Mavzu: soliq solishning soddalashtirilgan tartibi



Download 193,5 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#218124
1   2   3
Bog'liq
SOLIQ SOLISHNING

*) Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga beradigan korxonalar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo`yicha foizli daromad summasi.
**) Haq summasi (Yalpi daromad).
3. Yagona soliq to`lovini hisoblash va to`lash tartibi.

HISOBLAB ChIQARISH TARTIBI;

Yagona soliq to`lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

SOLIQ DAVRI;

Kalendar yil soliq davridir.

SOLIQ HISOBOTINI TAQDIM ETISH TARTIBI;

Yil choragi hisobot davridir.

Yagona soliq to`lovining hisob-kitobi soliq bo`yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo`yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

TO`LASH TARTIBI.

Yagona soliq to`lovi quyidagicha to`lanadi:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to`lovchilar tomonidan — har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo`yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.

Xulosa.

Yagona yer solig`i to`lovchilari, soliq solish ob’ekti va bazasi.

Soliq to`lovchilar

Yagona yer solig`ini to`lovchilar quyidagilardir:

qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar;

qishloq xo`jaligi yo`nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo`jaliklari va ta’lim muassasalarining o`quv-tajriba xo`jaliklari.


Quyidagi shartlarga javob beradigan Yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq xo`jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi:

yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi mahsulotini etishtirish va o`zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo`jaligi mahsulotini etishtirish asosiy faoliyat turi bo`lgan Yuridik shaxslar;

qishloq xo`jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o`zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo`lgan Yuridik shaxslar;

qishloq xo`jaligi mahsulotini etishtirish va o`zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo`jaligi mahsulotini o`z ichiga oluvchi qishloq xo`jaligi mahsulotini etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan Yuridik shaxslar.

Quyidagilar Yagona yer solig`ini to`lovchilar sifatida qaralmaydi:

o`rmon va ovchilik xo`jaliklari;

Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo`jaliklari.

Soliq solish ob’ekti

Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo`jaligini yuritish uchun egalik qilishga, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi soliq solish Ob’ektidir.

Soliq solinadigan baza

Soliq solinadigan yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan normativ qiymati soliq solinadigan bazadir.

Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga bo`lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi.

Yuridik shaxslarda Yagona yer solig`i bo`yicha imtiyozga bo`lgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig`i bo`yicha imtiyozga bo`lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab ko`paytiriladi.


Soliq imtiyozlari va soliqni hisoblash va to`lash muddatlari.

Imtiyozlar

Yagona yer solig`ini to`lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari — Yuridik shaxslar davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to`g`risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo`llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo`llanilgan butun davr uchun to`liq miqdorda undiriladi.

Yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug`orishdan foydalanilayotgan bo`lsa, o`sha qismida tomchilatib sug`orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga.
Soliq davri

Kalendar yil soliq davridir.


Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to`lash tartibi

Yagona yer solig`i summasi yer uchastkalarining normativ qiymati va Yagona yer solig`ining belgilangan stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Yagona yer solig`ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.

Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun Yagona yer solig`i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to`lanadi. Yer uchastkasi olib qo`yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, Yagona yer solig`ini to`lash yer uchastkasi olib qo`yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to`xtatiladi (kamaytiriladi).

Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o`zgargan, shuningdek Yagona yer solig`i bo`yicha imtiyozlarga bo`lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to`lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha Yagona yer solig`ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.

Yagona yer solig`ini to`lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

hisobot yilining 1 sentyabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi;

hisobot yilining 1 dekabrigacha — soliqning qolgan summasi.


Qat’iy belgilangan soliq va uning o`ziga hos xususiyatlari.

Soliq to`lovchilar

faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko`rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi Yuridik shaxslar va Yakka tartibdagi tadbirkorlar;

Yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko`radigan Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to`lovchi bo`ladi.

Qat’iy belgilangan soliq to`lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi Yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo`yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan yoki ushbu bo`limda belgilangan soliqlarni to`lashlari shart.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki Yagona soliq to`lovi joriy etiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkorlar

Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi:

100,0 mln. so‘mdan oshmaganda qat’iy belgilangan soliqni;

100,0 mln. so‘mdan oshgan holda biroq 1 mlrd.so‘mgacha bo‘lganda yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomini saqlab qolgan holda 4 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini;

1 mlrd.so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlik maqomini saqlab qolgan holda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi belgilandi.

SOLIQ STAVKASI:

O`zbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 26 dekabrdagi

PQ-4086-son qaroriga
Yuridik shaxslardan va Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan, tadbirkorlik

faoliyatining ayrim turlari bo`yicha qat’iy belgilangan soliq

STAVKALARI






Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish