Mavzu: Sportchini tayyorlashning ilmiy nazariy taxlili. Reja



Download 271,03 Kb.
bet1/18
Sana25.01.2022
Hajmi271,03 Kb.
#409500
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
12-M. MK.

Mavzu: Sportchini tayyorlashning ilmiy nazariy taxlili.

REJA:

  1. Tayyorgarlik jarayonini davrlashtirish haqida umumiy tushuncha.

  2. Musobaqalar taqvimi, iqlim sharoitlari va tayyorgarlik jarayonini davrlashtirish


Uzoq vaqt davomidagi sport mashqi jarayoni ma’lum kichik davrlardan tuziladi. Boshqacha qilib aytganda, mashq tuzilmasi va mazmunining barcha elementlariga, yo‘nalishiga, vositalariga, uslublariga, umumiy va maxsus tayyorgarlik nisbatlariga, yuklamalar dinamikasiga va hokazolarga qanday bo‘lmasin ta’sir etadigan qonuniy sur’atdagi davriy o‘zgarishlar bo‘ladi. Mazkur davriy o‘zgarishlarning sabablari haqida gapirish uchun sport formasi tushunchasiga qaytmoq hamda uning taraqqiyot qonuniyatlarini ko‘zdan kechirib chiqmoq kerak.

Mashg‘ulot siklidagi davrlarning miqdori va davomiyligi aslida sport formasini o‘stirish fazalarining miqdori va davomiyligiga mos kelishi kerak. Bunda sport mashqining eng optimal va samarali davri sport formasini shakllantirish davriga to‘g‘ri kelishi lozim. Biroq hamisha shunday bo‘lavermaydi. Mazkur masala sportda davrlashtirish muammosi sifatida o‘rganilmoqda. Bunga ikkinchi darajali narsalar (musobaqalar taqvimining mukammal bo‘masligi, iqlim, ijtimoiy masalalar va hokazo) sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, boshqa hodisalar bo‘lishi ham mumkin. Misol uchun sport formasi rivojlanishi ikkita siklini o‘z ichiga olgan beshta mashq davridan iborat «ikkilangan» mashq siklini ko‘rib chiqamiz. Bunda davrlardan birining fonida sport formasi rivojlanishining ikki fazasi (avvalgi formaning yo‘qolishi va yangisining paydo bo‘lish fazalari) qo‘shilib ketgandek bo‘ladi.

Mashq komponentlarini, jumladan, yuklamalar hajmini va shiddatliligini o‘zgartirish yo‘li bilan sport formasining rivojlanish fazasini qisqartirish yoki cho‘zish mumkin. Biroq bunda o‘zboshimchalik bo‘lmasligi kerak. Bu fazalarni cheksiz sur’atda uzaytirish ham, behad qisqartirish ham mumkin emas, chunki ularning muddatlari ko‘p jihatdan organizm rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan ham belgilanadi va bir qator konkret sharoitlarga (sportchining oldindan tayyorlik darajasiga, sport turlarining xususiyatlariga va hokazolarga) bog‘liq bo‘ladi.Tayyorlov davri aslida sport formasiga kirish uchun mazkur konkret sharoitda zarur bo‘lgan vaqtdan qisqa bo‘lishi mumkin emas. Musobaqa davri sport formasini keyingi progressga halal bermagan holda saqlab turish imkoniyatlari yo‘l qo‘yganidan uzun bo‘lishi mumkin emas.

O‘tish davrining muddatlari birinchi galda avvalgi yuklamalarning jamlangan miqdori hamda kuch-quvvatni tiklab olish jarayonining qancha davom etishiga bog‘liq. Mashq jarayoni qanchalik murakkab va uzoq davom etsa tiklanish masalasi ham shu darajada murakkab kechadi. Bu bevosita sportda o‘tish davrini xarakterlaydi va uni tavsiflaydi.

Mashq siklining umumiy uzunligini (davom etishini) ko‘pincha musobaqa taqvim yili bilan belgilaydilar. Tajriba va tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘p hollarda sport natijalarini o‘stirishni ta’minlash uchun mazkur muddat to‘la yetarlidir. Shu bilan birga sportning ayrim turlarida (og‘ir atletika, yengil atletikaning tezkor kuchlilik turlarida, suzishning sprinter masofalarida va, aftidan, sportning shu xarakterdagi boshqa turlarida ham) sport formasini faqat bir yilda emas, hatto yarim yilda ham yangilash mumkinligi aniqlangan. Sportning bunday turlari uchun bir yillik hamda yarim yillik (yoki «ikkilangan») mashg‘ulot sikllaridan, ularni ma’lum tartibda bir-biri bilan almashtirib foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Har jihatdan qaraganda yarim yillikdan kam bo‘lgan sikllar sport formasini yangilash uchun doimiy asos bo‘la olmaydi. Bir yillikdan ortiq muddatli sikllar ba’zi hollarda ma’qulroq bo‘lib chiqishi ham mumkin.

Malakali sportchilar uchun davrlarning taxminan quyidagi muddatlarini belgilash mumkin:

  1. Tayyorlov davri — 3,5-4 oydan (bu yarim yillik va «ikkilangan» mashg‘ulot sikllari uchun xarakterlidir) 5-7oygacha (bir yillik sikllarda).

  2. Musobaqalar davri — 1,5-2 oydan (yarim yillik va «ikkilangan» sikllarda) 4-5 oygacha (bir yillik siklda);

  3. O‘tish davri — 3-4 haftadan (yarim yillik siklda) 6 haftagacha (bir yillik va “ikkilangan” sikllarda).

Ta’kidlab o‘tish lozimki, sportda davrlashtirish borasidagi kuzatishlar davrlarning nisbati va davomiyligi mutlaq xarakterda emasligini ko‘rsatadi. Sport turining xususiyatlari, musobaqa taqvimi va sportchining imkoniyatlariga bog‘liq holda davrlar o‘zgarib boradi.

Aftidan, juda ko‘p sport turlari uchun davrlarning ratsional muddatlari yuqorida ko‘rsatilgan chegaralarda bo‘lishi mumkin. Bunda sportning bir xil turlari uchun ko‘rsatilgan muddatlarning to‘la diapazoni, boshqa turlari uchun esa faqat ayrim muddatlargina to‘g‘ri keladi.



Mashg‘ulot davrlarining uzunligi sport bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanish jarayonida o‘zgarmas bo‘lib qolmaydi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan raqamlar barchaga baravar to‘g‘ri kelavermaydi. Ular, asosan, nisbatan yaxshi mashq ko‘rgan, shakllanib bo‘lgan, o‘sa borayotgan sportchilarga taalluqlidir. Mashq ko‘rganlik qancha kam va mashqlarda qo‘llaniladigan yuklamalar darajasi qancha past bo‘lsa, muddatlardagi farq ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Amaliyotda davrlashtirishning bir qator shakllari qo‘llaniladi. Ammo zamonaviy sportda ko‘p siklli davrlashtirish keng qo‘llaniladi. Bir siklli, ikki siklli va ko‘p siklli davrlashtirish turlari mavjud. Professor V.M.Platonov barcha turdagi davrlashtirishlarni umumlashtirgan holda talqin qilgan (14-rasm).


Download 271,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish