Mavzu: Tadbirkorlikka xos xususiyatlar, tadbirkorlik turlari



Download 57,5 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi57,5 Kb.
#819807
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


Mavzu: Tadbirkorlikka xos xususiyatlar, tadbirkorlik turlari
Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da,
uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo‘lgan va
ko‘pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan.
Кeyinchalik real xo‘jalik hayotida ishtirok etuvchi kapitalning
mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik»
tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to‘g‘ri kelmay qoladi.
Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati to‘g‘risidagi qarashlar ham
o‘zining evolutsion rivojlanishiga ega. Jumladan, R.Кontilon
Tadbirkor, bu noaniq daromadga ega kishilar. Tavakkalchilik xatari
uning bosh xususiyatidir, deb bu atamani iqtisodiy fanga ham olib
kirgan bo‘lsa, A.Smit Tadbirkorga tijorat bilan shug‘ullanib, foyda
olish maqsadida tavakkalchilik qiluvchi mulk egasi sifatida qaraydi.
J.B.Sey fikricha tadbirkor, iqtisodiy agent sifatida foyda olish
uchun o‘z tajribasi va bilimini tavakkalchilik xataridan qo‘rqmay
ishga soluvchi.
V.Zamberg qarashicha, u foydaning o‘sishini maqsad qilib
qo‘yadigan, xatarga tayyor turadigan va kishilarni birlashtira
oladigan tashabbuskor shaxs.
Tadbirkorlik to‘g‘risidagi g‘oyalar asoschilaridan hisoblangan
I.Shumpeter tadbirkor, ishlab chiqarish omillari uyg‘unlashuvining
yangi nisbatini izlovchi, iqtisodiy o‘sishi ta’minlovchi va novatorlik
xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan shaxs deb e’tirof etadi.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida ham tadbirkorlikka foyda
olish maqsadini ko‘zlab xo‘jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va
tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo‘lishi,
novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo‘lish va shu kabi ko‘p
qirrali tomonlari bilan qaraladi.
Tadbirkorlik faoliyati  mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud
qonunlar doirasida, daromad olish maqsadida, tahlika bilan amalga
oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi
bo‘lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga yoki qarzga olishi va
boshqalar mulki asosida ish yuritishi mumkin.
Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan
ko‘ra oladi va buning uchun zarur bo‘lgan sarmoyalarni jalb qiladi,
ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish
jarayonida birlashtiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o‘zini
iqtisodiy jihatdan to‘la ro‘yobga chiqara olmaydi va shubhasiz,
yetarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkor foyda olish maqsadida
ishlab chiqarishning yagona jarayonida iqtisodiy resurslarini
birlashtirish tashabbusini oladi. Tadbirkorlik faoliyati
tushunchasining mazmuni uning belgilarida yanada aniqroq
ifodalanadi.
Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha
asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining
maqsadini aniqlab beradi.
Tadbirkor biznes g‘oyasini ishlab chiqishda iqtisodiy resurslar
uchun to‘lovlarni amalga oshirishda va xo‘jalik faoliyatini tashkil
qilishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Tadbirkor – yuqori foyda ketidan quvib, yangi mahsulotlar,
yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil
qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat
qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi.
Tadbirkorlik – bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir. Tahlika
daromad olmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolini bildiradi. Bunda
tahlikaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy, kredit va foizli
turlari farqlanadi.
Hozirgi zamon tadbirkori yangiliklarni joriy eta oladigan, ishlab
chiqarish omillaridan oqilona foydalanib iqtisodiy o‘sishni
ta’minlaydigan, o‘zi va butun jamiyat boyligini oshira oladigan
bo‘lishi zarur.
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi, ular asosida umuman tovar
ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari
yotadi.
Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini
tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot
sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar
bo‘yicha ma’lum huquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo
etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab
chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga
ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi
tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt
tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda
olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash
yo‘llarini topishga qaratiladi, bunda yuqori raqobatbardoshlilikni
saqlab turish, xo‘jalikni takomillashtirish, kengaytirish va shu
kabilarni amalga oshirishga asoslanadi.
Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan
ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoitlar yaratilishi
zarur.
To‘rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o‘zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarini taqozo qiladi.
Yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakaviy
tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq
bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda
jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni
rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud
bo‘lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda
faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketadi.
Tadbirkorlik deganda uni o‘tmishdagi qo‘pol yovvoyi shakllari
emas, balki uning zamonaviy, ya’ni madaniylashgan shakllari
haqida gap ketadi.
Hozir jahonda xo‘jalik yuritish shakllarining turli-tumanligiga
mos ravishda tadbirkorlikning davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy,
aralash va boshqa hosila shakllari mavjud.
Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligiga, milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha ulushi to‘g‘ri
keladi. Davlat korxonalari ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun
juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki katta kapital qo‘yilmalar
talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi. Masalan, Angliyada davlat
sektori qora metallurgiya, ko‘mir qazib chiqarish, aero-kosmik sanoat, aloqa vositalari, temir-yo‘l transporti, elektr va gaz bilan ta’-minlash kabi sohalarni qamrab oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat korxonalari milliylashtirilgan chet el kompaniyalari
bazasida asosan sanoatning konchilik tarmoqlarida tuziladi.
Rivojlanayotgan va rivojlangan ko‘pchilik mamlakatlarda davlat
kompaniyalari sanoat firmalari orasida peshqadam hisoblanadi.
Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi
turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biror-bir mamlakatda
barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona
qonuniy hujjat mavjud emas.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini
uchta guruhga bo‘lish mumkin:
– budjet korxonalari;
– davlat ishlab chiqarish korxonalari;
– aralash kompaniyalar.
Budjet korxonalari huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega
bo‘lmagan korxonalardir. Ular davlatning ma’muriy-boshqarish
tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘zo‘zini boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning
tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydadan soliq to‘lamaydi.
Barcha daromad va xarajatlar davlat budjeti orqali o‘tadi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha
keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular mol-mulkka ega
bo‘lib, xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan
doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni
davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari
belgilarini mujassamlashtiradi.
Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalar
paketi davlatga taalluqli bo‘ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik
jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs
hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar
tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga
nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat tomonidan
pul va dotatsiyalar berilishi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar
bilan olish, boshqa davlat korxonalari bilan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda o‘zaro yetkazib berish, ishlab
chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va
shu kabilar.
Jamoa tadbirkorligi jamoa mulkiga asoslanadi va uning a’zolari
faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Jamoa
mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi; jamoa a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan
keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi;
jamoaning o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va
shaxsiy manfaatlarning uyg‘unligi yuzaga kelishi va h.k.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan
xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu
shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga
tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga
asoslanadi.
Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab
chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida
amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham
hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy
javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik huquqi nuqtayi nazaridan shaxsiy
tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli, uning egasi
cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan
olinadigan daromad solig‘ini to‘laydi. Bu odatda kichik savdo
shahobchalari xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon
xo‘jaliklari hamda huquqshunos va hakamlarning malakaviy kasbi
doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Faoliyat turining mazmuniga bog‘liqlikda tadbirkorlikning
quyidagi turlari farqlanadi:
Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning mazkur shaklida tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot berish
va ma’naviy qimmatliklar yaratish amalga oshiriladi. Bunda ishlab
chiqarish vazifasi asosiy hisoblanadi.
Tijorat sohasidagi tadbirkorlik tovar va xizmatlarni sotish bo‘-yicha bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi.
Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish