Mavzu-Qo’shiq kuylash jarayonida o’quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari



Download 281,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana02.01.2022
Hajmi281,33 Kb.
#311404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
qoshiqchilik sanati (3)

 

 

 

 

 

 

 

 


I – bob. 

  Qo‟shiq  kuylash  jarayonida  o‟quvchilarda  nafosat  tarbiyasini  shakillantirishning 

o‟ziga xos xususiyatlarining nazariy asoslari. 

I.1. Barkamol avlod tarbiyasida musiqa san‟atini axamiyati. 

        Mamlakatimizda  istiqlolning  birinchi  kunlaridan  boshlab,  yoshlar  tarbiyasi, 

xususan  sog‟lom  va  har  tomonlama  barkamol  avlodni  voyaga  yetkazish 

masalalariga boshqa ustuvor va vazifalari qatori alohida etibor berib kelishmoqda. 

Yoshlarning  qalbi  va  ongini  milliy  va  umumbashorat  qadriyatlar  uyg‟unliligi 

ruxida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va xunarlarni egallagan, har tomonlama 

aqliy ham jismoniy ham ma‟naviy jixattan barkamol qilib tarbiyalash, xal qiluvchi 

vazifalaridan  biriga  aylandi.  Hayotda  yoshlarning  orzu  intitlishlarini  ro‟yobga 

chiqarishga  ko‟maklashidigan  “  Kamolot  “  ijtimoiy  harakati  va  uning  turli 

bo‟g‟imdagi  tuzulmalari  “  Sog‟lom  avlod  uchun  “  ,  “  Sen  yolg‟iz  emassan  “  , 

singari  jamg‟armalari  “  Zulfiya  “  nomidagi  “  Nihol  ”  mukofoti  kabilardir.               

“ Kelajak ovozi “ tanlovlari o‟tgazilishi yoshlarni har tomonlama kamol toptirish 

ularni kelajagimizning xaqiqiy egalariga aylantirishga qaratilgan. Mamlakatimizda 

yosh avlodning yuksak ma‟naviy mezonlar asosida o‟sib ulg‟ayishi uchun barcha 

shart  sharoitlar  yaratilmoqda.  Bugungi  kunda  yurtimiz  hayotining  qaysi  sohasini 

olmang,  ularning  barchasida,  yoshlarning  huquq  va  manfaatlari  alohida  etiborga 

olayotganligini  ko‟rish  mumkin.  Keyingi  davrlarda  butun  dunyoda  yoshlarning, 

musiqiy  tarbiyasiga  etibor  kuchaygan.  Buning  sababi,  rivojlanayotgan  zamonda, 

musiqaning  yoshlarni  ma‟naviy  va  nafosat  tarbiyasidagi  o‟rni  yanada  kuchaygani 

bilan bog‟liqdir. Yoshlarni yetuk, barkamol bo‟lish, voyaga yetishishlarida musiqa 

san‟atini  axamiyati  kattadir.  Nafosat  tarbiyasi  bilan  badiiy  tarbiya  bir-biri  bilan 

bog‟liq. Nafosat tarbiyasi yosh avlodni nafosat musiqasini teranlashtirib san‟atga, 

qo‟shiq kuylashga, musiqa tinglashga qiziqishlarini oshirib, nafosat  didini yuqori 

ko‟tarib  qalb  go‟zalligi  va  nafosat  turmush  saviyasini  oshiradi.  Shu  jixatdan 

oldinda,  musiqa  nafosat  tarbiyasining  samarali  vositasidir  va  ma‟naviy  dunyo 

qarashini  shakllantiradi.  Musiqa  inson  xissiyotlariga  kuchli  tasir  ko‟rsatish 

imkoniyatiga  ega  bo‟lib,  o‟quvchilarni  nafosat  olishiga  olib  boradi.  Musiqiy  – 




estetik tarbiyasinin yana bir asosiy vositalaridan bir, qo‟shiqchilik san‟ati ( Vokal –

xor ) hisoblanadi. Qo‟shiq kuylash, san‟ati aloxida o‟ziga xos bir turidir. Ana shu 

o‟ziga  xoslik,  qo‟shiqchilik  san‟ati,  insonlarni  bir  –  biri  bilan  do‟stlashtiradi, 

vatanga  sadoqat,  o‟ziga  hurmati  poklik  kabi  tuyg‟ularni  shakillantiradi. 

Qo‟shiqchilik  san‟ati  o‟zbek  xalqining  barcha  qatlamlariga  singib  kirib,  qayg‟u 

harakatlarga  hursandchiligiga,kelajakka  bo‟lgan  intilishlari  kabi  xissiyotlariga 

xamrox  bo‟lib  kelgan.  O‟zbek  qo‟shiqchilik  san‟ati  tarixi  juda  ko‟xna  bo‟lib  u 

insoniyatning  shakillanishi  jarayoni  bilan  chambarchas  bog‟liq.  O‟zbekiston 

Respublikasining  “Ta‟lim  to‟g‟risidagi  qonun”  va  “  Kadrlar”  tayyorlash  milliy 

dasturida  oila  maktab  va  jamoatchilik  oldidagi  masuliyatni  anglab  yetadigan 

sog‟lom, etuk insonni tarbiyalash ishiga aloxida etibor berilgan. 

      Musiqa  san‟ati  orqali  yosh  avlodni  sog‟lom  muhitta  ma‟naviy  va  axloqiy 

tomondan  kamol  toptirish  mhim  ta‟limiy  tarbiyaviy  axamiyatga  ega.  Shuning 

uchun  xam,  umumta‟lim  maktablarida  sog‟lom  muhitni  vujudga  keltirishda, 

musiqa  madaniayti  darslari  bilan  birgalikda  sinfdan  va  maktabdan  tashqari 

tarbiyaviy  ishlarni  axamiyati  katta.  Musiqa  tarbiyasi,  atrofdagi  go‟zal  narsalarni 

tog‟ri  idrok  etishga  va  qadrlashga  o‟rgatadi.  Musiqa  insonni  yuksak  did  bilan 

qurollantiradi  va  ma‟naviy  dunyo  qarashini  boyitadi.  Musiqa  sog‟lom  avlodni 

tarbiyalashga  asosiy  manbalardan  biri  deb  hisoblanadi.  Chunki,  musiqa  inson 

ruxiyatiga, sog‟lig‟iga, kayfiyatiga ijobiy ta‟sir etadi. Yni quvontiradi, o‟ylantiradi, 

ezgu  shlarni  qilishga  ilxom  beradi.  Yosh  avlod  kamolot  sari  yetaklashda 

tarbiyaning  ko‟plab  omillari  o‟rin  tutadi.  Musiqa  o‟zining  betakror  tabiyati  bilan 

o‟quvchilarning  ma‟naviy  dunyosiga  katta  ta‟sir  etish  kuchiga  ega.  Zero,  kuy  va 

ohang  ta‟sirida  o‟quvchilarda  xissiyot  olamining  o‟sishi,  idrok  va  tafakkurning 

shaklllanishi,  ezgulikka  intilishi,  go‟zallikni  sevish,  tabiyatni  asrash,  ona  Vata 

ravnaqi  uchun  xizmat  qilish  istagi  tobora  ortib  boradi.  Chunki  musiqa  madaniy 

xayotimizda keng o‟rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muxim axamiyat 

kasb  etadigan  san‟at  turidir.  Musiqa  tarbiyasi,  nafosat  tarbiyasining  asosiy  va 

murakkab qurollaridan biri bo‟lish atrofdagi go‟zal narsalarni to‟g‟ri idrok etishga 

va qadrlashga o‟rgatadi.



 


I.2. Sharq mutaffakkirlarini musiqa san‟atini rivojlantirishga qilgan xissasi. 

         Buyuk sharq mutaffakkirlarining merosi, xalq musiqasini  o‟rganish sohasida 

muhim  tarixiy  qiymatga  ega.  Sharqning  ulkan  qomusi  aqli,  jaxonda  san‟at  va 

madaniyatning  eng  mashxur  nomoyondalari,  O‟rta  asr  fanining  turli  sohalarida: 

falsafa, tibbiyot, badiiy adabiyot, kimyo, tabiyatshunoslik, san‟at boyicha yozgan 

asarlari  bilan  madaniyatimiz  tarixida,  o‟chmas  iz  qoldirib,  uning  rivojiga  katta 

xissa  qo‟shganlar.  Ulug‟  olim  va  mutaffakkirlar  o‟z  ta‟limotida  ish  organish,  uni 

boshqalarga o‟rgatish  yo‟llari va qoidalarini, katta jiddiy e‟tibor berganlar. Ulug‟ 

mutaffakkirlarimiz  axloq  odob  va  ta‟lim  tarbiyaga  pand  nasixatlari  va  o‟gitlari, 

kelgusi  avlod  uchun  benazir.  Meros  bo‟lib  qoldirilgan  ushbu  umuminsoniy  va 

milliy qadriyatlar kelgusi avlod tarbiyasida ma‟naviy barkamollikda  ixlos, iymon, 

vijdon,  sadoqat,  mexr-oqibat,  kattalarga  xurmat  va  ma‟rifatga  oid  qarashlar  o‟z 

ifodasini topgan. BU davrda ilm fanning yuksak darajada rivoj topshirish” Marvod 

“, “ Barbod “, “Al Xorazmiy”, “ Al Nasr Farobiy” ,” Axmad Farobiy” ,Abu Ali Ibn 

Sino”,  “Abu  Rayxon  Beruniy”,  “  Alisher  Navoiy”,  “  Abduraxmon  Jomiy”, 

Maxmud Qoshqariy”, Darvesh Ali Choniy”, kabi ulkan olimlar yetishib chiqqanlar 

va  o‟z  ijodlari  bilan  ular  Orta  Osiyo  shuxratini  olamgataratganlar.  VII  –  asrda 

arabiston  yarim  orolidashakllangan  islom  dini  VIII  –  asrga  kelib  O‟rta  Osiyoda 

ham keng yoyildi. O‟rta Osiyo Xorazim, Sug‟d, Shuro yozuvlari o‟rniga arab tili, 

arab  yozuvlari  joriy  qilina  boshladi.  VIII  –  asr  oxiriga  kelib  O‟rta  Osiyoda  islom 

dini qaror topdi. Islom dini va uning asosiy kitobi, Quronda axloq, iymon, insonni 

ulug‟lash,  jamiyatga  xizmat  qilish,  oilani  mustaxkamlash,  ota  onaga  hurmat  kabi 

masalalar  ongli  ravisgda  aks  etgandi.  VIII  –  asr  oxiri  IX  –  asr  boshida  arab 

xalifaligini  maqsadi  Bog‟dodda  ilm  fan  rivojlandi,  yunon  olimlaridan  Platon           

(  Aflotun  ), Arestotel  (  Arastu  ), Sokrot (  Sukrot  ), Gippokrat  (  Bukrot  ), Ev-klid       

( Iqlidus ), kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. Xrestian va islom olimlari 

orasida  hamkorlik  ishlari  amalgam  oshirishdi.  Xalifa  Xorun  ar  Rashid  O‟limidan 

so‟ng uning o‟g‟li al-Ma‟mun xalifa etib tayinlandi. Xorun ar Rashid Bog‟dodda 

ilmiy  markaz  Ma‟mun  akademiyasi  tashkil  etilib  unga  barcha  musilmon 

o‟lkalardan  jumladan  O‟rta  osiyoning  olimlari  va  fozillari  to‟planadigan  bu 




markazda  Movanaunaxr  xurosondan  kegan  Al  Xorazmiy,  Axmad  Farg‟oniy, 

Mirvoziy,  Marvarudiy,  Javxariy  kabi  olimlar  Bog‟dod  akademyiasini  jaxonga 

mashxur  qilishda  juda  katta  faoliyat  ko‟rsatdilar.  BU  davrda,  O‟rta  Osiyo  jaxon 

ilmining  fani, kishilik  jamiyatini taraqqiy  etishga shuningdek islom  dini, axloqiy- 

huquqiy tarbiyadagi mavqeyda katta xissa qo‟shdi. Bu davrda VIII-IX mutafakkir 

shoir,  va  dinshunoslarning  asarlarida  ta‟lim    tarbiya  va  axloq-  odobga  oid 

pedagogic fikrlar ijtimoiy taraqqiyot uchun muxim bo‟lgan insonparvarlik, bilimga 

e‟tiqod,  xalq  manfaatini  ximoya  qilish  ,  manaviyatni  ulug‟lash,  komil  insonni 

tarbiyalash singari masalalar yoritiladi. Bog‟dodda tashkil etilgan,Baid ul xikma  – 

akademiyaning eng nufuzli raxbarlaridan Muxammad Ibn Muso, Al Xorazmiy , Al 

JAlb va Al Muxobilaastranomiya jadvali “ Xind xisoboti xaqida risola “< musiqa 

haqida risola , quyosh soxta to‟g‟risida risola kabi asarlar aratilib tunyoga mashxur 

bo‟ldi.  “Algebra  “  so‟zi  altabrdan  ,algaritm  esa  Al  Xorazmiy  so‟zining  lotincha 

talaffuzidan vujudga kelgan bo‟lib, Matematikaning mazmuni O‟rta Osiyolik olim 

Al  Xorazmiy  tomonidan  asoslab  berildi.  Xorazmiyni  safdoshi,  Axmad  Farg‟oniy 

astranomiya fani ravnaqiga ulkan xissa qo‟shdi. Astranomiya fani ilmlarini osmon 

jismlari  sferalari  Farg‟oniy  jadvallari  kitoblarini  yozdi.  U  o‟z  asarlarida  qadimiy 

Misr,  Eron,  Sopiya,  Yunon  va  Isroil  davlatlarida  taqvim  tuzish  geografiya  , 

astranomiya  ilmlari  majmuasini  yaratdi.  Imom  Al  Buxoriy  IX  –  asrda  islom 

olamida mashxur xadis shunos bo‟lib tanildi. Uning “ saxiq Al Buxoriy “ asarida 

jaxonga  mashxur  va  malumdir.  U  islomshunoslikning  eng  yirik  ustunlarining  biri 

sifatida,  o‟z  ijodida  darsning  tarbiyaviy  tomonlarini  rivojlantirishda  va  shu  ilm 

fanni  qay  darajada  rivoj  topganini  Muxammad  Ibn  Muso  Al  Xorazmiy,  Al 

Buxoriy, Abu Nasr Al Faroviy, Axmad Farg‟oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon 

Beruniy  va  boshqa  mutafakkir  olimlarning  qo‟shgan  xissalari  katta  bo‟ldi.  Orta 

Osiyo  xalqlari  qo‟shiq  madaniyatini  vujudga  kelishi  sharq  olimlarining  nazariy 

qarashlari,  musiqa  san‟ati  asosida  shakllangan  bo‟lib,  ular  o‟z  risolasida  

musiqaning  jamiyatta  tutgan  o‟rni  haqida  ma‟lumotlar  berganlar.  Abu  Nasr  Al 

Farobiyning  “  Katta  Musiqa  “  kitobi  ,  (  kitob  al-musiqa  al  kabr)  Ibn  Sinoning         

“  Davolash  kitobi  “  ,(  kitob  bul  shifo  )  qomusidagi  “  Musiqa”  haqida  risola  Al 




Xorazmiyning  “  Oliy  janoblik  “  haqida  (  kitob  )yoki  “  Sharafiya  kitobi  “  , 

Abduraxmon jomiy bilan islom tarixida bitmas tuganmas iz qoldirdi. Abu Rayxon 

Beruniy  IX  –  asrda  O‟rta  Osiyoda  mashxur  qomusiy  olim  sifatida  tarix 

astranomiya  ,  matematika,  musiqa,  geografiya  kabi  fanlarga  oid  150  ga  yaqin 

asarlar yaratdi. Abu Ali Ibn Sino yaratgan asarlarning soni 400 dan ortiq bo‟lib, u 

ilmining turli soxalari – falsafa tibbiyot mantiq, adabiyotshunoslik, axloqshunoslik 

va  musiqaga  oid  asarlardir.  Uning  “  kitob  ash  –  shifo  “,  “  Kitob  an  insof  “  ,             

“  Donishnola”  kabi  asarlari  inson  ruhiyatini  ,  be‟mor  davolashdagi  musiqaning 

yordami, musiqa va madaniyat ilmini kelgusida rivojlanishi yo‟llarini ochib berdi. 

IX – asrda musilmon Sharqida maxalliy tillar , fors va turkey tillar saqlangan holda 

arab  tili  din  va  ilim  fan  tili  bo‟lib  qoldi.  Turli  xalqlar  madaniyati  va  san‟atini 

boyligiga  tasirini  o‟tgazdi.  XII  –  asrda,  O‟rta  Osiyodas  hunarmandchilik  , 

o‟ymakorlik san‟ati, binokorlik, musiqa va madaniyat keng rivojlandi, Samarqand, 

Buxoro, Termiz , Xorazm, Marv , Uzgan shaxarlarida saroylar , masjid, madrasa, 

registonlar  ,  sardoba,  kabi  binolar  qurildi.  Bular  o‟zbek  halqinng  ko‟xna 

yodgorliklari  sifatida  dunyo  xalqlarini  etiborini  o‟ziga  jalb  qilmoqda,  bu  davrda 

musiqa san‟ati ham yuksaldi. Abduxofiz Sug‟diy nay cholg‟u asbobiga monand ,   

“ Shoxrud “ asbobini yasadi va unda ham kuylari asosida “ Rost “ ,” Xusravoniy” ,   

“  Boda”  ,  BAsta”  va  boshqa  kuylar  ijod  qilindi  .  Bu  kuylar  hanuzgacha  o‟zbek 

tojik  xalqlari  orasida  zavq-  shavq  bilan  ijro  etib  kelinmoqda.  Bu  davrda  musiqa 

san‟atining  “  Musiqa  haqida  risola  “  kitoblarida  ,  musiqa  ijrochiligi  va  xalq 

cholg‟ulari haqida muhim  ma‟lumotlar bayonetilgan. Sayfiddin Urmoviy istedodi 

bilan  ud  cholg‟usi  hamda,  mashxur  sozanda  sifatida  tanilgan.  U  Azarbayjonning 

Uriya  shaxrida  tug‟ilgan.  Sayfiddin  Urmoviyning  eng  katta  yutuqlaridan  Lad          

(  modus  )  larini  mukammal  sistemasini  ishlab  chiqqanligidandir.  Ibn  Zaylining      

“ Musiqa haqida to‟liq kitobi “ uning musiqa ilmidan yagona va bebaho kitobidir. 

U  yangi  usulni  –  musiqada  harflar  ifodalash  usulini  ishlab  chiqdi.  Abduqodir 

Marg‟uloniy, Abduqodir Ibn musiqada harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi. 

Abduqodir  Marg‟uloniy,  Abduqodir  Ibn  G‟olbni  (  marg‟oniy)  Azerbayjanning 

Marog‟ shaxrida tug‟ilgan, u kamonchali asboblarini yeti torli g‟ijjak kabi musiqa 




cholg‟ularini borligi haqida malumotlar berdi. Al- Xusayinnig musiqiy kalomlarida 

O‟rta  Osiyoda  keng  tarqalgan  ikki  torli  cholg‟u-  dutor  haqida  malumotlar  berdi. 

Qudbiddin  ash  –  Sheroziy  e‟ronlik  musiqa  nazariyoti  sifatida  tanilgan  bo‟lib,  o‟z 

risolasida kamonchali tambur haqida iboratli muloxazalar bildirdi va inson ovozini 

musiqa  asboblari  ichida  eng  yoqimlisi  deb  hisoblagan.  XVII  –  asrda  Darvon  Ali 

Changiy  o‟z  risolalarida  chang  ,  tambur,  qonun,  barbod,  ud,  rud,  rubob,  qobus, 

g‟ijjak,  ruxavza,  kungura  kabi  musiqa  cholg‟ulari  xaqida  risollar  yaratti.  Buyuk 

sharq mutaffakkirlari musiqa talimotini rivojlantirishgan qo‟shgan xissalari tarixiy 

qimmatga  ega  bo‟lib  O‟rta  Osiyoda  musiqa,  san‟at,  ma‟daniyat,  ta‟lim-  tarbiya 

sohalarini, shakllanishiga salmohli xissa qo‟shdi. 

 


Download 281,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish