Mavzu: sanoat ishalab ishlab chiqarish xarajatlari



Download 131,29 Kb.
bet8/11
Sana21.07.2022
Hajmi131,29 Kb.
#833742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
73-18-guruh Mirzamahmudov Jahongir

Vn
Vp = R (5)
Bu yerda: Vp – real ish haqi; Vn – nominal ish haqi; R- iste‘mol buyumlari va xizmatlarining narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste‘moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli - vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.
Vaqtbay ish haqi – xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlarga haq to’lashga) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarda ishlash) qo’llaniladi.
Ishbay ish haqi - ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir.
Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi.
1. To’g’ri ishbay tizimi – bunda ishlab chiqarish me‘yori qay darajada bajarilishidan qat‘iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha to’lanadi.
2. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
3. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me‘yor (darajasida) doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat miqyosi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Tarif-malaka ma‘lumotnomalari – bu aniq ish bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari bo’lib, ular birinchi razryad va keyingi razryadlar o’rtasidagi nisbatini ko’rsatadi.
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi.
Mamlakatimizda o’tgan 20 yil mobaynida har yili ish haqi miqdori ikki marta oshirib borildi. Xususan, 2006 yilning ohirida o’rtacha real oylik ish haqi 185 ming so’mni yoki 150 AQSH dollarini tashkil etgan edi, 2007 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1.5 barobar ko’paytirildi va byudjet sohalarini hisobga olganda, 210 AQSH dollarga teng bo’ldi, 2008 yilda 1,5 barobar oshirildi yoki 310 dollarga yetdi, 2009 yilda 1,4 barobarga oshirildi.1[3]
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish xarajatlari – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste‘molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflardir.
Ichki xarajatlar – korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga to’lovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta‘sir etmaydigan, u o’zgarganda ham miqdorini o’zgartirmaydigan xarajatlar.
O’zgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir etadigan xarajatlar.
O’rtacha xarajatlar – mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlar.
Qo’shimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qo’shimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
To’g’ri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qo’shilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.
Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama bo’lib, narxda aks etadigan xarajatlar.
Iqtisodiy yoki sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasi.
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan unumining puldagi ifodasi.
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib, to’lanadigan ish haqidir.
Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi hajmiga qarab to’lanadigan ish haqidir.
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining layoqati.
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Ishbay-mukofot tizimi – bajarilgan ish uchun haq to’lashni erishilgan turli natija kursatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo’shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to’lash tizimi – ishchining belgilab qo’yilgan me‘yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha, me‘yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha ish haqi to’lanishini ko’zda tutuvchi tizim.
Tarif tizimi – ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me‘yorlar tizimi.
Tarif-malaka ma‘lumotnomalari – ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta‘rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Tarif stavkalari – tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega bo’lgan ishchilarning mehnatiga to’lanadigan haq miqdori majmui.
Mikroiqtisodiy darajada har qanday korxona, firma yoki kompaniyaning asosiy "bosh og`rig`i", (muammosi) olinayotgan daromadlarning muttasil ko`payib, o`sib borishini ta`minlashdir. Daromadlarning ko`payishiga ta`sir etuvchi omillar juda ko`p. Ularga asosan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, reklamani yo`lga qo`yish, mahsulotning yangi bozorlarini ochish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hokazolar kiradi. Daromadlarni ko`paytirishning aytib o`tilgan omillari yoki yo`nalishlarining har biri ham muhim. Biroq har qanday sharoitda ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan asosiy omil mehnat unumdorligidir.
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi korxona (firma) ishini, uning xo`jalik faoliyati samaradorligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichni o`lchash (yoki aniqlash) juda ham oson. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko`rsatilgan xizmatlar qiymatini, ya`ni daromadlar summasini ishlab chiqarishda yoki xizmat ko`rsatishda band bo`lgan ishchilar va xodimlar soniga taqsimlash kifoya, ya`ni:

Fikrimizni yanada oydinlashtirish uchun quyidagi shartli misolni keltiramiz. Firmada ishlovchi ishchi va xodimlar soni 50 kishini tashkil etadi va unda bir oyda 50 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi va sotildi, deylik. Oddiy arifmetika yo`li bilan mazkur firmada ishlovchi har bir kishining oylik mehnat unumdorligi 1,0 mln. so`mni tashkil etganini aniqlash qiyin emas. Muayyan tadbirlarni amalga oshirish, masalan, yangi texnologiyani joriy qilish natijasida kelgusi oyda o`sha 50 kishi mehnat qilayotgan firmada 55 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarildi, deylik. Demak, firmada mehnat unumdorligi 1,1 mln. so`mni tashkil etdi yoki o`tgan oyga qaraganda 10 foizga o`sdi.
Xo`sh, mehnat unumdorligi korxona (firma) daromadlarini ko`paytirishning hal qiluvchi omili bo`lsa, uning o`zi nimaga bog`liq?
Hozirgi davrda mehnat unumdorligiga bevosita ta`sir qiluvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-mehnat resurslarining sifati;
-mashina va texnologik uskunalarning sifati;
-resurslardan foydalanish samaradorligi;
-mehnatni tashkil etish va boshqarish darajasi.
Endi ushbu omillarning har biri xususida alohida to`xtalib o`tamiz.

Download 131,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish