Mavzu: shaharlar tizim ichidagi tizim sifatida



Download 25,19 Kb.
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi25,19 Kb.
#743832
  1   2   3
Bog'liq
11.Маъруза.


Mavzu: SHaharlar tizim ichidagi tizim sifatida

  1. Shahar tizimining tarkibiy qismlari

  2. Aholi-shahar tarkibiy qismi sifatida

  3. Ishlab chiqarish shaharning asosiy elementi

  4. Shaharning xizmat ko‘rsatish sohalari

Fan-texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi davrida shaharlar va ularning murakkab hududiy tizimlari aholi va ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etishning eng qulay va oliy shakli sifatida faoliyat yuritmoqda. Ayniqsa, katta va yirik shaharlarda yillar davomida mujassamlangan mamlakatning asosiy kuch-qudrati - ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatl ari xamda ularning rayon hosil qiluvchi rolidan samarali foydalanish respublika istiqbol rejasining tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fani, aniqrog‘i geourbanistika doirasida hal etilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
SHahar juda murakkab borliq hisoblanadi. Uning murakkabligi shundaki, unda juda ko‘p elementlar o‘zaro birikkan va uyg‘unlashib yagona bir butun organizmni hosil qilgan. Aholi, korxona va tashkilotlar, yashil zonalar, bozorlar, daryo va kanallar, yo‘llar, inshootlar va b. barcha tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy (inson yaratgan) ob’ektlar bir-biriga kerak, o‘zaro bog‘langan va bir –birisiz faoliyat yurita olmaydi.
SHahar ham tirik organizmga o‘xshaydi, muayyan vaqt va joyda tug‘iladi, faoliyat yuritadi va vaqti kelib nobud bo‘ladi. Uning faoliyat yuritishida tarkibiy qismlari-ya’ni, elementlari o‘zaro bog‘lanib harakat qiladi. Bitta elementning buzilishi qolganlarini va butun shaharning ham o‘zgarishiga olib keladi. Inson organizmida har bir organning o‘z funksiyasi bo‘lgani kabi, shahar ham bir tizim bo‘lsa, uning ham elementlari uning yashashida muayyan funksiyani bajaradi. Masalan, markazi uning “yuragi”, yo‘llar-qon tomirlari, korxonalar-ozuqa manbai, banklar-uning hamyoni va h.k. SHahar yashashi uchun o‘ziga kerakli moddiy va ma’naviy resurslar-ozuqani (suv, havo, xom ashyo, yoqilg‘i, tabiiy resurslar, inson resurslari ) o‘zi yashab va bog‘lanib turgan manbalardan oladi. Bu jarayonda uning barcha tarkibiy qismlari ishtirok etadi.
Geografik nuqtai nazardan shahardagi barcha ob’ektlarni 3 ta qismga bo‘lish mumkin: shahar aholisi, iqtisodiy bazasi, ta’minot. Ularning barchasi o‘ziga xos joyda joylashadi va shahar planirovkasini (planirovochnaya struktura) tashkil etadi. “Planirovka” so‘zi o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. Ba’zida shaharning hududiy tarkibi deb, ba’zan planirovkasi deb ishlatamiz.
Aholi. Aholi shaharning eng asosiy tashkil etuvchisi. Aholi bir erga kelib o‘rnashgach, u er aholi punktiga aylanadi. Aholi ko‘p bo‘lsa aholi punkti ham katta bo‘ladi, bu erdagi barcha narsalar aholi soniga qarab joylashtiriladi. SHaharga aholi ko‘chib kelsa, demak shaharning o‘ziga tortadigan yaxshi jihatlari bor, agar aksincha ketib qolsa, demak shahar aholining talablariga javob bera olmayatgan bo‘ladi. SHuning uchun ham hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda aholi o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkazilib, aholi talablari o‘rganilib shahar qurilmoqda. Bizda esa hanuzgacha yuqoridan belgilab hal qilinib, duch kelgan joyda uy-joylar qurib tashlanmoqda. Bunday hollarda davlat mablag‘lari behuda sarf bo‘ladi.
SHahar qanchalik yirik bo‘lsa aholini o‘ziga tortadi, kichik shaharlar esa o‘z aholisini ularga beradi. SHahar aholisi tabiiy o‘sish, migratsiya va ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar hisobiga o‘zgarib boradi. Bo‘sh erlarda vujudga kelgan yangi shahar aholisi asosan migratsiya hisobiga, kichik bo‘lganda tabiiy o‘sish yuqori bo‘lib uning ham hisobiga ortib boradi. Yirik sanoatlashgan shahar aholisi tabiiy o‘sishi past bo‘ladi, immigratsiya yuqori bo‘ladi (Toshkent), o‘rta va kichik shaharlarda tug‘ilish ko‘p bo‘ladi, ko‘chib kelish kam bo‘ladi. Aniqsa yirik shahalarda aholi milliy tarkibi har xil, yosh-jins tarkibida qariyalar ko‘proq bo‘ladi. Lekin migratsiyada yoshlar ko‘p keladi (ayniqsa hozirgi kunda o‘qish, karera qilish, ishlash uchun yoshlar yirik shaharlarga ketib qolmoqda. Bu bizda ham kuzatilyapti.)
Aholi turar joylarini shahar ichida qanday tashkil etish kerak? Bu bo‘yicha turli mintaqa va mamlakatlarda o‘ziga xos joylashtirish modellari bor va ular davr davomida o‘zgarib boradi. Evropada sanoat inqilobi asosida kapitalizm rivojlanib, shaharning asosini sanoat tashkil etgan vaqtda shaharning bosh maqsadi sanoatdan katta foyda olishga qaratilgan edi. SHu bois shahar ichida sanoat korxonalari, ularning yonida ishchilarning uy-joylari joylashgan (o‘sha paytda qulay transport bo‘lmagan). Ertalab ish vaqti boshlanganda zavodda gudok chalingan. SHu tariqa shahar markazida korxonalar yaqinida chang tutun iflos rayonda ishchi poselkalari joylashgan. Ishchilar shu erda yashagan, keyinchalik urushlarda asirlar, boshqa millatlar olib kelinib shu erda ishlatilgan va ularning o‘z etnik rayonlari bo‘lgan. Ular qarovsiz, ayanchli ahvolda bo‘lgan, ular “Getto”deb atalgan (ayniqsa yahudiylar yashaydigan rayonlar). CHinovniklarning uy-joylari uzoqroqda, chekkaroqda joylashgan. Keyinchalik eski sanoat o‘rnini yangi sanoat olgan-modernizatsiya bo‘lgan. 1970-yillarga kelib AQSH, Evropada shaharlar juda ifloslanib ketadi. Ekologiyaga e’tibor boshlanadi. Ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga o‘tiladi. Hozirgi kunga kelib, shahar markazlari qayta qurilib (redevolopment), jentrifikatsiya qilindi. Gettolar o‘zgarib, o‘sha millatlarning madaniyatlari rivojlantirilib, turli millat rayonlari shalkllantirilmoqda, turizm uchun, investitsiya kiritish maqsadida. Endi shahar markazlarida sanoat emas, aholi yashaydigan rayon bo‘lib qolmoqda. Yirik sanoat ishlab chiqarishi, tashkilotlar, firmalar, o‘quv yurtlari shahar atroflariga olib chiqilmoqda.
Sots. davlatlar shaharlarida shahar markazlarida asosan boshqaruv, madaniyat ob’ektlari joylashtirilgan. Hozirgi “sitizatsiya” jarayonida markazda aholi ko‘p va atrofga tomon kamayib boradi. Urbanizatsiya tez rivojlanayotgan Osiyo davlatlari yirik shaharlarida xaroba uylar shahar chetini qoplab olgan. Erlarga soliqning shahar atrofiga qarab kamayib borishi ham aholi joylashuviga ta’sir etadi.
SHaharda aholi joylashuvida “dostupnost” (ya’ni, hamma uchun borish qulay) tamoyili asosiy o‘rin tutadi. YA’ni aholini ish, o‘qish, do‘kon va poliklinikalarga yaqin joylashuvi.

Download 25,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish