Mavzu: Samarqand va Buxorodagi hammomlar Hammom



Download 0,77 Mb.
Sana09.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#539592
Bog'liq
Samarqand va Buxorodagi hammomlar


Mavzu:Samarqand va Buxorodagi hammomlar
Hammom — choʻmilish, yuvinish va poklanish uchun qurilgan maxsus bino. Asosiy xonasida issiq sui va issiq havo (turk, fin, Rim H.larida), issiq suv va bugʻ (rus, tatar H.larida) taʼsirida tsrlab, yuviniladi. In-son salomatligida H.ning aqamiyati katta.
Sharq mamlakatlarida oʻziga xos meʼmoriy H.lar qadimdan maʼlum. Yozma manbalar, arxeologiya maʼlumotlari 10—12-asrlarda Oʻrta Osiyo (Buxoro, Taroz, Niso va boshqa shaharlar) da H.lar issiklikni saqlash maq-sadida yerni chuqur qazib, deyarli yer ostida, yarim yer toʻla tarzida qurilganini koʻrsatadi. Buxoroda 16-asrda qurilgan Misgaron, Sarro-fon H.lari saqlangan. Arxitekturasi bir-biriga juda oʻxshash boʻlgan bu H.larning yechinish xonasi, choy ichib hordiq chiqariladigan katta (yogʻoch ustunli) xona, oʻrtada asosiy uqalash xonasi, uning atrofida yuviniladigan xonalar boʻlib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan. Gʻisht, tosh terib ishlangan hovuzak (bak) larda issiq va qay-noq suvlar, xonalar ostidan qaynoq havo bilan isitilgan. Xonalardan xonalarga oʻtilgan (xonalar ichkariga tomon tobora isiy borgan). Oqava suvlar uchun ariqchalar qazilgan, xushboʻy moddalar va kul suv (ish-qorli suv) uchun moʻljallangan hovuzchalar sirti suvga chidamli maxsus qorishmalar ("qir") bilan qoplangan. Devorlar ganch bilan suvalgan, sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan. Shahrisabz, Qarshi, Xiva (Anu-shon H.i) kabi shaharlarda qad. meʼmoriy H.lar saqlangan. Turkiyada 15—17-asrlarda qurilgan ulugʻvor H.lar saqlangan. Ularning koʻpchiligi ayollar va erkaklar uchun ikki qismdan iborat simmetrik qilib qurilgan. Boyazid hammomi (1501), meʼmor Xoʻja Sinon loyihasi bilan qurilgan Chinnili (1545), Xaseki (1556) H.lari muhim jamoat binolari qatorida serhashamligi bilan diqqatni tortadi.
Zamonaviy H.larning turli-tuman shakllari mavjud; suzish bas-seynlari, dezinfeksiya kameralari, fizioterapiya tadbirlari uchun xonalari, vannali va dushli, alohida xonalari dushlardan iborat yozgi pavilonlari boʻlgan H.lar bor. H.larning tarhi ularning vazifasiga qarab belgilanadi.
Kishi H.da yuvinganida uning barcha organizmi taʼsirlanadi. Issiqxonada badanning issiqtik chiqarishi qisman toʻxtaydi, uning temperaturasi 38—39° gacha koʻtariladi. Organizmda oksidlanish jarayoni va moddalar almashinuvi kuchayadi. Badandan kuchli ter chiqishi tufayli organizmning moddalar almashinuvida hosil boʻladigan mahsulotlarning chiqib ketishi zoʻrayadi, buyrakning ishi yengillashadi. Issiq havo taʼsirida teri kapillyar qon tomirlari kengayib, qon aylanishi yaxshilanadi. Yurak kasalligi, ateroskleroz, anevrizma, gi-pertoniya bilan ogʻrigan kishilar, shuningdek, bolalarning issiqxona (bugʻxona)dan foydalanishlari yaramaydi.O'rta Osiyo xalqining nufuzli an'analaridati biri hammom qurish san’atidir. Harmrjomlarning xizmat doirasi ko'p bo'lib ular o’tmishda dam olish, kuch-qudrat va sog'liqni tiklash maskani, tozailik va shifobaxsh muassasa vazifasini bajargan. Kishilar hamomga shifo topish, hordiq chiqarish va turli xil dardlardan forig’ bo'lish maqsadida ham kelganlar. Shu bois hammomlar o’tmishda mashhur allomalar, sayyohlar, elchilar va keng xalq ommasi olqishiga sazovor bo'lgan. Shahar hammomlari bozorlar, karvonsaroylar, jome masjidlari, madrasalar, shahar darvozalari yaqinida, guzarlar qoshida qurilgan. O'zga yiirtlardan horib, uzoq yo'l yurib kelgan savdogar va karvonchi shaharga kirishdan oldin hammomda yuvinib chiqishlari shariatdan hisobiangan. Haminomlar odamlarga doim to'la bo'lib, ularda erkak va ayollar o'zlariga belgilangan kunlarda cho'milishgan. Ba'zida ayollarning alohida hammomlari boigan. Yozishlaricha, qadimgi turklar "charga" (chodir hammom) va sayyor kasalkonalami kashf etib, ularni o'z qo'shinlari bilan birga olib yurishgan. G'arbda, xususan, Vizantiyaliklar esa chodir hammomni turklardan o'rgangan va o'z qo'shinlariga tadbiq etganlar.O'rta Osiyo shaharlari, jumladan, Buyuk Ipak yo'li o'tkan saharlar shifobaxsh hammomlarga juda boy bo'lgan. Tarixchi Narshaxiy X asrdayoq Buxoroda bir nechta hammom bo’lganligidan dalolat beradi. Ular ichida eng masliliuri Darvozai Mansur mahallasidagi «Xon hammomi» hisobiangan. XIX asrga kelib Buxoroda 8 ta bozor, 9 ta guzar hammomlari Xo’jandda guzar hammomlaridan tashqari, 2 ta bozor hammomi ishlab turgan. XIX asr oxirida Samarqand va O'rta Tepaning 7 tadan bozor va guzar hammomi bo'lgan. Shu davrda Toshkentda 5 ta, Qarshida 4 ta hammom ishlab turgan. O'rta Osiyoning qadimiy shahar va qishloqlarida hozir ham tarixiy hammomlar mavjud bo'lib, ulardan xalqimiz nafaqat gigiyenik, balki shifobaxsh va sog'lomlashtirish maqsadlarida ham foydalanib kelmoqda.O’gan davr mobaynida o'nlab va yuzlab yangi hammomlar,banyalar qurildi, ammo milliy sharqona hammomlar azalgidek xalq orasida o'z mavqei va mohiyatini saqlab kelmoqda. Xo’sh nega shunday? Hammomlar shuhratining siri nimada? Bu savollarga javob topish maqsadida, biz O'rta Osiyo shaharlaridagi qator tarixiy hammomlarni, shu jumladan, sobiq davrida (tipovoy) loyihalar asosida qurilgan ko'pgina banyalar ham ko'zdan kechirib, ularning ish jarayonini tekshirdik, hammomlarga tushgan kishilar va xodimlar bilan suhbatlashdik (hammasi bo'lib 100 ga yaqin hammom tahlil qilindu). Izlanishlar shuni ko'rsatdiki, (№2-08-02, №2-08-01, -4-21 sp, №127, NKO -3) loyihalar asosida XX asming 70-llarida qurilgan banyalarda xalqqa maishiy xizmat ko'rsatish va sog’lomlashtirish gigiyenik vazifa zamona talablariga nisbatan sezilarli darajada ma'naviy eskirgan. Ko'zdan kechirilgan banyalarda, asosan, tog'orada yuvinilib, dushga tushiladi va ayrim (№ 284-4-4-4 s, №49-130-1 va №-2-08-08 loyihalar asosidaqurilgan) hammomlarda xususiy obzan (vanna) va dush kabinalari Tipovoy banyalarda shifobaxsh xususiyatli xona bu birgina bug'xona hisoblanib, u ham bo'lsa tekshirilgan hammomlarning deyarli 40% da ishlamaydi. Ishlaydiganlarida esa bug’ hammomining suvni isitib beruvchi umumiy qozonidan truba orqalu yuboriladi. Bunday bug'ning soglomlashtiruvchi ta'siri juda past bo'lib, uning inson tanasi va vujudiga foydasidan ko'ra ziyoni ko'proqdir. Shuning uchun ham vrach-gigienislar hammomda bunday bug'dan foydalanishri tavsiya etmaydi, chunki u juda past haroratli va kishi organizmuga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Aslida tipovoy banyalarda bug'ni "elektr yoki "pech kamenka"lardan olish tavsiya etilgan. Ammo xizmatdagi mavjud "banya"lar odatda, bunday «pechka» lar bilan taminlanmagan, ta'minlanganlarida esa ulardan yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Yuqoridagi sabablarga ko’ra obzani (vanna) yoki dushi bor oilalar ruscha hammomlarga tushishni xush ko'rmaydilar.Kuzatilgan tarixiy hammomlarda (sobiq sho'rolar davrida xalq h'ammomlari ham shunga kiradi) shifobaxsh sog’lomlashtirish vazifasining mazmun va mohiyati butunlay boshqach. Masalan, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent, Xo'jand, Qo'qon, Kattaqo'rg'on, Xiva, Kosonsoy kabi - shaharlardagi tarixiy hammomlarda binoning asosiy xonalari pol osti qizitish quvurlari orqali tarqaluvchi issiq havo yordamida istiladi va natijada nafaqat pol, balki xonalar, ulardagi o'rindiqlar supalar bularaing barchasi issiq holatda saqlanadi. Xalq hammomlarida o'rindiqlar va supalar tosh yoki marmardan ishlangan toshtaxtalar bilan o'shalgan. Toshtaxtalar va xonalardagi qiirilmalarning issiqlik qatuvchanligi tufayli xonalardagi havo qiziydi, qizigan pol va supalar tushgan suv esa bug'lanib issiq havoga zarur namlik baxshida etadi. Hammom ichkarisi tomon cho'milish xonalarining issiq namlik darajasi asta sekin o'zgarib havo harorati oshib boradi, shunga mos ravishda xonalaraing vazifalari ham o'zgarib boradi.Bu haqda o'rta osiyolik ulug' tabib Abu-Ali Ibn Sino o'rta fsrdayoq shunday yozgan edi: "Birinchi xona sovutadi va ho'llaydi, ikkinchi xona isitadi va qo'llaydi, uchinchisi esa isitadi ira quritadi". Xonalarning issiqlik namlik hoiati orasidagi btmday farq cho'miluvchilarning o'z mijoz va ta'biga ko'ra hamnom xonalarini tanlashga imkoniyat: beradi. Ibn Sino nomlardagi asosiy xonalar haqida yozgan xolos. U o'zining bu fikri bilan o'sha davr hammomlarining tuzilishidagi doimiylikni va xonalar orasidagi zarur aloqadorlikni ko’rsatmoqchi bo'lgan. Hammomlarda harorati mo'tadil xonadan asta-sekin o'rtadagi iliq xona orqali issiq xonaga, so'ngra xilvat xonaga o'tib cho'milish zarurligini "Qobusnoma" mualiifi Unsur maolih Kaykovus ham taklif etadi. Ibn Sino va Kaykovuslarning ushbu ko'rsatmaiariga me'morlar X-Xl asrlardan keyingi davriarda ham amal qilishgan ko'rinadi, chunki Sharq va O'rta Osiyo hammomlarining funktsional tuzilishidagi doimiylik va bir-biriga o'xshashlik hozirgacha muqim saqlanib kelmoqda. Ushbu xalqlar hammomlari orasidagi juz'iy farqlarni esa, joylardagi me'moriy maktablar va muayyan ijtimoiy buyurtmalar tufayli ro’yobga chiqqan deb tushuntirish mumkin.Darhaqiqat, O'rta Sharq mamlakatlari hammomlarining o'rta asrlardagi qurilisnda, hafto ular shahar ijtimoiy nng ajralmas sog'lomlashtirish shifobaxsh udumiga aylangan davrlarga kelib ham o'sha qadimiy taritibot va o'ziga xoslik ya'ni mo'tadil, iliq va issiq xonalar tizimi saqlanib qolgan.
O"rta Osiyo hammomlarining tarixiy shakliangan to'liq xonalar tarkibi quyidagilardan iborat; l-yechinish xonasi (chorhari); 2-lungi xona; 3-yuvinish va dam olish xonasi; 4-markaziy zal (katta gumbaz, kinnik yoki buxorocha miyon saroy); 5-xodimi xona' (uqalash xonasi); 6-issiq xona yoki buxorocha garm xona; 7-sovuq xona yoki xunuk xona; 8-suv xonalari (odatda ular ikkita: issiq va sovuq suv xonalari, obi garm va obi xunuk; 9-olov xona (xamma).
Yuqorida sanab o'tilgan asosiy xonalardan tashqari tarixiy hammomlarda ko’pincha uncha katta bo'lmagan xususiy tozalanish xonasi "poki xona"ni va onda-sonda mu'jazgina «hojat xona»ni ham uchratish mumkin.
Yechinish xonasi, odatda, baland, katta kvadratga yaqin to'rt burchakli keng zal hisoblanib, ko'pgina vazifalarni bajaradi: undayechiladi, hammomdan so'ng dam olinadi, choy icbilib, hordiq chiqariladi, suhbatlashiladi. Ilgarilari yechinish xonasi madaniy klub vazifasini bajarib, unda turli yangiiiklar haqida suhbatlashilgan, soch o’lingan, hordiq chiqarilib, shaxmat yoki narda o’ynalgan, choy yoki qahva ichilgan, boloxonaga o'tib, bir oz uxlab olingan. Shuning uchun ham'yechinish xonasi baland va keng qilib qurilgan.Yechinish xonasidan keyingisi "lungi xona" hisoblanib, unda qadimfa ichki Idyimlarni yechib, belga lungi olingan. Shuni aytish kerakki, O'rta Osiyoda islom qoidalariga binoan boshqalar oldida ichki kiyimlarni echish beodoblik hisoblangan. Qadimiy birida jamoa hammomlarida o'zini tutish qoidasi haqida gapirilib, unda suvni ob xonadan ehtiyotkoriik bilan olib, bo’lar - bo'lmasga ishlatmaslikka, shaloplatmaslik, cho’milganda qo'shniga suv sachratmaslikka harakat qilish tavsiya etiladi. Cho'miluvchilarga badanning o'rta qismi -«avrat»ni ko’rsatmaslik, uni uzoq vaqt yalongoch qoldirmaslik uqtiriladi. Shuning uchun ham cho'miluvchilar ichki kiyimlarini xilvatda, lungi xonada yechishib, shu yerning o'zida lungini belga bog’lab keyingi yivinish xonalariga o'tilgan. Hammomda belga lungi bog’lab kirish odai hozir ham, ayniqsa, keksa yoshdagi kishilarda saqlanib qolgan. Hozirda lungi xonaning muhim boshqa vazifalari bor, u boshqa yuvinish xonalariga nisbatan biroz salqin. Shuning uchun ham unda issiq cho'milish xonalaridan chiqish oldidan oyoqlar yuviladi yoki ora-sirada nafas rostlab biroz dam olinadi. Shu boisdan u ko'pchilik O'rta Osiyo milliy hammomlariga xosdir.Keyingi xona birinchi yuvinish xonasidir. Uning namlik darajasi nisbatan mo'tadil-iliq. Shu bois issiqqa chidash bera olmaydiganlar bu xonada yuvinishlari yoki uqalash muolajasini olishlari mumkin. Shuningdek, unda hammomning boshqa issiq xonalariga o'tishdan bldin, tana harorat o'zgaruviga (issiqqa yoki salqinga) moslab olinadi. Shunday qilib, lungi xona va birinchi xonasi salqin va iliq haroratdan issiq cho'milish xonalariga o'tishda o'ziga xos tayyorlanish va tanani issiqqa moslashtirish vazifasini bajaradi.Navbatdagi xona markaziy cho'milish xonasi - katta gumbaz. Katta gumbaz o’zining o’lchamlari va me’moririy ko’rinishi bilan ajralib turadi, u boshqa yuvinish xonalaridan baland, keng va yorug’. Bu zal ko'rmishidagi xona bo'lib, tarhda burchaklari kesilgan kvadrat shakliga ega.Katta gumbaz harorati, deyarli, issiq. U xalq harrimomlarining asosir bosh cho'milish xonasi hisoblanib, muhim shifobaxsh-gigienik vazifalarni bajarishga mo'ljallangan: dastlabki terlash, uqalashga badanni tayyorlash, uqalash va yuvinish. Ushbu jarayonlarning barchasi zal o'rtasidagi to'rt yoki sakkiz burchakli keng supada, devorlar bo’ylab o’rnatilgan supa o'rindiqlar va zal burchaklarida joylashgan taxmonlarda bajariladi. Biz kuzatgan katta gumbaz o'lchamlari quyidagicha: eni 3,8 dan 7,2 metrgacha (5 dan 6 metrgacha o'lchamdagilar ko'proq uchraydi), balandligi (poldan gumbaz tepasidagi deraza o’rnigacha) asosan, zalning yuzasiga bog'liq bo'lib, 4,3 dan 5,6 metrgacha o’lchamlarga ega. Katta gumbaz o'rtasidagi supa ko'p hollarda sakkiz qirrali bo'lib, balandligi 40-50 santimetrni tashkil qiladi.
Hammomlar o'tmishda nufuzli jamoat maskani bo'lgani sababli ularni mohirona bezashga e’tibor berishgan. Hammomlardagi naqshu nigorlar ularning xizmat ko'rsatish doirasiga bog'liq bo'lgan, odatda, hukumdorlar uchun qurilgan va saroylar qoshidagi hammomlar g'oyat hashamdor qilib bezatilgan. Oddiy xalqqa xizmat qiluvchi hammomlar esa ornamental naqshlar bilan hashamlangan. Ma'lumki, XI asr oxirlaridan boshlab islom dinining akobirlari binolarga tirik jonivorlarning rasmini solishni keskin qoralaganlar. Shu sababli hammomiardagi naqshlar ham tirik jonni ifoda etmasligi shart bo'lgan. XVI asrga oid ayrim miniatyuralarda ifodalangan hammomlarda devorlardagi ornamental naqshlardan tashqari farishta sifatii afsonaviy qushlar tasviri ham uchiaydi. Ma'lumki, farishta o’tiladi, bir oz nafasni rostlab dam olinadi, oyoqlar yuviladi va chorhari'ga, ya'ni yechinish xonasiga chiqiiadi. O’rta Osiyo hammomlarini qurishdagi umumiy uslublar va asosiy me'moriy qoidalar quyidagilardan iborat.
  1. Bino fazoviy me’moriy ko'lamining berkligiga, yuvinish xonalarining tarxda zich va ixcham joylashishjga erishish;


  2. Yuninish xonalarini yopish uchun gumbazsimon va ravoq yechinish xonalari uchun esa tekis tomlar qo'ilash;


  3. O'ziga xos pol osti va suv isitish tizimini qo'ilash, xonalari, poli va suvini isitishda tejamkorlikka erishish;


  4. Ho'l va issiq rejimdagi xonalarning devoriarini tashqi muhit ta'siridan saqlash: buning uchun ularni tarxda quruq yoki il rejimdagi xonalar bilan tutashtirish;


  5. Sog'lomlashtiruvchi shifobaxsh-gigiyenik xonaiaming turg’unligi va ularaing o'zaro qulay funktsional bog'ianishi: rostlanish xonasi iliq yuvinish zali va massaj uchun supalar, uridan issiq sovuq xonalarga o'tish;


  6. Xonalarni namlik va issiqlik haroratiga qarab orientsiyalash: nam va ho'l xonalarni janub yoki janubiy-g'arb tomonga quruq xonalarni esa shimol yoki shimoliy-sharqqa qaratish;


  7. Hammomni qurishda mahalliy qurilish materiallarini qo’llash va foydalanish.Yangi qurilgan hammom haqidagi xabarni xalq har safar bilan kutib olgan, chunjri u sog'lik-salomatlik va tozalik ramzning yana bir yangi maskaniga ega bo'lgan. Hatto hammom qurihshinmg tugailanganligiga bag'ishlab ilgarilari ayrim amaldorlar ziyofatlar uyushtirishgan. Masalan, XV asrning birinchi yarmida Shayx al-Islom degan kishi Samarqandda hammom qurilishining tugashiga atab xalqqa ziyofat bergan, e’riborlisi shundaki, unda erkaklardan tashqari xotin-qiz ashulachilar qatnashgan.


    Hammomlar haqida gapirar ekanmiz, Samarqanddagi Registon maydoni doni atrofida Mirzo Ulug'bek qurdirgan Sharqda go'zallik, soflik, salomatlik va muhabbatga eltuvchi manba timsoli bo'lgan. Shuning uchun ham farishtalar Sharq rassomlari hammomlarga bag'ishlangan miniatyuralarda bagishlangan.
    Hammom qurilishidagi xalqchil an'analar zamonaviy xaiqhammomlarida ham keng qo'llanib takomillashtirilib kelmoqda. Hammomlar faqat xalq; me'morcbiligida rivojlanib qolmasdan balki loyiha institutiari va tashkilotlari tomonidan ham ishlanib kelmoqda. Keyingi yillarda O'rta Osiyo respublikalarida qishloq va tuman markazlari, shaharlar uchun mo'ljallangan bir qancha xususiy va namunaviy loyihalar ishlab chiqildi va amalgam oshirildi. ularda o'tmish hammomchilik san'atiga xos milliy an’analartakomillashtirilibgina qolmasdan, balki qator hammomlarda shifobaxsh-gigiyenik va sog'lomlashtirish funktsiyalari, yangi texnik jihozlar, dam olish, choy ichish va tamaddi qilush xonalari mavjud. Havosi quraq va issiq bug'xona- saunalar, shifobaxsh dush bo'limlari, cho'milish basseynlari, suzish uchun hovuzlar, yakka tartibda cho'milish va bug'lanish xonalari, choyxona va pardoz-kosmetik xonalar shular jumlasidandir.Hammomlar o'tmishda nufuzli jamoat maskani bo'lgani sababli ularni mohirona bezashga e’tibor berishgan. Hammomlardagi naqshu nigorlar ularning xizmat ko'rsatish doirasiga bog'liq bo'lgan, odatda, hukumdorlar uchun qurilgan va saroylar qoshidagi hammomlar g'oyat hashamdor qilib bezatilgan. Oddiy xalqqa xizmat qiluvchi hammomlar esa ornamental naqshlar bilan hashamlangan. Ma'lumki, XI asr oxirlaridan boshlab islom dinining akobirlari binolarga tirik jonivorlarning rasmini solishni keskin qoralaganlar. Shu sababli hammomiardagi naqshlar ham tirik jonni ifoda etmasligi shart bo'lgan. XVI asrga oid ayrim miniatyuralarda ifodalangan hammomlarda devorlardagi ornamental naqshlardan tashqari farishta sifatii afsonaviy qushlar tasviri ham uchiaydi. Ma'lumki, farishta o’tiladi, bir oz nafasni rostlab dam olinadi, oyoqlar yuviladi va chorhari'ga, ya'ni yechinish xonasiga chiqiiadi. O’rta Osiyo hammomlarini qurishdagi umumiy uslublar va asosiy me'moriy qoidalar quyidagilardan iborat.

  1. Bino fazoviy me’moriy ko'lamining berkligiga, yuvinish xonalarining tarxda zich va ixcham joylashishjga erishish;
  2. Yuninish xonalarini yopish uchun gumbazsimon va ravoq yechinish xonalari uchun esa tekis tomlar qo'ilash;


  3. O'ziga xos pol osti va suv isitish tizimini qo'ilash, xonalari, poli va suvini isitishda tejamkorlikka erishish;


  4. Ho'l va issiq rejimdagi xonalarning devoriarini tashqi muhit ta'siridan saqlash: buning uchun ularni tarxda quruq yoki il rejimdagi xonalar bilan tutashtirish;


  5. Sog'lomlashtiruvchi shifobaxsh-gigiyenik xonaiaming turg’unligi va ularaing o'zaro qulay funktsional bog'ianishi: rostlanish xonasi iliq yuvinish zali va massaj uchun supalar, uridan issiq sovuq xonalarga o'tish;


  6. Xonalarni namlik va issiqlik haroratiga qarab orientsiyalash: nam va ho'l xonalarni janub yoki janubiy-g'arb tomonga quruq xonalarni esa shimol yoki shimoliy-sharqqa qaratish;


  7. Hammomni qurishda mahalliy qurilish materiallarini qo’llash va foydalanish.


    Yangi qurilgan hammom haqidagi xabarni xalq har safar bilan kutib olgan, chunjri u sog'lik-salomatlik va tozalik ramzning yana bir yangi maskaniga ega bo'lgan. Hatto hammom qurihshinmg tugailanganligiga bag'ishlab ilgarilari ayrim amaldorlar ziyofatlar uyushtirishgan. Masalan, XV asrning birinchi yarmida Shayx al-Islom degan kishi Samarqandda hammom qurilishining tugashiga atab xalqqa ziyofat bergan, e’riborlisi shundaki, unda erkaklardan tashqari xotin-qiz ashulachilar qatnashgan.
    Hammomlar haqida gapirar ekanmiz, Samarqanddagi Registon maydoni doni atrofida Mirzo Ulug'bek qurdirgan Sharqda go'zallik, soflik, salomatlik va muhabbatga eltuvchi manba timsoli bo'lgan. Shuning uchun ham farishtalar Sharq rassomlari hammomlarga bag'ishlangan miniatyuralarda bagishlangan.
    Hammom qurilishidagi xalqchil an'analar zamonaviy xaiqhammomlarida ham keng qo'llanib takomillashtirilib kelmoqda. Hammomlar faqat xalq; me'morcbiligida rivojlanib qolmasdan balki loyiha institutiari va tashkilotlari tomonidan ham ishlanib kelmoqda. Keyingi yillarda O'rta Osiyo respublikalarida qishloq va tuman markazlari, shaharlar uchun mo'ljallangan bir qancha xususiy va namunaviy loyihalar ishlab chiqildi va amalgam oshirildi. ularda o'tmish hammomchilik san'atiga xos milliy an’analar
    takomillashtirilibgina qolmasdan, balki qator hammomlarda shifobaxsh-gigiyenik va sog'lomlashtirish funktsiyalari, yangi texnik jihozlar, dam olish, choy ichish va tamaddi qilush xonalari mavjud. Havosi quraq va issiq bug'xona- saunalar, shifobaxsh dush bo'limlari, cho'milish basseynlari, suzish uchun hovuzlar, yakka tartibda cho'milish va bug'lanish xonalari, choyxona va pardoz-kosmetik xonalar shular jumlasidandir.


Oʻrta Osiyodagi eng katta qadimiy hammom qayerdaligini bilasizmi?-“Xalq soʻzi” gazetasining shu yil 4-oktyabr sonida eʼlon qilingan “100 bilan yuzlashishning yana bir siri” sarlavhali maqolani oʻqib, ota – bobolarimizning aql – zakovatiga tasannolar aytdim,-deydi buxorolik keksa pedagog Hakim Rajabov.- Maqolada toʻgʻri taʼkidlanganidek, ajdodlarimiz hammomning shifobaxsh xususiyatlarini yaxshi anglaganlar.Qadimiy usulda barpo qilingan bunday maskanlarning kishi salomatligini mustahkamlashda, ish qobiliyatini oshirishdagi ahamiyati benihoya katta.Koʻhna Buxoro shahrida shunday hammomlar juda koʻp boʻlgan.Hozirgacha ularning yigirmaga yaqini saqlanib qolgan.

Tariximiz, adabiyotimiz ixlosmandi boʻlgan muallimning bu gaplari oʻtgan asrda Buxoroning oʻtmishini chuqur oʻrgangan olima, professor O.V.Suxarevaning “Men dunyo kezib, birgina Buxoroda juda koʻrkam, sogʻlom chollarni koʻrdim va lol qoldim” degan soʻzlarini yodga soldi.Gap shundaki, qadim – qadimdan Buxoroda yoshu qari hammomni xush koʻrgan.Unga odamlar nafaqat tozalik, balki umrga umr qoʻshadigan maskan sifatida qarashgan.Oʻrta Osiyodagi eng katta hammom ham Buxoroda ekanligi bejiz emas.Biz Toqi Sarrafon hammomini nazarda tutayapmiz.500 metr kvadratdan ziyod joyni egallagan bu maskan 1568-yilda Abdullaxon hukmronligi davrida qurilgan.Davlat muhofazasida boʻlgan meʼmoriy obida yuksak did bilan barpo etilgan.Undagi katta – kichik xonalarga kirarkansiz,bu yerda ota – bobolarimiz odamning har qanday darddan forigʻ boʻlib ketishi uchun zarur barcha shart – sharoitlarni yaratishgan ekan, degan xulosaga kelishingiz tayin.U oʻtgan asrning 70 – yillariga qadar foydalanishda boʻlgan.Keyin esa ayrim sabablarga koʻra faoliyati toʻxtatildi.Ayni paytda maskan “Shergiron” xususiy firmasiga ijaraga berilgan.Shu obida yonida firmaning oʻzida milliy anʼanalarni mujassam etgan restorani faoliyat koʻrsatayapti.-Turmush oʻrtogʻim, rahmatli Rashid aka Buxoro tarixining ixlosmandlaridan edi,-deydi firma rahbari Firuza Abdullayeva.-Umrining 20 yilini shu tarixiy obidani asrab – avaylashga, uni eksponatlar bilan boyitishga sarfladi.Oʻgʻlim Abdurasuljon bilan birga u kishining ruhlarini shod etishni niyat qilganmiz. Hozir tarixiy maʼlumotlarni toʻplayapmiz.Ekspozitsiya tashkil etish maqsadidamiz.Bu yerda audiogit faoliyatini ham yoʻlga qoʻymoqchimiz.

Firuza opaning bu haqda alohida toʻxtalishi bejiz emas.Garchi, ijara haqi va boshqa xarajatlarni qoʻshganda yiliga 40 million soʻm atrofida mablagʻ sarflashayotgan boʻlishsa – da ular “Toqi sarrafon”dan daromad koʻrishayotgani yoʻq.Aniqrogʻi, bu yerga kirish tekin.Agar mutasaddi tashkilotlar shu masala yechimida yordam qoʻlini choʻzishsa ayni muddao boʻlardi.Negaki, boshqa yodgorliklar qatori qadimiy hammomni ham tomosha qilish niyatidagi sayyohlar juda koʻp.Shunday yirik va muhtasham obidani saqlash, asrashning oʻzi boʻlmaydi.Xorijiy tadqiqotchilar Galina Asanova bilan Martin Dav Eronda “Toqi Sarrafon” hammomi haqida ilmiy ish yoqlashganining oʻzi ham bu obidaning umumbashariy ahamiyatidan darak berib turibdi.



-Maskanimizga xorijiy sayyohlar tez – tez kelishadi,- deydi koʻhna shaharning qadimiy “Bozori kord” hammomi masʼul xodimi Akbar Sodiqov.- Qizigʻi, mehmonxonalarda yuvinish uchun barcha shart – sharoitlar va hatto saunalar bor.Ammo ular bundan besh yuz yilcha muqaddam qurilgan hammomizda choʻmilishni afzal koʻrishadi. Yaqinda ularning bir guruhi “Fransiyada Buxoro toʻgʻrisida tayyorlangan videorolikni tomosha qildik.“Bozori kord” hammomi ham tasvirga olingan ekan.Shu qadimiy hammomni koʻrish, uning xizmatidan foydalanish niyatida ataylab yurtingizga keldik”, deyishdi.Aytmoqchi, Buxoroda foydalanishda boʻlgan ikkita qadimiy hammomning biri “Bozori kord”dir.Akbar shu qadimiy maskanda ishlayotgan sulolaning uchinchi avlodi sanaladi.Uning aytishicha, uzoq oʻtmishda hammom maxsus tayyorlangan shamlar vositasida isitilgan.Ammo bu chuqur tadqiqotni talab qiladigan masaladir.“Shergiron” firmasi xodimi Abdurasul Abdullayevning fikricha, qadimda ajdodlarimiz hammomga moʻljallangan suvni isitish yoʻlini bilishgan.Tazar yaʼni kanalizatsiya quvurlaridan biogaz olishgan va uni maxsus moslama vositasida yoqish orqali suvni isitishgan.Bilamizki, tazarlar qadimda sopoldan tayyorlangan.Mana shu dalillar ham hammomning moʻjiza ekanini, uning oʻzi tugul, qurilishi-yu ishlatilishi ham sir – asrorga toʻla ekanini koʻrsatadi.
Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish