cho‘zilgan, tolalari salgina buralgan.
II-sort paxta nisbatan kamroq ukparlanadi, asosan to‘liq yetilgan, kamsuvlikdan, past temperaturada va boshqa noqulay sharoitda ochilgan ko‘saklardan terib olinadi. II sort paxtaning rangi g‘o‘za naviga va parva-
rishlash sharoitiga karab oq yoki ochnovvotrangli (ingichka tolali navlarda xiraroq) bo‘ladi.Shudring yoki yomg‘irdan keyin tolasida sariq dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Tolaniig uzilish kuchi 3,9-4,3 gk. Paxtasi
alohida-alohida, letuchka va dolkasi cho‘zilgan, paxtadagi tolalar sun'iy buralgan, unda o‘lik tolalar uchrashi mumkin. Bu xildagi tolaning sirti yiltirab jilolanib turadi.
III sort - ochilgan va chala ochilgan ko‘saklardan terib olinadi, paxtasi asosan yetilmagan, ichida xomlari ham aralashgan bo‘ladi. Bu sortga mansub paxta II sortga nisbatan ham kamroq ukparlapadi va qo‘lda siqilganda asl shakliga kam qaytadi. Rangi oqish-xira, och novvot ranggacha bo‘lib, tola sirtnda to‘qsariq dog‘lar uchraydi. Dolkasi cho‘zilgan, tolalari buralgan. Unda -alohida yetilmagan va cho‘zilmagan dolkalar aralashgan bo‘ladi. Paxtasi yaltirok, sillik; chanoqdagi har xil kattalikdagi xom paxtani eslatadi. Tolasining uzilpga kuchp 3,2-3,8 gk.
IV sort - xom, to‘liq yetishagan, chala ochilgan va ochilmagan ko‘saklardan terib olinadi. Paxtasi qo‘lda sikilganda qo‘pchimaydi, ukparlanmaydi, asl holiga qaytmaydi. Rangi xira ok; yoki och novvot rangdan to‘k novvot ranggacha tovlanadi, tola sirtida doramtir (ingichka tolaln g‘o‘za navlarida paxtaning rangi och novvot rang-dan sariq novvot ranggacha bo‘lib, tolasida to‘q sariq) dog‘lar bo‘ladi. Unda o‘lik tolalar III sortdagiga nis-batan ko‘p bo‘lib yaltirab toblanib dolkasini deyarli qoplab turadi. Bu xildagi paxta asosan ko‘sak va ko‘rak-lar terib olingandai keyin ko‘sak chuviydigan mashinalardan o‘tkazilib chiqariladi. Tolaning uzilish kuchi 3,1 gk va undan kam.
Shpindelli paxta terish mashinalarida terilgan paxtani tayyorlov punktlari nechanchi terimdanligiga va sifatiga qarab ikki gruppa; ya'ni I, II va III sortlar birinchi, IV sort esa ikkinchi gruppa bo‘yicha qabul qiladi. Bu xil mashinada terilgan va terimdan so‘ng yerga to‘kilgan paxta tolasining uzilish kuchi 3,2 kgdan kam bo‘lmasligi kerak, to‘kilgan paxta aloxida topshirilishi shart.
Ko‘rak uzish mashinalaridan chiqqdan paxta tolasi va dalani so‘nggi marta tozalashda to‘kilgan paxta tolasining uzilish kuchi 3,1 gk va bundan kam bo‘lish mumkin.
Yerga to‘kilgan va ikkinchi gruppaga mansub paxtalar dalada quritilib tozalanadi, so‘ng iflosligi va namligi 22% dan oshmagan holda qabul qilinadi.
Paxtani qo‘lda terish. Paxta terimi boshlanishi oldidan g‘o‘za tuplarida kamida 2-3 tadan to‘liq pishgan ko‘sak bo‘lishi kerak.
Paxta terishda birinchi navbatda to‘liq pishgan, kasallanmagan, soglom ko‘saklarda ochilgan lo‘ppak paxtalar terib olinadi, kasallangan, tupi yerga yotib qolib shikastlangan ko‘saklarda ochilgan paxtalar alohida terilib, etakdagi kichik cho‘ntakka solib alohida topshiriladi. Terimda paxtaga xar xil xas-cho‘plar, qurigan barg, chanoq va boshfa iflos narsalar, shuningdek, xom paxta aralashib ketmasligi lozim. Aks holda uning sorti buziladi va bu xo‘jalikka katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Bundan tashkari iflos paxtadan to‘qilgan gazmollar unchalik sifatli bo‘lmaydi.
Yetishtirilgan hosilni mavsumda ko‘p deganda 4 martagacha terib olish tavsiya qilinadi. YUqorida aytilganidek birinchi terimga taxminan 20-25% (2-3 ta) ko‘sak ochilganda, ikkinchi terimga qolgan hosilning 35-40% ochilganda kirishiladi va u sovuq tushguncha tugallanadi. Uchinchi terim ikkinchidan keyin taxminan (kuz havosini kelishiga qarab) 10-15 kun oralatib sovuq tushguncha yoki sovuq tugashi bilanoq boshlanadi va tezda tamomlanadi. Shunday qilib, birinchi va ikkinchi terimdagi paxtalar I sortga topshiriladi. Uchinchi terim ko‘pincha I sortga, ba'zan yetilmagan ko‘sak paxtalar aralashib qolishi hisobiga II sortga qabul kilinadi. To‘rtinchi terimda ko‘sak va ko‘rak paxtaning chiqishiga qarab u III yoki IV sortga o‘tadi. Ba'zan kuz salqin kelgan yillarda g‘o‘zaga ximiyaviy preparatlar sepib (desikatsiya qilinib) ko‘sak va ko‘raklar tupida kuritiladi, so‘ng ko‘sak tergichlarda terib olinib ko‘sak chuvish mashinasida paxtasi ajratib olinadi. G‘o‘zalar yuqori agrotexnika asosida parvarish qilinsa va terimga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilib barcha ishlar uyushqoqlik bilan olib borilsa, yetishtirilgan hosilning 85-90% ini I sortga topshirish mumkin.
Urug‘chilik xo‘jaliklarida uruglik paxta terish oldidan maxsus komissiya tomondan ko‘rib chiqiladi va urug‘likka yaroqsiz deb hisoblangan dalalardagi paxta umumiy terimga qo‘shib yuboriladi. Urug‘lik uchastkalarda g‘o‘za tuplarida 3-4 tadan bo‘lik ko‘sak yetilib ochilganda terimga tushiladi. Bunda dastlabki ikki terim (10-15 oktyabrgacha) uruglik uchun terilib, qolgani esa texnikaviy paxta sifatida davlatga topshiriladi.
Terish normasi taxminan quyidagicha: terimning dastlabki davrida 40-60 kg, ko‘saklar yaxshi ochilganda, ko‘pincha ikkinchi terimda 60-80 kg, uchinchi terimda 30-40 kg, ko‘sak va ko‘rak terishda 80-120 kg. Har bir terimchi mavsumda o‘rta hisobda 5000-7000 kg paxta terishi kerak. Terimchi bir yo‘la 2 qatordagi paxtani teradi, bunda har bir qatorda 3-4 tup g‘o‘zadagi, so‘ng qarama-qarshi qatorda ochilgan paxtani teradi. Terganda avvalo, ikki qo‘llab tupning tepasidan pastga tushib, so‘ng navbatdagi ochilgan paxtani pastdan yuqoriga qarab terib chiqsa ish unumi ancha oshadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, usta terimchilar bir minutda 70-80 tagacha ochilgan ko‘sakdagi paxtani terish, bir kunda esa 250-350 kg va bundan ko‘proq paxta terish mumkin ekan.
Nazorat savollari:
1. G‘o‘zani keng qatorlab o‘stirish va uning samaradorligi.
2. G‘o‘zani difalatsiya va desikatsiya.
3. Foydali xarorat to‘g‘risida tushuncha.
4. Madaniy to‘rttta turdagi g‘o‘za ko‘saklarining tuzilishi.
5. O‘zbekistonda ekiladigan o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlari.
6. Yerni sho‘rini yuvish (axamiyati, o‘tkazish rayonlari, o‘tkazish muddatlari va usullari)
7. G‘o‘zani o‘g‘itlar muddatlari va normalari.
8. Mauyer F.M. bo‘uicha g‘o‘zaning botanik klessifikatsiyasi.
9. Tuproq namligiga qarab g‘o‘zani sug‘orish muddatini aniqlash.
10. G‘o‘zani azotli o‘g‘itlarga talabi
Download 97,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish