Mavzu: Tabiat va inson 1 Tabiat va inson o`rtasidagi munosabatlari


Ekologik inqirozlarnnig kelib chiqishi, turlari. O`zbekistonda ekologik ahvol. Inson sog`ligi va ekologiya



Download 31,54 Kb.
bet3/3
Sana10.01.2023
Hajmi31,54 Kb.
#898682
1   2   3
Bog'liq
ekologiya1

3.3 Ekologik inqirozlarnnig kelib chiqishi, turlari. O`zbekistonda ekologik ahvol. Inson sog`ligi va ekologiya.

Tabiiy resurslarni kamayib va yo`qolib borishi hamda tabiiy obyektlarning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga va ekologik inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Chunki kichik va katta ekologik tizimlarning aylanishi zanjirida turgan biron bir tabiiy obyektning yo`qolishi yoki uning ekologik xususiyatini ifloslanish natijasida kamayib qolishi tabiatni o`z-o`zini asrash, tashqi kuchlarga qarshi turish (buferligi) va qayta tiklanish xususiyatlarini yo`qotib qo`yadi. Ekologik inqiroz - jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabat muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit holatini yomonlashib borishi, davlat boshqaruv va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo`qolishi, ya'ni tabiiy muhit inqirozi va ijtimoiy muhit falokati.
Ekologik inqirozga misol bo`lib Orol dengizi va uning atrofidagi holatni olsak bo`ladi. Qachonlardir dunyoda eng katta ko`llar toifasiga kirgan Orol dengizi 30-40 yil ichida eng sho`r, ifloslangan va xalq xo`jaligi ahamiyatiga kam ega bo`lgan o`rtacha ko`llar toifasiga kirib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri Amudaryo va Sirdaryo suv rejimini keskin o`zgarish, ya'ni 1982-1983 yillarga kelib ularning Orolga suv qo`yishining 12-13 barobarga kamayib ketishidir. Natijada suv sathi 16 metrga, suv yuzasi 2 barobarga, suv hajmi 4 barobarga kamayib ketdi. Suvdan qurigan yuza 3.3 mln.gektarni tashkil qilgani holda deflyatsiya (shamol eroziyasi) natijasida tuzlar minglab kilometrgacha bo`lgan masofada atrof muhitni ifloslantirdi, natijada Amudaryo va Sirdaryo suvlarini og`ir metallar, pestitsid, gerbitsid kabi kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va sho`rlanishi natijasida ularning suviniichimlik suvi sifatida foydalana bo`lmasligini mutaxassislar isbot qilib berishdi. Qachonlardir baliqchilik va ov qilish maskani bo`lgan qo`yi Amudaryo qurigan qoldiq ko`llar va sho`rlangan tuproqlar maskaniga aylanib qoldi.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikdagi sayil-harakatlari tufayli 1995-1997 yillarda kelib Orolga suv qo`yilishi 15-17 kub km.gacha ko`paytirildi. Yopiq xavzaning suv taqsimoti xalqaro shartnoma va deklaratsiyalar orqali tartibga solinmoqda.
Jamiyat va tabiat o`rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli fanda yangi ta'limotni - "Ekologiya"ni yuzaga keltirdi. Birinchi bor "ekologiya" so`zini (grekchada "oikos" - uy, yashash joyi, "logos" - fan, ta'limot) fanga nemis biolog olimi Ernest Gekkel tomonidan olib kirilgan. Charlz Darvinning tirik organizmlarning evolyutsion rivojlanish qonuniyatlarini keng tadbiq qilgan E.Gekkel 14 sentabr 1866 yil "Umumiy morfologiya" kitobining so`z boshida ekologiya haqidagi fikrlarni bayon etgan. Bu fan sohasi aynan XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropa qit'asining eng rivojlangan qismida biolog olimlar tomonidan e'tirof etilishi bejiz emas edi, chunki o`sha vaqtda ayni sanoati burkirab rivojlangan Germaniyada atrof tabiiy muhit holatining keskin ravishda yomonlashuvi Rur xavzasida ekologik inqirozli vaziyatini yuzaga kelishi, kishilar va tirik organizmlar hayoti bilan shug`ullanuvchi aynan biologlarni tashvishga solishga va yangi fanni olg`a surushga asos bo`ldi.
Shunday qilib "Ekologiya" tor ma'noda - uyimiz haqidagi ta'limot bo`lsa, keng ma'noda - tirik organizmlar yashaydigan makon haqidagi ta'limotni anglatadi. Shu kunda bu fan sohasi tirik organizmlarning o`zaro va ular atrofini o`rab turuvchi tabiiy muhit bilan munosabatlar yoki aloqadorlik qonuniyatini o`rganadi.
Download 31,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish