Mavzu: Soliq yukining tadbirkorlik subyektlari moliyaviy faoliyatiga ta’siri. Reja: kirish


Soliq yukini optimallashtirishning xorij tajribasi va uni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari



Download 156,19 Kb.
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi156,19 Kb.
#277474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Soliq yukini optimallashtirishning xorij tajribasi va uni O’zbekistonda qo’llash imkoniyatlari



Har bir mamlakat o’zining iqtisodiy potensialidan kelib chiqqan holda o’zining soliq tizimini ishlab chiqqan va optimallashtirishni ham shu asosda amalga oshiradi. Qaysidir mamlakatda soliq to’lovchilar ko’p yoki kam bo’lishi, qaysidir mamlakatning budjet daromadlarining asosiy qismi soliqlarda tashkil topishi yoki topmasligi shu mamlakatda soliq to’lovchilarga imtiyozlar berish yoki soliq stavkalarini pasaytirish uchun asos bo’ladi. Undan tashqari mamlakatning qaysi tarmoqqa ixtisoslashganligi, xo’jalik yurituvchi subyektlarning qanday tashkiliy shakli davlat uchun ko’proq naf keltirishi ham inobatga olinadi. Ya’ni biror mamlakatda qishloq xo’jaligida yuqori daromad olishga imkoniyat ko’proq bo’lsa, demak shu sohada soliqlarni kamaytirilsa, bu soha rivojlanib mamlakat iqtisodiyotini ko’taradi. Yoki mamlakatdagi aholining daromadlari yuqori darajada bo’lsa va katta hajmdagi korporatsiya ochib ish yuritishni xohlaganlar soni ko’p bo’lsa, demak bu mamlakat uchun korporatsiyalar daromadiga solinadigan soliqlarda imtiyozlar berilsa, ushbu tashkiliy shakldagi korxonalar ko’payib, mamlakat YaIMi ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Agarda davlat aholi uchun ko’rsatiladigan xizmatlarni ko’pginasini o’z bo’yniga olsa, masalan sog’liqni saqlash, maorifni yoki sportni moliyalashtirib aholiga bepul qilib qo’yilsa, budjet daromadini oshirish uchun soliq yukini ko’tarishga majbur bo’lishi mumkin. Agar davlat budjetining daromadi tarkibida soliqlar ulushi kam bo’lsa, bu mamlakatda soliq yuki kam bo’ladi.

Rivojlangan davlatlar Rassiya federatsiyasi soliq siyosati, AQSH va boshqa davlatlar.

Soliq siyosati:

Qo’shilgan qiymat solig’i. Bu soliqning o’rtacha stavkasi 18 %. Ba’zi narsalar uchun 10 foizgacha qisqartirilgan. Bu narsalar oziq ovqat mahsulotlari, bolalar kiyimi va poyabzallari va ba’zi tibbiy jihozlar hisoblanadi. Biroq xorij fuqarolari barcha narsa uchun to’lashlari kerak.

Daromad solig’i. Xorij fuqarolari Rossiyada topgan daromadlari va Rossiya fuqarolarining xorijdan topgan daromadlari daromad solig’iga tortiladi. Bazis

stavka rezidentlar uchun 13 %, norezidentlarga esa 30%nitashkil etadi. Bunga ba’zi Istisnolar mavjud:

- mamlakatda viza asosida ishlovchi yuqori mahoratga ega mutaxassislar uchun 13%;

- Rossiyada vizasiz va maxsus litsenziya asosida ishlayotgan xorij fuqarolari uchun 13%;

- daromad manbaida soliq solingan dividendlarga rezidentlar uchun 9%;

- daromad manbaida soliq solingan norezidentlarning dividend shaklidagi daromadiga 15%.

Mol-mulk va yer solig’i. Mol mulk solig’i mol-mulkning egasi tomonida to’lanadi, maksimum stavka 2.2% hisoblanadi va yilda bir marta to’lanadi. Yer solig’ida esa yer egasi tomonida to’lanib, hududlar bo’yicha har xil, asosan 0.3% stavkada to’lanadi.

Rossiyaning soliq yukiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, u 29.5%ni tashkil etgan.

Mamlakatlarda hokimiyatning tabaqalanishiga qarab soliq tizimi ham ikki yoki uch pog’onali bo'lishi mumkin. Masalan, federatsiyalarga bo'lingan mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Kanadada) soliq siyosati uch pog'onada — federal organlar, regional organlar (shtatlar, departamentlar, zaminlar va shu kabilar) darajasida, va hokimiyatning mahalliy organlari (munitsipalitet, grafliklar, kommunalar va boshqalar) darajasida amalga oshiriladi.

Federativ bo'linmalarga ega bo'lmagan davlatlar (Fransiya, Yaponiya va shu kabilar)da umumdavlat va mahalliy soliqlarga asoslangan ikki pog'onali soliq tizimi mavjud.

O'zbekiston Respublikasida umumdavlat va mahalliy budjetlarga asoslangan ikki pog'onali davlat budjeti tizimi shakllangan. Respublika faoliyatining bozor munosabatlari sharoitida soliqlar, yig'imlar va budjetning boshqa daromad manbalarini boshqarish tizimi o'zgarmoqda. Mahalliy o'zini- o'zi boshqarish to'g'risidagi qonuniy aktlar qabul qilinishi bilan hokimiyatning mahalliy organlarini moliyaviy ta'minlash muammosi, ayniqsa, alohida qiziqish uyg'otadi.

Hukumat mahalliy organlari budjetining daromad qismi asosan soliq tushumidan (Yaponiyada 30%, Fransiyada 54%, AQSHda 65%) va shuningdek, markaziy budjetlar subsidiyalari va dotatsiyalardan tashkil topadi. Masalan, AQSHda shtat budjetdan hokimiyat mahalliy organlariga tushadigan subsidiyalar ular daromadlarining 33%ni, federal budjetdan tushadigan dotatsiyalar 7%ni tashkil qiladi. GFR zaminlari (zemellari) daromadlarining umumiy summasida davlat subsidiyalari 26%ni tashkil qiladi Fransiyada markaziy budjetdan keladigan pullar hokimiyat mahalliy organlari daromadlarining taxminan 30%ni ta'minlaydi.

Buyuk Britaniyada mahalliy budjetlar daromadiga soliqlar kelib tushishi manbai bittagina soliq, — jon boshiga solinadigan soliqdir. Jon boshiga solinadigan soliq — yagona universal soliq bo'lib, uni 18 yoshga etgan barcha fuqaro to'laydi. Aslida bu munitsipalitetlar darajasidagi daromad solig'idir. U xazinaga tushadigan daromadning uchdan birini beradi.

Mahalliy soliq solish tizimi xilma-xil bo'lishi bilan birga, bizning davlatimizda ham asoslangan o'ziga xos soliq siyosatini amalga oshirish uchun imkoniyat beruvchi bir qator soliqlar mavjud. Bular huquqiy va jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqlar (AQSH, GFR va Fransiyadagi jismoniy shaxslardan va korporatsiyalardan olinadigan daromad soliqlari, Buyuk Britaniyadagi jon boshidan olinadigan soliq, merosdan olinadigan soliq), mol-mulkdan va yerdan olinadigan soliqlar (AQSHdagi mol-mulkdan olinadigan soliq, GFR va Fransiyadagi yer solig'i; qurilishlardan olinadigan yer solig'i va Fransiyadagi uy-joy solig'i), resurslardan olinadigan soliqlar (bizda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig'i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq), tovarlar qiymatlariga qo'yiladigan soliqlar (AQSHda tovar sotishdan olinadigan soliq; GFR va Fransiyadagi qo'shilgan qiymat solig'i (QQS); benzin, tamaki, spirtli ichimliklar narxlariga qo'shiladigan aksizlar), turli xil yig'imlar va to'lovlar (avtomobil uchun, mashinalarni bo'yash uchun, restoranlar, ko'ngilochar tomoshalar uchun, ovchilik, atrof muhitni muhofaza qilish uchun, itlar uchun, turli xil litsenziyalar va hujjatlar berish uchun) kabi soliqlar ana shu soliqlar jumlasidandir.

Mahalliy organlar avtonomiyasi moliyaviy asosini mulkdan olinadigan soliq tashkil etadi. Ularni yig'ish va olingan mablag'larni sarflash faqat mahalliy darajada amalga oshiriladi. Bu soliqlar solinadigan obyektlarga quyidagilar kiradi: yer, qurilishlar (sanoat va uy-joy qurilishlari) va ko'chmas mulkning boshqa turlaridir. Soliq solishning manbai deyarli barcha mamlakatlarda mulkning baho qiymatidir. Mulkdan olinadigan soliqni undirish yoki soliq olmaslik o'zini-o'zi boshqaruvchi mahalliy organlar qonunchiligi bo'yicha amalga oshuvi sababli, soliqning stavkalari turlicha bo'ladi va mulk qiymatiga qarab foizlarda, shuningdek, mulk qiymati birligidan qat’iy miqdor sifatida belgilanadi.

Hokimiyatning mahalliy organlari darajasida eng fiskal ahamiyatga ega soliq — savdodan olinadigan soliqdir. Masalan, AQSHda mahalliy hokimiyatlarning barcha soliq tushumlaridan taxminan 32%i soliqning ushbu turiga to'g'ri keladi. Soliqni yig'ish shtatlar darajasida 3%dan 7%gacha stavkada amalga oshiriladi. AQSH qonunchiligi bo'yicha savdo soliqlari obyekti faqatgina tovar aylanishining har bir bosqichida olingan yalpi pul emas, balki aholiga xizmat ko'rsatish bo'yicha tushgan pul hamdir. Bu esa xizmat ko'rsatish sohasi o'sishi sharoitida shtatlar va munitsipalitetlarning soliq solish bazalarini birmuncha kengaytiradi.

AQSH munitsipalitetlari joylashgan shtatning qonunlari tomonidan ijozat berilganda, ular chakana savdolarga ham o'z soliqlarini belgilashlari mumkin. GFRda amaldagi qonunda federatsiya va jamoalar darajasida bir xil soliqlarni olishga yo'l qo'yilmaydi, ya'ni joylarda faqat federal budjetga o'xshash bo'lmagan soliqlar olinishi mumkin.

Bir qator mamlakatlarda mahalliy soliqlar markaziy hukumat soliqlariga qo'shimcha soliqlar sifatida solinadi. Ular hokimiyatning mahalliy organlari hududlarida yig'iladigan davlat soliqlariga ma'lum foizda belgilanadi. Italiyada mahalliy budjetlarga yer va qishloq xo'jaligi soliqlari bo'yicha yig'imlarning bir qismigina tushadi. AQSH, GFR va Fransiyada mahalliy organ hokimiyatiga daromad solig'ini (jismoniy shaxs va kompaniyalardan) yig'ish va qo'shilgan qiymat solig'ini (GFR va Fransiyada) yig'ish vazifasi yuklatilgan, shu bilan birga yig'ilgan pullarni davlat budjetiga topshirishda moliya mablag'larining ma'lum foizi joylarda qoldiriladi va ulardan mahalliy muammolarni hal etish uchun foydalaniladi.

Amerika federatsiyasi, shtatlar federal hokimiyatlarining va hokimiyat mahalliy organlarining faoliyat doiralarini keskin ravishda chegaralash prinsipiga asoslanadi. Hokimiyat mahalliy organlari AQSHda soliq-byudjet siyosatini yurgizishda mustaqil bo'lib, soliqlar va yig'imlar joriy etish bo'yicha keng yutuqlarga egadirlar. Mahalliy budjetlar federal byudjet tarkibiga kirmaydi va mamlakatda yagona umumdavlat budjeti yo'q. G'arb mamlakatlaridagi mahalliy hokimiyatlar, mahalliy soliq siyosati davlatning moliya siyosatiga qarshi bormaydi. Aksincha, mahalliy boshqaruv organlari mustaqilligining kengayishi, mamlakat moliya tizimining ravnaqi yo'lida xizmat qiladi, markaziy byudjet mablag'larini boshqa tomonga tortmasdan regional va mahalliy darajadagi iqtisodiy muammolarni hal etish imkonini beradi.

Federal soliqlar — federal budjetlarning daromad manbaidir. Federal budjeti — bu davlat tuzumining federativ shakliga ega bo'lgan davlatlardagi markaziy hukumat budjetidir. Federativ davlatning byudjet sistemasi uch qismga ega: federal budjeti, federatsiya planlari budjeti (AQSHda — shtatlar, GFRda yerlar, Kanadada — provinsiyalar, Shveysariyada — kantonlar) va mahalliy hokimiyat organlari budjetlaridan iboratdir. Yuqorida aytib o'tilganidek, budjet tizimining barcha bo'limlari rasmiy jihatdan mustaqil va ular federal budjetga kirmaydi. Federal budjetga eng muhim daromadlar va xarajatlar biriktirib qo'yiladi.

AQSHda federal byudjet daromadlariga eng muhim to'g'ridan- to'g'ri soliqlar (shaxsiy daromad solig'i, korporatsiyalarning foydalariga solinadigan soliq, ijtimoiy sug'urtaga solinadigan badallar, meroslardan va tortiqlardan olinadigan soliqlar), bir qator bilvosita soliqlar (spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, benzin, bojxona to'lovlaridan olinadigan soliqlar) kiradi. GFRda federal byudjet daromadlariga bir qator yirik soliqlar kiradi, jumladan, to'g'ridan-to'g'ri soliqlar tarkibida ish haqiga solinadigan soliq (40%dan ko'proq), korporatsiya solig'i (50%), bilvosita soliqlar — qo'shilgan qiymat solig'i (66—67%), importidan olinadigan soliqlar bor. Bundan tashqari, federal budjetga 10 dan ortiq individual aksizlar to'liq biriktirilgan bo'lib, ularning eng muhimlari tamakiga, yoqilg'iga, vinoga, kofega, qandga soliqlar, bojxona to'lovlari va ba'zi bir boshqa soliqlardir.

Qo'shilgan qiymat solig'i — Shvetsiyada, Avstriyada va jahondagi iqtisodiy rivojlangan ba'zi bir boshqa mamlakatlarda qo'llaniladigan tovar va xizmat ko'rsatish uchun solinadigan bilvosita soliqlardan iboratdir. Qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha soliq bazasi — tovar ishlab chiqarish va uni sotishning har bir bosqichida qo'shilgan qiymatdir. Soliq solinadigan obyektda tovarlarni sotishdan yoki ko'rsatilgan xizmatdan tushgan pulning hammasi emas, balki tovar ishlab chiqarishda va uni sotishdagi har bir bosqichga qo'shilgan qiymatgina (maosh, unga qo'shib yozilgan ustama, amortizatsiya, foyda) kiritiladi. Soliq stavkasi sotilgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlarning (oldingi bo'g'inda to'langan soliq bunga kirmaydi), umumiy qiymatidan olinadigan soliqqa tengdir. Budjetga muntazam ravishda mablag' kelib tushishi natijasida va qo'shilgan qiymat solig'ining universalligi — eng samarali fiskal qurollardan biri. Fransiyadagi birinchi bilvosita soliqlarning 80%ga yaqini, Buyuk Britaniya va GFRda esa 50%dan ko'prog'i to'g'ri keladi. Bu soliqning keng tarqalganligiga sabab, inflyatsiya sharoitida budjetga mablag'larni jalb etilishining nisbatan yuksak samaradorligi va ishlab chiqarishni nazorat qilish uchun foydalanish, shuningdek, narxlarni, investitsiyalarni tartibga solish imkoniyati kengligidir.

Qimmatli qog'ozlarga nisbatan soliqlar quyidagi holatlarda qo'llaniladi:

- aksiyadorlik kompaniyalaridan olinadigan emissiya aksiyalariga, obligatsiyalarga va boshqa qimmatli qog'ozlarga solinadigan soliqlar. Stavkalar, odatda, qimmatli qog'oz turiga qarab belgilanadi;

- birja bitimlariga solinadigan soliq. Bu mulk huquqining qimmatli qog'ozlarga o'tishida qo'llaniladi. Masalan, GFRda bitim tuzilgan kundagi bozor narxiga yoki nominal narxga nisbatan foizda belgilangan stavkalar bo'yicha qimmatli qog'ozlar sotib olinganda tuziladigan birja bitimlari bo'yicha olinadigan soliqlar mavjud.

Merosdan va hadya (tortiq)dan olinadigan soliq — meros huquqi bo'yicha yoki tortiq shaklida biri-biriga beradigan tortiq sifatida bir shahardan ikkinchi shaharga o'tadigan jismoniy yoki yuridik shaxsning ko'char va ko'chmas mulkdan olinadigan soliq turi ham mavjuddir. Ba'zi mamlakatlarda (AQSHda, Buyuk Britaniyada) ikkita soliq — meros solig'i va hadya solig'i mavjud, boshqa mamlakatlarda, masalan, GFRda meros va hadyadan olinadigan soliq joriy etilgan. Soliq meros va tortiqning butun qiymatiga (AQSh, Buyuk Britaniyada) yoki mulkni oluvchilarning har biri hissasiga solinadi (GFR, Fransiya). Soliq stavkalari o'suvchan (progressiv) bo'lib, ularning hajmi mulkning bozor narxiga bog'liq, ba'zida esa meros egasi va meros oluvchining qarindoshlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Buyuk Britaniyada tortiqlardan olinadigan soliqning stavkasi 5%dan 30%gacha, merosdan olinadigan soliqning stavkasi 30 %dan 60%gacha. GFRda meros va tortiq qarindoshlik darajasiga qarab (to'rtta soliq guruhi) va mulkning katta va kichikligiga qarab soliq solinadi hamda quyidagi miqdorni tashkil qiladi: 1-guruh uchun 3—35%; 2-guruh uchun 6—50%; 3-guruh uchun 11—65%; 4-guruh uchun 20— 70%ni. Soliq stavkasi nisbatan baland bo'lishiga qaramasdan, undan keladigan mablag' tushumi uncha katta emas (masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada ular davlat budjeti daromadining 2— 3%ini tashkil qiladi).

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda aksiz solig'ining qo'llanilishi va ularning tajribalarini respublikamizda foydalanish imkoniyatlari. Universal aksiz aholining kam ta'minlangan qatlamlari uchun ayniqsa og'irlik qiladi. Barcha iste'mol tovarlarining soliqqa tortilishi, narxlarning umumiy o'sishiga sabab bo'ladi va aholi turmush darajasining keskin yomonlashuviga olib keladi.

Aksizlar — asosan ommaviy iste'mol tovarlari (xizmat ko'rsatish)ning narxi yoki tarifiga kiritiladigan bilvosita soliqlar turidir. Aksizlarning to'lovchilari — tovarlarga yoki xizmat ko'rsatilishiga haq to'layotgan iste'molchilardir. Aksizlar xarid qiluvchilar real daromadlarining qisqarishiga olib keladi va aksiz solig'i solinishi regressiv xarakterga egadir.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda aksizlar davlatning muhim daromadiga aylanib qolmoqda, masalan, Fransiyada va GFRda bu soliq byudjet daromadining 50 foiziga yaqinini, Buyuk Britaniyada — 38 foizini, Yaponiyada — 16 foizini ta'minlaydi. Budjetning daromad manbaini takomillashtirish va takror ishlab chiqarish jarayonini tartibga solish maqsadida aktsiz soliqlari solinadigan obyektlar kengaytirilmoqda va aksiz stavkalari oshirilmoqda. Aktsiz soliqlari solinishiga turli kommunal, transport, madaniyat va boshqa keng tarqalgan xizmatlar jalb qilinmoqda. qator mamlakatlarda, ichki ishlab chiqarish tovarlaridan tashqari, agar xuddi shu tovarlarga mamlakatlarda aksiz solig'i solinsa, chet el mollariga bojxona bojlaridan tashqari aksiz soliqlari ham solinadi. Aksiz soliqlarining quyidagi stavkalari belgilangan: yagona soliqlar — nav, sifat va narxlari bilan bir- biridan kam farq qiladigan tovarlar uchun (tuz, gugurt, qand); darajalangan soliqlar — turli belgilariga: sifatiga, o'tkirligiga (vino, mato) qarab; o'rtacha soliqlar — navlari turli narx darajalariga ega bir turdagi (tamaki mahsulotlari) tovarlar uchun va hokazo.

Soliq solinishi usuliga qarab aksizlar individual va universal soliqlarga bo'linadi. Masalan, GFRda 20 ga yaqin individual aksizlar, Yaponiyada 600 dan ortiq aksizlar bor. Keyingi yillarda korxonalar umumiy olinadigan universal aksizlar juda keng tarqalmoqda. Yuqorida aytib o'tilgan soliqlardan tashqari Yevropa Iqtisodiy Hamdo'stligiga a'zo mamlakatlarda juda ko'p boshqa turdagi soliqlar mavjud. Odatda, bu soliqlar yagona tizim doirasida ko'rib chiqilishi qiyin. Ular o'ziga xos ravishda shakllangan va davlatlarning uzoq tarixiy rivojlanishida turli ta'sirga uchragan. Masalan, GFRda bu solinadigan soliqlar (ustav kapitalining 1% asosida firma tashkil qilinadi va 2,5% kapitalda qatnashish usuliga ega bo'lganda), hunarmandchilik solig'i (ishlab chiqarish fondining 5% daromadi va 0,2% qiymatidan), mol- mulkdan olinadigan soliq (0,5—0,6%), yer solig'i, transport vositalariga solinadigan soliqlarni tashkil etadi. Fransiyada bo'lar kapitalni oshirishga solinadigan soliq, (yoki ro'yxatga oid yig'im — 1%), kasbiy korxona egasiga taalluqli soliq va boshqalardan iboratdir.

Jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi soliq islohotlari tajribasi shundan dalolat beradiki, yangi soliqlar solish bo'yicha qarorlar qabul qilishda umummilliy qonunlarga tayanilganda eng ko'p samaraga erishilishidan darak beradi, biroq hokimiyat mahalliy organlari qarorlari bo'yicha ish ko'rilganda bunchalik samara bo'lmaydi, bu esa keyingi vaqtda Respublika uchun xos xususiyat bo'lib qoladi. Boshqa bir tomondan, mahalliy budjetlar markaziy budjet tarkibida hisobga olinmaganda markaziy hokimiyat va hokimiyatning mahalliy organlari faoliyatlari doirasining, ularni o'z-o'zini mahalliy ta'minlashini cheklash siyosati katta ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasining qonunlarida ham o'z aksini topishi mumkin.

XULOSA

Malumki, soliqlarning korxonaning moliyaviy faoliyatidagi o’rnini muhimligini hisobga olgan holda ularning soliq to’lovlarining hisob-kitobida aniqlikning kuchaytirishlari shu xo’jalik yurituvchi subyekt uchun juda muhim hisoblanadi. To’lovlarning muddatlarini ham nazorat qilib borsalar, ortiqcha penyalarni to’lashga hojat qolmaydi. Berilgan imtiyozlardan foydalana bilishlik ham korxonani samarali iqtisodiy-moliyaviy faoliyat olib borishi uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Soliq yangiliklarida doimo xabardorlik yangi stavkalarni qo’llash bilan bog’liq xatoliklarni oldini oladi. Shunday ekan xo’jalik yurituvchi subyektlar imkon qadar soliq xatoliklariga yo’l qo’ymasliklari lozim bo’ladi.

Soliq yuki bu makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tarkibiga kirib mamlakatdagi soliqqa tortishning qay darajada yo’lga qo’yilganligi yaqqol ko’rsatib beruvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Konsolidatsiyalashgan byudjet bо‘yicha soliq yukini 26,2% dan 24,5% gacha hamda Davlat byudjeti bо‘yicha 22% dan 21,3% ga pasayishini kо‘zda tutuvchi, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish va boshqa yо‘nalishlar bо‘yicha 2021 yil uchun soliq siyosatining asosiy yо‘nalishlari va undan tashqari bu ko’rsatkich orqali mamlakatning iqtisodiyotiga ham qisman baho bersa bo’ladi. Negaki, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti qanchalik katta bo’lsa, soliq yuki darajasi shuncha past bo’lib chiqadi. Bu albatta mamlakatning budjet daromadlari hajmiga ham bog’liq bo’ladi. Ya’ni budjet daromadlari qanchalik katta bo’lsa va uning tarkibida soliqlarning ulushi qancha ko’p bo’lsa, soliq yuki darajasi shunchalik katta bo’ladi. Shu bois, soliq yukining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni juda katta hisoblanadi.

Xorijiy mamlakatlarning soliq tizimiga e’tibor beradigan bo’lsak, har biri o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Soliq tizimining turlicha bo’lishligi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hamda budjet soliq siyosatiga bog’liq bo’lib hisoblanadi. Chunki davlat xarajatlarining ko’pligi o’z o’zidan soliqlarning ko’p yig’ilishini talab etadi, soliq to’lovchilar va ularga solingan soliq stavkalarining turli tumanligi ushbu mamlakatdagi aholi turmush darajasiga, madaniyatiga bog’liq ravishda shakllanadi. Qaysidir mamlakatda kam ta’minlangan ijtimoiy himoyasi asosiy bo’lsa, boshqasida boylarning ko’payishi uchun soliq imtiyozlari berilishi mumkin. Shuning uchun har qaysi mamlakat o’zi uchun qulay soliq tizimini shaklantirib oladi hamda soliq yuki ham shunga qarab optimallashtirilib boriladi.

Soliq yuki bu mamlakatdagi barcha soliqlar va majburiy to’lovlarning Yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini ifodalaydi, shuningdek uning darajasi qanchalik kam bo’lishi turli omillar natijasida yuzaga keladi. Shulardan biri davlat byudjeti daromadi tarkibida soliqlarning kam to’planishi, ya’ni soliqlar ko’p olinmasligi bo’lsa, boshqasi mamlakatning yalpi ichki mahsuloti juda ko’p bo’lishi bilan baholanadi. Mikro darajadagi soliq yuki haqida fikr yuritsak, xo’jalik subyektlariga belgilangan soliqlarning past darajada bo’lishi ularning soliq yukining kamayishiga olib keladi. Bizning mamlakatimizda hozirgi kunda kichik biznes subyektlariga asosiy e’tibor berilganligi sababli, ular uchun bir qator soliq imtiyozlari belgilangan.

Bugungi kundagi O’zbekistondagi soliq yuki ancha normal holatda kelib qoldi, ya’ni 21,26% ga tushganligi juda yaxshi ko’rsatkich. Bunday ko’rsatkich ko’pgina davlatlarda mavjud emas. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston soliq tizimi bugungi kunda anchagina yaxshilandi va umid qilamizki bundan keyin ham yaxshilanishda davom etadi. Mamlakatimizda mavjud qonunchilikning amal qilinishi ustidan operativ nazorat o’rnatish hamda soliqqa tortishdan qochish, noqonuniy faoliyat va yashirin iqtisodiy operatsiyalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur. Lekin, umuman olib qaraganda, hozirgi soliq tizimi ham yildan yilga yaxshilanib, takomillashib bormoqda va o’ylaymizki, kelajakda bundanda yaxshi bo’ladi.




Download 156,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish