Mavzu: So'rov o'tkazish va so'rovnomalar o'tkazish. Anketa tuzish va savollarini o'tkazish



Download 0,5 Mb.
bet1/6
Sana06.12.2022
Hajmi0,5 Mb.
#879875
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
so\'rov o\'tkazish

Mavzu:So'rov o'tkazish va so'rovnomalar o'tkazish. Anketa tuzish va savollarini o'tkazish.

Fokus guruh.

Reja:

  • 1.So’rov va uning turlari
  • 2.Anketa so’rovlari va ularning afzallikalari
  • 3. Anketa tuzish va anketa orqali so‘rovlar o‘tkazish
  • 4.Fokus – guruhlar, ularni rejalashtirish va faoliyatini yuritish
  • 5.Xulosa.Foydalanilgan adabiyotlar

So‘rov bu – tadqiqot ob’ektlari bilan muloqot o‘rnatgan holda axborot to‘plash usulidir. Bu usul axborot to‘plashning marketingda eng tarqalgan usulidir. U tadqiqotlarning qariyb 90%ini o‘tkazishda qo‘llanadi.
So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega:
1. Yuqori standartlashuv darajasi, barcha respondentlarga bir xil javob variantlariga ega bir xil savollar berilishi bilan izohlanadi. 2. Amalga oshirishning osonligi, respondentlar oldiga kelish shart emas, ularga savollarni pochta yoki telefon orqali berish ham mumkin. 3. Chuqur tahlil o‘tkazish imkoniyati ketma-ketlikda aniqlashtiruvchi savollar berilishidan iborat. Masalan, ishlayotgan bolali onalardan ularning ish joyi maktab yoki bolalar bog‘chasiga qanchalik yaqin bo‘lishi muhimligi so‘raladi. Keyin esa nechta maktab variant sifatida ko‘rib chiqilganligi haqida savol beriladi. Shundan so‘ng mashg‘ulot turi, daromad, oila hajmiga doir savollar beriladi. 4. Tabulyatsiya va statistika tahlilini o‘tkazish imkoniyati matematik statistika usullari va shaxsiy kompyuterlar uchun mos keluvchi amaliy dasturlarni qo‘llashdan iborat. 5. Muayyan bozor segmentlari bo‘yicha olingan natijalar tahlili.

Ommaviy so‘rovlarda axborot manbai bo‘lib faoliyat turi bo‘yicha tahlilpredmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan aholi xizmat qiladi

So‘rovlar odatda ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlardan foydalanuvchilar fikrini o‘rganish uchun foydalaniladi, chunki ularning doirasi nisbatan cheklangan bo‘ladi. Iste’mol bozorida potensial iste’molchilar soni shunchalik ko‘pki, amalda ushbu usuldan foydalanishning imkoni yo‘q. Bunday sharoitlarda tanlama kuzatuvlar o‘tkaziladi.


Anketa so‘rovlari usulining afzalligi uni amalda hech qanday cheklashsiz qo‘llash mumkinligi, ob’ektning oldingi va joriy xulq-atvori, kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot olishga imkon beradi. Mazkur usulning kamchiligi so‘rovlarni o‘tkazish uchun katta xarajat va ko‘p mehnat talab qilinishi, olingan axborotning noto‘g‘ri javoblar natijasida aniqlik darajasi pasayishi mumkinligidan iborat. So‘rovni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagilarni ko‘zda tutadi:
➢ auditoriya bilan aloqa usulini tanlash; ➢ anketani tayyorlash; ➢ sinov o‘tkazish va anketani to‘ldirish. So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari va iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li bilan birlamchi axborot to‘plashda namoyon bo‘ladi. So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga ega bo‘lishi mumkin; birinchi holatda barcha so‘ralayotganlarga bir xil savollar beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi. So‘rov o‘tkazishda so‘ralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va
gazetalar redaksiyalari o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ularning yoshi, jinsi, ma’lumot darajasi, mashg‘ulot turi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir martalik tanlanma tadqiqot o‘tkazadi.
So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi:
1) respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan, javoblarni intervyuyer qayd etib boradi;
2) kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan;
3) respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan.
Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega:
1. Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini boshqarishga imkon beradi.
2. Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli munosabat o‘rnatish imkoniyati.
3. So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish imkoniyati — masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam berish


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish