QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI TARIX YO’NALISHI 3-KURS 018-03 GURUH TALABASI JUMAYEVA DILFUZANING UMUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI TAQDIMOT: TAYYORLADI: JUMAYEVA D QABUL QILDI: XALILOVA X MAVZU: RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMI JANUBIY KOREYA MISOLIDA Janubiy Koreyada zamonaviy ta’lim tizimining qaror topishi 1945-yillardan, Ya’ni mamlakatning yapon mustamlaka-sidan ozod bo’lgan vaqtidan boshlanadi. 1945-yildan 1970-yilgacha ta’lim tizimi ayniqsa jadal rivojlandi. 1950-1953-yillardagi Koreya urushi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yo’qotishlar va vayrongarchiliklarga qaramay Janubiy Koreya savodsizlikni tugatishga qat’iy kirishdi. 1968-yilda qabul qilingan Milliy Ta’lim Xartiyasi koreys xalqi mentaliteti va vatanparvarligining o’ziga xos tomonlarini ayniqsa yorqin ifoda etdi. Xartiyaga muvofiq milliy ta’lim millatni jipslashtirishga, tarix va an’analarga hurmat bilan qarashga, qadriyatlarni ulug’lashga, xalqning farovonligini ta’minlashga yaqindan yordam beradi va asos bo’lib xizmat qiladi.
Janubiy Koreyada oliy ta’lim
Janubiy Koreyaning ta’lim tizimi boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbtan eng samarali hisoblanadi. Janubiy Koreyada ta’lim raqobatbardoshdir, bu ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ta’lim olishning arzonligi, talab yuqori bo’lgani va istiqbolli mutaxasislar olish bilan ta’minlanadi.
Deyarli barcha universitetlarda o’qish ingliz tilida olib boriladi, garchi xorijiy talabalar koreys tilida o’qish imkoniyatiga ham ega. Har bir universitetda ingliz tili kurslari mavjud bo’lib, ular turli darajadagi bilimlarga mo’ljallangan, buning natijasida kelajakda talaba o’z bilimlariga va chet tilini bilish darajasiga qarab dasturlarni tanlashi mumkin.
Janubiy Koreyada umumiy ta’lim tizimining tuzilmasi
Boshlang’ich maktab
O’rta maktab
Oliy maktab
Kollej
Universitet
6 yil
3 yil
3 yil
2 yil
4 yil
Janubiy Koreyada
Oliy ta’lim tizimi
Bakalavriat
Magistratura
Doktarantura
Bakalavr dasturlari asosiy ko’nikmalari rivojlantiradi, ishni va o’qishni davom ettirish uchun zarur bo’lgan muhim nazariy bilimlarni o’rgatadi. O’rtacha bakalavriat ta’lim 3-4 yil davom etadi. Litsenziya olish uchun Seneung standartlashtirilgan davlat imtihonini topshirish kerak. Janubiy Koreyada magistrlik darajasini olish uchun yaxshi bakalavr darajasiga ega bo’lish kerak. Universitetga magistraturaga qabul qilish uchun bakalavr darajasiga ega bo’lgan diplomning nusxasini taqdim etish kerak. Bakalavriat mutaxasisligi magistratura dasturiga mos kelishi kerak. Bakalavriat darajasini olish to’g’risidagi diplomning nusxasi ta’lim tiliga, ya’ni koreys yoki ingliz tiliga tarjima qilinishi kerak. Doktaranturaga kirish uchun ta’lim tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan magistrlik diplomining nusxasi, shaxsiy nashrlar ro’yxati, rejalashtirilgan tadqiqotlar rejasi, rezyumi taqdim etilishi kerak. Mustaqil O’zbekiston va Koreya aloqalari. 1992-yildan Toshkentda Koreya ta’lim markazi faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston davlat Jahon tillari universiteti va Samarqand davlat chet tillari institutida Koreys tili va madaniyati markazlari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari markazi ochilgan. Toshkentda “ O’zbekiston – Koreya” kasbga tayyorlash markazini ochish loyihasi ta’lim sohasidagi hamkorlikning yana bir muvaffaqiyati bo’ldi. U yerda har yili 360 nafar yigit qiz kompyuter yig’ish, grafika, elektronika, qishloq xo’jaligi texnikasini ta’mirlash, avtomobillarga xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha tahsil oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |