Mavzu: Qarsildoq qo’ngizlar, qoratanlilar oilasi vakillari



Download 18,85 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi18,85 Kb.
#528584
Bog'liq
ENTOMOLOGIYA ERKINOVA S.


Mavzu: Qarsildoq qo’ngizlar, qoratanlilar oilasi vakillari
Reja;
I. Kirish
II. Adabiyotlar sharhi .
III.Asosiy qism.
3.1 Qattiq qanotlilar xaqida umumiy tushuncha.
3.2 Qarsildoq qo’ng’izalar (simqurtlar) xaqida umumiy tushuncha.
3.3Qoratanlilar xaqida malumotlar.
IV.Xulosa
V..Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Oʻsimliklar zararkunandalari — madaniy oʻsimliklarni zararlaydigan yoki ularni nobud qiladigan jonivorlar. Umurtqali hayvonlarning sut emizuvchilar sinfi, ayniqsa, kemiruvchilar turkumiga mansub Oʻsimliklar zararkunandalari koʻp. Umurtqasiz hayvonlardan qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim turlari, nematodalar sinfidan yumaloq chuvalchanglarning koʻpchiligi oʻsimliklarni zararlaydi. Boʻgʻimoyoqlilardan hasharotlar sinfi, oʻrgimchaksimonlar sinfi (kanalar), koʻpoyokdilar sinfining baʼzi turlari hamda qisqichbaqasimonlar (eshakqurt)ga mansub turli tuman va juda koʻp oʻsimliklar zararkunandalari turlari bor. Hasharotlar, ayniqsa, hosilga koʻproq zarar yetkazadi. Ularning 60 mingdan ortiq oʻsimlikxoʻr turi maʼlum, shu jumladan, 4 mingga yaqin turi madaniy oʻsimliklarga zarar yetkazadi, mahsulotlarni buzadi va h.k.


Qishloq xoʻjaligi uchun zararli hasharotlar sistematik tamoyil (turkumlar boʻyicha) hamda oziqlanish xarakteri boʻyicha tasniflanadi. Oʻsimlikxoʻr hasharotlar va kanalar turli oilalarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hammaxoʻr hasharotlar — polifaglarga; bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — oligofaglarga; faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar — monofaglarga boʻlinadi. Turli ekinlar hosiliga hammaxoʻr zararkunandalar: chigirtkasimonlar, baʼzi chirildoqlar, qoʻngʻizlardan qarsildoq (simqurtlar), qora qoʻngʻizlar (soxta simqurtlar) va boshqalar, kapalaklardan kuzgi tunlam, gʻoʻza tunlami, karadrina va boshqalar katta zarar keltiradi. Bir oilaga mansub har xil turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Bularga shved pashshasi, gessen pashshasi va boshqalar kirib, faqat boshoqli oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Karamguldoshlarga mansub oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharot turlari ham koʻp. Bularga karam oq kapalagi, karam kuyasi, karam pashshasi va boshqalar kiradi. Faqat bir turdagi oʻsimliklar bilan oziqlanadigan hasharotlardan filloksera (tokning asosiy zararkunandasi), beda barg filchasi (fitonomus) va boshqalar xavfli zararkunandalardan hisoblanadi. Zararkunanda hasharotlar va kanalar ular zararlaydigan oʻsimlik guruhlari boʻyicha ham tasniflanadi. Masalan boshoqlilar zararkunandalari, gʻoʻza zararkunandalari (200 dan ortiq turi bor), bogʻ zararkunandalari, sabzavot ekinlari zararkunandalari va h.k.
Oʻsimliklar zararlanishining asosiy ikki turi farqlanadi: birinchisi — ogʻiz organlari kemiruvchi, ikkinchisi sanchibsoʻruvchi hasharotlarga xos. Kemiruvchi hasharotlar oʻsimlikning turli organlarini, toʻqimalarini kemiradi. Sanchibsoʻruvchi hasharotlarmas, oʻsimlik bitlari, kanalar va boshqalar oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Oʻsimliklar zararkunandalari oziqlanishida oʻsimlikning maʼlum organlariga oʻrgangan boʻladi. Shuning uchun ham ildiz, poya, barg , meva, gul va boshqalar organlar zararkunandalari guruhlari farqlanadi.
Oʻsimliklar zararkunandalari tarqalishi va turlar kompleksining shakllanishi tashqi muhitning oʻzgaruvchanligi hamda turlarning ekologik moslashuvi bilan uzviy bogʻliq. Har bir tur oʻzi uchun qulay hududga joylashadi.
Hasharot va kanalarning rivojlanishi hamda koʻpayishi uchun temperatura sharoiti muhim ahamiyatga ega. Har bir tur uchun maʼlum temperatura rejimi zarur. Sutkalik oʻrtacha samarali temperatura yigʻindisiga qarab hasharotlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, mavsumda nasl berishini taxminan aniqlash mumkin. Oʻsimliklar zararkunandalarining embrional va postembrional rivojlanishi, odatda, yuqori darajada tezlashadi. Masalan beda barg filchasi 17,6° da 56, 21,2° da 34, 22° da 31 kunda rivojlanadi.
Rivojlanishi tuproq bilan bogʻliq boʻlgan hasharotlar uchun tuproqning kimyoviy tarkibi, kislotaliligi, aeratsiyasi, namligi katta ahamiyatga ega. Agrotexnika tadbirlari (tuproqni ishlash, oʻgʻit solish va boshqalar) yordamida zararkunanda hasharotlar uchun noqulay sharoit yaratish mumkin. Masalan nordon tuproqlar ohaklanganda qarsildoq qoʻngʻizlar rivojlana olmaydi. Oʻsimliklar zararkunandalarining boshqa hayvon organizmlari bilan oʻzaro bogʻliqligi ham ularning rivojlanishiga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Masalan oʻsimlik bitlari oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi, ular ajratgan shira chumoli, yaydoqchi va baʼzi pashshalar uchun oziq hisoblanadi. Oʻsimlik bitlari bilan yirtqich hasharotlar (qoʻngizlar, vizildoq pashsha lichinkalari va boshqalar), ular bilan turli hasharotxoʻr qushlar, bular bilan esa turli yirtqich qushlar oziqlanadi.
Oʻsimliklar zararkunandalarining koʻpayishida oziqning koʻpligi va tarkibi, ob havo sharoiti, yirtqichlar, parazitlar, kasalliklar taʼsiri va boshqalar muhim rol oʻynaydi. Bir joyda muttasil bir xil ekin ekish (yakka ziroatchilik) shu oʻsimlik bilan oziqlanadigan zararkunandalarning koʻpayib ketishi uchun qulay sharoit yaratadi. O’simliklarni ximoya qilish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish — 1) qishloq xoʻjaligi fanlarining bir sohasi; oʻsimliklarga zararkunanda, kasalliklar, begona oʻtlar yetkazadigan zararni oʻrganadi va uning oldini olish hamda bartaraf qilish tadbirlarini ishlab chiqadi; 2) qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari hamda begona oʻtlarni yoʻq qilish uchun ishlab chiqiladigan tadbirlar tizimi. Uning vazifasi faqatgina zararkunanda organizmlarni yoʻq qilish yoki ular faoliyatini chegaralab qoʻyishdangina emas, balki ularning paydo boʻlish muddatlari va tarqalish koʻlamini oldindan aniqlash, shuningdek, eng xavfli zararkunandalarning bir hududdan boshqasiga tarqalishining oldini olishdan ham iborat. Oʻsimliklarni himoya qilish qishloq xoʻjaligi entomologiyasi, fitopatologiya, botanika, mikologiya, bakteriologiya, virusologiya, ekologiya, biotsenologiya, kimyo, biokimyo, hayvonlar va oʻsimliklar fiziologiyasi, fizika, biofizika, genetika, seleksiya, toksikologiya va boshqalar fanlar maʼlumotlariga asoslanadi. ..

Adabiyotlar sharhi


Qattiqqanotlilar turlari soni jixatidan eng katta turkumdir.Qo’ng’izlarning 250 mingga yaqin turlari ma’lum ,harakterli xususiyatlari –ularning birinchi jufti qanotlari qattiq qanot va qalqonlarga yoki eliralarga aylanganligi bo’lib,tich xolatda orqa tomoniga yopishib turadi va ularning ostida buklangan ikkinchi juft parda qanotlar joylashadi. Ayni vaqtda qanot qalqonlarining biri ikkinchisiga zich taqalib, to’g’ri tok chizig’ini xosil qiladi Og’iz aparati kemiruvchi tipda, lichinkalari chuvalchangsimon yoki kampodesimon, g’umbagi erkin
S.A Murodov
Coleoptera - bu "g'ilof qanotlari" degan ma'noni anglatadi, bu hasharotning tanasini qoplagan qotib qolgan xayvonlarga ishora qiladi. Aksariyat odamlar ushbu tartibning a'zolari - qo'ng'izlarni osongina taniydilar. Coleoptera tanasi uchta asosiy qismga bo'lingan. Ularning old qismi bosh kapsulasining boshqa qismlari bilan taqqoslaganda kichkina bo'lib, unda antenalar joylashgan, ko'rish organlari, shuningdek, chaynash yoki tishlashning og'iz shakllari oldinga, ba'zan pastga qarab yo'naltirilgan. Bo'yinning aniq belgilari bo'lmagan qo'ng'izlarning boshi darhol ko'kragiga biriktiriladi, ba'zi hollarda hatto uning old qismiga o'sib chiqadi. Yuqorida aytib o'tilgan ikkinchi qismning o'zi uchta segmentdan iborat. Va orqa, eng katta qismi qorin. Ushbu jonzotlarning segmentlardan tashkil topgan uch juft oyoqlari odatda yaxshi rivojlangan. Piyonlar, oxirida, odatda, ikkita tirnoq bilan jihozlangan, ba'zan esa quyida tuklar bilan qoplangan. Ta'riflangan tarzda, kattalar qo'ng'izlari, aks holda imago deb nomlanadi. Ushbu holatga erishish uchun bunday hasharotlar rivojlanishning bir necha bosqichlaridan o'tadilar. Kichkina moyaklardan ular lichinkalarga aylanadi, ular shakllanishida bir necha bosqichlarni bosib o'tib, kuchuklanib kattalarga aylanadi.
SH.T.Xo’jayev

Qarsildoq qo‘ng‘izlar oilasiga mansub Kukuxo nomli qo‘ng‘iz


o‘zidan nur chiqaradi. Kukuxo qo‘ng‘izi chiqargan yorug‘lik kechasi
kitob o‘qish uchun yetarli bo‘ladi.
Ayrim tur yirtqich qo‘ng‘izlar (masalan: xonqizilar)
o‘simliklarga zarar yetkazuvchi o‘simlik bitlari kabi zararkunanda
hasharotlar bilan oziqlanib foyda keltiradi.
Ushbu turkum vakillari ichida qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar
yetkazuvchi turlari mavjud. Masalan: mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar —
turli daraxtlarning yog‘och qismini kemiradi. Bargxo‘r qo‘ng‘izlar
— barglar bilan oziqlanadi, po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izlar — daraxt
po‘stloqlari bilan oziqlanadi, kolorada qo‘ng‘izi(10-rasm) —
kartoshka va boshqa ituzumdoshlarga, poliz qo‘ng‘izi — poliz
ekinlariga kuchli zarar yetkazadi.
Adabiyotlar sharhi
Download 18,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish