Mavzu: Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar reja: Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar



Download 448,62 Kb.
bet2/21
Sana29.04.2022
Hajmi448,62 Kb.
#594155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Psixologiya yozish kerak

XULOSA CHIQARISH uch turda bo`ladi: induktiv, deduktiv va analogik. INDUKTIV xulosa chikarish deb bir necha yakka xukmlardan umumiy xukm keltirib chiqarishga aytiladi. Masalan, Temir elektr tokini o`tkazadi. Mis elektr tokini o`tkazadi. Qo`rg`oshin elektr tokini o`tkazadi. Bular metallardir. Demak, metallar elektr tokini utkazadi.
DEDUKTIV xulosa chikarish deb umumiy xukmdan yakka yoki jo`z’iy xukm keltirib chikarishga aytiladi. Masalan, Daraxtlar baxorda gullaydi. O`rik – daraxt. Demak, o`rik baxorda gullaydi.
ANALOGIK xulosa chiqarish deb predmetning o`xshash belgilariga qarab xulosa chiqarishga aytiladi.
TUSHUNCHA narsa va xodisalarning umumiy va muxim belgilarini aks ettiruvchi fikrdir. Uy, Ko`prik, koinot, daraxt kabilar tushunchalardir. Tushunchalar odatda konkret va abstrakt bo`ladi. Konkret tushunchalarga parta, doska, shkaf, deraza kabilar kirsa, abstrakt tushunchalarga esa muxabbat, baxt, go`zallik, uzunlik, balandlik, kenglik, xarakat kabilar kiradi.
Tushunchalar ko`lami jixatdan uch turga bo`linadi: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to`planma tushunchalar.
YAKKA tushuncha deb yakka predmet yoki xodisa xaqidagi tushunchaga aytiladi. Masalan, Alisher Navoiy, Qo`qon, Sirdaryo, Sobir Raximov kabilar. UMUMIY tushuncha deb bir jinsda bo`lgan narsa va xodisalar to`plami xaqida yaxlit fikr yuritishga aytiladi. Masalan, kitob, maktab, student, o`spirin, yulduz va boshqalar.
TO`PLANMA tushuncha deb bir xil narsalarning to`plamiga aytiladi. Masalan, kutubxona, paxtazor, yig`ilish kabilar.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so`z o`zaro bog`langan xolda namoyon bo`ladi. Bir tomondan, so`z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikinchi tomondan so`z tushunchaning moddiy asosiy va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so`zlardan xosil bo`lishi mumkin.
Tafakkur jarayonining o’zi ham, bilish jarayonining o’zi ham muttasil har xil savollar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Odam qanchalik ko’p bilaversa, uning oldida nomaium narsalar shu qadar ko’p paydo bo`laveradi, unda shu qadar ko’p savollar tug’ilaveradi va uning o’zi shu qadar ko’p savol beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo’yishda katta rol o’ynaydi.
Tafakkur boshqa bilish jarayoniari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr yuritish faoiiyatinmg shakllari, vositalari va operasiyaiarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyatlari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik. epchiliik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofidagi rnoddiy voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganilgi nazarda -tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkumsng mazmundoriigi bilan tafovutlanadi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossaiari, sifatlaxi ulaming o’zaro bog’lanishlari, munosabatlari,- tafakkurimizda to`liq aks etganligini tushunishimiz kerak.
Tafakkumittg kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlarl bilan muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisaiarning eng tnuhim belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamiashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammoiar va tushunchalami qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilirn saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izianishdagi kishiiami aq! zakovatii, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, biiimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
Inson tafakkuri o’zining mastaqilligi jihaatidan mustaqil ya nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilisli, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo'1, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqiliigi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shulamiag barchasini amalga 'oshirishda, nihoyasiga yetkazishda yechinmi qidirishda usul va vositalami shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo'r berib intiiishi, uiarga taaailuqli qo’shitncha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda tutamiz.
Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, tafakkurga aylangan eski yo'1 va usullardan foriq bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
Tafakkuming tanqidiyligi ob'ektiv va sub'ektiv ravisiida ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni bahoiash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim beigilanga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba'zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob'ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub'ektiv xatoiafga, umuman sub'ektivizmga oqib ketsa, bunday holda sub'ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub'ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek, insonlar o’rtasida anglashilmovchilik vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkuming tanqidiyligi oqilona rasional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs rnuhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastiab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’isa, hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmoqimiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlami, axborotlami tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz yetkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qo’yiigan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan beigilanadi. Uning tezligi qator otnillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlaraing tezligi, turli hislaming mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga - insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining teziigi va jarayonlaming maiurn fiirsat ichida qanchalik samara berganiigi bilan baholanadi.
Tafakkur quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ko`rgazmali – xarakat tafakkur.
2.Ko`rgazmali – obrazli tafakkur.
3.Ixtiyorsiz va ixtiyoriy tafakkur.
4.Konkret va abstrakt tafakkur.
5.Ijodiy tafakkur.
Inson tomonidan bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki tasavvur qilinayotgan obrazlar haqida fikr yuritish KO`RGAZMALI – OBRAZLI tafakkur deyiladi.
Bog`cha yoshidagi bolalar ilmiy tushunchalarga ega bo`lmaganligi uchun bilish faoliyatida asosan kurgazmali – obrazlarga suyanib fikr yuritadilar, muloxaza bildiradilar, xukm chiqaradilar.
IXTIYORSIZ tafakkur deb mantikiy tafakkur yordamida ko`p vaqtlar davomida xal qilinmagan aqliy vazifalarning tusatdan, kutilmaganda xal qilinib qolishi prosessiga aytiladi.
IXTIYORIY tafakkur jarayoni muloxaza, muxokama, isbotlash, gipoteza qilish kabi shakllarda kamoyon bo`ladi. Matematika, fizika, ximiya, psixologiya va boshqa fanlardagi muammo va masalalarni echish jarayonlari bunga yorqin misol bo`la oladi.
ABSTRAKT tafakkur narsalarning moxiyatini aks ettiruvchi va so`zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir.
Fikr yuritilishi lozim bo`lgan narsa va xodisalarni idrok va tasavvur qilish mumkin bo`lsa, bunday tafakkur KONKRET tafakkur deyiladi.
Nazariy tafakkur deb xodisalarni izoxlashga faraz qilishga qaratilgan tafakkur turiga aytiladi.
Vokelikni o`zgartirish vositasi bilan real narsa va xodisalarni yaratishga yo`naltirilgan fikr yuritish seminar tafakkur deyiladi. Amaliy tafakkur «Qanday qilib?», «Qaysi yo`l bilan?» kabi savollarga javob berish jarayonidir.
IJODIY tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo`lib tadrijiy ravishda, izchil o`zaro bog`langan jarayonlardan tashkil topadi: dastavval savollar tug`iladi, vazifa aniqlanadi, masala echish uchun savollarga javob qidiriladi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi komponentlari quyidagicha aks ettiriladi: quyilgan savollarga javob izlash, masalani echishga yordam beradigan yo`llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko`nikmalarni qidirish, ularni tanlash va faoliyatga tadbiq qilish va boshqalar.



Download 448,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish