Mavzu: Sportchining taktik tafakkurida nutqning roli Reja: Sportchilar taktik tayyorgarligining turlari, vazifa hamda vositalari Sportchining musobaqada ishtirok etish taktik rejasini tuzishning mazmuni hamda usuliyati Sportchining psixologik


Sportchining psixologik (ruhiy) tayyorgarligi



Download 34,11 Kb.
bet4/7
Sana13.01.2022
Hajmi34,11 Kb.
#358018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sportchining taktik tafakkurida nutqning roli

4. Sportchining psixologik (ruhiy) tayyorgarligi

4.1. Sportchining psixologik tayyorgarligi to’g’risida tushuncha, uning turlari. Ayrim sport turlarida ruhiy sifatlarning ahamiyati
Psixologik tayyorgarlik deganda, sportchilarda mashg’ulot vazifalarining muvaffaqiyatli hal qilinishi hamda musobaqalarda ishtirok etishni ta'minlovchi psixologik faoliyatlar, jarayonlar, shaxsiy holat va xususiyatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan psixologik-pedagogik tadbirlar hamda sportchilarning hayotiy faoliyatiga muvofiq shart-sharoitlar tushuniladi.

Psixologik tayyorgarlikni umumiy va maxsus turlarga bo’lish qabul qilingan. Umumiy psixologik tayyorgarlikning mohiyati shundaki, ular sportchilarda aynan o’zlari tanlagan sport turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish uchun zarur bo’lgan psixik faoliyatlar va sifatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishga yo’naltiriladi. Tayyorgarlikning bu turi, shuningdek, sport kurashining tarang sharoitlariga hissiy barqarorlikni shakllantirish, asabni va jismoniy zo’riqishlarning izlarini tez bartaraf etish qobiliyatini va tarbiyalash, uyqu rejimini ixtiyoriy tarzda boshqarish va b. maqsadida psixik holatlarni faol ravishda tartibga solish yo’llarini o’rganishni ham nazarda tutadi.

Umumiy psixologik tayyorgarlik mashg’ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. U texnik, taktik tayyorgarlik bilan bir paytda o’tkaziladi. Lekin sport faoliyatidan tashqari vaqtda ham, sportchi o’zi mustaqil yoki o’zgalar yordamida miyasida sodir bo’layotgan psixik jarayonlarni, shaxsiy holatlari va xususiyatlarini takomillashtirish maqsadida muayyan topshiriqlarni bajarish orqali ham ro’yobga chiqarilishi mumkin.

Maxsus psixologik tayyorgarlik asosan sportchida muayyan musobaqada qatnashishga psixologik tayyorgarlikni shakllantirishga qaratiladi. Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik (A.Puni bo’yicha) sportchini o’z kuchiga ishonchida, belgilangan maqsadlarga erishish yo’lida oxirigacha kurashishga intilishda, hissiy qo’zg’alishning optimal darajasida, har xil noqulay tashqi va ichki ta'sirotlarga nisbatan yuksak darajadagi barqarorlikda, sport kurashining o’zgaruvchan sharoitlarida o’z xatti-harakatlari, ehtiroslari, hulqini ixtiyoriy holda boshqara olish qobiliyatida namoyon bo’ladi.

Psixologik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari: texnika va taktikani egallashga yordam beradigan psixik sifatlar hamda jarayonlar; shaxsni musobaqalarda birdek chiqishlarini ta'minlovchi xususiyatlar; mashg’ulot va musobaqalarning murakkab sharoitlarida ishchandik va psixik faoliyatning yuqori darajasi; mazkur sharoitlarda namoyon bo’ladigan barqaror ijobiy psixik holatlar.

Texnikani egallash va harakat faoliyatlarini boshqarishga ko’maklashuvchi jarayon va sifatlar qatoriga, xususan, harakatlarning turli o’lchamlarini nazorat qilib turishga imkon yaratuvchi nozik rivojlangan mushak sezgilari; vaqt, ritm, sur'at va masofa hissi; makonda mo’ljal olish qobiliyati; diqqatning yuksak rivojlangan sifatlari (kontsentratsiyasi – nomlanishi, ko’chishi, taqsimlanishi); mukammal ideomotorika; tezkor xotira; oddiy va murakkab reaktsiyalarni (tanlash, bir narsadan boshqasiga ko’chirish, oldindan ilg’ash, harakatlanayotgan ob'ektga qarab mo’ljal olish reaktsiyalari va h.k.) tezkor hamda aniqligi kiradi. Taktikani o’zlashtirishga turli o’ziga xos fikrlash sifatlari: raqiblar harakati to’g’risida olinayotgan axborotlarni bir lahzada tahlil qilish va vaziyatga mos qaror qabul qilish qobiliyati; fikrlashning egiluvchanligi va b.

Sport turining o’ziga xos jihatlari sportchi psixologik tayyorgarligining sifatlari va tuzilishiga har xil talablar qo’yadi (4-jadval). Masalan, boks, kurash, uloqtirishlar, og’ir atletika, sprinterlik masofalari kabi siklik xususiyatli sport turlariga ixtisoslashayotgan sportchilarda peshqadamlikka intilish, mustaqillik, motivlashning yuqori darajasi, tavakkalchilikka moyillik, zarur vaqtda butun kuchini jamlab, ularni g’alabaga bag’ishlay olish qobiliyati ustun bo’ladi. Lekin ayni paytda ularda ishonmaslik, bo’ysunmaslik, qaysarlik, ziddiyat chiqarishga moyillik sifatlarini ham ko’rish mumkin.

Uzoq masofalarga ixtisoslashayotgan sportchilarga xos xususiyatlar: faollik, katta yuklamalarga bardosh bera olish, o’z shaxsiy manfaatlarini jamoa manfaatlariga bo’ysundirish, shubhalarga berilmaslik va b. Biroq ular ba'zan o’z kuchlariga to’la ishonmaydilar, yetakchiga ehtiyoj sezadilar, o’ziga xos xatti-harakatlar va fikrlash tarziga moyil bo’ladilar.

Sport o’yinlari va yakkakurashlarga, sportning murakkab koordinatsiyali turlariga ixtisoslashayotgan sportchilarda samarali ko’rish idroki, sensomotor reaktsiya qilish va tezkor fikrlash, diqqatni keng taqsimlash, tez ko’chirish va barqarorligini kuchaytirish, zehnlilik, qat'iyat, qarorida turish, qo’rqmaslik, murakkab harakat reaktsiyalari tezkorligi va aniqligi, harakat ko’nikmalarini oson shakllantirish hamda qayta qurish qobiliyatlari mavjud bo’ladi.4-jadval




Download 34,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish