Мавзу. Sanoat korxonalarining mehnat resurslari


Kadrlar strukturasi va ularni rejalashtirish



Download 241,99 Kb.
bet3/37
Sana01.03.2023
Hajmi241,99 Kb.
#915493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
5маруза.сирткигаdocx

5.2. Kadrlar strukturasi va ularni rejalashtirish
Korxonada kadrlar strukturasi turli omillar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. korxonalarida asosiy ishlab ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mahsulot ishlab chiqarishni murakkablashganligi natijasida asosiy ishchilarning ulushi kamaya borib, mutaxassislar soni oshib boradi.
Korxona ishlab chiqarish personali jinsi, yoshi, ma’lumoti, ish staji bo’yicha taqsimlanib, tahlil qilinadi.
Korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilishda, ayniqsa, mehnat unumdorligi, o’rtacha ish haqi, kadrlar aylanishi va oqimini hisoblashda o’rtacha ro’yxat soni ko’rsatkichi qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichni to’g’ri aniqlash uchun xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni inobatga olgan holda har kuni hisobga olib borishni yo’lga qo’yish zarur.
Kadrlarning korxonada harakatlanishini tavsiflash uchun kadrlar oqimi koeffitsienti ko’rsatkichidan foydalaniladi.
Kadrlar oqimi koeffitsienti (Koq) quyidagicha aniqlanadi:
Koq=Xx.b./Xo’r.
bunda:
Xx.b. – o’z xohishiga ko’ra va mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan bo’shagan xodimlar soni;
Xo’r. – personalning o’rtacha ro’yxat soni.
korxonalari ishini samarali tashkil etish kasbiy malaka tuzilishi va ishchilar sonining muvofiqligi bilan tasniflanadi. Turli kategoriyadagi ishchilar soni bajaradigan ishi, uskunaga xizmat ko’rsatishi me’yori orqali aniqlanadi.
Korxona personalini miqdor jihatidan tasniflashda umumiy, ro’yxatdagi, ishga kelgan va shtatdagi ishchilar soni ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi ishchilar soni yig’indisini ishchilarning umumiy ro’yxatdagi soni deyiladi.
Aum=Ai.ch.+ An.i.ch.
bunda:
Ai.ch. - ishlab chiqaruvchi ishchilar soni;
An.i.ch.- noishlab chiqaruvchi ishchilar soni.
Korxonalar sexidagi ishchilar sonini aniqlashda ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadigan agregatlar soni va ish joyiga xizmat ko’rsatish alohida ahamiyatga ega. Har bir ish joyidagi xizmat ko’rsatish me’yorini aniqlashda korxona tomonidan belgilangan kasb va malaka bo’yicha ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
1. Ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun zarur asosiy ishchilar soni (An)quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

bunda:
N — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona;
T — mahsulot birligiga mehnat sarfi, soat;
F — bitta ishchining yillik foydali ish vaqti fondi (hisob uchun F=1840 / 1860 soat qabul qilinadi);
K — normani ortig’i bilan bajarish koeffitsienti.
2. Tayyorlanayotgan mahsulotning mehnat hajmini kamaytirish natijasida mehnat unumdorligining o’sish normasi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:

bunda:
a — tayyorlanayotgan mahsulot mehnat hajmining kamaygan normasi, foiz.
3. Chiqitni qisqartirish hisobiga mehnat unumdorligining o’sishi quyidagi ifoda orqali topiladi:

bunda:
Br va Bh — rejali va hisobot davrida (brakni) yaroqsiz mahsulotni yo’qotish foizi.
4. Chiqitni qisqartirish natijasida ishchilar sonining kamayishi quyidagi tenglamadan topiladi:

bunda:
Qum —ishlovchilarning umumiy soni.
5. Ishlab chiqarish hajmi va ishlovchilar sonining o’zgarishi natijasida mehnat unumdorligining oshish normasi (%) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

bunda:
Ro’ — ishlab chiqarish hajmining rejada ko’rsatilgan o’sish normasi, foiz;
Ir.o’ — reja bo’yicha ishlovchilarning o’sishi, foiz.

6. Mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish natijasida mehnat unumdorligining ortishi quyidagi ifoda orqali topiladi:



bunda:
Sk — ishlovchilar normasining ko’payishi, foiz;
Mk — mahsulot normasining ko’payishi, foiz.

7. Ishga chiqadigan yordamchi ishchilar soni quyidagi


tenglama orqali topiladi:

bunda:
Ju — yordamchi ishchilar xizmat qiladigan umumiy ish joylarining soni;
Jb — bitta ishchining norma bo’yicha xizmat qiladigan ish joyi;
S — ishlab chiqarish uchastkasidagi smenalar soni.
8. Ro’yxatdagi yordamchi ishchilarning soni quyidagi
tenglama orqali aniqlanadi:

bu yerda:
K — ish fondidan foydalanishni hisobga oluvchi koeffitsienti.

Korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilishda, ayniqsa, mehnat unumdorligi, o’rtacha ish hajmi, kadrlar aylanishi va oqimini hisoblashda o’rtacha ro’yxat soni ko’rsatkichi qo’llaniladi. Bu ko’rsatkichni to’g’ri aniqlash uchun xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni inobatga olgan holda har kuni hisobga olib borishni yo’lga qo’yish zarur.



Download 241,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish